Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Gender zo’ravonlik sabablari

U-Report UNICEFning Kommunikatsiya va jamoatchilik bilan aloqa bo’limi bilan hamkorlikda qizlarga nisbatan zo’ravonlik muammosiga e’tibor berish va qizlarning zo’ravonlik qurboniga aylanishining sabablari to’g’risida yoshlar qanday fikrda ekanligini bilib olish maqsadida so’rov o’tkazdi. So’rov ma’lumotlari O’zbekistonda qizlarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi kurashish informatsion aksiyasi uchun ishlatildi. 

 

So’rovda “zo’ravonlik” so’zi umumiy ma’noda jismoniy, maishiy, jinsiy, iqtisodiy, psixologik zo'ravonlik turlarini o’z ichiga qamrab olgan. Qiz deganda 18 yoshgacha bo'lgan ayol jinsiga mansub qiz bola / o'spirin tushuniladi.

 

Har yili 25-noyabr Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonliklarga qarshi kurashish kunida, BMTning “Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi 16 kun” global aksiyasiga start beriladi, va ushbu aksiya 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunigacha davom etadi. “Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” aksiyasi tarixi 1960-yilda 25-noyabr kuni Dominikan Respublikasida uch Mirabal opa-singillari o’ldirilishidan boshlangan. Ular Lotin Amerikasidagi inson huquqlari harakati timsoli edi, va ularning vahshiyona o’limi barcha turdagi zo’ravonlikka qarshi xalqaro norozilikni qo’zg’atdi.

So’rovda respublika bo'ylab 8900dan ortiq respondentlar qatnashdi, ularning 37% ayollardir.

 

GENDER ZO’RAVONLIK SABABLARI HAQIDA SO’ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:

1.     Respondentlarning yarmidan ko'pi (63%) qizlar (o’g’il bolalar bilan solishtirganda) ko'proq zo'ravonlik qurbonlari bo’ladi deb hisoblashadi.

2.     Ayollarga (5%) qaraganda ikki baravar ko’proq erkaklar (10%) o'g'il bolalar ko'proq zo'ravonlik qurboniga aylanishadi deb hisbolashadi.

3.     Respondentlarning 1/3 qismi (28%) qizlarning zo’ravonlik qurboniga aylanishiga o'zlari sababchi bo’ladi deb ishonishadi. Ikkinchi eng muhim sabab qizlarning jismonan zaifligi – 23%, uchinchi o'rinda nima qilish kerakligini bilmaslik va atrofdagilar aybalshidan qo'rqishi – har biri 12%dan javob to’pladi.

4.     Erkaklar (35%) ayollarga (19%) qaraganda ko'proq qizlar o'zlari zo'ravonlik sabachisi bo’ladilar deb hisoblashadi.

5.     Respondentlarning 61%i zo'ravonlik qilganlar jazosiz qolishi mumkinligi qizlar zo'ravonlik qurboniga aylanishiga olib kelishi mumkin deb hisoblashadi.

6.     Respondentlarning 52%ining fikricha, jamiyatda zo'ravonlik haqida sukut saqlash qizlarga nisbatan zo'ravonlik ishlatlishiga sabab bo’lishi mumkin.

7.     So'rovda ishtirok etganlarning 62%i ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish va oilasining qo'llab-quvvatlashi kelajakda qizlar zo'ravonlik qurboni bo'lmasliklariga ta'sir qiladi deb hisoblashadi. Shu bilan birga, ayollar (70%) erkaklarga (56%) qaraganda ko'proq, kelajakda qizlarga nisbatan zo'ravonlikni oldini olish uchun bu omillar ijobiy ta'sir ko'rsatadi deb o’ylashadi.

8.     Respondentlarning 36%i ularning o’zlari yoki do'stlari tez-tez Internetda shaxsiy ma'lumotlar bilan bo'lishishi onlayn zo'ravonlik, haqorat va shantajni keltirib chiqarishi mumkin deb hisoblashadi.

9.     U-Reportyorlarning 40%i qizlar zo'ravonlik qurboni bo'lishsa qayerga murojaat qilishni bilishmaydi.

10.  Respondentlarning 41% qizlar Internetdagi onlayn zo'ravonlikka (haqorat, shantaj) zaifroq deb hisoblashadi.



Respondentlarning yarmidan ko'pi (63%) qiz bolalar zo'ravonlik qurboniga aylanish ehtimoli yuqoriroq deb hisoblashadi. Bundan tashqari, ayol respondentlar (65%) erkak respondentlarga (59%) nisbatan ko'proq aynan qizlar ko'pincha zo'ravonlik nishoniga aylanishini ta’kidlashdi. Ayollarga (5%) qaraganda ikki baravar ko’proq erkaklar (10%) aynan o'g'il bolalar ko'proq zo'ravonlik qurboniga aylanishadi deb hisbolashadi.

O'rtacha, U-Reportyorlarning taxminan 23%i, jinsidan qat'i nazar ham qizlar, ham o'g'il bolalar zo'ravonlik qurboniga aylanishi mumkin deb hisoblashadi. So'rovda qatnashganlarning 6%i bu savolga javob berishda qiynalishdi.



Respondentlarning 1/3 qismi (28%) qizlar zo'ravonlik qurboniga aylanishiga o'zlari sababchi bo’lishlarini ta’kidlashdi. Ikkinchi eng muhim sabab qizlarning jismonan zaifligi 23% va uchinchi o'rinda (a) nima qilish kerakligini bilmaslik va (b) atrofdagilar aybalshidan qo'rqishi (har bir sabab 12%dan olgan) deb belgilashdi.

Jinsiy farqlarga kelsa, qiziqarli tahlilni ko’rish mumkin. Agar respondentlarning 26%i qizlarga nisbatan zo'ravonlikning asosiy sababi ularning jismoniy zaifliklari deb hisoblasa, erkaklarning 35%i qizlarning o'zlari zo'ravonlik sababchisi bo’ladi deb ishonishadi, ayollarning faqat 19%i bu fikrga qo'shiladi.



Respondentlarning 61%i zo'ravonlik qilganlar jazosiz qolishi mumkinligi qizlar zo'ravonlik qurboniga aylanishi mumkin deb ishonishadi: 26% bu fikrni to'la qo'llab-quvvatlamoqda va 35% bu ko'pincha shunday deb o'ylashadi. Respondent ayollar (41%) zo'ravonlik qiluvchilarning jazosiz qolishi ko'pincha qizlarga nisbatan zo'ravonlikning sababi bo’ladi deb o'ylashadi, erkaklarning atigi 32%i bu fikrga qo'shiladi.



Respondentlarning 52%i jamiyatda zo'ravonlik haqida qapirmaslik qizlarga nisbatan zo'ravonlikning sababiga aylanishi mumkin deb hisoblashadi: ularning o'rtacha taxminan 31%i bu ko'pincha shunday deb hisoblashadi va 21%i bu fikrni to'liq qo'llab-quvvatlaydi.

Shu bilan birga, erkaklar (17%) ayollarga (11%) qaraganda ko'proq bu haqida gapirmaslik qizlarga nisbatan zo'ravonlikni keltirib chiqarishi mumkin degan fikrga qo'shilmaydilar.



So'rovda ishtirok etganlarning 62%i ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish va oilani qo'llab-quvvatlashi kelajakda qizlar zo'ravonlik qurboni bo'lmasliklariga ijobiy ta'sir qiladi deb hisoblashadi. Shu bilan birga, ayollar (70%) erkaklarga (56%) qaraganda ko'proq, kelajakda zo'ravonlikni oldini olish uchun qizlarga ta'lim olish va oilani qo'llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish ijobiy ta'sir ko'rsatadi deb o’ylashadi.



Respondentlarning 36%i ularning o’zlari yoki do'stlari tez-tez Internetda shaxsiy ma'lumotlar bilan bo'lishishi onlayn zo'ravonlik, haqorat va shantajni keltirib chiqarishi mumkin deb hisoblashadi: respondentlarning 23% "do'stlarning ko'pchiligi", 10% "Mening barcha do'stlarim" va 3% "do’stlarimning ko’pchiligi va men ham” deb javob berishdi.

Respondentlarning 1/5 qismi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma'lumotlarini tez-tez almashib turadigan bir nechta do'stlari borligini ta'kidlashdi va bu ularni onlayn zo'ravonlik qurboniga aylanish ehtimolini oshiradi deya ta’kidlashdi.



Garchi respondentlarning 41%i Internetdagi zo'ravonlikka zaifroq deb qizlarni hisoblasa, respondentlarning 40%i ham qizlar, ham o'g'il bolalar bir xil tarzda onlayn haqorat va shantajga duchor bo'lishi mumkin deb hisoblashadi. Respondent ayollar (45%) erkaklarga (39%) qaraganda ko'proq qizlar onlayn zo'ravonlikka moyilroq bo'lishadi deb hisoblashadi. Ayollar (3%) bilan taqqoslaganda ko’proq erkaklar (7%) onlayn muxitda aynan o'g'il bolalar himoyasiz deb o'ylashadi.



U-Reportyorlarning 40%i agar qizlar zo'ravonlik qurboni bo'lishsa ular qayerga murojaat qilishni bilishmaydi. Bundan tashqari, ayollar (47%) erkaklarga (36%) qaraganda qizlarni zo'ravonlikdan himoya qilish uchun qayerga murojaat qilishni bilishmaydi. Erkaklar bu masalada ko'proq ma'lumotga ega ekanligini takidlashdi.

Respondentlarning 1/4 qismi bunday vaziyatda qayerga murojaat qilish kerakligini bilishmaydi.

Ma’lumot uchun: Agar siz zo’ravonlik qurboni yoki guvohi bo’lsangiz, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasining 1146 qisqa raqamiga yoki Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga (102) qo’ng’iroq qiling.

 



So‘rovda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘prog‘i (61%) qizlarni himoya qilish uchun javobgar deb barchani – ya’ni qiz bolalarni o’zlaridan boshlab Xotin-qizlar qo’mitasigacha ma’sul deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, ba'zi respondentlarning fikriga ko'ra, qizlarni himoya qilish uchun javobgarlik: oila (12%), jamiyat (8%), qizlarning o'zlari (7%), huquqni muhofaza qilish organlari (5%) va Xotin-qizlar qo'mitasiga (4%) yuklatildi. Qizig'i shundaki, U-Reportyorlarning fikriga ko'ra, na mahalla qo'mitasi va na qizlarning do'stlari/dugonalari zo'ravonlikdan himoya qilish uchun javobgar emas (0%).

Erkak respondentlarning 13%i bu borada oilaga ko'proq mas'uliyat yuklashadi, ayollarning 10%i ham shunday deb o'ylashadi. Bundan tashqari, erkaklar (10%) jamiyatning zimmasiga ko'proq mas'uliyat yuklaydi, ayollarda bu ko'rsatkich 6%i tashkil etadi. Erkaklarga qaraganda ko’proq ayollar "Yuqoridagi barcha javoblar" variantini tanlashadi.

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 8,900 dan ortiq respondentlarning fikrlarini aks etadi.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo