Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
U-Reportyorlarning harbiy xizmatga munosabati

14-yanvar O’zbekistonda Vatan himoyachilari kuni nishonlandi. U-Report va Mudofaa Vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda yoshlar o’rtasida yoshlarning harbiy xizmat sohasida rejalashtirilgan o’zgarishlarga bo’lgan munosabatini o’rganish maqsadida so’rov o’tkazildi. So’rovnomadan olingan ma’lumotlar harbiy xizmatga oid qonunchilikga takliflar va o’zgartirishlar kiritish uchun ishlatiladi.

So’rovnomada respublika bo’yicha 1700 ortiq qatnashchilar ishtirok etdilar: ularning 37%i ayollar va 63%i erkaklar.


Harbiy xizmatni o’tash nufuzli va obro’li emas deb javob berganlardan nima uchun salbiy javob berganliklari to’g’risida so’raganimizda, quyidagi birinchi beshtalikka kiruvchi sabablarni aniqladik:

1.      Birinchi o’rinda deyarli 60% ishtirokchilarning javoblariga ko’ra: hech qanday tushuntirishlar berilmagan, “noto’g’ri tanladim”, “bilmayman”, “tushuntirish uchun ko’p vaqt kerak”, “tanishlarimdan eshitganman”, “shunchaki o’zim” degan javoblar o’rin tutgan.

2.      Ikkinchi o’rinda – harbiy xizmat paytidagi sharoitlar: ishtirokchilar harbiy xizmat o’tash vaqtida asosan paxta terish/joylarni supirish/obodonlashtirish ishlarini olib borilishini ko’rsatgan.

3.      O’ziga xos imtiyozlari bo’lgani uchun ko’pchilik vatanparvarlik hisi bilan emas, balki oliy o’quv yurtlariga kirish uchun yoki harbiy xizmatni o’taganlik to’g’risida guvohnomaga ega bo’lib yahshi ishga joylashish uchun harbiy xizmatga borishlari aytilgan.

4.      To’rtinchi o’rinda ishtirokchilar o’zlarining shaxsiy sabablariga ko’ra, yoki bugungi tinch yurtda harbiy xizmatni o’tashning hojati yo’qligi, yoki harbiy xizmatni o’tash majbur bo’lgani bois harbiy xizmatga qarshi chiqishdi.

5.      Harbiy xizmat jarayonodagi korruptsiyaning mavjudligi: harbiy xizmatga yozilish jarayonida va harbiy xizmat davrida – “ba’zilar pul to’lash orqali armiyada hech qanday mashg’ulotlarga qatnashmaydi”, “qo’mondonlikka ko’tarilish faqat tanish yoki pul orqali qilinadi”, “armiya xizmatidan qochish uchun pul to’lashadi” degan sabablar ko’rsatilgan.

Shuningdek javoblar orasida quyidagi sabablar ham aniqlandi: sanitariyaning yomonligi, “dedovsh’ina”, harbiy sohaning yetarlicha rivojlanmaganligi, jamoat tomonidan harbiy xizmatni o’tovchilarga nisbatan hurmatsiz munosabati, armiya xizmatiga pul to’lay olmaslik.

 

U-REPORTYORLAR FIKRI:

«Bizga harbiylar mamlakatimiz  qahramonlari ekanligini ko'rsatishmayapti. Aslida esa ham shunday. 

«Bir yillik xizmatga boraman deganimda har xil kasallik chiqarishadi pul ishlash maqsadida . Bir oylikka boraman desang barcha kasalliklaringga ko'z yumishadi. Eng og'ir kasal bo'lsangam ishlari yoq bir oylikka boraverasan. Bu yoshlarni vatanparvarlik tuyg'usidan yiroqlashtirmoqda».

«У меня много знакомых ездили на месяц служить и из этого месяца, 2 недели собирали хлопок. Вот поэтому я считаю, что это не престижно».

 «Хозир фақат институтга кириш ёки ишга кириш учун боради».

«Bir yillik obrôli lekin bir oylik???»

«Думаю нужно больше делать уклон на образование и взращивать такие качества, отношения, интеллект и нравственность, чтобы разрешать любые конфликтные ситуации через мирное соглашение и дипломатию, особенно с соседними странами, тогда и не нужно будет много инвестировать на вооружение и защиту. Да, конечна нужна подготовка определенных лиц, кто на самом деле ХОЧЕТ служить и защищать страну силой и физической подготовкой, однако есть защитники, которые добрым нравом и острым умом без использования физической силы могут внести свой вклад в предотвращении всяких конфликтов и обеспечить защиту извне и внутри страны. Корень всех бед, предрассудков, фанатизма и других негативный проявлений человечества - недостаток образования и нравственного воспитания. В этой области наверное нужно больше инвестировать и уделять внимание».

«Потому что сам служил в МПР и во время службы был свидетелем многих нарушений. В 80% времени службы солдаты занимаются посторонними занятиями (уборка, сидеть в учебном классе и ничего не делать, просто стоять на плацу и прочее), а не изучением военного дела. Большая часть служащих в МПР идут туда только ради получения военного билета, чтобы в последующем это помогло успешно устроиться на работу. Лично я от службы ожидал большего, я шел туда чисто из патриотических соображений, но даже работающие там сержанты не принимают эту службу в серьез. Это все мое субъективное мнение».

«Ҳарбий хизматни ўташ шарафли, аммо обрўли эмас. Ҳа, ҳарбий хизмат инсонни чиниқтиради, тоблайди, Ватанга бўлган муҳаббатни, садоқатни оширади. Лекин ҳарбий хизматни ўтамаган инсонлар ҳам шундай туйғуларга эга. Ҳарбий хизматни ўташ, инсоннинг мавқеини оширмаслиги керак».


«Потому что служил! В основном мы - солдаты , только подметали , копали и болели, у всех были осложнения со здоровьем после армии, офицеры унижали солдат, богатые давали взятки и ничего не делали, купаться водили нас раз в неделю , так же нижнее белье раз в неделю меняли, полная антисанитария, Обувь до крови раздирала ноги!!! Могу до утра перечислять , но уже и так всё понятно! Кстати, дембельнулся я в апреле 2018 года , совсем недавно».

«Не вижу смысла идти воевать, не признаю военных, я против насилия и всего, что с этим связано».



Armiyada xizmat qilishni xohlarmidingiz degan savolgaqizlarning 60%i va yigitlarning esa 83%i ijobiy javob berganlar. Ijobiy javob bergan ishtirokchilarning aksariyati (80%) 25-30 yosh atrofida ekanligi aniqlandi.

___________________________________________________________________________

O’zbekistonda tinchlik paytida hizmatga chaqirish yoshi erkaklar uchun 18 yoshdan 27 yoshgacha belgilangan. Harbiy xizmatni o’tash yoshi 27 yoshdan 25 yoshga tushirilishi kerakmi degan savolga quyidagi javoblar olindi:

1.      Qarshiman! – 45%

2.      Zo’r bo’lardi! – 24%

3.      Betarafman – 18%

4.      Bilmadim – 14%



O’zbekistonda tinchlik paytida harbiy xizmatga faqat erkaklar chaqiriladi. Shuning uchun, ishtirokchilardan ayollarni harbiy xizmatga chaqirishga bo’lgan munosabatlarini so’radik.

“Umuman bo’lmaydi!” deb javob bergan 49% ishtirokchilarning 62%i erkaklar va atigi 27%i esa ayollar ekani aniqlandi.

Ayollarni harbiy xizmatga chaqirish g’oyasi asosan ayollar orasida ma’qul g’oya ekanligi va erkaklar orasida qarshiliklarga uchragani aniqlandi. Eslatib o’tamiz, ushbu so’rovda 63% erkaklar qatnashgan.

___________________________________________________________________________

Keyingi savol harbiy xizmatni o’taganlar uchun beriladigan imtiyozlar to’g’risida bo’ldi. Xususan, oliy o’quv yurtlariga kirish uchun, harbiy xizmatni o’taganlar uchun qo’shimcha kirish imtihonlari ballariga qo’shiladigan bonus ballar beriladi. Ushbu imtiyoz ballariga U-Reportyorlarning munosabati quyidagicha:

1.      Qo'llab quvvatlayman – 42%

2.      Bu noto'g'ri – 31%

3.      Qizlarga nisbatan diskriminatsiya – 20%

4.      Javob berishga qiynalaman – 7%

Shu qatorda qiziq tendensiya aniqlandi: bunday imtiyozlarni qo’llab quvvatlaydiganlarning orasida ayollar (43%) va erkaklar (42%) deyarli teng. Lekin, qizlarga nisbatan diskriminatsiya ekanini tanlagan ishtirokchilar orasida ayollarning 31%i va yigitlarning 13%i ekanligi aniqlandi.

___________________________________________________________________________

O’zbekistonda harbiy xizmatga fevral-mart oylarida chaqiriladi. U-Reportyorlarning harbiy xizmatga chaqiruv vaqtini aprel-mayga o’zgartirishiga bo’lgan munosabati quyidagi natijalarda aks etti:

1.      Qo'llab quvvatlayman – 49%

2.      Qarshiman – 26%

3.      Betarafman – 15%

4.      Bilmadim – 9%

___________________________________________________________________________

Yuqori sinflarda boshlang’ish harbiy tayyorgarlik darslari o’tkazilishi kerakmi degan savolga 90% ishtirokchilar ijobiy munosabat bildirishdi, 8% ishtirokchilar qarshilik bildirishdi va 3% ishtirokchilar javob berishga qiynalishdi.


Oylik/muqobil xizmatni pul to’lab (1 oy ichida harbiy xizmatni o’tash) o’tashni isloh qilish kerakmi degan savolga esa 47% ishtirokchilar bir oyda hech narsani o’rganib bo’lmasligini, 19% ishtirokchilar esa ushbu sohada korrupsiya borligini aytib o’tishdi.

 


Javob natijalari O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan harbiy xizmatga oid qonunlarga tegishli o’zgartirishlar kiritish masalalarini muhokama qilish uchun ishlatiladi. So’rov natijalari haqida Sizni xabardor qilamiz.



U-Report jamoasidan ma’lumot: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1700 dan ortiq respondentlarning fikridir.








Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo