Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlar bo'sh vaqtlarini qanday o'tkazmoqda?

Yoshlar bo'sh vaqtlarini qanday o'tkazmoqda?

 

U-Report O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi.

 

So’rov maqsadi: yoshlar bo‘sh vaqtlarini qanday o’tkazayotganini, uni  mazmunan sifatli o‘tkazish uchun mahallalarda nimalar zarurligini aniqlash.

 

Natijalar ishlatilishi: yoshlarning bo‘sh vaqtini sifatli tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun zarur.

 

So’rov geografiyasi: O’zbekiston respublikasi barcha hududlari.

 

Respondentlar soni: 36 000 dan ortiq U-Report foydalanuvchilari.

 

 

 

 

SO’ROVNING ASOSIY XULOSALARI:

1.      Respondentlarning to'rtdan bir qismining (25%) kun davomidagi bo'sh vaqti (ish va o'qishdan bo'sh vaqt) - butun kun (13%) yoki yarim kunni (12%)  tashkil etadi. Yana 16% ishtirokchilar kuniga 5-6 soat bo'sh vaqtlari borligini aytishdi.

2.      Respondentlar asosan bo'sh vaqtlarida nimalar bilan shuq’ullanishlarini aytishdi :

1)      Uy yumushlari bilan – 23%

2)      Telefonda ijtimoiy tarmoqlarda – 21%

3)      Kitob o'qish – 13%

4)      Uxlayman/yotaman/dam olaman– 8%.

 

3.      Respondentlarning faqat 0,2%i bo'sh vaqtlarida ko'rgazma, muzey va konsertlarga borishini bildirgan. Yana 3%i hech narsa qilmasliklarini aytishgan.

 

4.      Respondentlar o’z xobbi/ sevimli mashg'ulotlarini nomladilar:

1) sport (15%)

2) kitoblar (12%) va san’at (12% - chizmachilik, tikuvchilik, musiqa, raqs va boshqalar

4) kompyuter o’yinlari, dasturlash va h. (10%)

5) turizm, sayohat (8%) va hayvonlar, o'simliklar (8%).

 

5.      Respondentlarning 63%i quyidagi sabablarni keltirib, teatr, kino, ko‘rgazma, muzey, konsert kabi madaniy-ko‘ngilochar joylarga bormasligini ta’kidlagan: mahallasida bunday joylar yo‘q (32%), qiziqish yo‘q (12%), uyda ruxsat berilmaydi (4%) va hokazo.

 

6.      So‘rovda qatnashgan yoshlarning ko’pchiligi mahallalarida quyidagi  ob’ektlarni ko‘rish istagini bildirgan:

1)      Kutubxonalar / kovorking markazlari (17%)

2)      Sport zallari (16%)

3)      Bolalar va yoshlar uchun ko'ngilochar markazlar (16%)

4)      Sport O'YINLARI uchun joy (15%)

5)      Teatr / kinoteatr va eko-parklar / mashq uchun ochiq zonalar – har biri 9%dan.

 

7.      So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 53%ining fikriga ko‘ra, mahallalarida sport bilan shug'ullanish uchun sharoitlar yetarli emas, yana 18%ida sport inshootlari mavjud, ammo sport anjomlari yo‘q ekanligini aytishgan.

 

8.      Sport uchun zarur shart-sharoitlar so'rovda ishtirok etgan yoshlarning faqat 19%i yoki 1/5 qismida borligi bildirilgan.

 

9.      Respondentlarning 47%i o‘z mahallasida sport, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmasligini ta’kidlagan. Respondentlarning yana 12%i bunday tadbirlarni o'tkazish uchun tegishli sharoitlar yo'qligini aytishgan.

 

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan so‘rovda 36 047 nafar U-Report foydalanuvchilari qatnashdi. So‘rovdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston yoshlarining bo‘sh vaqtini o‘tkazish shakllari, istaklari, shuningdek, mahallalarda bo‘sh vaqtni mazmunan sifatini oshirish uchun zarur infratuzilmaning mavjudligi o‘rganish uchun 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan respondentlar tanlab olindi. Shunday qilib, ushbu so'rovda qatnashganlar soni 31 100 dan ortiqni tashkil etdi.

 

Respondentlarning ko’pchiligi Samarqand (12%) va Qashqadaryo (10%) viloyatlaridan, shuningdek, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridan (har bir viloyatda 8%dan) bo‘lgan. Eng kam respondentlar Sirdaryo (3%), Navoiy va Buxoro (har biri 6%) viloyatlaridan qatnashgan.


Yosh bo'yicha, sorov ishtirokchlarini yarmidan ko'pi 25 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan respondentlar tashkil etdi. So'rov ishtirokchilarining uchdan bir qismi (33%) – 19-24 yosh guruhida. 15%i 7 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan respondentlar edi. Respondentlarning o'rtacha yoshi 25 yosh bo'ldi.


Respondentlarning deyarli to'rtdan biri (23%) o'qish, ishini ni tugatgandan so'ng 1-2 soat bo'sh vaqtlari borligini, respondentlarning 22%i esa 3-4 soat bo'sh vaqtlari borligini ta'kidlagan. Respondentlarning 9% ida bir soatdan kamroq vaqt qoladi. Shuni ta'kidlash kerakki, respondentlarning 13%i o'z ixtiyorida butun kun bo'sh vaqtga ega.

Shu bilan birga, kun davomida bo’shman degan 25-35 yoshdagi respondentlarning soni xuddi shu variantni tanlagan yoshroq toifaga nisbatan ko’proq – 15%ni tashkil qiladi.


Hududiy jihatdan 1 soatdan kam bo‘sh vaqtim bor deganlar ko’proq Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari respondentlarida ko‘uchradi – o‘rtacha 10%.

Bir kun bo‘sh vaqtim bor, deb javob bergan respondentlarning ko’pchiligi Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiladi – o‘rtacha 15-16%.

Shuningdek, kuniga 5-6 soat bo‘sh vaqti bo‘lgan respondentlarning o‘rtacha 18%i Navoiy, Jizzax va Buxoro viloyatlarida istiqomat qiladi.

 

1-2 soat

3-4 soat

5-6 soat

Bir soatdan kam

Boshqa

Butun kun boshman

Yarim kun deyarli ( 7-10 soatga yaqin)

Andijon viloyati

22

23

14

10

6

13

11

Buxoro viloyati

22

21

18

9

5

12

13

Farg’ona viloyati

24

22

16

10

6

12

11

Jizzax viloyati

19

22

18

8

6

14

13

Namangan viloyati

24

21

15

10

6

14

12

Navoiy viloyati

20

24

19

9

6

11

13

Qashqadaryo viloyati

21

19

17

9

6

16

13

Qoraqalpog’iston respublikasi

22

20

16

7

5

15

15

Samarqand viloyati

23

21

16

9

6

13

12

Sirdaryo viloyati

20

23

16

8

5

15

12

Surxondaryo viloyati

22

20

16

7

5

16

13

Toshkent shahri

26

24

16

11

6

7

10

Toshkent viloyati

24

22

16

10

6

12

11

Xorazm viloyati

22

23

17

9

6

13

11

 

So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 23%i bo‘sh vaqtini uy yumushlari bilan, 21%i esa ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi. Video o'yinlar o'ynaydigan, televizor tomosha qiladigan yoki radio tinglaydigan, ko'chada yoki do'stlari bilan sayr qiladigan, shuningdek, ijodiy ish bilan shug'ullanadigan (yozadi, chizadi, hunarmandchilik qiladi va tikadi) respondentlar taxminan bir xil taqsimlangan (har biri 3%dan). Yoshlarning xuddi shunday ulushi (3%) bo'sh vaqtlarida hech narsa qilmasliklarini ko'rsatdilar.

Respondentlarning 5%idan sport bilan shug'ullanadi va repetitorga boradi/uy vazifalarini bajaradi. Shuningdek respondentlarning 13%i bo‘sh vaqtlarini kitob o‘qish bilan o‘tkazadi.


"Boshqa" variantini tanlagan respondentlar (9%) quyidagilarni ko'rsatdilar:

·       Men soha uchun yangi narsalarni o'rganishga harakat qilaman, masalan, AT

·       Asosan, ishdan uyga juda kech qaytganim uchun hech narsaga vaqtim yo‘q

·       Bo'sh vaqtim yo'q: bolalar va uy ishlariga g'amxo'rlik qilaman

·       Men dehqonchilik, yer bilan shug‘ullanaman

·       Men kosmetologiya, xizmat ko'rsatish sohasida o'qiyman

·       Blog yuritish

·       Men oilam bilan vaqt o'tkazaman

·       Onlayn biznesimni yuritaman

·       Taksilik qilaman

·       Universitetdagi shartnomamni to‘lash uchun ishlayman va hokazo.

Yosh bo'yicha uy yumushlari bilan shug'ullanuvchilar boshqa yosh va dam olish variantlari bilan solishtirganda 25-35 yosh guruhida ko'proq - respondentlarning 29%i.

Eng ko’p kitob o'qish 7-18 yosh guruhida kuzatildi 17%, shuningdek, boshqa yoshdagilarga qaraganda bu guruh darslar va o'qituvchilar bilan ko'proq band – 14%.


Hududiy kesimda eng ko‘p kitob Navoiy, Farg‘ona, Andijon va Buxoro viloyatlarida (15 foiz) o‘qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardaman, deb javob bergan respondentlarning ko’pchiligi Sirdaryo viloyatida istiqomat qiladi (24%).

Yotib, hordiq chiqarishni yaxshi ko‘radiganlar, boshqa viloyatlarga qaraganda, Toshkentda - 12%, shuningdek, video o‘yinlar o‘ynashni yaxshi ko‘radiganlar ham nisbatan – 5%.

 Qoraqalpog‘iston (29%) va Toshkent viloyati (26%) respondentlarining ko’pchiligi bo‘sh vaqtlarida uy yumushlari bilan shug‘ullanadi.