Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Hozir qo'shiling
STORY
Qizlar huquqlari haqida nima bilasiz?

U-Report O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti, UNICEF va UN Women («BMT Ayollar» agentligi) bilan hamkorlikda viktorina shaklida so’rov o’tkazishdi. So’rov maqsadi butun dunyo xotin-qizlari duch kelayotgan masalalar va 25 yil oldin qabul qilingan Pekin Harakatlar Platformasi to'g'risida yoshlarning xabardorligini oshirish.

2012-yil 11-oktyabrdan har yili Xalqaro Qizlar kuni nishonlanadi. Uning asosiy maqsadi – qizlar duch keladigan muammolarga e’tibor qaratish hamda ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.

So'rovda mamlakat bo'ylab 6300 dan ortiq respondentlar ishtirok etishdi, ulardan 45% dan ortig'i ayol respondentlardir. So’rov viktorina shaklida o’tkazildi – savollardan keyin to’g’ri javoblar berildi.

QIZLAR HUQUQLARI HAQIDAGI SOROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       U-Reportyorlarning atigi 30%i Pekin Harakatlar Platformasi nima degan savolga to’g’ri javob bera olishdi.

2.       Respondentlarning 48%i "gender" va "jins" atamalarini ishlatishda farqlar mavjudmi degan savolga to’g’ri javob berolmadi.

3.       Respondentlarning 60%i dunyodagi savodi bo’lmagan yoshlarning 56%ini qizlar va yosh ayollar tashkil etishini bilmas edi.

4.       Respondentlarning 75%i dunyodagi 15-19 yoshdagi 100 ta qizdan 25 nafari hozirgi kunda o’qimasligini va ishlamasligini bilmagandi.

5.       Respondentlarning 67%i 18 yoshgacha bo’lgan qizlarning 100tadan 20tasi 18 yoshga to’lmasdan turmushga chiqishini bilmagan edi.

6.       So'rovda qatnashganlarning 49%i dunyodagi 100ta qizdan 20ga yaqini ayol kishining turmush o’rtog’i tarafidan kaltaklanishini oqlashini bilar ekan. Ammo, aslida, bu inson huquqlarining buzilishi.

7.       Respondentlarning 54%i O'zbekistonda gender tushunchasiga ta’rif beruvchi qonun qabul qilinganligini bilmasdi.

8.       So'rovda qatnashgan yoshlarning 35%i O'zbekistonda qizlar uchun eng minimal nikoh yoshi 18 yosh ekanligini bilmas edi. Eng yuqori ko’rsatkich Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida (43%).


Respondentlarning 50%i Pekin Harakatlar Platformasi nimani anglatadi degan savolga javob berishda qiynalayotganliklarini tan olishdi. So'rovda qatnashganlarning 16%i bu yoshlar uchun mo'ljallangan sayt deb taxmin qilishdi.

U-Reportyorlarning atigi 30% Pekin Harakatlar Platformasi nima degan savolga to'g'ri javob bera olishdi. Bundan tashqari, erkaklarga qaraganda 6% ko'proq ayollar Pekin Harakatlar Platformasi to'g'risida xabardor.

 IZOH: (2) 1995-yil sentabr oyida BMT Pekin shahrida (Xitoy) ayollar holati bo’yicha 4-Butunjahon konferensiyani tashkil etdi. Unda davlatlar Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasini qabul qilishdi. Ushbu hujjat ayollar holatini yaxshilash bo’yicha mamlakatlar va xalqaro darajadagi chora-tadbirlarni belgilaydi. 2020 yilda Pekin harakatlar platformasining 25 yilligi nishonlanadi.

https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations/womdecl.shtml

 

Respondentlarning 52%i "gender" va "jins" atamalarini ishlatishni farqlash kerak deb o’ylashadi – va bu haqiqatga yaqin. Shu bilan birga, ushbu savolga javob berishda alohida gender farqlari aniqlanmadi. U-Reportyorlarning 27% "gender" va "jins" atamalarini ishlatishda farq yo'q deb hisoblashadi.

 IZOH: (1) Ikkala atama ham jinsga taalluqlilikni anglatadi, ammo turli maqsadlarda qo’llaniladi. Jins – biologik mansublikni bildiradi, gender esa – ijtimoiy-madaniy ta'rif uchun ishlatiladi.

Masalan, biz “jinsiy tenglik” emas – “gender tenglik” deymiz. Chunki o’g’il va qiz bolalarni biologik jihatdan tenglashtirib bo’lmaydi, ammo o’g’il bolalar va qizlar uchun teng imkoniyat va huquqlarni ta’minlash mumkin.


 IZOH: (1) UNICEF va BMT Ayollar agentligining 2020-yildagi «Qizlar uchun yangi davr» hisobotiga ko’ra, dunyoda savodi bo’lmagan 15-24 yoshlilarning 56% ini qizlar va ayollar tashkil etadi. 1995-yilda bu ko’rsatkich 61% ni tashkil etgan.  

 

 IZOH: (2) Dunyoda 15-19 yoshdagi 100 ta qizdan 25 nafari hozirgi kunda o’qimaydi va ishlamaydi. Bu mehnat bozoridagi gender stereotiplar va qizlarning jamiyatdagi roliga an’anaviy qarashlar bilan bog’liq.

 

 

IZOH: (2) Hozirda 18 yoshgacha bo’lgan qizlarning 100tadan 20tasi 18 yoshga to’lmasdan turmushga chiqmoqda. Hech bir qiz 18 yoshgacha turmushga chiqarilmasligi kerak.


IZOH: (2) Er xotinini kaltaklashi – inson huquqlarining buzilishidir.  Lekin dunyo bo’ylab 100ta qizdan 20ga yaqini ayol kishining turmush o’rtog’i tarafidan kaltaklanishini oqlaydi.

 

IZOH: (1) Ha, 2019-yil avgust oyida «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi» qonun qabul qilindi. Qonunda gender, gender statistikasi va boshqa tushunchalarga ta’rif berilgan.