Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlarning intilishlari

 

U-Report yoshlar oʻrtasida ta’lim va kasbga qiziqish borasida gender hususiyatlarni oʻrganish uchun soʻrov oʻtkazdi.

 

Soʻrov maqsadi: qizlar va yigitlarning ta’lim va karyera bilan bog'liq qanday intilishlari borligini o’rganish

 

So’rov natijalari qizlarning kasb tanlash va o’qishini davom ettirishga undashga bag’ishlangan axborot kampaniyalarni o’tkazishda qo’llaniladi.

 

Soʻrov geografiyasi: Oʻzbekistonning barcha viloyatlari

 

Respondentlar soni: 11 280 U-Report foydalanuvchilari

 

 

 

 

SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI:

1.       Oliy oʻquv yurti talabalari soʻrov qatnashchilarining deyarli yarmini (41%) tashkil qildi. Respondentlar orasida ishlayotgan yoshlarning ulushi ham yuqori (23%).

2.       Respondentlarning katta qismi (87%) oʻqishni davom ettirishni istaydi. Ularning yana 5 foizida bu masalada hali ikkilanish bor.

3.       Qizlarning talimni davom ettirishlari uchun toʻsiq bo’lishi mumkin bo’lgan asosiy omillar nomlandi: oiladagilarning qoʻllab-quvvatlamasligi (24%) va moliyaviy muammolar (20%). Qizlarning oʻzlari uchun esa, birinchi navbatda, moliyaviy muammolar (26%) asosiy toʻsiqdir.

4.       Respondentlarning faqatgina 11%i bo’lajak kasbini tanlash borasida hali biror qarorga kelmagan. Ayni damda ishlayotgan respondentlarning 12%i boshqalar tomonidan tanlab berilgan sohada ishlayotganini ta’kidlagan. Ish izlayotganlarning 22%i kelajak kasbi boʻyicha aniq qarorga kelmagan, oʻqimayotgan va ishlamayotganlar orasida bu koʻrsatkich 21%ni tashkil qiladi.

5.       Kelajakda ishlash uchun quyidagi sohalar eng qiziqarli deb topildi: birinchi navbatda ham qizlar, ham yigitlar uchun davlat tashkilotlari (36%). Shuningdek, qizlarning 36%i xalqaro tashkilotlarda ishlashni afzal koʻrsa, yigitlarning 29%i xususiy sektorni tanlaydi.

6.       Davlat tashkilotlarida ishlashni istagan respondentlar Namangan (44%) va Sirdaryo (43%) viloyatlarida koʻproq.

7.       Qizlar eng koʻp qiziqtiradigan sohalarini sanab o’tdi: ta'lim (20%) va ilm-fan / tadqiqotlar (17%) ekanligi aniqlandi.

8.       Yigitlar orasida eng katta qiziqishni uyg’otadigan sohalar esa: IT-loyihalar va robototexnika (17%), ilmiy / tadqiqot (15%) va bank / biznes (14%) nomlandi.

 


 

Text Box: 4207                         7073 

Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan 11280 U-Report foydalanuvchilari soʻrovda qatnashdilar. Barcha ishtirokchilarning 63%ini erkak respondentlar tashkil qilgan boʻlsa, 37% qizlarga toʻgʻri keladi.



OTM talabalari respondentlarning aksariyatini tashkil etdi, barcha respondentlarning 41% ularga toʻgʻri keladi. Soʻrovda ishtirok etgan talabalar orasida qizlarning ulushi yigitlarga qaraganda yuqoriroq (45% va 38% mos ravishda). Oʻz navbatida, yigitlar orasida ishlayotgan respondentlarning ulushi yuqori – 27%, ayol respondentlar orasida bu ko'rsatkich 15 foizni tashkil qiladi.

 

OTM talabalari respondentlarning salmoqli qismini (41%) tashkil qildi. Jami respondentlarning 11%i maktab oʻquvchilariga toʻgʻri kelgan boʻlsa ham, hududlararo bu koʻrsatkich boʻyicha biroz farqlar mavjud. Masalan, Sirdaryo viloyatida soʻrovda koʻproq aynan maktab oʻquvchilari qatnashdilar (bu viloyat respondentlarining 30%i). Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida maktab o'quvchilarining ulushi yuqori (26%) boʻldi.

Fargʻona viloyatida OTM talabalari barcha respondentlarning yarmini tashkil qildi. Toshkent shahrida esa respondentlarning aksariyati (30%) ayni damda ish bilan bandligini ta’kidladi.

 

Respondentlarning koʻpchiligi (87%) oʻqishni davom ettirishni istaydi. Bu savolga javob berishda gender nuqtai nazaridan ham, hududlar kesimida ham katta tafovutlar mavjud emas.

Biroq, faoliyat turiga koʻra, bazi oʻziga xosliklarni aniqlash mumkin. Masalan, ish izlayotgan  va ish bilan band boʻlganlar orasida oʻqishni davom ettirishni istamaydigan respondentlarning ulushi nisbatan yuqoriroq (10% va 9% mos ravishda).