Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlar qabul qilinayotgan qonunlar haqida biladimi?

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoshlar qabul qilinayatgangan meyoriy-huquqiy hujjatlar to'g'risida bilishlarini, qay tarzda bu haqda ma'lumot olish yoshlarga qulay ekanligini, qaysi manbalardan foydalanishi mumkinligini va yoshlar yangi qonunlar, qarorlar va boshqa qonun hujjatlari to'g'risida xabardor bo'lishlari uchun nima qilish kerakligini aniqlashga qaror qildi.

Olingan ma'lumotlar yoshlarning huquqiy madaniyat darajasini baholash, shuningdek, yoshlarning fikr-mulohazalari va xohishlariga ko'ra, qonunchilik bazasidan ma'lumotlarni taqdim etish uchun tushunarli va qulay bo'lgan eng ommabop formatlardan foydalanish uchun zarurdir.

 

Sorovda respublika bo'ylab 3500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

SO’ROVNING ASOSIY HULOSALARI:

 

1.      Sorovda ishtirok etgan yoshlarning 94% yangi qonun hujjatlari haqida (har doim, vaqti-vaqti bilan yoki faqatgina ularga tegishli masalalar bo'yicha) ma'lumot olishga qiziqadi.

2.      So'rov ishtirokchilari tomonidan qonunchilik va yangi qonunlardagi o'zgarishlarning eng ommalashgan manbalari deb Adliya vazirligining Telegram kanallari (34%) va Internetdagi ommaviy axborot vositalari (22%) belgilangan.

3.      Sorovda qatnashgan erkak respondentlarning aksariyati Adliya vazirligi va Lex.uz (59%) rasmiy kanallari orqali yangi qonunlar haqida ma'lumot olishni afzal ko'rsa, qizlarning aksariyati esa (42%) ommaviy axborot vositalaridan (Internetdagi OAV, televideniye, radio) malumot olishar ekan.

4.      Turli yosh guruhlari yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar to'g'risida o’ziga qulay turli xil axborot manbalarini ko'rsatdi: 14 yoshlilar uchun bloggerlar (20%), 15-19 yoshdagilar - o'quv muassasalari (16%), 20 yoshdan yuqori bo'lganlar uchun – Internet nashrlari va televideniye. «Ijtimoiy tarmoqlar» so'rov ishtirokchilarining barcha yosh guruhlari orasida eng ommabop axborot manbasi sifatida e’tirof etildi.

5.      Ishtirokchilarning fikriga ko'ra, yangi qonunlar to'g'risidagi axborotni taqdim etishning eng ommabop 3 formati quyidagilar: qisqacha matnlar (45%), videokroliklar (31%) va infografika (jadvallar/rasmlar) (19%).

6.      Ishtirokchilarning 62% "Lex.uz" axborot-huquqiy portalidan foydalanishini aytib o’tgan. Shu bilan birga, erkaklar orasida ishtirokchilarning faqat 29% portaldan foydalanmagan, 4% esa bu nima ekanligini bilmasligini aytishdi. Sorovning ayol ishtirokchilarining 41% esa portaldan foydalanmasligini, 11% Lex.uz haqida hech narsa bilishmasligini aytgan.

 


Sorov natijalariga ko'ra, so'rovda qatnashgan yoshlarning 94% yangi qonuniy hujjatlar haqidagi ma'lumot bilan qiziqadi (muntazam, vaqti-vaqti bilan yoki faqat ozlariga tegishli narsani o'qishadi). Yoshlarning faqatgina 6% ushbu ma'lumotga qiziqish bildirmasligini aytib o’tishdi.

 

Shu bilan birga, agar erkaklarning 40% qonunlar haqida har doim o'qishini aytgan bo'lsa, ayollar orasida ushbu javobni faqat 24% tanlagan. Shuningdek, so'rov natijalari shuni ko'rsatadiki, yosh ulgaygan sari, doimiy tarzda qabul qilinyatgan qonun tashabbuslarini kuzatib boruvchilar soni muntazam ravishda kopayadi: 14-19 yoshdagi yoshlar guruhida 14%, 20-30 yoshdagi ishtirokchilar orasida bu ko'rsatkich 35% tashkil etadi (yoshi 30dan oshgan ishtirokchilar orasida  48%).

___________________________________________________________ 

 Sorov ishtirokchilari tomonidan qonunchilik va yangi qonunlardagi o'zgarishlar haqida bugungi kunda qo'llaniladigan eng ommabop ma'lumot manbalari quyidagilardir:

1.                  Adliya vazirligining Telegram kanallari – 34%

2.                  Internet OAV – 22%

3.                  Lex.uz – 19%

4.                  Boshqa Internet manbalari – 9%

5.                  OAV (TV, radio) – 5%

6.                  Boshqa – 4%

7.                  Tanishlar/do’stlar – 3%

8.                  norma.uz – 2%

Gender jihatlari boyicha qiziq malumot yigildi: masalan, erkaklar orasida yangi qonunlar haqida mashhur axborot manbalari Adliya vazirligi va Lex.uz kanallaridir - 59%; ayollar esa malumotni ommaviy axborot vositalaridan (internet OAV, televidenie, radio) olishni afzal ko'rishar ekan – 42%.

 

"Boshqa" javobini tanlaganlar qabul qilinayotgan qonunchilik tashabbuslari to'g'risida xabardorlikni oshirish uchun o'zlari foydalanadigan kanallarning quyidagi variantlarini taqdim etdilar:

1. Adliya vazirligi "Huquqiy axborot" Telegram kanali

2. Birgalikda turli manbalar

3. Internet nashrlari (kun.uz, daryo.uz, gazeta.uz va boshqalar)

4. Ma'lumotlarni o'qish yoki ish vaqtida oladi

5. Turli xil ijtimoiy tarmoqlar.

 

Shuningdek, ishtirokchilar Xushnudbek.uz blogining Telegram kanalini, hamda televidenie, gazeta va jurnallarni ham korsatishdi.

 

 

U-Reportyorlar qabul qilinayotgan qonunchilik tashabbuslari va o'zgarishlar haqida qayerdan malumot olishni istashadi degan savolga quyidagi javoblarni oldik:

 

1.                  Ijtimoiy tarmoqlar - 57%

2.                  Internet nashrlar - 20%

3.                  TV - 10%

4.                  Ta'lim muassasalarida - 5%

5.                  Bloggerlar - 3%

6.                  Mustaqil ravishda jurnallarda / broshyuralarda o'qish - 2%

7.                  Boshqa - 2%

8.                  Radio - 1%

Shu bilan birga, turli yosh guruhlari yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar to'g'risida o’ziga qulay turli xil axborot manbalarini ko'rsatdi: 14 yoshlilar uchun bloggerlar (20%), 15-19 yoshdagilar - o'quv muassasalari (16%), 20 yoshdan yuqori bo'lganlar uchun – Internet nashrlari va televideniye.

 

Demak, ishtirokchilarning fikriga kora, yangi qonuniy hujjatlar haqida ma'lumot berishning formatlari boyicha eng ma’qul bo’lgan uchtalik quyidagilar: qisqa matnlar (45%), video roliklar (31%) va infografika (diagrammalar/rasmlar) (19%),

 

Ishtirokchilarning 62% Lex.uz axborot-huquqiy portalidan foydalanishlarini bildirishdi. Shu bilan birga, erkak ishtirokchilar orasida faqat 29% portaldan foydalanmasliklarini, 4% esa bu nima ekanligini bilmasligini aytgan bo’lsa, so'rovda ishtirok etgan ayollarning 41%i portaldan foydalanmasligini va 11%i esa Lex.uz haqida hech narsa bilmasligini aytdi.

 

14-19 yoshdagi yoshlar orasida Lex.uz portalidan foydalanmagan va bilmaganlar eng yuqori ko'rsatkichlarni tashkil qilgan: o'rtacha 49% va 38% mos ravishda.

 

Biz Lex.uz portalini ishlatganlardan (so'ralganlarning 62%i) portaldan foydalanish qulaymi deb so'radik - so'rovda ishtirok etganlarning 41%i Lex.uz axborot-huquiy portalidan foydalanish qulay emasligini aytgan.

 

Lex.uz faoliyatini yaxshilash uchun Adliya vazirligiga malumot yetkazish maqsadida, biz Lex.uz foydalanuvchilaridan noqulayliklarning sababini aytishini iltimos qildik.

 

Shunday qilib, Lex.uz foydalanuvchilari eng kop shikoyat qilgan 10ta sabab:

1.      Noqulay va murakkab qidiruv tizimi – portaldan foydalanish qiyinchiliklari haqida gapirgan ishtirokchilarning yarmi bu muammoni aytib o’tishgan.

2.      Qoniqarli bo'lmagan interfeys, dizayn, saytni yuklash qiyinligi, kerakli hujjatlarni yuklab olishning mushkulligi – foydalanuvchilar noroziligining ikkinchi sababi bo'ldi.

3.      Qonunlar va boshqa hujjatlarga aniq, qisqa tushuntirish va sharhlarning yoqligi, murakkab til va atamalarning orqasida oddiy odamlar tushunmay qolayotgan hujjatlar.

4.      Qonunchilikdagi yangiliklarni joylashtirishdagi kechiktirilishlar  bu foydalanuvchilar boshqa resurslardan ma'lumot qidirishga olib kelishiga sabab bo’lishi aytilgan.

5.      Joylashtiriladigan hujjatlarning tili bilan bog'liq muammolar – ba’zi hujjatlarning faqat o'zbek tilida yoki faqat rus tilida mavjudligi.

6.      Qidiruv tizimida kerakli hujjatlarning tasniflanishi va klassifikatsiyasi yo'qligi – qonunchilik sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar formatlari va boshqalar boyicha.

7.      Portalning mobil versiyasidan foydalanish murakkabligi va noqulayligi - sekin yuklanishi, qidiruv funksiyasidan to'liq foydalanish imkoni yoqligi, kerakli hujjatlarni to'liq yuklab bo'lmasligi.

8.      Ba'zi qonun hujjatlarining yo'qligi - masalan, vazirlik va idoralar, tuman va mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilingan hujjatlar va boshqalar.

9.      Kerakli ma'lumotni qidirib topish muammolari – kerakli hujjatning faqat bir qismini topib olish uchun, uni to'liq boshidan o'qib chiqish kerak, chunki qidiruv tizimida muayyan kalit so'zlar haqida aniq ma'lumot olish uchun hech qanday funktsiya mavjud emas.

10.  Portalda lotin yozuvi deyarli ishlatilmayotganligi  va sayt ishini to'xtatadigan tez-tez olib boriladigan profilaktika ishlari sabab, kerakli ma'lumotlarni o'z vaqtida olish imkoniyati cheklanishi.

 

U-REPORTYORLANING FIKRLARI:

 

«1. Ba'zi qonuniy qaror normativ xujjatlar rus tilida uzb tilida yo'q, yoki aksi uzb da bor ruschada yo'q

2. Biror so'z yoki gap yozilsa shu so'zga gapga yaqin xujjatni kamdan kam to'g'ri topib beradi googledan oldin topib keyn lex.uz ni qayerida turganini bilib olaman doim».

 

«1) Izlash bo'limida kamchilik bor. Ro'yxat raqami bilan topish muammo 2) Lex.uz dasturida Kodekslar bo'limida Yangilangani Soliq kodeksi yo'q. 3) Saytda tilni tanlab bo'lgandan keyin ham hujjatlar yana 2 tilda ko'rsatiladi bu aynan izlanayotgan hujjatni topishda muammo tug'diradi. 4) Ba'zi hujjatlarning doc shakli mavjud emas. Doc shaklda yuklab olish tizimini ham rivojlantirish kerak».

                             «Телефонда кирганда матнларни тўлиқ ўқиб бўлмайди».

“Aniq tizim yo'q. Ma'lumotlarni sintezlash kerak. Chunki har kuni yangi qarоrlar chiqyapti. Ularni tezlikda eskilari o'rniga qo'yish lozim!

«Murakkab terminlar ko’p, ayrim moddalar tushuntirish talab qiladi, qonundan sal bexabar odam uchun matnlarni tushunish darajasi qiyin».

«Mobil ilova yaxshi ishlasa zo'r bo'lar edi».

Авторизациядан у'тиш жудаям к,ийин ва сайт алгоритми (демок,чиманки, кетма-кетлик ёки менюлар жойлашуви) жудаям мураккаб”.

«Плохая навигация по сайту, отсутствие pdf формата для множества актов».

 

«Ishda ma'lum bir farmonni, farmoyishni, qonunni topish uchun tez-tez Lex dan foydalanaman, lekin har safar ularning veb-saytida birinchi marta bolgandekman. Boshqa hech qaysi saytlar bilan bunday muammolar yo'q. Menga umuman hech narsa yoqmaydi shrift juda ham oddiy, oq fon va hokazo».

«Qonun loyhasi tushunarsiz bo'ladi, qonun odamlarga tushunarli qilib sodda tushuntirilsa yaxshi bo'lar edi».

«Agar sayt davlat organiga taalluqli bo'lsa, u zerikarli bo'lishi va "90-yillardan salom"ga o'xshab ketishi shart emas. XXI asrdamiz, bizning mamlakatimizda iste'dodli dasturchilar yetarlicha bor, ular saytni odatiy qilishi va saytda qulay qidirish tizimini yolga qoyishi mumkin».

«Izlash tizimi o‘ta tushunarsiz! Izlayotgan qonun, qaror va hokazolarni qachon, qaysi maxkama yoki idora qabul qilganini qayerdan biladi odamlar!»

«Interfeysni soddalashtirish, qonunchilikka muvofiq toifalarni yaratish 1) Fuqarolik huquqi 2) Fuqarolik protsessual kodeksi 3) Jinoyat huquqi 4) Jinoyat protsessual kodeksi va boshqalar. Shuningdek, 1) Prezidentning, 2) Oliy Majlisning, 3) Vazirlar Mahkamasining, 4) Hokimlarning  va boshqa organlarning farmonlari, farmoyishlari, qarorlari».

«Вазирликларнинг ва вилоятларнинг ички буйруклари ёритилмаяпти».

"Murakkab interfeysni soddalashtirish va shu bilan birgalikda ko'pchilik tushinmaydigan (hatto qonun ijodkorlari ham) qonunlarni tushunarli qilib izoh shaklida ommaga yetkazishni taklif qilaman. Bu borada @xushnudbek  telegram kanali samarali faoliyatni olib bormoqda».

«Uzluksiz yozuvlar. Saytning dizaynini yaxshilash va saytni grafikalar, faktlar va jadvallar bilan to'ldirish kerak.»

«Qishloq hududlarida aloqa yomonligi sababli ancha vaqtni sarf qilish kerak».

 

«Бу канал керакли даражада тарғиб қилинмаяпти. Иложи булса бу каналга факат янгиликлардан ташкари амалдаги конунлар хакида хам малумотлар берилса,  депутатлар ва конунчилик палатаси азолари билан live сухбатлар савол-жавоб тарикасида утказилса яхши булар эди".

 

LEX.UZ UCHUN FOYDALANUVCHILARNING TAKLIFLARI:

1.      Yoshlar o'rtasida ommalashtirish uchun Lex.uzning mobil ilovasini dizayn va interfeysi bo’yicha takomillashtirish.

2.      Saytda foydalanuvchilar uchun fikr-mulohazalar bildirish maqsadida qayta aloqa imkoniyatini (takliflar, sharhlar, savollar va javoblar uchun) tatbiq qilish

3.      Onlayn maslahatlashuvlarni, deputatlar va boshqa mansabdor shaxslar bilan onlayn ochiq muloqotlarni kiritish.

4.      Internetsiz ishlaydigan mahalliy dasturni yaratish (Internetga kirish va uning past tezlik bilan, ayniqsa hududlarda ishlashi tufayli).

5.      Bosh sahifada "Qonunchilik yangiliklari" burchagini ishlab chiqish va qonunlardagi yangiliklar to'g'risida qisqa ma'lumotni yanada qiziqarli vizual shakl va formatda tezkor ravishda nashr etib borish.

6.      Til variantlariga ingliz tilini kiritish.

7.      Normativ-huquqiy hujjatlar matniga qo'shimcha ravishda: qonunlarga qisqa sharhlarni, infografika, video va axborotni uzatishning boshqa formatlarini qo'shish.

 

So’rov natijasida olingan ma'lumotlar Adliya vazirligiga yangi qonunlar/qarorlar haqida ma'lumot berish shakllarini takomillashtirish maqsadida taqdim etildi. Agar Sizda qonunlar bo’yicha savollaringiz bo'lsa yoki maslahat kerak bo’lsa, O'zbekiston Adliya vazirligining ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling: 1008

 

Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 3500 dan ortiq respondentlarning fikridir.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo