So'rovnomaning asosiy
maqsadi, Britaniya Kengashining O'zbekistondagi axborot-kommunikatsiya kanali
haqida yoshlarning xohishlari haqida ma'lumot olish edi. So'rovnoma natijalari
O'zbekistondagi Britaniya Kengashining Telegram kanaliga kontent tayyorlash
uchun kerak bo’ladi.
Britaniya Kengashi - madaniyat va ta'lim sohasida turli
loyihalarni (shu jumladan, IELTS imtihonini) amalga oshiradigan xalqaro
tashkilot.
So'rovnomada Respublika bo'ylab 4500 dan ortiq respondentlar
ishtirok etdi.
BRITANIYA KENGASHINING TELEGRAM KANALI HAQIDA O'TKAZILGAN
SO'ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:
1.
Respondentlarning 1/3 qismidan ko'prog'i (35%)
Britaniya Kengashining Telegram kanali
uchta tilda: ingliz, o'zbek va rus tillarida bo'lishini xohlaydi.
2.
39% respondentlar Britaniya Kengashining
Telegram kanalidan kuniga bir marta ma'lumot olishni xohlashadi, ikkinchi
o'rinda esa – “kuniga bir necha marta” varianti.
3.
59% respondentlar Britaniya Kengashining
Telegram kanali har xil formatda bo'lishi kerak, deb hisoblashadi, jumladan,
matn, audio, video, rasmlar va hk.
Respondentlarning 1/3 qismidan ko'prog'i (35%) Britaniya
Kengashining Telegram kanali uchta
tilda: ingliz, o'zbek va rus tillarida bo'lishini xohlaydi. Shu bilan birga, ayollar (40%) bu tanlovni
erkaklarga (31%) qaraganda ko'proq afzal ko'rishdi.
Respondentlarga shuningdek - Bu kanalda Siz qanday content/ma’lumotlarni ko’rishni istaysiz? – degan savol ham bir-necha javob variantlari bilan berildi. So‘rovnoma ishtirokchilarining xohish-istaklari quyidagicha taqsimlandi:
1)
Barcha ko’rsatilgan variantlar – 59%
2)
Ingliz tilini o’rganish maslahatlari – 15%
3)
IELTS bo’yicha foydali ma’lumotlar – 8%
4)
Britaniyada
ta'lim olish haqida – 7%
5)
British
Council ning loyihalari – 5%
6)
Boshqa (yozing)– 5%
7)
Britaniya
haqida ma'lumotlar – 2%
"Boshqa"
variantini tanlagan 5% qatnashchilar British Council kanalida ko'rishni istagan
quyidagi kontentni taklif qilishdi:
1)
Ingliz tilini o'qitish uchun alohida dasturlar:
tizimli, o'yin ko’rinishida, animatsion va boshqalar.
2)
Britaniyadagi universitetlar, maktablar va
kollejlar to'g'risida ma'lumot.
3)
Britaniya o'qituvchilari tomonidan ingliz tilini
o'qitish uslubi, o'qitishda qo'llaniladigan innovatsion usullar.
Shuningdek: grantlar, ta'lim almashinuv dasturlari, Britaniyaning
milliy o’ziga hos xususiyatlari va ta'lim tizimi, turizm, narxlar, sport, sog'liqni
saqlash tizimi, Britaniya va O'zbekiston haqidagi qiyosiy ma'lumotlar, kulgili
videolar, shuningdek, Britaniya Kengashining O'zbekistondagi tadbirlari,
seminarlari va h.k.
Respondentlarning 39 %i Britaniya Kengashining Telegram kanalidan kuniga bir marta ma'lumot olishni afzal ko'rishdi, 33 %i kuniga bir necha marta ma'lumotlarni olishga tayyor. Shu bilan birga, "kuniga bir necha marta" variantini ayollarning atigi 26 %i tanlagan bo'lsa, erkaklar orasida bu ko'rsatkich 34 %ni tashkil etdi.
59% respondentlar
Britaniya Kengashining Telegram kanalining kontenti ko'p formatli bo'lishi
kerak deb hisoblashadi. 16% "matnni ustida rasm " formatini afzal
ko'rdi.
Yosh toifalariga ko'ra, faqat 14 yoshdagi respondentlarni
ajratib ko'rsatish mumkin, chunki ular rasmlarni (17%) yoki rasmdagi matnni
(25%) afzal ko'rishishini bildirgan. Qolgan yosh guruhlari orasida yuqorida
ko'rsatilgan umumiy tendentsiyadan sezilarli ustunliklar yo'q.
U-Reporterlarimizga javoblar uchun rahmat. Sizning
fikringizga asoslanib, biz Britaniya Kengashiga Telegram kanalini yoshlar uchun
qulay va foydali qilishga yordam beramiz. Agar siz Britaniya Kengashining ushbu
kanaliga qiziqsangiz – https://t.me/British_Council_Uz orqali qo’shiling.
____________________________________________________________________________________________