Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Maktab kutubxonalari haqida yoshlar qanday fikrda?

Xalq ta’limi vazirligi va U-Report yoshlardan maktab kutubxonalarining ishini yaxshilash uchun qanday chora-tadbirlar ko’rish kerakligini bilish uchun ularning ahvoli to’g’risida so’radi. Olingan ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab kutubxonalarining faoliyatini yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin.

So’rovda respublika bo’yicha 1600 dan ortiq respondentlar ishtirok etishdi.

63% respondentlar maktabni bitirganliklariga qaramay, ushbu so’rovda qatnashish uchun qiziqish bildirishdi. Barcha respondentlardan 26% ishtirokchilar hozirgi kunda maktab yoki litseyda o’quvchi ekani ma’lum bo’ldi.

Muhim tahlillar:

1.     49% respondentlarni maktab kutubxonalariga ko'proq zamonaviy adabiyotning mavjudligi jalb qiladi.

2.     50% dan ko’proq respondent-maktab o’quvchilari maktab kutubxonalariga haftasiga bir yoki oyiga bir necha marta borishlarini aytishdi.

3.     73% ishtirokchilar odatiy bosma kitoblarni ma'qul ko'rishadi. Qizig’i shundaki, ushbu javobni eng kichik yoshdagi respontenlarimizdan (14 yosh) boshlab barcha yoshdagi respondentlar belgilagan.

4.     14 yoshgacha bo’lgan respondentlar fantastika va detektivni ma’qul ko’rishishini, 15-19 yoshdagilar ko’proq badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotni tanlashini aytib o’tishdi.

5.     Maktab kutubxonalarining ishini yaxshilash bo'yicha berilgan javoblar orasida quyidagi birinchi uchlik aniqlandi: 1) qulayliklar yaratish (yumshoq mebel, yaxshi yorug'lik, xushmuomilali hodimlar, tozalik va h.k.); 2) kitoblar sonini ko'paytirish va 3) bepul Internet va zamonaviy kopmyuterlar bilan jihozlash.



32% respondentlar haftasiga hech bo’lmaganda bir marta maktab kutubxonalariga boradi yoki borganlar. Shuningdek, respodentlarning yoshi ortgan sari, ular kutubxonalarga tez-tez borib turganliklari ma’lum bo’ldi. 27% respondentlar maktab kutubxonalariga umuman bormasliklarini yoki bormaganliklarini aytishdi.

50%dan ko’proq responden-maktab o’quvchilari maktab kutubxonalariga haftasiga bir marta yoki oyiga bir necha marta borishlarini aytib berishdi.



74% ishtirokchilar maktab/litsey kutubxonasida o’qish zali bor ekanini aytishdi. 39% respondentlar maktab kutubxonalarida o’qish zali ancha ko’rkam ekanini aytishdi, 35% respondentlar esa o’qish zali qulayliklarsiz ekanini ta’kidlashdi.

Maktab kutubxonalarida adabiyot asarlari yetarlimi, degan savolga U-Reportyorlar quyidagicha javob berishdi:

1.     Bor, lekin kam – 40%

2.     Ha, yetarli – 25%

3.     Bor, lekin qiziqarli emas – 15%

4.     Faqat eski kitoblar – 12%

5.     Umuman kitoblar yo’q – 2%

6.     Bilmayman – 6%

Shuni ham ta’kidlash joizki, respondentlarning yoshi ortgan sari, ular maktab kutubxonalarida kitob yetarli emas degan xulosaga kelishi ma’lum bo’ldi. So’rovda qatnashgan maktab/litsey o’quvchilaridan (bu jami respondetlarning 26%i) 40%i kitoblar bor lekin kam ekanini ta’kidlashdi.



79% respondentlar kutubxonalarga borishlarini yoki oldin borganlarini ta’kidlashdi: shulardan 22% ishtirokchilar muntazam ravishda borishlarini aytib o’tishdi.



Respondentlarning yarmidan ko’pi (59%) yoshlar maktab kutubxonalarida kam o’qishadi deb hisoblashadi. Maktab/litsey o’quvchilari orasida ham javob xuddi shunday ko’rsatgichga ega.



Respondentlarning yarmidan ko’pi (58%) maktab darsliklarini ijaraga olinishiga ijobiy qarashini va bu holat ijara narxi yuqori emasligi tufayligini aytib o’tdi. Respondentlarning uchdan bir qismi (30%) darsliklar bepul bo’lishi kerak deb hisoblashadi.

 

U-Reportyorlar maktab kutubxonalariga qaysi kitoblar uchun borishlarini aytishdi:

1.     Badiiy adabiyot – 41%

2.     Ilmiy-ommabop adabiyot – 21%

3.     Detektiv – 12%

4.     Mashhur odamlar hayoti – 7%

5.     Fantastika – 5%

6.     Yumoristik adabiyot – 0%.

Ko’pchilik yigitlar ilmiy-ommabop adabiyotni maq’ul ko’rishsa, qizlar esa badiiy adabiyotni hush ko’rishadi.

Shuningdek, 14 yoshgacha bo’lgan respondentlar fantastika va detektivni ma’qul ko’rishishini, 15-19 yoshdagilar ko’proq badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotni tanlashini aytib o’tishdi.

Biz “Boshqa” deb javob bergan 9% ishtirokchilardan maktab kutubxonalariga qaysi kitoblar uchun borishini so’radik va quyidagi javoblarni oldik:

1.     Turli janrlar.

2.     Falsafa.

3.     Siyosat va huquq.

4.     Tarix va din.

5.     Detektiv va psixologiya.

6.     Sarguzasht va fantastika.

7.     Dasturlash.



So’ralganlarning 73%i odatiy bosma (qog’oz) kitoblarni ma’qul ko’rishar ekan. Qizig’i shundaki, ushbu javobni eng kichik yoshdagi respontenlarimizdan (14 yosh) boshlab barcha yoshdagi respondentlar belgilagan. 18% respondentlar elektron kitoblarni tanlashdi. 7% ishtirokchilarga esa audio kitoblardan foydalanish qulayroq ekan. 2% respondentlar umuman kitob o’qimasliklarini aytib o’tishdi.

Ko’proq ayollar (80%), erkaklarga (69%) nisbatan, bosma kitoblarni tanlashdi, ammo aynan erkaklar (9%), ayollarga nisbatan (3%), audio kitoblarni xush ko’rishi aniqlandi.

Biz U-Reportyorlardan maktab kutubxonalariga borishi uchun nimalar ularni jalb qilishini so’radik, va quyidagi javoblarni oldik:

1.     Zamonaviy adabiyotning ko’pligi – 49%

2.     Qulaylik: mebel, yaxshi yorug’lik – 16%

3.     Kompyuter va bepul Internet – 14%

4.     Do’stlar bilan uy vazifasini bajarish – 13%

5.     Yaxshi hodimlar – 3%

Shuningdek, biz respondentlarga maktab kutubxonalari yoshlarning sevimli maskaniga aylanishi uchun qanday taklif berishlarini so’radik. Quyidagilar 6ta eng ko’p uchragan takliflar:

1.     Qulayliklar yaratish va sharoitlarni yaxshilash: qulay mebel, yaxshi yorug'lik, muhokama va dars qilish xonalari mavjudligi, hodimlar hushmuomilaligi, kitoblarning ko'pligi, tozalik – 31%.

2.     Kutubxonalar fondini boyitish: barcha eski va zamonaviy kitoblarning nashrlarini ko'paytirish va barcha foydalanuvchilarga ochiq foydalanish uchun taqdim etish – 20%.

3.     Maktab kutubxonalarida kompyuterlar, elektron gadjetlar va bepul Internet tarmog'ini o’rnatish – 11%.

4.     Kitoblarga oid kechalar, sayillar, bayramlar, musobaqalar va turli o'yinlar o'tkazish – 10%.

5.     Yoshlarni ko'proq kitob o'qish musobaqalariga jalb qilish: ma'lum vaqt ichida ma’lum son kitoblarni o'qish.

6.     Elektron kutubxona yaratish va barcha turdagi adabiyotlarni elektron nushasini joylash – 8%.


Olingan ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga yuboriladi.

 Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEFning ushbu mavzuga munosabitini aks etmaydi, reprezentatic ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1600 ga yaqin respondentlarning fikridir.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo