Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
“Harakatlar Strategiyasi: kelajak istiqbollari, yoshlar fikri”

Hozirgi paytda O’zbekistonda Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda va 2019 yilda islohotlarni amalga oshirish uchun aholidan fikr va takliflar qabul qilinmoqda. Shu bilan birga, 2018 yilda nima ishlar qilindi, yoshlar joylardagi islohotlarni qanday baholayapti va atrofidagi o’zgarishlarni sezishdimi – shu va boshqa savollar U-Report so’rovining mavzusiga aylandi.

So’rov hamkori “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo’ldi. So’rovda 650 dan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.


Bunda, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida 25 va undan yuqori yoshdagi ishtirokchilar koproq xabardor bolib chiqishdiularning 46 %  juda yaxshi xabardor ekanliklarini aytishdi; vaholanki, 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar orasida bu ko'rsatkich 23 % tashkil etdi.


Ishtirokchilar ozlari yoki atrofdagilariga nisbatan qanday ijobiy ozgarish sezganliklari togrisidagi savol asosida, 8 ta asosiy yonalishlar aniqlab olindi:

1.       Talim sohasida rivoj (OTMlarga kirish, sirtqi bolimlar ochilishi, maktablarda 11-yillik talimga otilishi, prezident maktablarini ochishga oid rejalar va b.)

2.       Shahar va qishloqlardagi infratuzilmalarni yaxshilanishi – “Obod mahalladasturi, maktablar rekonstruksiyasi, yollar holatining yaxshilanishi va b.

3.       Oqituvchilar mavqeining kotarilishi: oqituvchilarga etibor oshishi, ularning oyliklari oshishi, majburiy mehnatdan xalos etilishi va b.

4.       Ijtimoiy sohada yaxshilanishlar, kommunal xizmatlar sifatinining oshirilishi, naqd pul bilan hisob-kitob jarayonini soddalashtirilishi, turmush sifatining oshirilishi.

5.       Yoshlarga nisbatan etibor kuchayishi va ularga turli imtiyozlar berilishi, uy-joy uchun qulay kreditlar va b.

6.       Korrupsiya darajasini pasayishi, OAVning erkinlashtirilishi.

7.       Huquqiy ong o’sishi va joylarda qonun ustuvorligining mustahkanishi.

8.       Biznesni rivojlantirish uchun imkoniyatlar, valyuta konvertatsiyasining ochilishi, bank xizmatlari sohasida yaxshilanishlar.

U-Reportyorlar bergan javoblar orasida quyidagilar bor edi:

Pedagog sifatida meni va mening kasbdoshlarimni ko’cha supurish va tozalashga jalb qilishmayapti, o’qish paytida biz paxta terishga bormadik. Biz o’z ishimiz bilan mashg’ul bo’ldik. Men oz kasbimdan faxrlana boshladim. Menda darslarga tayyorlanish uchun vaqt bor. Amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli osoyishta muhitni his qila boshladim.

“U-Reportga o’xshash loyihalarning ochilishi – insonni quvontiradi! Yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Albata, yoshlar bunday islohotlardan mamnun.

“Men pedagogman va o’qituvhcilarga berilayotgan e’tibor – quvontirmasdan qo’ymaydi. Biz, o’z navbatida, bolalarni o’qitish va ularni ezgu insonlar qilib o’stirish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ayamaymiz”.

Matbuot kuchini his qildik – sud jarayonida yutib chiqdik!”

OTMga shu yil hech qanaqa pora yoki tanish-bilishlarsiz kirdim”.

“Poliklinikalarda pul surashmay qo’yishdi. Medisina sohasida ancha yaxshi o’zgarishlar.”

 

Islohotlar salbiy o’zgarishlarga olib kelishdi deb javob bergan ishtirokchilarga (so’ralganlarning 5 %), ular nima uchun bunday deb hisoblashadi, degan savol berildi va quyidagi natijalar olindi:

1.       Mahsulot va xizmatlar narxlarining oshishi.

2.       Katta byurokratiyani keltirib chiqaruvchi, oxiriga yetkazilmagan islohotlar.




Aholi va davlat organlari ortasidagi munosabatlardagi ozgarishlar togrisidagi savolga ham yoshi 25 va undan yuqori bolganlar ortasida yuqoriroq ijobiy baholash tendensiyasi kuzatildi: ularning 40 % ijobiy baho berishdi. Vaholanki, 24 yoshgacha bolganlarning atigi 20 % aynan shu toifani ijobiy baholashgan.


Olingan javoblar naitjalari Taraqqiyot Strategiyasimarkaziga, ular va Hukumat bu natijalarni, 2019 yil Davlat dasturini shakllantirish jarayonida hisobga olinishi uchun beriladi.


Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo