Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
COVID-19 dan KEYINGI HAYOT QANDAY BO’LADI?

Quyidagi U-Report so`rovining hamkorlari UNICEF ECARO va Yevropa Ta'lim Fondi (ETF). So`rovning maqsadi – o'smirlar va yoshlarning farovonligi va barqarorligi uchun COVID-19 ning  bevosita va uzoq muddatli ta'siri haqidagi tasavvurlari va tajribalarini yaxshiroq tushunish va COVID-19dan keyingi ssenariyni "qanday tuzish kerak"ligi bo'yicha fikr va tavsiyalarni to'plash.

So'rov natijalari Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida o'spirin va yoshlarga COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri bo'yicha UNICEF ECARO va Yevropa Ta'lim Jamg'armasi boshchiligidagi mintaqaviy dasturiy hujjatni ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu so`rov natijalari yoshlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda, COVID-19 dan keyin moslashuvchan, barqaror, raqamli iqtisodiyot va jamiyatni yaratishda tiklanish rejalarini ishlab chiqish uchun zarur.

Ushbu so`rov natijalari keng ommaga va hamkorlarga (hukumat, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, EI, xususiy sektor, yoshlar tashkilotlari) muhokama qilish va tushunishga yo`naltirilgan virtual munozaralar va vebinarlar orqali taqdim etiladi.

So'rovnomada mamlakat bo'ylab 10 mingdan ortiq respondentlar ishtirok etishdi, ulardan 38%ga yaqini ayollardir.

Respondentlarning yarmidan ko'pi (51%) OTM talabalari, respondentlarning 1/5 qismi rasman ishlaydi va 11% maktab o'quvchilari. 4%dan –  kollej / litsey o'quvchilari va o'qimayotgan, ishlamayotgan va ish qidirmayotganlardir.

 

COVID-19dan KEYINGI HAYOT HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.      Respondentlarning 42%i maktabdagi darslar onlayn va oflayn darslar uyg’unlikda o'tkazilishi kerak, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga, 32% mashg'ulotlar faqat oflayn rejimda o'tkazilishini istaydi.

2.      U-Reportyorlarning 30% masofaviy ta'lim jarayonida o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlash uchun ularni Internet va kompyuter bilan ta'minlash kerak, deb hisoblaydilar. So'ralganlarning yana 44%i yordam har tomonlama bo'lishi kerak, deb hisoblaydi, shu jumladan onlayn o'quv kurslarini o'tkazish, onlayn content yaratish va infratuzilma bilan ta'minlash.

3.      Respondentlarning aksariyati (70%) o'zlariga ma'qul bo'lgan faoliyat sohasida ish topish yoki saqlash imkoniyatlariga optimistik munosabatda.

4.      U-Reportyorlarning 36%i kelajakda kam ish haqi yoki kam daromadli sifatsiz ish extimoli borligi tashvishlantirayotganini aytishdi va 19% respondentlar ish topa olmasliklaridan xavotirda.

5.      U-Reportyorlarning aksariyati (85%) o'z biznesini boshlash yoki tadbirkor bo'lish haqida o'ylashgan.

6.      U-Reportyorlarning 38%ining fikriga ko'ra, yoshlar uchun tadbirkorlik yo'lidagi eng katta to'siq – bu qanday qilib biznes boshlashni va yurgizishni bilmaslikdir.

7.      Respondentlarning 57%i kelajakda inqirozlarni bartaraf etish uchun "yumshoq ko'nikmalar" (soft skills) kerak bo'ladi deb hisoblaydilar: moslashuvchanlik, hamjihatlik, muloqot qilish qobiliyati, tartib-intizom va boshqalar.

8.      33% U-Reportyorlar koronavirus pandemiyasidan keyin ish o'rinlarini yaratish va biznes imkoniyatlarni kengaytirish eng ustuvor yo'nalish bo'lishi kerak, deb hisoblaydilar. Yana 23%i esa "sifatli tibbiyot" va "qashshoqlik va tengsizlikka qarshi kurash" variantlarini tanlashgan.

 

Respondentlarning 42%i maktabdagi darslarni bir vaqtning o’zida – ham onlayn, ham oflayn o'qitish kerak, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga, 32% mashg'ulotlar faqat oflayn rejimda o'tkazilishini istaydi.

OTM talabalarining aksariyati faqat oflayn rejimda o'qishni istaydilar, kollej / litsey o'quvchilarining 24% esa faqat masofadan o'qishni xohlaydi.

 

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 12%i quyidagilarni yozgan:

1.      Bu muhim emas

2.      Boshlang'ich sinflarda (1-4 sinflar) mashg'ulotlarni oflayn rejimda, qolganlarini esa onlayn qilish

3.      O'rta maktablarda oflayn rejimda, universitetlarda ham onlayn, ham oflaynda birlashtirish mumkin

4.      Barcha karantin qoidalariga asoslangan holda oflayn rejimda (tibbiy maskalar, qo'l yuvish va hk)

5.      Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib

6.      Talabalarga / ularning ota-onalariga tanlov huquqini berish

 

Respondentlarning 44%i o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlash uchun har tomonlama yordam kerak deb hisoblaydilar. Shu bilan birga, U-Reportyorlarning 30%i ularni, avvalambor, Internet va kompyuterlar bilan ta'minlash kerak, deb hisoblaydilar va eng ko’p Jizzax va Andijon viloyatlarida ushbu g'oyani qo'llab-quvvatlaydiganlar ko’p (34%).

"Boshqa" javobini tanlagan 5% respondentlar quyidagilarni yozdilar:

1.      O'qituvchilarni qo'llab-quvvatlashga hojat yo'q

2.      Internet (tezlik va infratuzilma, ayniqsa qishloq joylarida) va kompyuter texnologiyalari bilan ta'minlash orqali yordam berish

3.      O'qituvchilarni qayta tayyorlashga yuborish, ularning o'zini-o'zi rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish, kontent yaratish bo'yicha mahoratini mustahkamlash (video darslar, interaktiv materiallar va boshqalar).

4.      Masofaviy o'qitishdan bosh tortish

5.      O'qituvchilarning maoshlarini qisqartirish.

 

 

 

U-Reportyorlarning 36%i kelajakda kam ish haqi va past daromadga ega bo'lgan sifatsiz ishga uchrab qolishidan tashvishlanmoqda. Respondentlarning 1/4 qismi o'zlarining mehnat istiqbollaridan xavotirda emaslar. Respondentlarning deyarli 1/5 qismi umuman ish topa olishlariga shubha qilishadi.

Shu bilan birga, erkaklar (39%) ayollarga qaraganda (32%) o'zlarining mehnat bozoridagi istiqbollari haqida ko'proq pessimistik qarashga ega. Respondent ayollarning 12%i yaxshi ish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega emasliklarini ta'kidladilar.

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 4% quyidagilarni yozgan:

1.      Ish bilan ta'minlashda Korrupsiya va "tanish-bilish" mavjudligi, shuningdek martaba ko'tarilishida tanish-bilishchilik

2.      Mustaqil tadqiqotlar uchun ma'lumotlarning yetishmasligi va malakali mutaxassislarning yetishmasligi (o'qituvchilar)

3.      Biznesdagi muvaffaqiyatsizliklar

4.      Hali ham o'quvchilar / talabalar

5.      OTMlarga kirishdan bezovtalik

6.      Onalik ta'tilida

7.      Kam maoshlar.

 

 

 

Respondentlarning aksariyati (70%) o'zlarining yoqtirgan faoliyat sohasida ish topish yoki saqlash imkoniyatlariga ijibiy munosabat bildirishdi: "optimistik" (41%) yoki "juda optimistik" (29%) ravishda. Respondentlarning 18%i bilmaydi va 6%i o'zlarining mehnat istiqbollari to'g'risida pessimistik fikr bildirishdi.