U-Report Iste'molchilar
huquqlarini himoya qilish agentligi bilan hamkorlikda
joylarda QO’NG’IROQ QILISHDA uyali aloqa sifati haqida
yoshlarning fikrlarini bilish va uyali aloqadan foydalanishda o’zlarining huquqlariga
munosabatlarini o’rganish maqsadida so’rov
otkazdi.
So’rov natijalari Agentlikka uyali aloqa
foydalanuvchilari duch kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish
yo’llarini topish uchun zarur.
So'rovda mamlakat
bo'ylab deyarli 10 ming respondent ishtirok etdi, ularning 39%dan ortig'i ayol respondentlardir.
QO’NG’IROQLAR SIFATI HAQIDAGI SO’ROVNING
ASOSIY NATIJALARI:
1. Respondentlarning
94%i qo'ng'iroq qilish uchun shaxsiy mobil telefondan foydalanadi.
2. Ma'lum
bo'lishicha, U-Reportyorlar orasida mobil qo'ng'iroqlardan foydalanuvchilar
soni bo'yicha: birinchi o'rinda Beeline (31%), undan keyin Uzmobile (28%) va
uchinchi o'rinda Ucell 24%.
3. Foydalanuvchilarning
66%i, umuman olganda, uyali aloqa qo'ng'iroqlari sifatidan mamnun, respondentlarning 31%i esa qo'ng'iroqlar sifati to'g'risida salbiy javob
berishdi.
4. Respondentlarning
14%i SIM-kartani sotib olayotganda shartnoma bilan tanishishga imkoniyat berishmaydi deb javob berishdi.
5.
U-Reportyorlarning 28%ining ma'lumotiga ko’ra, shu yil hisobidan ulardan aloqa uchun sarflagan daqiqadan ortiqroq pul yechib olingan. Shu bilan
birga, 45% bunga duch kelmaganini ta’kidlashdi.
6. Respondentlarning
yarmidan ko'pi (54%) ushbu yilda ular hech qanday qo'shimcha xizmatlarga
ogohlantirishsiz ulanmagan deb javob berishdi, lekin 30%i qarshi fikr bildirishdi.
7. Foydalanuvchilarning
10%i abonentlarning “shaxsiy kabinetlari” borligini bilishmaydi
va respondentlarning 37% “shaxsiy kabinetlaridan” umuman
foydalanmasliklarini bildirishgan.
8. U-Reportyorlarning 29%i uyali aloqa sifati to'g'risida shikoyat qilishganini bildirishgan, yana 17% shikoyat qilishni xohlagan
bo’lardi.
9. Qo'ng'iroqlarning
sifati to'g'risida shikoyat bilan murojaat qilgan 29% respondentlarning 42%ida masalasi qisman hal qilingan va 24%ida to'liq hal qilingan.
10. U-Reportyorlar bir vaqtning o'zida turli xil uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalaridan foydalanish sabablarini aytib o'tdi: 32%ida qo'ng'iroqlar va Internetning sifati pastligi, 26%ida Internetning yomonligi, 12% esa qulay tariflar
tufayli.
11.
Uyali aloqa
kompaniyalari filiallari ishining sifati bilan enf ko’p Navoiy viloyatidagilar mamnun, u yerdagi
respondentlarning taxminan 47%i ijobiy baho berishdi.
Respondentlarning aksariyat qismi (98%)
qo'ng'iroq qilish uchun mobil telefondan foydalanadi. Shu bilan birga,
erkaklarga qaraganda 3% ko'proq ayollar qo'ng'iroq qilish uchun ota-onalaridan uyali telefonni olib
ishlatishadi.
"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 1% quyidagilarni
yozgan:
1. Shaxsiy va umumiy oila uchun bo’lgan telefonlardan foydalanadilar, hamda ota-onalaridan oladilar
2. Mobil va uy telefonlaridan foydalanadilar
3. Qo'ng'iroq
qilish uchun barcha telefonlari IMEI kodi bilan bloklangan, qayerga murojaat qilishimni bilishmaydi (Rossiyadan olib
kelingan telefonlar ishlamayapti)
4. Ko'proq mobil aloqadan emas, balki Internet-trafikdan
foydalanadi
5. Vaqtincha chet
elda
6. Korporativ
raqam, ishdan uyali telefon olgan
7. Mobil aloqadan
foydalanmaydi.
Ma'lum bo'lishicha, U-Reportyorlar orasida mobil
qo'ng'iroqlardan foydalanuvchilar soni bo'yicha birinchi o'rinda Bilayn (31%), undan keyin Uzmobile (28%) va uchinchi
o'rinda Ucell (24%).
Shu bilan birga, hududlarning o'z liderlari bor. "Beeline" uyali aloqa operatorining xizmatlaridan Farg'ona
viloyati abonentlari ko'proq foydalanashar ekan – ushbu viloyatdagi barcha respondentlarning 57%i. "Beeline"
foydalanuvchilarining eng kam soni Namangan viloyatida bo'lib, u yerda eng ommabop uyali aloqa operatori "Ucell" (38%) ekan.
"Boshqa"
javobini tanlagan respondentlarning 1% quyidagilarni yozgan:
1.
Bir vaqtning o'zida bir nechta variantni tanlang
2.
Humans
3.
Mobi.uz
4.
Rossiyadan MTS-dan foydalanishadi
5.
Uy telefonidan foydalanishadi.
Foydalanuvchilarning
68%i, umuman olganda, uyali aloqa qo'ng'iroqlari sifatidan
mamnun: 34%i "ha" deb va 32%i "asosan, ha" deb javob bergan. Sirdaryo
viloyati (44%) va Qoraqalpog'iston Respublikasi (41%) (qat’iy "ha"
javobi bilan) uyali aloqa sifatidan eng mamnun hududlar bo’ldi.
Respondentlarning 31%i
qo'ng'iroqlarning sifati to'g'risida salbiy javob bergan, shulardan 17% aniq "yo'q" javobini tanlagan.
Uyali aloqa sifatidan eng kam qoniqish Buxoro va Jizzax viloyatlariga to'g'ri
keladi – bu yerdagi 29% respondentlar salbiy javob bergan.
Mobil kompaniyalar
kesimida, qo’ng’iroqlar safati bo’yicha eng ko’p salbiy javob berganlar Ucell
abonentlari bo’ldi (33%).
Respondentlarning
atigi 29%i SIM-kartani sotib olayotganda shartnomaning barcha
shartlarini o'qiganlarini, 26%i faqat ba'zi
qismlarini o'qiganlarini, 14% esa faqat narxga qarashlarini aytishdilar. Bu savolga javob
berishda hech qanday gender farq topilmadi, faqat ayollarning
10%, erkaklarning 3% bilan solishtirganda, o'zlari uchun SIM-kartani olmagan.
Respondentlarning 14%i SIM-kartani
sotib olishda shartnoma bilan tanishishlariga berishmagan, deb javob berishdi.
"Boshqa"
javobini tanlagan respondentlarning 1% quyidagilarni yozgan:
1. Ota-onalar SIM-kartani sotib olishadi
2. Ular uzoq vaqt oldin SIM-kartani sotib olganliklari sabab
eslamaydilar
3. O'qish qiziq emas, faqat tariflar haqida ma’lumot qiziqtiradi
4. Shartnoma shartlarini o'qish uchun yetarli vaqt
yo'q
5. Shartnoma rus tilida, matni kichkina harflar bilan yozilgan va
uni o'qish qulay emas
6. Bunday
shartnoma mavjudligini bilishmaydi
7. Shartnoma
shartlariga yetarlicha e'tibor bermaydilar, faqat imzolaydilar
8. So'ralmagan va
ularga shartnoma berilmagan.
U-REPORTYORLARNING
BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Qaсhon va qanсha to’lash hususida malumot olaman, lekin to’g’risi shartnomaga e'tibor bermas ekanman faqat qo’l qo’yob olib ketaman.
Это было так давно,
что уже не помню, читалось ли. Но точно помню, что читались условия тарифа
"от" и "до"
Vaqt kam beriladi. Ochrt ko‘p bo‘lganligi sababli shartnoma bilan
tanishishni imkoni yo‘q bo‘ladi.
Танишишга эмас имзолаш
учун беришади. Ўқишга, танишишга вақтлари йўқ бўлади, бошқа мижозни куттирмаслик
учун !
Я все равно не смогу внести изменения в договор, если не согласна
Assosan yoq
tanishmaganman faqat narxi va tarif rejadagi daqiqaqalar,sms,mb larni
so'raganman lekin shartnomani berishmagan
Shartnoma matni juda mayda shriftda va uzundan uzoq, va ayrim paytlarda
mujmal bo'ladi. Qolaversa, kompaniyalar xodimlari tanishib chiqish kerakligi
haqida eslatib ham o'tirishmaydi. Mijozni tanishib chiqish uchun sabri
yetmasligi, g'ashiga tegishi aniq. Shu muammoga e'tibor qilish kerak.
Tanishing deyishmaydi.
Faqat qo‘l qo‘ying deyishadi. Va o‘zim ham qiziqib ko‘rmaganman
Все мобильные операторы в Узбекистане не предоставляют копию договора. При
подключении просят быстрее подписать.