U-Report O’zbekiston tibbiyot yo’nalishi talabalari Assotsiatsiyasi (UzMSA –
Phenomenon) bilan hamkorlikda va JSST ko’magida O’zbekiston yoshlarining
chekishga munosabatini o’rganish maqsadida so’rov o’tkazishdi.
May oyida Butunjahon
tamakisiz kun nishonlanadi. Tamaki tutunidan holi bo’lgan jamoat joylari
odamlar sog’lig’ini himoya qilishga yordam beradi. So’rov natijalari tamakisiz muhit yaratish haqidagi yoshlar
Deklaratsiyasi uchun foydalaniladi.
Qo’shimcha ma’lumot: Tamaki
kompaniyalari marketing va reklama uchun yiliga 8 milliard
dollardan ko'p mablag'larni sarflashdi, dunyo esa tamaki va passiv chekish ta’siri natijasida 8 million odamni yo’qotdi (Global tamaki epidemiyasi haqidagi JSST bayonoti, 2019 y.). Bu yil Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti yoshlarga, tamaki kompaniyalari tamaki va nikotin mahsulotlarini iste’mol qilishda yoshlarni jalb qilishning hiylali usullaridan foydalanishiga e’tibor qaratmoqda.
Shu bilan birga, JSST ma’lumotiga ko’ra tamakining ikkilamchi tutuni (passiv chekish) dunyoda yiliga 1 millionga yaqin odamlarning o’limiga sabab bo’ladi va ulardan, taxminan, 31%i bolalar.
So'rovda mamlakat bo'ylab
10 mingga yaqin respondent qatnashdi, ularning deyarli 40% ayol
respondentlardir.
CHEKISHGA MUNOSABAT HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY
NATIJALARI:
1.
Respondentlarning aksariyati (81%) chekish inson salomatligiga jiddiy
salbiy ta'sir qiladi deb hisoblaydilar.
2.
U-Reportyorlarning 58%i "passiv chekish" nima ekanligini bilishmaydi.
3.
Asosan, respondentlar "passiv chekuvchi” rolida
ko’chada – 39%, restoranlarda / kafelarda – 18%, ishda – 11% bo'lishar ekan.
4.
Respondent ayollarning mutlaq ko'pchiligi (90%) hech qachon chekmagan,
erkaklarning faqat 56%i hech qachon tamaki iste’mol qilmaganligini aytgan.
5.
Respondentlarning 3% ayollari va 12% erkaklar har kuni chekishlarini tan
olishdi.
6.
Chekuvchilarning aksariyati poytaxtda, Namangan va Andijon viloyatlarida bo'lib,
u yerda respondentlarning 12-13% har kuni tamaki
mahsulotlarini chekishlarini ta'kidladilar.
7.
Chekadigan respondentlarning 58%i chekishni tashlash niyati borligini bildirgan. Shu bilan birga, ayollar, erkaklardan farqli
o'laroq, ushbu odatdan voz kechmaslikka ko'proq moyil ekanlar – 25%ga qarshi 16%.
8.
Shuningdek, 10% chekishni tashlagan respondentlar nima uchun bunday
qilganligini bildirishdi: 50% javoblar – yomon odatni olib tashlashga
ongli ravishda intilish.
9.
Chekadigan respondentlar (17%) chekishga undagan sabablarini bildirdi: qiziqish – chekishni boshlashning eng mashhur sabablaridan biri – 33% respondentlar ushbu javob variantini tanlagan; quyidagi javob variantlarini 20%dan to’plashgan: "dam olish istagi"
va “do’stlarim chekishgan”.
10. Respondentlarning aksariyati 75% tamaki tutunidan
xoli muhitni yaratish
g'oyasini qo'llab-quvvatlamoqda (masalan, bog'larda, kafelarda, jamoat
joylarida va transportda).
U-Reportyorlarning
aksariyati (81%) chekish inson salomatligiga jiddiy salbiy ta'sir qiladi deb hisoblashadi. Shu bilan birga, erkaklarga qaraganda 8% ko'proq ayollar chekish odamlarga sezirarli zarar yetkazadi deb hisoblashadi.
Erkaklar chekish unchalik salbiy emasligiga va uning sog'liqqa ta'siri bir necha omillarga bog'liqligiga ishonishga moyilroq. Shunday qilib, 3% ko'proq erkaklar bu chekilgan sigaretalar soniga bog'liq deb o'ylashadi. Bundan tashqari, 2%dan ko'proq erkaklar chekishni sog'liq uchun zararli emas deb o'ylashadi.
U-Reportyorlarning o'rtacha 42%i “passiv chekish” nima ekanligini biladilar. Shu bilan
birga, respondentlarning 58% bu nima ekanligini
bilmasliklarini tan olishdi. Qolgan viloyatlarga
qaraganda Qashqadaryo
viloyatida, shuningdek Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston
Respublikasida passiv chekish haqida ko’proq bilishmaydi. Poytaxtda,
boshqa barcha hududlarga qaraganda "passiv chekish" haqida ko’proq bilishadi – 59% respondentlar ijobiy javob berishgan.
Ko'pincha respondentlar ko’chada "passiv chekuvchi"
bo'lar ekan – 39% holatda. Sirdaryo, Farg'ona va Namangan viloyatlarida, avvalambor, ko’chada “passiv chekish” bilan to’qnashishadi. Toshkent shahrida "ko’chada" variantini tanlagan respondentlarning soni eng kam (28%).
Shu bilan birga, Qoraqalpog'iston Respublikasida, boshqa hududlar bilan
taqqoslaganda, kafe va restoranlarda "passiv chekish" ko’proq uchraydi. Navoiy, Jizzax va Buxoro
viloyatlarida “passiv chekish” bilan ish joyida to’qnashadiganlar ko'proq.
Erkaklarga qaraganda 10% ko'proq ayollar ko’chada "passiv chekish" bilan duch kelishadi.
Kafe va restoranlarda erkaklar ko'proq "passiv chekuvchilar" bo'lishadi – erkaklarning 22% va ayollarning 14% shunday javob
berishgan. Bundan tashqari, erkaklar passiv checkuvchi
bo’lib ishda ko'proq to’qnash kelishar ekan – 15%,
ayollarning esa atigi 6% bunga ish joyida duch kelishmoqda.
"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 14%i quyidagi joylarda beixtioyor "passiv
chekuvchi" bo’lib qolishar ekan:
1. Hech qayerda – men o'zim chekuvchiman
2. Hamma joyda, deyarli
barcha jamoat joylarida
3. Avtomobillarda
(taksilarda), jamoat transportida (avtobusda), jamoat transporti to'xtash
joyida
4. Do'stlar bilan
5. Bozorda
6. Choyxonada
7. Qarindoshlarnikida
8. Aslida, men atrofdagi odamlarning chekishiga yo'l qo'ymayman.
Respondent ayollarning aksariyati (90%) hech qachon chekmagan, erkaklarning
faqat 56%i hech qachon
chekmaganligini aytgan. So'rovda ishtirok
etgan ayollarning 3%i va erkaklarning 16%i ilgari chekkanliklarini, ammo hozirda
chekishni tashlaganlarini aytishgan.
Erkaklarning 10%i ba’zida
chekib turishadi, bu ko’rsatkich ayollar orasida 1,8%ni tashkil
qiladi.
"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 2%i quyidagilarni yozgan:
1. Vaziyat va sharoitga
qarab kuniga / haftada / oyiga bitta sigaret chekaman
2. Bolalikda bir necha bor tatib ko'rgan, ammo endi chekishmaydi
3. Ota-onalari chekishadi
4. Hali voyaga yetmaganlar
5. Lyft usulida chekishni
tugatish bosqichida, nikotin pastilllari nikotindan
tutunsiz va boshqalar uchun ishlatishni cheklaydi
6. Tamaki chekishgan, lekin elektron sigareta / vapes / IQOS ga o'tishgan
7. Nosvoy chekishadi
8. Do'stlar bilan kamdan-kam
hollarda chekib turadi
9. Alkogolli ichimliklar iste'mol
qilingan hollarda, mast holatda ba’zida chekishadi
10. Men umuman chekishni istamayman.