Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Masofaviy maktab ta’limi Sizga ma’qulmi?

U-Report O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazi bilan birgalikda maktab o`quvchilarining karantindan so`ng tashkil etilgan masofaviy ta’lim sifati to`g`risidagi fikrlarini o`rganish uchun so`rov o`tkazdi. So`rov natijalari Hukumatga masofaviy ta’limni takomillashtirishga, shuningdek keyingi o`quv yiliga maktab o`quv dasturi rejasini ishlab chiqish uchun zarur.

So`rovda mamlakat bo`yicha 14696 respondent qatnashdi, ularning 46%i so`rov mavzusi ularga tegishli ekanligini aytdi va so`rov natijalari ularning fikri asosida shakllantirildi: ularning 29%i 1-11 sinf o`quvchilaridir. 11%i o`quvchilarning ota-onalari va 7% respondentlar o`quvchilarga dars tayyorlashda yordam berishlarini aytishgan. Javob beruvchilarning 6%i nogironligi bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktabda o`qiydi.

 

MASOFAVIY TA’LIM HAQIDAGI SO`ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

 1.       Respondentlarning 93%i karantin tufayli maktablar yopilganidan so`ng u yoki bu tarzda maktab dasturiga muvofiq o`qigan.

2.       Jizzax viloyatida maktablar karantinga yopilgandan so`ng o`qimaganlar soni 10%ni tashkil qilgan va bu boshqa hududlarga nisbatan eng yuqori ko`rsatkich. Respublika miqyosida  bu vaziyatning eng ko`p uchraydigan sabablari: 26% respondentlarga masofadan o`qish noqulay, 20%iga qiziq emas va 16%i televideniye/internetga ega emasliklarini , 14%i esa darslarni tushinish qiyinligini sabab qilib ko’rsatgan.

3.       Masofaviy o`qish uchun eng ommabop platformalar: televideniye orqali – 33% va Telegram kanali orqali darslarni respondentlarning 32%i o`qigan.

4.       Respondentlarning 68%i masofaviy o`qitilayotgan barcha darslarni bajarganini aytishgan (ularning 73%i qizlar). 19%i, asosan, barcha darslarni bajarganini, ammo ba’zilarini o`tkazib yuborishganini ochiqladi.

5.       Respondentlarning 54%i masofaviy o`qitishda berilayotgan ma’lumotlarni / dars mazmunini “yaxshi” va “a’lo” deb baholagan, 8%i javob berishda qiynalgan.

6.       56% U-Reportyorlar masofadan o`qitishda darslarni taqdim etilish, tushuntirish/ yetkazish uslubini “yaxshi” va “a’lo” deb baholashgan, shuningdek 17%i past baholar berishgan (1 va 2 ball).

7.       Respondentlarning 80%iga yaqini oilalari darslarni tayyorlashda yordam berishini aytishdi: ilhomlantiradi yoki doimo, har tomonlama yordam beradi, uy yumushlaridan ozod etishga harakat qilishadi, internet bilan ta’minlashadi va hokazo.

8.       65% respondentlar karantin paytida maktab o`qituvchilari ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlashganini aytishdi: darslarni bajarishga undashgan, telefon qilishgan, ahvollari haqida so`rashgan va darslarni tushintirishgan. 26% U-Reportyorlar o`qituvchilari faqat baholashganini aytishgan, 8% respondentlar esa hech qanday yordamni sezishmagan.

9.       Aksariyat U-Reportyorlar (63%) o`qituvchilari Telegram chatidan masofaviy ta’lim bo`yicha bilimlarini baholash uchun foydalanganliklarini ta’kidlashgan.

10.   U-Reportyorlarning 35%i yakuniy imtihonlarni bekor qilish tarafdori, 22%i esa umumiy natijalarga o`rtacha baho berishni taklif qilishgan.

11.   40% respondentlar maktab ochilganidan keyin ham masofaviy o`qitishni davom ettirish g`oyasini qo`llab-quvvatlaydilar: shartlarsiz yoki mazamunni o`zgartirish, taqdimot uslubini yaxshilash orqali. 17%i bunga shubha bilan qarashadi, ammo qarshi ham emas. Faqat 36% U-Reportyor bu g`oyaga qarshi.

 

  

 

So`rovda qatnashgan respondentlar haqida umumiy ma’lumot:

U-Reportyorlarning 29%i 1-11-sinflarda o`qiydi. Javob beruvchilarning 11%ibu ota-onalar va 7% respondent o`quvchilarga dars tayyorlashda yordam berishlarini aytishgan.  

18% respondentlarning qarindoshlari va yaqinlarining aytishicha, respondentlarning 48%i 1-4 sinfda va 31%i 5-8 sinflarda o`qishadi, qolganlari yuqori sinflarda o`qiydi.

6% respondentlar nogironligi bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga boradilar/ularning nogironligi bor.

 

 

93% respondentlar karantin tufayli maktablar yopilgach, masofaviy ta’lim dasturi bo`yicha u yoki bu shaklda o`qiganlar.

55% U-Reportyorlar TV yoki onlayn shaklda masofaviy ta’lim olishganini aytishgan. Eng yuqori natija Qashqadryo viloyatida (59%).

Qoraqolpog`istonlik ishtirokchilarning 33%ining  o`qituvchilari ukardan doimiy xabar olayotganini takidlashgan va bu boshqa viloyatlar ichida eng yuqori ko`rsatkich.

Jizzax viloyatida respondentlarning 10%i maktab dasturi bo’yicha o’qimaganliklarini aytib o`tishgan va bu boshqa viloyatlarga nisbatan eng yuqori ko`rsatkich.

“Boshqa” javob variantini tanlagan 4% respondentlar quyidagilarni yozdilar:

·       Bir nechta javob variantlarini tanlashgan.

·       Yuqoridagi barcha variantlarni tanlshgan.

·       Internetga ulanish sifati masofadan turib o`qish uchun talabga javob bermaydi va o`qishga xalaqit beradigan boshqa omillar (tomorqa ishlari, uy ishlari va boshqalar)ni aytib o`tishdi.

·       Moodle, ZOOM, Google classroom, ReadingEggs, MyiMaths, MangaHigh platformalari orqali.

·       Repetitorlar bilan onlayn tarzda.

·       Imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari farzandlari uy vazifalarini bajarishini aytishgan, ammo nutq terapevti, psixolog va massaj terapevtidan foydalanish imkoniyatiga ega emasliklarini bildirishdi.


26% U-Reportyorlar maktab yopilganidan so`ng o`qimaganliklarini – masofadan turib o`qish noqulay bo`lganligini sabab qilib ko’rsatgan.  20% uchun bu qiziq emas, 16%i TV va Internet aloqasiga ega emasliklari uchun o’qimagan.

O`g`il bolalarga qaraganda 5% qizlar masofaviy o`rganish qulay emasligini ta’kidlashgan. Va qizlarga nisbatan 8% ko`proq o`g`il bolalar masofaviy darslar ularni qiziqtirmasligini aytdi.  

Biz “Boshqa” variantini tanlagan U-Reportyorlarning 15% idan sabablarini ko`rsatishini so`radik:

1.       Elektr yo`q.

2.       Ishlashga vaqt yo`q.

3.       O`qish xohishi yo`q.

4.       Dars jadvali  yo`qligi tufayli darslar qachon o`tkazilishi noma’lum.

5.       O`qituvchilar faqat uy vazifalarini yuboradilar va darslarni tushintirishmaydi.

6.       Internetga ulanish tezligi past.

7.       Uyda o`quv qo`llanmalarining yetishmasligi.



33% U-Reportyorlar ta’lim olish uchun TVdan foydalanishgan. Ikkinchi o`rinda Telegram kanali –  32%i bilan. Shu bilan birga, nogironligi bor bolalar uchun Telegram darslari TV darslaridan ko`ra ommaboproq.

Biz “Boshqa” variantini tanlagan respondentlarning 10% idan quyidagi javoblarni oldik:

1.       Bir nechta javob variantlarini tanlashgan.

2.       Faqat darsliklardan foydalanishgan

3.       YouTubeda video darslari.

 

Barcha darslarni o`g`il bolalarga qaraganda 11% ko`proq qizlar bajarishi aniqlandi: 73% qiz bolalar bo’lsa, o`g`il bolalar 62%ni tashkil qildi. O`g`il bolalar, qizlardan farqli ravishda o`tkazib yuboriladigan darslar bo`yicha yetakchilik qilishadi: 18%ga ko`proq.


Biz U-Reportyorlardan berilayotgan ma’lumotlarni/dars mazmunini baholashni so`radik va 29% respondent buni 4 ball bilan baholashdi. So`ralganlarning 1/4 qismi esa besh baho qo`yishdi.

O`g`il bolalar ko’proq tanqidiy nazar bilan qarashini bildirishdi: ular umumiy natijada qizlarga nisbatan pastroq baho qo`yishgan.