Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Karantinda bolalar vaqtini uyda qanday o’tkazyapti?

U-Report O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va UNICEFning Ta'lim bo'limi bilan karantin davrida maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyasi va vaqti qanday o’tayotganini bilish, shuningdek, Hukumatga bolalar bog'chalari uchun dasturlarini takomillashtirishga yordam berish maqsadida so’rov o’tkazishdi.

COVID-19 virusining pandemiyasi oqibatida O'zbekiston Hukumati maktabgacha ta'limni to'xtatishga qaror qildi. Bunga qaramasdan, 3 - 6 yoshli bolalarning ota-onalari bolaga hatto favqulodda vaziyatlarda ham rivojlanishi uchun eng yaxshi imkoniyatni berishlari kerak. Maktabgacha ta'lim vazirligi (MTV) ota-onalar va bolalarga qiziqarli va ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etishga yordam berish uchun masofadan turib o'qitishni televideniye, Telegram ilovasi va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirdi.

So'rovning maqsadi karantin davrida ota-onalarning fikrlari va ularning yosh bolalarini tarbiyalash va rivojlantirish sharoitlarini tushunishdir. Bu Hukumatga hozirda va kelajakda O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalari ochilganda siyosat va dasturlarni takomillashtirishga yordam beradi.

So'rovda mamlakat bo'ylab 9636 respondent ishtirok etib, ulardan 41%i (43% ayollar va 57% erkaklar) maktabgacha yoshdagi (3-6 yosh) bolalar bilan yashashlarini va ular oldin (koronavirus sababli yopilgan) bolalar bog'chalariga borganini aytishdi. Va aynan ularning fikrlari asosida ushbu so'rov natijalari shakllantirildi.

 

KARANTIN DAVRIDA BOLALAR HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       So'ralganlarning 67%i karantin tufayli bolalar bog'chalari yopilganidan so'ng, bolalari bilan ko'proq vaqt o'tkazayotganini aytishdi, ayollar orasida bu ko’rsatkich 71%.

2.       Respondentlarning 21%dan ko'prog'i ular bilan birga yashaydigan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan alohida shug’ullanmasligini aytishdi – bolalar o'zlaricha xohlagan narsalarini qilishadi.

3.       So’rov shuni ko'rsatdiki, boshqa oila a'zolariga nisbatan aka-uka va opa-singillar birga yashaydigan maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatdan mas’uliyatliroq qarashadi – ular bolalarning kun rejasini / o'yinlarini rejalashtirishadi va rejaga qat'iy rioya qilishadi (32%); shuningdek, bolalar bilan birgalikda o'yinlar / mashg'ulotlar o'tkazish uchun ko’proq g'oyalarga (42%) ega.

4.       Oila a'zolari ko'pincha bolalar bilan o'yinlar / tadbirlar g'oyalarini qayerdan olishlarini aytishdi: 33%i har doim o'zlarining g'oyalariga ega ekanliklarini ta'kidladilar, 28% ota-onalar Internet / TVdan olishlarini, 20% bolalarning g'oyalarini qo’llashlarini aytishdi.

5.       Respondentlarning 44%i maktabgacha yoshdagi bolalar bog'chaga bora olmasliklari tufayli o'zlarini biron siqilgan his qilishlarini aytdilar. Surxondaryo viloyatidagi respondentlar (51%) boshqa hududlarga qaraganda ko'proq bolalar siqilishini xis qilganini ta'kidladilar.

6.       Shu bilan birga, respondentlarning 47%i bolalar bog'chasiga borolmayotganliklari, do'stlari va o'qituvchilarini ko'rishga imkoniyati yo’q bo’lishiga qaramay, o'zlarini normal his qilayotganliklarini va hatto tinchroq bo’ldi deb javob berishdi. Eng yuqori ko’rsatkich Farg'ona viloyatida kuzatilgan - 54%.

7.       13% respondentlar kun bo'yi uyda qolib, bir vaqtning o'zida ishlash "juda qiyin va og’ir", 38%i esa "biroz qiyin" ekanligini ta'kidlashgan.

8.       40% respondentlar bolalari uyda o'qish, rasm chizish, ashula aytish, raqs tushish bilan avvalgidan ko'proq shug’ullayotganini ta’kidlashdi; respondentlarning 11%i maktabgacha yoshdagi bolalari yuqorida aytilganlarning hech birini bajarmasligini ochiqladi.

9.       Oila a'zolari orasida bolalarga o'qish, rasm chizish, qo'shiq aytishda va b. yordam berishda yetakchilar aniqlandi: onalar (51%), aka-uka va opa-singillar (15%), hamda bobo-buvilar (13%).

10.   So'ralganlarning 58%i maktabgacha yoshdagi bolalar avvalgidan ko'ra ko’proq televizor ko'rayotganini, video o'yinlar / telefon o'ynayotganliklarini aytishdi, va faqat atigi 7% respondentlar bu borada o'z farzandlariga qat'iy cheklov qo’yganini ta'kidlashdi.

11.   So'ralganlarning 79%i maktabgacha yoshdagi bolalar, asosan, multfilmlar va bolalar filmlarini tomosha qilishlarini, 12%i esa bolalar uchun ta’lim dasturlarini tanlashlarini ta'kidlagan.

12.   74% so'ralganlarning aytishicha, oilalaridagi bolalar ovqatlanishdan oldin va keyin, hojatxonadan foydalanganlarida, faol o'yinlardan keyin / ko'chadan kelganlaridan so’ng har doim qo'llarini sovun bilan yuvadilar. Bu savolga eng kam ijobiy javob Surxondaryo viloyatidan olindi - 64%.

13.   So'ralganlarning 65%i koronavirus bilan bog'liq hozirgi sharoitda barcha uydagilar bolalarga niqob kiyishni va odamlar bilan ko'chada ijtimoiy masofani saqlashni o'rgatishlarini ta'kidladilar. Sirdaryo va Namangan viloyatlarida bu ko’rsatkich taxminan 73%.


4000 ga yaqin respondentlarning 47%i 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalari bo'lib, ular karantin paytida maktabgacha ta'lim muassasalari yopilganligi sabab farzandlari bolalar bog'chalariga borishni to'xtatganliklarini ta'kidlashdi. 29%i aka-uka va opa-singillar, 15%i ammalari va amakilari, 2%i buvalari va buvilaridir.

Biz boshqa variantni tanlagan respondentlarning 7%dan bolalarga kimligini yozishini so'radik va quyidagi javoblarni oldik: xolalari, amakisi, birga yashaydigan uzoq yoki yaqin qarindoshlari, jiyani va boshqalar.


Respondentlarning 67%i karantin tufayli bolalar bog'chalari yopilganidan so'ng, bolalari bilan avvalgidan ancha ko'proq vaqt o'tkazishni boshlagan. Shu bilan birga, erkaklarga qaraganda 7% dan ortiq ayollar bolalarga ko'proq vaqt ajratishi ma’lum bo’ldi.



So’rov shuni ko'rsatdiki, aka-uka va opa-singillar (32%) bolalar uchun vazifa / o'yinlarni boshqa oila a’zolaridan ko'proq rejalashtirishadi va rejaga qat'iy amal qilishadi. Shu bilan birga, amma va tog’alar (kamida 17%) bolalar bilan kunlik ishlarni rejalashtirmaydi va, umuman, boshqa barcha oila a’zolariga qaraganda kamroq maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug'ullanadilar.

75% respondentlar, karantin tufayli bolalar bog'chalari yopilganidan keyin, biron bir shalkda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug'ullanishlarini ta'kidladilar.

"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 4%i quyidagilarni yozdilar:

1. Erkaklar ish bilan band, ayollarni uyda bolalar band qilishadi, garchi ularda ish jadvali bo'lsa ham, karantin paytida ish ko'paygan va bolalarga vaqt ajratish qiyin.

2. Bolalar hali kichkina (8 oy).

3. Bolalar yo'q, bolalarning ota-onalari bor, shuning uchun ularga qarashning hojati yo'q.

4. Bolalar bog'chaga bormaydilar, chunki maktabgacha ta'lim muassasasida joy yo'q.

5. Ular kitoblarni o'qishadi, Pochemuchkada Internetda dars qilishadi, uy vazifasini bajarishadi, applikatsiya qilishadi - bularning barchasi faqat dam olish kunlari. Qolgan vaqt bolalarni o'z hollariga qoldirishadi - konstruktor, lego va hokazolarni o'ynaydi, chunki ota-onalar uzoqdan ishlaydi va uy ishlarini qilishadi.

6. Yuqorida aytilganlarning barchasi har kuni.

7. Qishloq sharoitida bolalar bilan shug’illanishing iloji yo'q.

 


Ma'lum bo'lishicha, bolalarning bo'sh vaqtlarini o'tkazish bo'yicha eng ko'p g'oyalar aka-opalar orasida bo'lgan - 42%i bolalar uchun o'yinlar / tadbirlar o'tkazish bo’yicha g'oyalarga ega. Ota-onalarning 28%i g'oyalarni topish uchun hammadan ko'proq Internet / TV-ga ishonishadi. Amma va tog’alar (24%) bolalarning o'zlari o'ynashlarini ta’kidlashdi.

Qizig'i shundaki, erkaklar (36%), 29% ayollarga qaraganda, bolalar bilan birgalikda o’ynash uchun ko'proq g’oyalarga ega.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 2%ning fikri:

1.      Aqlga kelgan narsalarni qilishadi (ularning bolalik tajribalari, ota-onalari va bolalik davridagi o'yinlari asosida).

2.      Ishda g’oyalar olishadi.

3.      Ijtimoiy tarmoqlardan.

4.      Bolalar bog'chasi onlayn darslarni tashkil etadi, bola o'z telegram-akkauntiga ega va darslarni o'zi ko'rib chiqadi, bolalar bog'chasi o'qituvchilari uy vazifalarini, multfilmlarni, o'yinlarni va o'quv qo'llanmalarini berishadi.

5.      Uyda o'quv faoliyati bilan shug'ullanadigan kitoblar mavjud.

6.       Yuqoridagi barcha javoblar.


 Samarqand viloyatida (20%) boshqa viloyatlardagi respondentlarga qaraganda bolalar juda qattiq siqilishgani” aniqlandi. Farg'ona viloyatida bolalar holati normal / siqilmagan degan respondentalarning soni boshqa viloyatlarga qaraganda ko'proq - 44%. Buxoro viloyatida respondentlarning 22%i hatto bolalar tinchroq bo’lib, o'zlarini yaxshi his qilishlarini ta'kidladilar.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 4%i quyidagilarni yozdilar:

1.       Yig'lashadi va bolalar bog'chasini, maktabni va do'stlarni sog'inishgan.

2.       Tarbiyachilar / o'qituvchilar bolalar bilan doimiy aloqada bo'lgani uchun kayfiyat yaxshi.

3.       Bolalar bog'chaga borishga hojat yo'qligidan xursand, ular uyda bolalar bog'chasiga qaraganda yaxshiroq ekanliklarini aytishadi.

4.       Bolalar koronavirus tufayli yopilishidan oldin ham bolalar bog'chasiga bormaganlar: yoshi, joy yetishmasligi sababli.

5.       Uyda quloqsiz bo’lib qoldi.

 

 

Ayollarning 16%i uyda kuni bilan bolalar bilan qolib, uy ro’zg’orini olib borish “juda qiyin va og’ir” deb baholagan, erkaklardan esa bu ko’rsatkich 11%. 39% respondentlar bu holatni normal deb hisoblashadi va 38% "biroz murakkab" deya ta’kidlashdi.

"Boshqa" javobini tanlaganlarning 2% shunday deb yozgan:

1.       Ko'pincha ishda va bolalarga faqat dam olish kunlari e'tibor berishlari mumkin.

2.       Moddiy qiyinchiliklardan tashqari, hammasi yaxshi.

3.       Ish kunidan so'ng, bolalar bilan mashg'ulotlar qilish uchun kuch / quvvat yetishmaydi.

4.       Hech qanday qiyinchilik yo'q, chunki boshqa oila a'zolari yordam beradi.

5.       Ular masofadan / uzoqdan ishlashadi.