Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Salomatlik haqida manbalar yetarlimi?

U-Report UNICEFning Sog'liqni saqlash bo'limi bilan birgalikda, o'smirlar va yoshlar salomatlik to'g'risida ma'lumotlarni olishda qanday to'siqlarga duch kelayotganini tushunish uchun so'rov o'tkazdi. So’rov natijasida olingan ma’lumotlar o'smirlarning sog'lig'i bo'yicha Milliy strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun kerak bo'ladi.

Ozbekiston Respublikasining Statistika boyicha davlat qomitasining malumotlariga kora, osmirlar (10 yoshdan 19 yoshgacha bolgan shaxslar) aholi umumiy sonining 16,2%ini tashkil qiladi hamda mamlakatning insoniy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun noyob salohiyatga ega. Shu bilan birga o'smirlar hali ham ovqatlanish, havoning ifloslanishi va zararli moddalarning ta'siriga duch kelishmoqda. Erta turmush qurish muammosi, shuningdek, ta’lim olish, kasbiy tayyorgarlik hamda mehnat bozoriga kirish muammolari hali ham davom etmoqda.

Hozirgi kunda samarali strategiya va dasturlarni ishlab chiqish uchun o’smirlarning kasalliklar, baxtsiz hodisalar, o’lim holatining oldini olish bo’yicha ma’lumot olish imkoniyati hamda ularning xabardorlik darajasi haqidagi ma’lumotlar hali ham yetarlicha emas.

So’rovda mamlakat bo'ylab 7792 respondent qatnashdi, ularning 41%ini ayollar tashkil etadi.

SALOMATLIK HAQIDA MANBALAR TO'G'RISIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       So'rov ishtirokchilari sog'liqni saqlash to'g'risidagi ma'lumotlarning qaysi manbasiga ko'proq ishonishlariga javob berishdi: respondentlarning 69%i shifokorlar / tibbiyot xodimlariga, ikkinchi o'rinda ota-onalariga (11%) va uchinchi o'rinda Internetga (10%) ishonadilar.

2.       24% respondentlar sog'liq bilan bog'liq barcha mavzularni ota-onalari bilan muhokama qilish noqulay ekanligini ta'kidladilar va 14% respondentlar esa barcha mavzular ota-onalari bilan muhokama qilish uchun qulayligini aytib o’tdi.

3.       Birinchi navbatda, ota-onalar bilan muhokama qilish uchun "noqulay savollar" dan, 31% U-Reportyorlar – jinsiy munosabatlar mavzisini tanlagan.

4.       Sog'liq mavzusiga oid mavzularning ota-onalar bilan muhokama qilishdagi noqulaylik omillari: uyalish 62%, ota-onalarni xafa qilishdan cho’chish – 11%, tushunmasligidan qo'rqishi - 8%, ayblanishdan qo’rqishi – 6%.

5.       U-Reportyorlarning 44%i sog'liq bo’yicha barcha mavzularni shifokorlar / tibbiyot xodimlari bilan muhokama qilish qulay ekanligini ta'kidlashdi. 24% respondentlar uchun tibbiy xodimlar bilan jinsiy munosabatlarni muhokama qilish noqulay.

6.       Sog'liq mavzulari bo’yicha muammolarini shifokorlar / tibbiyot xodimlari bilan muhokama qilishni istamaslik sabablarining uchtaligi: uyat / uyalish - 51%, yomon tashxisni eshitishdan qo'rqish - 16%, shifokorlar malakasiga / tajribasiga ishonmaslik - 12%.
Erkaklar bilan solishtirganda, 12% ko'proq ayollar sog'lig'i bilan bog'liq muammolarni tibbiyot xodimlari bilan muhokama qilishdan uyalishadi.

7.       Respondentlarning 88%i u yoki bu tarzda salomatlik haqida ma’lumot manbai sifatida Internetga ishonadilar – b’azilar ma’lumotlarni qaytadan tekshirib oladi (36%), kimdir ma'lum darajada (32%) yoki ko'p hollarda ishonadi (17%) va boshqalar.

8.       Tibbiy ma'lumot olish uchun respondentlarning 64%i Internetga faqat zarurat tug’ilsa murojaat qiladi, 22%i esa har kuni yoki har hafta foydalanadilar.

9.       Respondentlarning 42%i O'zbekiston yoshlari / o'spirinlari sifatli tibbiy ma'lumotlarga ega bo'lish uchun teng imkoniyatlarga ega emaslar deb ishonishadi, 23% esa bu savolga javob berishga qiynaldilar.

10.   Barcha respondentlarning 26%i sifatli tibbiy ma'lumot manbalari tengligini oshirish uchun tibbiy veb-sayt yaratishni , 17%i - onlayn ilova, 15%i - maxsus markazlarda maslahat berishni taklif qilishmoqda.

11.   90% respondentlar, agar shifokorlar bilan telefon / elektron pochta orqali maslahatlar amalga oshirilishi yo’lga qo’yilsa, tez-tez murojaat qilishlarini bildirishdi: 50%i aniq va 40%i katta ehtimol bilan shunday qilishadi.


Barcha respondentlarning 69%i birinchi navbatda shifokorlar / tibbiyot xodimlariga ishonishadi. Gender xususiyatlari bo'yicha: ayollar (72%) erkaklarga nisbatan (67%) shifokorlarga ko'proq ishonishadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida yashaydigan respondentlar boshqa hududlarga qaraganda eng ko’p shifokorlarga ishonishadi - 76%.

Toshkent shahrida tibbiyot xodimlariga, boshqa viloyatlarga qaraganda, kamroq ishonch bildirildi Toshkent shahrida istiqomat qiladigan respondentlarning 62%i. Shuningdek, poytaxtda, hududlar bilan solishtirganda, Internetga salomatlik ma'lumotlari manbai sifatida ishonadiganlar ko'pchilikni  tashkil qildi 17% (boshqa viloyatlarda bu o'rtacha 11%). Internetga ishonadiganlar soni Surxondaryo viloyatida eng kam atiga 4%.

"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 5% quyidagi variantlarni yozdilar:

1.       Faqat o'zlariga / tajribalariga / holatlariga / ichki ovozlariga ishonishadi

2.       Hech kimga ishonishmaydi

3.       O'zlari yoki qarindoshlari farmatsevtlar / shifokorlar / tibbiyot mutaxassislari / tibbiyot kollejlari / institutlarining talabalari

4.       Allohga ishonishadi va Allohning irodasi hamma narsada ekanligiga ishonishadi

5.       Yuqoridagi barcha toifalarga ozgina ishonishadi

6.       Tabiblarga ishonishadi (an'anaviy tabiblarga)

7.       Chet elda nashr etilgan kitoblar va fanga ishonishadi

8.       Axborot va aloqa manbalari, ommaviy axborot vositalari va jurnallar, Rossiya ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar

9.       Xalqaro tashkilotlar (JSST).


Respondentlarning 24%i sog'liq bilan bog'liq deyarli barcha mavzular ota-onalari bilan muhokama qilish noqulay ekanligini, 14% respondentlar esa sog'liqqa oid barcha mavzular ota-onalari bilan muhokama qilish uchun qulayligini ta'kidladilar.

Birinchi navbatda, ota-onalar bilan muhokama qilish uchun "noqulay savollar" dan  jinsiy munosabatlar mavzusini tanlagan – U-Reportyorlarning 31%i. Shu bilan birga, bu ko'rsatkich erkaklar uchun yuqoriroq: ayollarga qaraganda erkaklarning 4%i ota-onalari bilan ushbu mavzuni muhokama qilish noqulay deb javob berishdi. Keyingi o’rinda 8% ovoz bilan - "Oila qurish".

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 6%i quyidagilarni yozdilar:

1.       O’zlarining hayotlari va kelajak haqida / o'qish / kelajakdagi kasb / shaxsiy rivojlanish / ish haqida

2.       Ota-onalar – barcha muammolarni muhokama qilishingiz mumkin bo'lgan eng yaqin maslahatchilar.

3.       O'zbekistondagi siyosiy jarayon / siyosat / tarixiy mavzular / yangiliklar (mahalliy va xalqaro)

4.       Diniy / dunyoviy bilimlar

5.       Pul / moliyaviy masalalar

6.       Ilmiy mavzular

7.       Yoqtirgan odami / oilaviy hayot

8.       Jinsiy yo'l bilan o'tadigan kasalliklar / individual kasalliklar

9.       Oilada bunday savollar yo'q / respondent endi o'spirin emas

10.   Ota-onalar yo'q (balog'at yoshidagi respondent).


Respondentlarning 62%i jinsiy munosabatlar, oilani shakllantirish, sport, diyeta va ovqatlanish, aqliy salomatlik hamda sog'liq bilan bog'liq boshqa mavzularni muhokama qilishdan uyalishadi.

Respondentlarning 11%i ushbu mavzularni muhokama qilishda ota-onalarini xafa qilishni xohlamaydilar va 8%i  ota-onalari ularni tushunmasligidan qo’rqadi.

 

"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 7%i quyidagilarni yozdilar:

1.       Madaniy nuqtai nazardan, hamma narsani oila a'zolari bilan muhokama qilish noo'rin / etika, tarbiya va milliy mentalitetga, ming yillar davomida paydo bo'lgan qadriyatlarga mos kelmaydi.

2.       Diniy qarashlarga mos kelmaydi / shariatga mos kelmaydi.

3.       Ushbu masalalardan o’zi xabardor bo'lgan.

4.       Bunday muammolarni ota-onalar bilan muhokama qilish g'alati, ota-onalar bilan bunday mavzularni muhokama qilish ularga hurmatsizlikdir.

5.       Ota-onalarini xafa qilishdan bosh tortish / ularni bezovta qilmaslik / ota-onalarning ishonchini yo'qotmaslik / ularga og'irlik qilmaslik.

6.       Nozik mavzu, odobsizlik.

7.       Bunday masalalarni ota-onalar bilan muhokama qilishning hojati yo'q.

8.       O'zlarining muammolarini mustaqil hal qilishga o’rganishgan / shaxsiy muammolar ommaviy bo'lmasligi kerak / sirlarni oshkor qilmaslik / bolalar va ota-onalar o'rtasida masofa bo'lishi kerak.

9.       Respondentlarning o'zlari ota-ona / allaqachon turmushga chiqqanlar / uylanganlar / o'spirinlik yoshida emaslar.

10.   Ota-onalarning o'zlari bunday muammolarni farzandlari bilan muhokama qilish noo'rin deb topadilar.

 

U-Reportyoralning ba’zi fikrlari:

Hamma narsani ham oila a’zolari bilan muhokama qilish madaniyatga toʻgʻri kelmaydi.

 

Оdob ahloq va ming yillik shakllanib kelgan milliy qadriyatlarga toʻgʻri kelmaydi.

 

Е’tiqodga to’g’ri kelmaydi.

 

Shariatga toʻgʻri kelmaydi.

 

Savollar haqida yetarli tushunchaga egaman.

 

Bunday savollarni ota-ona bilan muhokama qilishi g’alati.

 

O’zlarimiz uchun ota-onamiz siqilishligini xoxlamaymiz.

 

Ota-onani havotirga qoyishni istamayman.

 

Ota-ona bilan bunday savollarni muhokama qilishi noqulay.

 

Bu masalaalarni ota ona bilan gaplashish farosatsizlik.

 

Ota-onaga aytish/muhokama qilish shart bo'lmagan masalalar deb o'ylayman.

 

Shaxsiy masalarni o’zim xal qilishga odatlanganman.

 

Ota onang bilan bunaqa savol javob o‘tkazgandan o‘lganing yaxshi.  Men o‘zbekman or nomus sharm xayo degan tushunchalarim bor. Senlar qaerda  o‘qigansan.

 

Men buni allaqachon ota-onam bilan muhokama qilganman, ammo ular ozishimni taqiqlashdi.

 

O'zbeklar jinsiy tarbiya to'g'risida gaplashmaydilar – bu ular uchun uyat, ruhiy tushkunlik haqida gapirishmaydi – bu degani to’qlikka sho’xlik, infektsiyalar haqida gapirishmaydi, chunki ular o'zlari ham bilishmaydi.

 

Chunki bularni ota ona oldida gapirish bexayolik ularni shunday hurmat qilamanki kuzlariga tik qara olmayman ularning gapi men uchun qonunu lekin oz fikrimni bildiraman.

 

Urishishadi tushkinlikga tushdim, yoki o’zimni o’ldirgim kelyabdi desam va bu battar tushkinlikga solishini bilaman.

Agar diyeta boshlamoqchiman desam oyim ustimdan kuladila:) Va qolgan masalalar (oila qurish, jinsiy munosabat) oila bilan gaplashadigan narsamas menimcha.

 

Farosatim bor, shuning uchun.

 

 

U-Reportyorlarning 44%i sog'liq uchun barcha mavzularni shifokorlar / tibbiy xizmat ko'rsatuvchilar bilan muhokama qilish qulay ekanligini aytishdi. 24% respondentlar uchun tibbiy xodimlar bilan jinsiy munosabatlarni muhokama qilish noqulay.

"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 3%i quyidagilarni yozdilar:

1.       O'zlari yoki qarindoshlari - shifokorlar / tibbiyot xodimlari

2.       Shifokorlarga ishonch yo'qligi yoki ishonch bilan bog’liq savollar (shifokorlar bilimlari yetarli emasligi/ kasbiy ko'nikmalari / tajribasi / malakasi yo'qligi)

3.       Tibbiyot sohasidagi korruptsiya muammolari

4.       Allaqachon o'smirlik davrida emaslar.

 

Erkaklar bilan solishtirganda, 12% ko'proq ayollar sog'lig'i bilan bog'liq muammolarini tibbiyot xodimlari bilan muhokama qilishdan uyalishadi. Shu bilan birga, 6% ko'proq erkaklar yomon tashxisni eshitishdan qo'rqishadi va shifokorlarning bilimlariga / tajribalariga ishonmaydilar.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 8%i quyidagini yozdilar:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar.

2.       Shaxsiy xatolarni muhokama qilishda qiyinchiliklar.

3.       Shifokorlar / tibbiyot xodimlari mas'uliyatsiz / ishonch uyg’otmaydilar / batafsil ma'lumot bermaydilar / bilim, malaka va tajribaga ega emaslar.

4.       Bu muammolarni notanishlar (shifokorlar / tibbiyot xodimlari) bilan muhokama qilishga zaruriyat yo’q / bu oilaviy muammolar / shaxsiy / uchinchi shaxslarning aralashishiga istagi yo'qligi / o’z ahvolini muhokama qilish istagi yo'q.

5.       Shunchaki istak yo'q.

6.       Ularning maslahatiga ehtiyoj yo'q (yoshni hisobga olgan holda).

7.       Qondan qo'rqish / kuchli dorilar sababsiz tayinlanishidan qo'rqish.

8.       Shifokorlar / tibbiyot xodimlarga murojaat qilish uchun moliyaviy imkoniyat yo'q.