U-Report Davlat test markazi (DTM) bilan hamkorlikda yoshlarning oliy
ta’lim muassasalarining (OTM) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish
imtihonlari jarayoniga munosabatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash
maqsadida so’rov o’tkazdi.
So’rov natijalari shu sohada amalga oshirilgan ishlarning natijasini
ko‘rishga, kirish imtihonlari jarayonidagi mavjud savollarga yangicha
yondashuvni ishlab chiqishga, mavjud dasturlarni takomillashtirishga yordam
beradi.
So'rovda mamlakat bo'ylab 13011 dan ortiq respondentlar ishtirok
etishdi, ulardan 34%ga yaqini ayollardir. Shu bilan birga, respondentlarning
umumiy sonidan 34%i bu yil milliy universitetlarga kirish imtihonlarida
qatnashdilar: ularning 18%i universitetga qabul qilingan, qolgan 16%i
imtihonlardan o'ta olmagan – ular bu yilgi imtihon jarayoni haqida o’z
fikrlarini bildirdi.
KIRISH IMTIHONLARI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1. U-Reportyorlarning aksariyati (92%) kirish
imtihonini test formatida topshirdilar.
2. Respondentlarning 45%i stadion va parklardagi
imtihonlarni ijobiy baholadi: ularning 17%i a'lo darajada baholadi. Yana taxminan
30%dan ortiq ishtirokchilarga imtihonlarni ochiq joylarda o'tkazish noqulaylik
tug'dirgan (shovqin, harorat, yorug'lik va boshqalar).
3. Respondentlarning faqat 23%i bu yilgi kirish
imtihonlari shaffof bo'lmagan deb hisoblaydilar.
4. Respondentlarning yarmidan ko'pi (54%) kirish
imtihonlari paytida biron bir noqonuniy ishni ko'rmaganini ta’kidlashdi. Biroq,
respondentlarning 14%i korrupsiyaga shaxsan duch kelgan.
5. Korruptsiyaga duch kelganlarning aksariyati
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan – 20% dan ko'prog'i. Bundan tashqari,
Qashqadaryo viloyatidagi U-Reportyorlarning aksariyati (44%) kirish imtihonlari
davomida abituriyentlar tomonidan qonunbuzarliklarga guvoh bo'lishdi.
6. Mamlakatimiz hududlari kesimida korrupsiyaga eng
kam duch kelganlar Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida – respondentlarning
62%i salbiy javob bergan.
7. Respondentlarning 46%i abituriyentlar noqonuniy
harakatlariga duch kelganda hech narsa qilmagan. Respondentlarning atigi 17%i abituriyentlar
tomonidan qoidalar buzilganligi to'g'risida tashkilotchilarni xabardor qilib,
noqonuniy ishlarni bartaraf etish choralarini ko'rdilar.
8. U-Reportyorlarning 55%dan ko'prog'ining fikriga
ko'ra, test sinovlari abituriyentlarning bilimlarini baholashning eng adolatli
shakli hisoblanadi: ularning 36%i test sinovlarini qog'ozda an'anaviy tarzda yechish
tarafdori.
9. Respondentlarning 26%i kirish imtihonlarini
yanada adolatli o'tkazish uchun kuzatuvchilar sonini ko'paytirish zarur deb
hisoblaydi, yana 24%i bunga kirish fanlarini sertifikatlash orqali erishish
mumkin deb hisoblashadi. Bundan tashqari, 10% respondentlar maktabda imtihon
topshirish tarafdori.
10. U-Reportyorlarning aksariyati (75%), 2020 yilda
bo'lgani kabi, OTMlarga hujjatlarni onlayn shaklda topshirishni yoqladilar.
Bu yil kirish imtihonlarida U-Reportyorlarning
36%i ishtirok etdi. Ularning 18%i talaba bo'lishdi, qolgan 16%i o'qishga kira olmadilar. Yana 2% chet el
universitetlariga hujjat topshirishdi.
Respondentlarning 3%i magistr / aspirant bo'ldi.
U-Reportyorlarning aksariyati (92%) kirish
imtihonini test shaklida topshirdilar. Respondentlarning 5%i kasbiy (ijodiy)
imtihon topshirganligini bildirgan. Faqat 2% ikkala turdagi – ham test, ham
ijodiy imtihonda qatnashdi.
Respondentlarning 29%i stadion va istirohat bog'larida o'tkazilgan
imtihonlar sharoitini “Yaxshi” deb baholamoqda. Respondentlarning 23%i “o’rtacha” baho bergan. U-Reportyorlarning yana 17%i o'tgan
imtihonlarning sharoitlarini "A'lo" deb baholadi.
19% respondentlar imtihon paytida ularga issiq
yoki sovuq bo’ldi deb ob-havo sharoiti ularga ta'sir qilganini bi'ldirishdi.
Shu bilan birga, 3% ko'proq ayol respondentlar
ochiq joyda fikrni jamlashga qiyinroq bo’lganini bildirishdi.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan
5% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
•
Magistratura
/ aspiranturaga imtihonlarni topshirishgan, onlayn tarzda xorijiy
universitetlarning filiallariga topshirishgan
•
Quyoshdan
himoya qilish uchun bosh kiyimlar berilmagan
•
Tartibsizlik,
gigiyena va stollarning iflosligi
•
Kuzatuvchilar
yaxshi ishlamadilar (telefon va shpargalka varaqlaridan foydalanish imkoniyati
mavjud edi)
•
Issiq
havo bo'lishiga qaramay, imtihon paytida abituriyentlarni suv bilan
ta'minlamagan
•
Ertalab
shudring / yomg'ir yog'ishi sababli stullar va stollar namlangan, stollar /
stullar sifatsiz / noqulay bo'lgan.
•
Test
sinovi hujjatlaridagi xatolar
•
Shovqin tufayli diqqatni jamlash qiyin bo’lgan
•
Yorug'lik
yomon bo'lgan (quyosh nurlari tufayli ko'rish qiyin bo'lgan, ikkinchi smenada
qorong'i bo'lgan)
•
Hasharotlar
uchgan va halaqit bergan.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Baribir nazoratni ushlash qiyin buldi. Kamera
muammosi. Bunday sharoitga bulsa korrурsiya
bo’lib qolishi mumkin.
В целом все хорошо, однако не выдавали кепки от солнца, как обещали, было
жарко очень сидеть на открытой местности, не было социальной дистанции.
Quyosh tushgani sababli fikrlash qiyin bòldi.Nazoratchilarda ham òz ishida
sustkashliklar kòp kùzatildi.Hammaga ham kepka berilmadi.Muammolar juda
kòp,lekin aytganimni foydasi yòq
Quyosh nuriga teskari joylagan edi stullar yorug'lik orqa tomonda tushdi
menimcha chap tarafdan bo'lishi kerak edi
Жарко, солнце било прямо в лицо. На просьбу повернуть парту отказали. Парты
и стулья были грязные, с сантиметровым наростом пыли и никто не удосужился дать
хотя бы салфетки чтобы мы сами их протерли
Men kechki smenada topshirdim va Ohirgacha ecdim ohirida Javoblar
varaqasiga korishda korongi bolib yahwi koraolmadim
Man eshitishim bo'yicha davlat har bitta
abuturent uchun kepka va suv ajratgan edi. Lekin men test topshirgan hiyobonda
na suv berildi va na kepka.
Gigiena uchun berilgan kepka va qo‘lqoblar
ishlatilgan edi bu juda yomon pandemyada
Test yechishga qiynaldim chunki issiq boshimni
og‘ritib qo‘ydi ham biroz shabada bo‘lgani un test varaqasi, javoblar
varaqasini ushlash muammo tug‘dirdi. Biroz qiynaldim.
Nazorat sust bo‘ldi,a'loqa vositalaridsn
foydalanishga sharoit bo‘ldi.
Guruh nazoratchilari bir-biri bilan gaplashib
xalal berganini va havoni keskin isib ketishini hisobga olmasak chidasa
bo'ladi.
Ayrim joylarga kamera ham qo'yilmagan ekan,
telefondan foydalanilgan holatga ham guvoh bo'ldim
Yaqqol noxaqlikka yol qoyildi. Shaffoflik
bolmadi
Juda sovuq bo'ldi kirish uchun ko'p vaxt ketdi.
A'lo
darajada õtdi,toza xavo fikrimni jamlashga,diqqatimni testga qaratishimga
yordam berdi.
Zo'r o'tdi, ochiq joyda bòlgani erkinlik va dadillik hissini berdi lekin shamol bilan ozroq muammo bòldi.
Hududlar kesimida shuni ko'rish mumkinki, kirish imtihonlari sharoitlarini "a'lo"
deb baholaganlarning aksariyati Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Navoiy
va Xorazm viloyatlarida yashaydi – har bir hududda respondentlarning
21%i. Toshkent shahrida so'ralganlarning atigi 11%i “a'lo”
bahoni berdi.
Samarqand viloyatidagi respondentlarning 1/4
qismi imtihon paytida noqulay harorat sharoitlari bo'lganligini ta'kidladilar.
Umuman olganda, kirish imtihonlarini ochiq joylarda tashkil etish sharoitlari bo'yicha eng ijobiy baho Namangan (53%), Jizzax viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi (49%), Navoiy (48%), Farg'onada (47%) viloyatlarida berilgan.
U-Reportyorlarning
38%i bu yil oliy o'quv yurtlariga kirish
imtihonlari "o'rtacha" shaffof o'tdi, deb javob berishdi. 29%
imtihonlar shaffof o'tgan deb hisoblaydi.
Shu
bilan birga, 23% ularning shaffof emasligiga ishonishadi.
Qiziqarlisi shundaki, agar talaba bo’lganlarning faqatgina 15%i kirish imtihonlari shaffof bo’lmagan desa, o’qishga kira olmaganlarning 32%i imtihonlar shaffof bo’lmagan deb aytishdi.
Bu savolga javob berganlarning yarmidan ko'pi (54%) kirish imtihonlari
paytida hech qanday noqonuniy hodisalarni ko'rmaganliklarini aytdilar.
Biroq, respondentlarning 14%i korrupsiyaga
shaxsan duch kelganligini yozishdi. Bundan tashqari, yana 30%i bunday holatlar
haqida faqat eshitganliklarini aytishdi.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan
2% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
•
Bilishmaydi
•
Korrupsiya holatlari bo'lganiga ishonishmaydi
•
Repetitorlik qilgan o'qituvchilar imtihonda kuzatuvchi
sifatida qatnashdilar
•
Test
javoblari yoki test savollarining o'zi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi
•
Kirish
imtihonlari paytida telefonlarni / elektron moslamalarni olib yurish / ulardan
foydalanish imkoniyati bo’ldi
•
Televizorda ko'rishdi
•
Abituriyentlarning
Telegram-kanalidagi muhokamalarda
ko’rishdi
•
Test savollari eski edi.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Ну там во всех каналах же вышли тесты одного пацана у кого отец ректор. Вот у нег