Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish g'oyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. U-Report, Inson huquqlari milliy markazi bilan birgalikda, ushbu Konvensiya loyihasi haqida yoshlarning fikrini bilish uchun so'rov o'tkazdi.
So'rov natijalari joriy yilning 12-13 avgust kunlari BMT Bosh kotibi, YEXHT, O’zbekiston
hukumati, BMT agentliklari va boshqa xalqaro tashkilotlar va mamlakat vakillari
ishtirok etgan inson huquqlari bo’yicha Samarqand veb-forumida taqdim qilindi. Inson huquqlari bo’yicha Samarqand forumi bilan www.asianforum.uz da tanishib
chiqishingiz mumkin.
Konvensiyaning
maqsadi – yoshlarning huquqlari, erkinliklari, qiziqishlari, ehtiyojlarini belgilash va ularni amalga
oshirish bo'yicha davlatlarning majburiyatlarini ta'minlash.
So’nggi o’n yilliklar tajribasi shuni aniq ko'rsatadiki, shiddat bilan o’zgarib borayotgan dunyoda, asosiy ulushi yoshlar bo’lgan, inson kapitali va innovatsion salohiyatni jadal rivojlantirish, samarali to’plash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lgan davlatlar ustunlikka ega bo'ladi.
So'rovda mamlakat
bo'ylab 10 mingdan ortiq respondentlar qatnashgan, ularning 37%i ayol respondentlardir.
YOSHLAR TO’G’RISIDAGI BMT
KONVENSIYASI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1.
So'rovda
qatnashganlarning 68%i
hozirda O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan BMTning yoshlar huquqlari
bo'yicha xalqaro konvensiyasi ishlab chiqilayotganidan xabardor emas.
2.
U-Reportyorlarning aksariyati (81%) BMTning Yoshlar
huquqlari to'g'risidagi konvensiya yoshlarning huquqlari to'g'risidagi universal hujjat sifatida
zarur deb hisoblashadi.
3.
Respondentlarning
52%i "yoshlar" deb 30
yoshgacha bo'lgan odamlarni belgilash kerak deb hisoblashadi. Shu bilan birga, respondentlarning 1/4 qismi 35
yoshgacha bo'lganlarni "yoshlar" deb hisoblanishiga
ishonishadi.
4.
So'rovda
ishtiroq etganlarning deyarli yarmi
yoshlarning o'zlari yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy belgilovchisi va ijrochisi bo'lishi kerak deb
hisoblashadi. So‘ralganlarning 1/4 qismi buni butun jamiyat amalga oshirishi
kerak desa, 16%i esa parlamentga tayanadi.
5.
54% U-Reportyorlarning fikriga ko'ra, Yoshlar huquqlari
to'g'risidagi konvensiyani
qabul qilinishi, dunyo bo'ylab
yoshlarning hayotini yaxshilaydi.
6.
U-Reportyorlarning 48%i Konvensiya qabul qilinganidan keyin ularning hayotlari ancha yaxshi
bo'lishiga ishonishadi.
7.
Barcha
respondentlarning 62%i
yoshlar ham, yoshi kattalar ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar
huquqlarini monitoring qilish qo'mitasiga a'zo bo'lishlari kerak deb
hisoblashadi.
8.
Yoshlar huquq va erkinliklari bo'yicha quyidagi 5 ta mavzu eng ommabop deya e’tirof
etildi: ta'lim olish huquqi (deyarli
20%), fikrlash va so’z
erkinligi (deyarli 13%), sog'liqni saqlash (12,4%), ishlash huquqi (10%), erkinlik va shaxsiy daxlsizlik (9,6%).
So‘rovda qatnashganlarning aksariyati (68%)
O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan BMTning yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi
xalqaro konvensiya ishlab chiqilayotganidan xabardor emas ekan. Etiborlisi, bu haqda bilmaganlarning aksariyati Toshkent
shahri va Toshkent viloyatida – 73%.
Aksariyat U-Reportyorlarning (81%) fikriga ko'ra, BMTning Yoshlar
huquqlari to'g'risidagi konvensiya zarur. Ko'pchilik shunday fikrda bo’lgan
respondentlar Navoiy va Buxoro
viloyatlarida, u yerda 85% respondentlar bunday Konvensiya zarurligini ta'kidladilar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini ishlab chiqish g'oyasini ayollar ko'proq qo’llab-quvvatlaydi – 83%, erkaklar orasida bu ko’rsatkich 80%. Shu bilan birga, qat'iy ravishda: "Yo'q" deganlar orasida ayollar (6%) ga qaraganda erkaklar ko'proq (10%).
Barcha
respondentlarning 53%i
"yoshlar" deb 30 yoshgacha bo'lgan insonlarga aytish kerak deb hisoblashadi. Shu bilan birga, respondentlarning
1/4 qismi 35 yoshgacha bo'lganlar"yoshlar" deb hisoblanishi kerak deb ishonishadi.
U-Reportyorlarning 9%i yoshlik odamning
yoshiga bog'liq bo'lmasligi kerak deb hisoblashadi.
Xorazm va Navoiy
viloyatlarida yoshlarni ta’riflash 30 yoshgacha bo'lishi kerak deganlar soni ko'p – har ikkala hududda ham bu ko'rsatkich 58% atrofida.
"Boshqa"
javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 6%i quyidagilarni yozdilar:
1.
18
yoshgacha
2.
18 -
25 yosh
3.
20 -
25 yoshda yoki 20-27 yoshda
4.
25 -
30 yosh
5.
30 -
35 yosh
6.
Oliy
ma'lumotni tugatgunga qadar
7.
45
yoshgacha, chunki umr ko'rish davomiyligi oshdi.
8.
50
yoshgacha
9.
Pensiya
yoshiga qadar.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI
FIKRLARI:
Maksimum 25 yoshgacha boʻlgan shaxslar yosh deyish
mumkin. Undan yuqorisi oʻrta yashar hisoblanadi.
Umri davomida o’zini o’zgartira
oladigan shaxsiy fikrga ega bo’la olgan barcha yoshlar hisoblanadi.
Inson ilm o'rganishdan, zamon bilan hamnafaslikdan
to'xtamas ekan, yosh bo'lib qolaveradi
Молодёжь тот, кто строит свою
карьеру и тот кто самостоятельный. Не считаются молодёжью те кто проживают за
счет своих родителей, ибо они являются еще детьми. Поэтому сказать определённую
цифру не могу.
Qachonki ozini mustaqilman deb hisoblab mustaqil yashay
olsa.
O'zbekistonda o'rta umr ko'rish yoshiga qarab xulosa qilsak 35 yoshgacha
Bu narsani yosh bilan umumuman aloqasi bo’lmasligi kerak.
45 yoshgacha inson qo’lidan barcha ishlar kela oladi.
Hammada har hil. Bu oilaviy
kelib chiqishiga bog'liq ya'ni buvi-buvasi,va ota onasini munosabatiga bog'liq
Ҳар бир оилада ота-онанинг ақли ва фаросати билан фарзанд
тарбияланади. Фарзанднинг неча ёшигача ЁШ ҳисобланиши бу ота-онанинг қай
даражада яхши ё ёмон тарбия ва эътибор беришига боғлиқ.
Нельзя делить людей по возрасту и наделять в соответствии с
возрастом разными правами!
Insonning kuch
quvvatiga ega bolgunga qadar u inson yosh hisoblanadi
Islomda erkak kishi 40 yoshgacha yigit hisoblanadi. Yoshlar yoshi 28-30
atrofida bolishi kerak
Yoshlar
deganda yoshini hisobga olmaslik kerak chunki bizda ta'lim tizimi juda g'alati ko'p
o'qish kere chet davlatlarida yosh professor bor bizni davlatda sochi
oqarmaguncha yoki butunlay to’kilmaguncha olmaydi, qilgan ishiga qarash kerak bu mani
shahsiy fikrim.
54% erkaklar yoshlar
30 yoshgacha hisoblanishiga (ayollarda 51%), ayollarning 28%i yoshlar 35 yoshga qadar bo’lishi
kerakligiga (erkaklarda 22%) ishonishadi.
Respondentlarning
deyarli yarmi yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy belgilovchisi va ijrochisi yoshlarning o'zlari bo'lishi kerak deb hisoblashadi. So‘rovda ishtirok etganlarning deyarli 1/4 qismi buni butun jamiyat
amalga oshirishi kerak, deb hisoblasa, 16%i buning uchun Parlament javobgar bo‘lishi kerak deb
hisoblashadi.
Poytaxtda Parlament
ishtirokiga eng tanqidiy fikrlaydiganlar
ko’pchilikni tashkil qiladi va u yerda
respondentlarning atigi 9% Parlament yoshlar siyosatiga jalb qilinishi kerak
deb hisoblashadi. Navoiy viloyatida boshqa hududlarga nisbatan ushbu funksiyalarni
yoshlarning o'zlariga topshirishni taklif qilayotganlar ko'pchilikni
tashkil qiladi - 59%.
"Boshqa"
javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 4%i quyidagilarni yozdilar:
1.
Hamma
birgalikda javobgar bo'lishi kerak
2.
Odamlar
va jamiyat
3.
Vazirlar
Mahkamasi va boshqa
vazirliklar
4.
Yoshlar
ishlari bo'yicha agentlik yoki alohida tashkil etilgan boshqa davlat tuzilmasi
5.
O'zbekiston
yoshlar ittifoqi sifatida yoshlarning jamoat tashkilotlari
6.
Prezident
7.
Deputatlar
va Parlament
8.
Maxsus
tuzilgan komissiya
9.
Yoshlar
va yosh avlod uchun alohida siyosiy partiya yaratilishi
10.
O'zbekiston
musulmonlari idorasi (Diniy Idora)
11.
Bloggerlar,
jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI
FIKRLARI:
Все вместе
взятое, потому что разработчик и исполнитель – это разные понятия. Все три
пункта должны участвовать и в разработке, и в исполнении.
O'zbekiston sharoitida faqat prezident ishonchni oqlaydi, boshqa
mansabdorlar, parlament,
jamiyat hali bu narsaga tayyor emas.
Masuliyat
katta ekan javobgarlar hammani zimmasidadir. Hujjatlar bilan ishlaydigan odamlar ko’p lekin odamlar bilan ishlaydigan shaxs zarur yani:
prezidentni shahsan
o’zlari va prezident maxsus uyushmasi bilan.
Bunda aniq bir toifa bo'lishi belgilab qo'yilmagan.
Mening fikrimcha bu jarayonda
yoshi ulug'larimiz, nuroniylar, dinimiz peshvolari, yoshlarimizning faol
ishtirokchilari va ishsiz yurgan yoshlarimizni fikrlarini ham inobatga olgan
yaxshi deb o'ylayman!
Yoshlar demokratik
partiyasini tuzish zarur.
По моему мнению нужно создать партию молодежную (Например: интересы
молодежи или партия молодого поколения и т.д.)
От государство
должно быть сформирована комиссия по реализации уровня вовлеченности, и
развития молодежи, данная комиссия должна определить ключевые направления
развития.
Axir yoshlar parlamenti va agentligi tashkil etildiku. Ularning vazifasi
aynan shuni nazorat qilish deb oʻylayman
Erkaklar bilan
taqqoslaganda, ayollar yoshlarni o'zlarini ko'proq qo'llab-quvvatlamoqda - 55%ga
qarshi 48%. Shu bilan birga,
erkaklar parlament mamlakatda yoshlar siyosatini ishlab chiqishi va amalga
oshirishi kerak degan fikrga ko'proq moyil.