Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Hozir qo'shiling
STORY
Startaplarni qanday rivojlantirish kerak?

 U-Report O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda startaplarni qanday rivojlantirish bo'yicha so'rovnoma o'tkazdi. So’rov natijalari Vazirlikka startaplar to’g’risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish uchun zarur.

MA'LUMOT: Start-up (startap) – bu qandaydir yangi g'oya / texnologiya / jarayonga asoslangan innovatsion biznes loyiha (aynan yangilik!). Masalan, magazin ochish – bu oddiy biznes loyiha, ammo unda yangi texnologiyalar / g'oyalar yordamida xizmat ko'rsatilsa, bu startap loyiha bo’ladi. Startapni har qanday sohada yaratish mumkin - tibbiyot, savdo, transport, xizmat ko'rsatish va b.

 

So'rovda mamlakat bo'ylab 8423 kishi ishtirok etdi, ulardan 39% (3293 kishi) ayol respondentlardir.

STARTAPLAR HAQIDAGI SOROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       Respondentlarning 68%i o'z startapini ochishni xohlaydi. Faqat 2% o'zlarining startaplarini yaratishgan deb javob berishdi.

2.       Respondentlarning 73%i o'z startapini boshlash uchun nima zarurligini aniq bilishmaydi: 46% hech narsani bilmaydi, 27% esa bu haqda qisman biladi.

3.       Startapni boshlashdagi asosiy to'siqni respondentlar "ishni qayerdan boshlashni bilmaslik" deb aytishdi – ayollarning 48%i va erkaklarning 35%i bu muammoni belgiladilar. Bundan tashqari, quyidagi muammolar nomlandi: g'oyalarning yetishmasligi (13%), startaplar uchun investorlarning yetishmasligi (10%).

4.       Erkaklar uchun startaplarni rivojlantirishda eng jozibali soha IT va telekommunikatsiya (20%), ayollar uchun – ta'lim (36%) ekan.

5.       U-Reportyorlarning 41%i boshlang'ich loyihasini moliyalashtirish uchun qancha mablag' kerakligini hali hisoblamagan.

6.       Respondentlarning 24%i boshlang'ich qiymati 100 million so'mgacha bo'lgan mablag' startapini ochish uchun yetarli bo'ladi deb javob berishdi.

7.       Respondentlarning 54%i yosh startaperlarni rag'batlantirish uchun u yoki bu tarzda moliyaviy ko'mak (kreditlar, imtiyozlar, grantlar va boshqalar) zarur deb hisoblaydi. Qolgan 41% esa startaplarga o'quv platformalari, ustozlar va xorijiy tajriba kerak deb hisoblaydi.

8.       Respondentlarning yarmidan ko'pi (64%) "Startaplar to'g'risida"gi qonunni ishlab chiqish g'oyasini qo'llab-quvvatlamoqda.

9.       U-Reportyorlar boshlang'ich kompaniyalar uchun qonunda qanday mezonlarni belgilash kerakligini nomladilar: innovatsiya (26%), ustav kapitalining hajmi (15%) va o'sish sur'ati (14%).
 


Respondentlarning 68%i o'zlarining startaplarini ochishni xohlashadi. Shu bilan birga, ayollarga qaraganda (62%), 11%ga ko'proq erkaklar o'zlarining startaplarini ochishni xohlashadi. So'ralganlarning atigi 2%i o'zlarining startaplarini ochganliklari haqida xabar berishdi.

Ayollar, erkaklar bilan taqqoslaganda, startaplarni boshlash qaroriga nisbatan ko'proq shubha bildiradilar.


Shu bilan birga, respondentlarning deyarli yarmi (46%) o'z startaplarini nimadan boshlash haqida umuman tasavvurga ega emaslar. 27% bu haqda qisman biladi. Ayollarning xabardorlik darajasi (7%) erkaklarnikiga nisbatan (14%) ikki baravar kam.


Faqat 8% o'zlarining startaplarini ishga tushirish jarayonini boshladik, deb javob berishdi.


Startapni ochishdagi asosiy to'siq – ishni nimadan boshlashni bilmaslik – 48% ayollar va 35% erkaklar ushbu muammoni ta'kidladilar.

Bundan tashqari, quyidagi muammolarni nomlashdi: respondentlarning 13%da g'oyalar yo'q va 10%da startap ochish uchun sarmoyadorlar yo'qligi sababli muammolar mavjudligini ta’kidlashdi.

"Boshqa" javob variantini tanlagan 8% U-Reportyorlar o'zlarining startaplarini ochishlariga nima to'sqinlik qilayotganini yozib, quyidagi javoblarni yuborishdi:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar.

2.       Natija bermasligidan qo'rqish.

3.       Boshlang'ich kapital va zarur moliya yetishmasligi, kreditlar bo'yicha yuqori foiz stavkalari.

4.       O'qish yoki doimiy ish tufayli vaqt yetishmasligi.

5.       Hali yosh (14-18 yosh), yoshi to’g’ri kelmaydi, ko'pchilik voyaga yetmagan va maktabni tugatish zarurati.

6.       Ota-onalar va oila a'zolarining ko'magi yo'q, jamoaning yo'qligi.

7.       Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmaslik.

8.       Bilim va tajribaning yetishmasligi (hujjatlar bilan ishlash tajribasi), startap nima ekanligini bilmaslik.

9.       Aniq biznes-reja va maslahatchilarning yetishmasligi.

10.   Internet tezligining pastligi.

11.   Korruptsiya, biznesni boshlash uchun tanish-bilishga bo'lgan ehtiyoj, byurokratiya, soliq bilan bog'liq muammolar

 

U-REPORTYORLARNING BAZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)

Startap loyihasini ishlab chiqish uchun (implementatsiya uchun emas) katta bölmagan boshlangich mablagmanbalarini taklif qiluvchi platformani topa olmadim.

Давлат куллаб кувватламаяпти. 1 йил илгари таклиф билан инноватция вазирлигига стартапга  чиксам гояларимни маккулашмаяпти ва  угирлашяпти  . Банкларга мурожаатим жавобсиз колиб кетяпти . Спонсорларга таклиф килсам гояларимни угирлашяпти хуллас жуда кийналяпман  . бу гояларим хали хеч кайрда йук. ёрдам бера оласизларми ?

Везде таниш-билиш (связи). Поднимешься - под любым предлогом задушат.

Простому человеку честно невозможно начать и вести бизнес.

Законы меняют под власть имущих. Простой человек всегда в проигрыше.

Негативный опыт. Раз открыл бизнес в Узбекистане, столько бюрократии, коррупции и открытого вымогательства со стороны гос органов! Пришлось закрыть, пройдя через настоящий ад


Ayollar boshqa sohalarga qaraganda ta'lim sohasiga ko'proq qiziqishadi – 36% aynan ushbu sohani tanladilar. Ikkinchi o'rinda dizayn (16%) turadi.

Erkaklar uchun startaplarni ishga tushirish uchun eng jozibali soha bu axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalardir (20%).

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 13%i o'zlarining startaplarini qaysi sohalarda rivojlantirishni istashlari haqida yozdilar:

1.       Maishiy xizmatlar, ayollar uchun sartaroshxona, poyabzal, go'zallik saloni, kosmetika mahsulotlari savdosi

2.       Pochta va yetkazib berish, transport xizmatlari

3.       Ishlab chiqarish

4.       Yuridik xizmatlar, advokatlik

5.       Sport, futbol va boshqalar

6.       Biznes / tadbirkorlik, marketing, investitsiya, savdo, konsalting, iqtisodiyot, moliyaviy xizmatlar, fond birjasi, elektron tijorat, buxgalteriya xizmatlari

7.       Kompyuter xizmatlari, axborot texnologiyalari, elektron sport turlari

8.       Turizm, ekologiya, ekotizimlar va fitoart

9.       O'quv markazi, kitob kafesi, kutubxona

10.   Chorvachilik, dehqonchilik

11.   Psixologiya, tibbiyot, kimyoviy texnologiya, veterinariya

12.   Kino, musiqa, ko'ngil ochish, restoran, diskoteka, (vizual) san'at, musiqa

13.   Qurilish, arxitektura

14.   Ixtiyoriy faoliyat, ijtimoiy soha

15.   Jurnalistika.

 

 

U-Reportyorlarning 41%i startaplarini moliyalashtirish uchun qancha mablag’ kerakligi haqida hali o'ylamagan.

Respondentlarning 24%i 100 million so'mgacha boshlang'ich mablag'ni startap ochish uchun yetarli bo'ladi, deb javob berishdi.


Respondentlarning 4%i o'zlarining startaplarini moliyalashtirish uchun zarur bo'lgan raqamlarni nomlashdi:

         O'rtacha 10 milliard so'm

         1 mlrd. So'm

         800 million so'm

         400 million so'm

         50-60 ming dollar

         10 million so'mgacha, 1-10 million so'mgacha

         Menga hali pul kerak emas.


Respondentlarning 54%i yosh startaperlarni rag'batlantirish uchun u yoki bu tarzda moliyaviy yordam (kreditlar, imtiyozlar, grantlar va boshqalar) kerak deb hisoblaydi. Qolgan 41% esa startaplarga o'quv platformalari, ustozlar va xorijiy tajriba kerak deb hisoblaydi.

Shunday qilib, U-Reportyorlarning 1/4 qismi yosh startaperlarni rag'batlantirish uchun ularni moddiy qo'llab-quvvatlash zarur deb hisoblaydi. Respondentlarning 1/5 qismi startaplarni qanday boshqarishni o'rgatishni taklif qilmoqda – ayollar ushbu javobni tanlashga ko'proq moyil (25%). Respondent ayollarning 10%iga ko'ra, chet el startaplarini taklif qilish ham muhimdir deb hisoblashadi.

Biz "Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 4%dan yosh startaplarni rag'batlantirish usullarini taklif qilishni so'radik va quyidagi variantlarni oldik:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar.

2.       Menejmentni o'rgatish, startaplarni boshqarishni o'rgatish

3.       Imtiyozlar, dastlabki soliqlardan ozod qilish, foizsiz kreditlar berish

4.       Startaplarni past foizli kreditlar bilan ta'minlash, moliyaviy ko'mak ko’rsatish

5.       Ta'limni takomillashtirish, chet elda stajirovkalarni (amaliyotlarni) tashkil etish, yoshlarga ko'proq tajriba va motivatsiya, o'quvchilar taniqli startaplardan master-klasslarni yoddan eslab qolish emas balki ijodiy (kreativ) fikrlashni o'rganishlari uchun ta'lim tizimini isloh qilish.

6.       Huquqlarni himoya qilish, samarali qonunchilik, huquqiy qo'llab-quvvatlash, sudlarni isloh qilish

7.       Korruptsiyani yo'q qilish, byurokratiya va ma'muriy tartiblarni kamaytirish, hujjatlarni qisqartirish

8.       Startaplarni muhokama qilish uchun platforma yaratish, startaplar uchun umumiy portalni ishlab chiqish.

 

Respondentlarning yarmidan ko'pi (64%) "Startaplar to'g'risida"gi qonunni ishlab chiqish g'oyasini qo'llab-quvvatlamoqda. Respondentlarning 1/5 qismi javob berishga qiynalgan, 16% esa bunday qonun zarurligiga ishonmaydi.  

  

U-Reportyorlar tashkil etilayotgan startap-kompaniyalar uchun qonunda qanday mezonlarni belgilash kerakligini ko'rsatdi: innovatsionlik (26%), ustav kapitalining hajmi (15%) va o'sish sur'ati (14%). Shu bilan birga, 23% bu savolga javob berishga qiynalgan. 

Biz "Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 4%dan qonunchilikka kiritiladigan ta'riflarni taklif qilishlarini so'radik va quyidagi fikrlarni oldik: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)

 

Yuqoridagilarning barchasi.

 

Не нужен закон о стартапах. хватит одного закона "о предпринимательстве" и соблюдения существующих законов.

 

Hech qanday, aynan shu mezonlar (ayniqsa, innovation - bu subyektiv baho) korrupsiyaga olib keladi.

 

Startaper huquqlari va haqqi himoyalanishi. Davlat idorasiga borib g'oyasini etsa ula rad etib shu g'oyani o'zini nomidan yurg'izmasligi uchun.

 

Поддержка стартаперов государством в административно нормативном направлении. То есть минимальный налог, документации.

 

Защита интеллектуальной собственности, чёткие определения регистрации и открытия стартапов

 

Startap degan maqom berilib ular uchun ustav yoki nizom tashkil etilsa ular ustav yoki nizom asosida soliqdan ozod etilsa yaxshi bo'lar edi.

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report sorovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI