Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Siz uchun volontyorlik nima?

Yoshlar volontyorlik faoliyati haqida nimani bilishadi? Volontyorlikni qanday qilib tushunadi? Yoshlar volontyorlik/kongilli harakatlar va tashkilotlar faoliyati tog'risida qanchalik yaxshi ma'lumotga egalar? Ularga volontyor bolishlari uchun qanday motivatsiya kerak?

U-Report Ozbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ushbu savollarga javob topish maqsadida sorov otkazdi. Natijalar volontyorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini kelajagi borligini aniqlash uchun kerak.

 So’rovnomada butun mamlakat bo’ylab 4500dan ortiq respondentlar ishtirok etdi, ularning 38% - ayollar, qolgani erkaklar.

 

VOLONTYORLIK HAQIDA SO’ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:

 1.       Respondentlarning aksariyati (68%) ular volontyorlik nima ekanligini bilishlariga ishonishadi, respondentlarning 26% esa bu qanday faoliyat ekanligini bilishmaydi.

2.       U-Reportyorlarning yarmidan kopi (58%) volontyorlikni "ezgulik uchun beg’araz mehnat" bilan bog'lashadi. 14% "Vatan ravnaqi uchun yordam" variantini tanlashdi.

3.       Respondentlarning atigi 18% ular hozirda volontyor ekanliklarini aytishgan va bu variant barcha yosh toifalarida teng ravishda tanlangan. U-Reportyorlarning 1/3 qismi hech qachon volontyor bolmagan, shu bilan bir vaqtda 1/4 qismi avval volontyor bolishgan, sorov ishtirokchilarining 1/5 qismida volontyor bolish istagi bor, lekin buni qanday qilishni bilmaydilar.

4.       Ta'lim loyihalari – volontyorlik faoliyatning eng jozibali sohasi - respondentlarning 20% ushbu variantni tanladilar. Ikkinchi o'rinda yoshlar bilan ishlash (17%).

5.       Qizig'i shundaki, ta'lim sohasida volontyorlik qilish 35 yosh va undan katta yoshdagi respondentlar uchun eng jozibali bo’ldi.

6.       Sorovda qatnashgan yoshlarning aksariyati (60%) odamlarga yordam berish istagi ularni volontyorlik bilan shug’ullanishga undaydi deya e’tirof etishgan. Ikkinchi eng muhim rag'batlantiruvchi omil - bu oz-ozini rivojlantirish istagi (13%), uchinchi orinda bir jamoaning  qismi bo’lish istagi (11%).

7.       38% respondentlarning fikriga kora, bugungi kunda OTM talabalari koproq volontyor bolishadi. 10%dan quyidagi variantlar ega bo’ldi: kattalar (30 yoshdan katta), ishlayotgan yoshlar va maktab/ kollej o’quvchilari.

8.       U-Reportyorlarning fikriga ko’ra, jamiyat muammolariga befarqlik (24%), moddiy imkoniyatlarning yoqligi (21%), volontyorlik haqida cheklangan malumotlar (18%), shuningdek volontyorlik mohiyatini tushunmaslik (14%) Ozbekistonda volontyorlikni rivojlantirishdagi asosiy tosiqlardir.

9.       Respondentlarning aksariyati (92%) Ozbekistonda volontyorlikni rivojlantirish kerak, deb hisoblashadi.

10.   U-Reportyorlarning aksariyati (73%) jamiyatdagi mavjud muammolarni volontyorlarni jalb qilgan holda hal qilish mumkin deb oylashadi.

 

 

Respondentlarning aksariyati (68%) volontyorlik nima ekanligini bilishini qayd etgan, respondentlarning 26% bu qanday faoliyat ekanligini bilishmaydi. Qizlar (73%) yigitlarga (66%) qaraganda volontyorlikni tushunishga koproq ishonch bildirdilar. Yosh guruhlari orasida 31-34 yoshdagi respondentlar eng kop "Ha" javobini tanladilar - bu ushbu toifadagi barcha respondentlarning 70%ni tashkil qiladi.

 

 

U-Reportyorlarning yarmidan ko’pi (58%) volontyorlikni "ezgulik uchun beg’araz mehnat" bilan bog'lashadi. 14% "Vatan ravnaqi uchun yordam" variantini tanlashdi. Respondentlarning 8%i buni qisman haq to'lanadigan ish deb hisoblashadi.

 Yigitlarga (55%) qaraganda qizlar (61%) koproq volontyorlikni beg’araz mehnat deb bilishadi. Qizig'i shundaki, 15-19 yoshdagi yoshlar boshqa yosh guruhlariga qaraganda volontyorlikni ko’proq vatanparvarlik ruhida qabul qilishadi - ularning 18% volontyorlik bu Vatan ravnaqi uchun yordam deb hisoblashadi.

 

2%"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarga ular volontyorlikni qanday anglashini soradik va quyidagi javoblarni oldik:

1.      Bir nechta javob variantlarini tanlashdi.

2.      Insonparvarlik (insonoylik/odamgarchilik) va foyda olish uchun hech qanday manfaatlarsiz jamiyatning muhtoj va himoyasiz qatlamlariga ixtiyoriy va beg’araz yordam korsatish qobiliyati.

3.      Boshqa odamlarning mehnatidan bepul foydalanish, boshqacha qilib aytganda, "bepul ish kuchi" yoki ba'zilar uchun "yugirdak" va "topshiriqlarni bajaruvchi" xodim.

4.      Bor imkoniyatlaridan keng va oqilona foydalanish.

5.      O'z pozitsiyasini himoya qilish.

6.      Malaka oshirish va tajriba orttirish.

7.      Beg’araz mehnat, ammo qulay imkoniyatlardan foydalanish sharti bilan.

8.      Loyihalarga qarab, volontyorlar mehnati to'lanishi yoki to'lanmasligi mumkin.

9.      Sport musobaqalari paytidagi volontyorlik.

10.  O'z xohishi bilan ma'lum bir ishni bajarish uchun javobgarlikni o'z zimmasiga/bo’yniga olish.

11.  O'zini ko’z-ko’z qilish/namoyish etish.

 

Ma’lumot uchun: umumiy aytganda, ko'ngillilik/volontyorlik mohiyati – bu yordamga yoki qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'lganlarning manfaati uchun ixtiyoriy, beg'araz xizmat/mehnat.

 

 

Respondentlarning atigi 18%i hozirda volontyor ekanliklarini aytishgan va bu variant barcha yosh toifalarida teng ravishda tanlangan. U-Reportyorlarning 1/3 qismi hech qachon volontyor bolmagan, shu bilan bir vaqtda 1/4 qismi avval volontyor bolishgan, sorov ishtirokchilarining 1/5 qismida volontyor bolish istagi bor, lekin buni qanday qilishni bilmaydilar.

Respondentning yoshi qanchalik katta bolsa, shunchalik hech qachon volontyorlik qilmaganligi to'g'risida koproq javob berishgan. Shunday qilib, masalan, 35 va undan katta yoshdagi guruhlarda respondentlarning 41% hech qachon volontyor/kon’gilli bo'lmagan.

 

 

Ta'lim loyihalari – volontyorlik faoliyatning eng jozibali sohasi - respondentlarning 20% ​​ushbu variantni tanladilar. Ikkinchi o'rinda yoshlar bilan ishlash (17%). Bolalar va qariyalar uchun yordam – ushbu variantni 15% respondentlar tanlashgan (shu bilan birga, 15-19 yoshdagi yoshlarning atigi 14% bu sohani tanlashgan).

Qizig'i shundaki, ta'lim sohasida volontyorlik qilish 35 yosh va undan katta yoshdagi respondentlar uchun eng jozibali bo’ldi.

 Gender jihatdan, qizlar (20%) ko’proq bolalar va qariyalarga ko'ngilli yordam berish istagini bildirishgan, va bu ular uchun beg’araz faoliyatning eng istalgan sohasi. 22% yigitlar uchun esa ta'lim loyihalari volontyorlik qilish uchun eng jozibali yonalish bo’lib chiqdi.

 

O’zining javob varinatini tanlagan 6% U-Reportyorlar volontyorlik qilishni istagan quyidagi sohalarni qayd etishdi:

1.      Hech qanday sohada

2.      Yuqoridagi barcha sohalarda yoki bir nechta sohalarda

3.      U-Reportda

4.      Ozbekiston yoshlar ittifoqida

5.      Qizil Xoch, UNICEF va BMTning boshqa mamlakatlardagi idoralarida

6.      Tarjimonlik, turizm, chet ellik sayyohlarni jalb qilish

7.      Noqonuniy baliq ovlash bilan shug’ullaniyotgan brakonyeralrni jazolash sohasida, shuningdek tabiiy resurslar va hayvonlarni muhofaza qilish va ko’kalamzorlashtirish sohasida

8.      Kam ta'minlanganlarga, boquvchisini yo'qotgan bolalar va qariyalarga yordam berish

9.      Og'ir kasallikka chalingan bemorlarga mablag toplashda yordam berish, aholini nogironligi bor insonlarga g'amxo'rlik qilishning ahamiyati tog'risida ma'lumot berish

10.  Fuqarolarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida odamlar tomonidan o'z huquqlaridan foydalanishda huquqiy yordam / ko'maklashish sohasida

11.  Sport tadbirlari / musobaqalarini o'z ichiga olgan holda tadbirlarni tashkil qilish

12.  Siyosiy tadbirlarda siyosiy volontyorlik/ko'ngillilik

13.  San'at va madaniyat sohasida

14.  Ilm-fanning rivojlanishi, shuningdek, axborot texnologiyalari va dasturlash sohasida

15.  Tibbiyot sohasida, sog'liq va farovonlik

16.  Masjidlar va diniy muassasalarga yordam berish sohasida

17.  Ayollar bilan ishlash (yolg'iz onalar, mushkul hayot sharoitlaridagi qizlarga yordam berish va boshqalar), ayollar klubini yaratish

18.  Biznes va tadbirkorlik faoliyatida va boshqa sohalarda.

 

  

Sorovda qatnashgan yoshlarning aksariyati (60%) odamlarga yordam berish istagi ularni volontyorlik bilan shug’ullanishga undaydi deya e’tirof etishgan. Ikkinchi eng muhim rag'batlantiruvchi omil - bu oz-ozini rivojlantirish istagi (13%), uchinchi orinda bir jamoaning  qismi bo’lish istagi (11%).

Boshqa” javob variantni tanlagan U-Reportyorlarning 5%idan ularni volontyorlik faoliyatiga undovchi o’zlarining sabablarini yozishni soradik va quyidagi javoblarni oldik:

1.      Yuqoridagi barcha yoki bir nechta javoblar

2.      Jamiyat uchun foydali bolish, dunyoqarashni yaxshilash, odamlardagi ishonchni tiklash, kimgadir quvonch bag'ishlash, hamfikr odamlar guruhini topish

3.      Diniy omillar, savob, insoniylik, Allohdan savob olish umidi

4.      Sertifikat olish

5.      Shunchaki dunyoni yaxshiroq qilish istagi

6.      Mehribonlik, insoniy fazilatlar, tabiatga, odamlarga, jonivorlarga bo'lgan muhabbat

7.      Bu dunyoga va hayotga ongli munosabat

8.      Vaqtni boy bermaslik va boshqalarga mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanishga orgatish

9.      Tajriba orttirish, yangi odamlar bilan tanishish istagi

10.  "Rezyumedagi bir qator", ya'ni volontyorlik kopincha turli xil ta'lim maqsadlarida yaxshi rezyume uchun odamlarga kerak bo’ladi (ishga va universitetga kirish uchun rezyumedagi ma’lumotni to’ldirish uchun)

11.  Atrof-muhitga yordam berish va tabiatni himoya qilish istagi

12.  Vatanparvarlik tuyg'usi va oz vatanining rivojlanishiga yordam berish istagi

13.  Jamiyatda noto'g'ri yo’lda yurgan odamlarga yordam berish, hayotdagi yaxshi narsalar bilan bolishish, bir-birlari bilan munosabatlarda iliqlik yaratish.

14.  Boshqalarga kerak ekaningizni his qilish/tuyg’usi

15.  Jamiyatni yaxshi tomonga o’zgartirish va bu dunyoni yaxshiroq joyga aylantirish istagi

16.  Volontyorlik faoliyati orqali etakchilik fazilatlarini va boshqa konikmalarni rivojlantirish istagi, masalan, ommaviy nutqda notiqlik, oz fikrlarini mohirona ifoda etish va boshqalar.

 

  

38% respondentlarning fikriga kora, bugungi kunda OTM talabalari koproq volontyor bolishadi. 10%dan quyidagi variantlar olishdi: kattalar (30 yoshdan katta), ishlayotgan yoshlar va maktab/ kollej o’quvchilari.

45% ayol respondentlar (34% erkaklarga nisbatan) OTM talabalari boshqalarga qaraganda eng ko’p volontyorlik faoliyati bilan shug’illanishadi deb hisoblashadi. Yosh toifalari orasida 20-24 yoshdagi respondentlarning deyarli yarmi universitet talabalari eng kop volontyorlik faoliyati bilan shug’ullanishadi deb hisoblashadi.

 

 

U-Reportyorlarning fikriga ko’ra, jamiyat muammolariga befarqlik (24%), moddiy imkoniyatlarning yoqligi (21%), volontyorlik haqida cheklangan malumotlar (18%), shuningdek volontyorlik mohiyatini tushunmaslik (14%) Ozbekistonda volontyorlikni rivojlantirishdagi asosiy tosiqlardir.

Shunda erkaklar (24%) uchun moddiy imkoniyatlar yetishmasiligi mamlakatda volontyorlikni rivojlantirishga xalaqit beradigan asosiy omillardan biri deb aytilgan bo’lsa, ayollarning (25%) fikriga ko’ra asosiy to’siqlardan odamlarning ijtimoiy muammolarga befarqligi deb hisoblashar ekan. Katta yosh guruhidagi respondentlar cheklangan moddiy imkoniyatlar va odamlarning ijtimoiy muammolarga befarq bo'lishlarini volontorlik bilan shug’ullanishga ga xalaqit berayotgan asosiy omillar sifatida ta'kidladilar.

 

"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 4%i O’zbekistonda volontyorlik faoliyatni rivojlantirish yo’lidagi mavjud to'siqlar to’g'risida o’z fikrlarini aytdilar:

1.      Yuqoridagi barcha javoblar

2.      Oilaviy sabablar: ba'zida ota-onalar o’z farzandlariga volontyorlik maqsadida turli shaharlarga borishga ruxsat bermaydilar, boshqacha qilib aytganda, ota-onalarning volontyorlik haqida xabardorligi yo’qligi tufayli qo'llab-quvvatlamaydilar.

3.      Xayriya tashkilotlarini tashkil etishdagi qiyinchiliklar, volontyorlar/ko’ngillilar guruhlarining bo’linishi, shuningdek bunday tashkilotlarning cheklangan moliyaviy (grant / homiylik) yordami

4.      Volontyorlarga e'tiborning etishmasligi va hukumat organlari tomonidan ko’ngillilariga yordam etishmasligi

5.      O’zbekistonda ushbu masalalarni tartibga soluvchi volontyorlik faoliyat to’g'risidagi qonunning yo’qligi

6.      OTMda o’qish uchun vaqt yetishmasligi, shuningdek, o’qishdan keyin haq to'lanadigan ishda ishlash kerakligi

7.      Aholi madaniyatining past darajasi

8.      Ixtiyoriy va majburiy mehnat o'rtasidagi farq va chegarani aniqlashdagi qiyinchiliklar.

 

VOLONTYORLIKNI RIVOJLANTIRISH TO’SIQLARI HAQIDA U-REPORTYORLAR FIKRI:

“Asosan ko'ngillilar guruhining tarqalishi bilan bog'liq juda ko'p muammolar mavjud, birlik yo'q. Ko'p jihatdan, yoshlar tajribaga ega emaslar. Odamlar bilan bilim va muloqot qobiliyati yoki o'zini tuta bilish.”

 

"Volontyorlik faoliyatiga homiylik zarur: oziq-ovqat va veterinarlar hayvonlar uchun boshpanalarda, uysizlar uchun oziq-ovqat va hokazo. Hozir hamma g’amxo’r fuqarolar yordamida amalga oshirilmoqda."

 

“Ko'pchilik volontyor/ko'ngilli bo'lish nimaligini bilishmaydi! Ular kim va ular nima qilmoqdalar. Bu ishsiz odamlar yoki majburan talabalar ekanligiga ishoniladi. Odamlar kop narsalarni payqamaydilar va agar ular sezsalar, qayerga murojaat qilishni va hamfikrlarni topishni bilishmaydi, yoki qo’rqishadi. Albatta, qonunni qabul qilish bu yaxshi narsa, lekin odamlar tushunib, bilib olishlaridan keying qonunni qabul qilish kerak. "

 

Mani bilishimcha, volontyorlarning asosiy qismi talabalar, hozir esa universitetda o‘ta qattiq tartib o‘rnatilganki, kasal bo‘lsang ham darsga kelib, davomat uchun o‘tirishing kerak. Mustaqil rivojlanish uchun imkoniyat yetishmaydi. Talabalarga tanbeh beravermasdan, ularga ham erkin faoliyat uchun biroz sharoit yaratib berish kerak.

 

Volontyorlik haqida tuzukroq tushuncha yo'q taklif qiluvchida ham qabul qilinuvchida ham, volontyorlik togrisida qonun ham yo'q bundan tashqari qiziqarli va foydali xalqaro volontyorlar forumlarida qatnashish va tajriba oshirish uchun fond ham yo'q...

 

Volontyorlik uchun qonun shart emas! Bu ixtiyoriy ish unda nima keragi bor koʻngilli yordam berishni qonun bilan belgilab qoʻysa! Unda majburiy ishdan farqi qolmaydi!"

 

"Odamlar o'z budjetini ta'minlay olishmayapti, shu sabab hozir faqat pul topishnigina o'ylashga ularda asosli sabablar bor.

 

Ishni stabil emasligi. Maoshni yetarli emasligi. Ish soati ertalabdan kechgacha... Maosh esa doimiy mehnatni talab qiladi, agar kamroq ishlasangiz oylik xarajatlarga yetmay qoladi... Qolgan sabablar keyingi o'rinlarda...

 

Odamlarni topgani o'ziga yetmaydi. Oylik juda juda juda past. Hozir hamma o'z ehtiyoji uchun harakat qilyabdi. Volontyorlik qilishga vaqt yo'q. Bo'sh vaqt topilsa hamma qo'shimcha ishlashga harakat qiladi”.

 

"Volontyorlikmi mamlakat aholisining 70% -80% kamida eng MINIMAL ehtiyojlari qondirilgandan KEYINGINA amalga oshirish mumkin. Bizning POYTAXTIMIZDA esa suvni o'chiradilar, viloyatlarda gaz va yorug'lik yoq. Bunday vaziyatda volontyorlikni rivojlantirib bo’lmaydi”.

 

«KORRUPSIYA. Yoshlarni poraxo'r amaldorlar bo'g'ib tashlamoqda. Yoshlarda rivojlanishga qiziqish yoq, faqat pul topishni o'ylaydi chunki harakatdan foyda yoq sudyani bolasi sudya boladi diplomatni bolasi diplomat. Shuning uchun ham volontyorlik qaysidir poroxorni foydasiga ishlashini hamma biladi. Bu so'rovlarni ham aytarlik kimdir o'qishiga shubham bor. Xo'jako'rsinga».

 

“Yoshlar jamiyat ravnaqi uchun fidoyi va samimiy harakatlari ularning intellektual aloqa qobiliyatlarini, shuningdek, kelajakda zarur bo'lgan emotsional aqlni (yumshoq ko'nikmalarni, ingliz tilida “soft skills”) qanday rivojlantirishini anglamaydilar. Shuningdek, volontyorlik ularga qaysi sohada o'z iste'dod va qobiliyatlarini namoyish etishni tanlashda yordam beradi”.

 

“Baxtli va minnatdor bo'lish qobiliyati yo’qligi. O’zi baxtsiz bo’lgan odam boshqalarga beg’araz yordam bermaydi ...

 __________________________________


Respondentlarning aksariyati (92%) Ozbekistonda volontyorlikni rivojlantirish kerak, deb hisoblashadi. Shu bilan birga, erkaklarga (90%) qaraganda, buni ayollar koproq istaydi (94%). Erkaklarning 4% buni keragi yo’q deb hisoblashadi (1% ayollar bilan solishtirganda). Respondentning yoshi qanchalik katta bo'lsa, u "javob berish qiynalyapman" variantini tanlashga moyil.

 

U-Reportyorlarning aksariyati (73%) jamiyatdagi mavjud muammolarni volontyorlarni jalb qilgan holda hal qilish mumkin deb oylashadi. 14% buni volontyorlar/kongillilar yordamida amalga oshirish mumkin emas deb hisoblashadi va 13% bu savolga javob berishni qiyinalishgan. Qizlar bunga ko’proq ishinishadi – ularning 77% kongillilar ishtirokida ijtimoiy muammolarning yechimini topish mumkin deb hisoblashadi, 71% yigitlarga qaraganda.

 

Qizig'i shundaki, respondentlarning yoshi osishi bilan kongillilarni jalb qilgan holda mavjud muammolarni ijobiy hal etish ishonchi pasaymoqda. Shunday qilib, masalan, 15-19 yoshdagi U-Reportyorlarning 78% bunga kongillilar komagida erishish mumkin deb hisoblasa, 35 yosh va undan katta yoshdagi respondentlarning atigi 65% buni amalga oshirish mumkin deb oylashadi.

 

 Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 4,500 dan ortiq respondentlarning fikrlarini aks etadi.

 

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo