Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Karantin davrida oiladagi munosabatlar

U-Report “OILA” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda karantin davrida izolyatsiya sharoitida oilalardagi munosabatlarni o'rganish uchun so’rov o’tkazdilar. So’rov natijalari izolyatsiyadagi oilalar bilan amaliy ishlarda qo'llaniladi.

So’rovda mamlakat bo'ylab 10 419 respondent qatnashdi, ularning 36%i ayol respondentlar.

Karantin davrida oiladagi MUNOSABATLAR HAQIDAGI SO’ROVINING ASOSIY NATIJALARI:

1.       U-Reportyorlarning 63%i karantin paytida bir xonadonda 3-6 kishi bo’lib yashashlarini, respondentlarning 21%i - 7 va undan ko’p kishi bo’lib, 16%i - 1-2 kishi bo’lib yashashlarini aytishdi.

2.       Respondentlarning deyarli yarmi (47%) karantin paytida birgalikda yashash sharoitida oilaviy munosabatlari o'zgarmaganligini ta'kidlashdi.

3.       Ham erkak ham ayollarning 38%i o'zaro munosabatlar yaxshilanganini aytishdi: ularning deyarli yarmi bu o'zaro muloqot ko’payganligi tufayli mumkin bo'lganiga ishonishadi.

4.       Respondentlarning 8%i ta'kidladilashi bo’yicha ularning munosabatlari yomonlashgan: shundan 40% erkaklar va 45% ayollar bu oiladakilari jizzaki bo’lib qolganliklari oqibatida deb hisoblashadi; ikkinchi o'rinda hamma faqat uyali telefonlar / televizorlar bilan band bo’lib qolganligini aytishdi (19% erkaklar va 13% ayollar).

5.       U-Reportyorlarning 48%i ularning oilalarida janjal va mojarolar ba'zan ro'y berishini aytishdi va 43%i bunday xolatlar yo'qligini ta'kidlashdi. Shu bilan birga, geografik joylashuv bo’yicha tahlil shuni ko'rsatadiki, poytaxtda oilaviy nizolarning mavjudligi boshqa hududlarga nisbatan o'rtacha 10% ga yuqoriroq.

6.       O'rtacha 43% respondentlar oilalaridagi nizolar oddiy oilaviy janjal deb hisoblashadi. Oiladagi janjal va nizolarning eng tarqalgan sabablari quyidagilar:

- tushunmovchiliklar (17%)

- pul yetishmovchiligi (13%)

- ish joyidan mahrum bo'lish va xonadon a'zolarining yomon fe’li (o'rtacha 6%dan).

7.       Respondentlarning 63%i karantin izolyatsiyasi oiladagi zo'ravonlik xavfini oshirmaydi degan fikrda: ulardan 66% erkaklar va 57% ayollar. 19% esa bu xavf ortishiga ishonishadi.

8.       O'z-o'zini izolyatsiya qilish paytida, respondentlarning 28%i ishlashni davom ettirmoqda (18% masofadan turib va 10% oddiy rejimda); o'rtacha 26% uy va qishloq xo'jaligi ishlari bilan shug'ullanmoqda; 25%i o'z ustida ishlamoqda.

9.       So'rovda ishtirok etganlarning 52%i ijobiy va barqaror psixologik holatni saqlab qolishgan. Qolgan 48% turli sabablarga ko'ra har xil turdagi psixologik muammolarga duch kelayotganlarini tan olishdi.

Ayollar, erkaklarga qaraganda, ko'proq ish va darslar bilan bog’liq, yakkalanib qolish, oiladagi janjallar tufayli ko'proq stress holatlariga tushayotganini aytishdi.

10.   Erkaklar (32%) ayollarga (22%) qaraganda ko'proq moddiy yordamga muhtojlar. Ayollar (19%) erkaklarga qaraganda (9%) psixologik yordam olishni istashadi.

 

U-Reportyorlarning 63%i karantin paytida 3-6 kishi bo’lib bir xonadonda yashashlarini aytishdi. Respondentlarning 14%i 7 va undan ortiq kishi bo’lib istiqomat qilishlarini ta'kidlashdi.

Faqat 10% va 6% respondentlar ikki yoki bir kishi bo’lib yashashar ekan.


Erkaklar va ayollarning deyarli bir xil nisbati (48% va 46%) karantin paytida ularning yashash sharoitida oilaviy munosabatlar o'zgarmaganligini aytishdi. Bundan tashqari, ularning taxminan 38%i o'zaro munosabatlar yaxshilanganini ta'kidlashdi. Respondentlarning atigi 8%i ularning munosabatlari yomonlashganligini ta’kidlashdi.

 

46% erkaklar va ayollarning ta'kidlashicha, oilada muloqot ko’paygan va respondentlarning 27%i karantin ularni shunchaki yaqinlashtirishga yordam bergan deb hisbolashadi.

Shu bilan birga, erkaklar oilaviy ishlarga qo'shadigan hissasini ayollarga nisbatdan 7%ga balandroq baholashdi.

 

Ayollar ham (8%) erkaklarga (3%) nisbatan uy yumushlarini bajarishda yaxshiroq bo’lib qolganligini ta’kidlashmoqdalar.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 6%i o'zaro munosabatlar qanday yaxshilanganini yozganlar:

1.       Yuqorida aytilganlarning barchasi.

2.       Qo'shimcha onlayn kurslar orqali kitoblarni o'qish, o'z-o'zini rivojlantirish bilan shug'ullanayotganlari.

3.       Oilada o'zaro yordam kuchaygani, bir-birlariga tobora e'tiborli bo'layotganligi, munosabatlari yaxshilanganligi, sabr-toqatli va tinchroq bo'lishgani, bir-birlarini yaxshiroq tushuna boshlashgani.

4.       Ovqat pishirishni o'rganganligi, uyda pishirishga vaqt topishi, uy ishlarida birgalikda ishlashga ko'proq vaqt ajratilishi.

5.       Farzandlar bilan ko'proq vaqt o'tkazishi, bolalarni tarbiyalashga ko'proq jalb bo’layotganligi.

6.       Diniy vazifalarga ko'proq vaqt ajratish imkoniyati.

7.       Men ajrashganman / ajrashganman, uylanmaganman / yolg'izman.

 

BA’ZI U-REPORTYORLARNING FIKRLARI:

Biz ko'proq ishlarni birgalikda bajarmoqdamiz, sport o'yinlari, birgalikda kitob o'qish va hk.

 

Mani onam og‘ir bemorlar. Xozir karantinda onamga ko‘proq o‘zim qarayapman. Ertalab turib katta o‘g‘limni jismoniy mashq bilan shug‘ullantiryapman. Xovli uyda yer maydonimiz katta o‘tgan yillari yerda ishlashga vaqt bo‘lmasidi. Xozir yerga pomidor kartoshka ekyapman. Va eng asosiysi oldin juda kam bir oila bo‘lib dasturxon atrofida o‘tirardik. Xozir bo‘lsa nonushta xam birgalikda.

 

Bir-biringizdan qochib ketadigan joy yo'q, shuning uchun ko'pincha murosaga borish yoki yon berish kerak.

 

Hammamiz bir-birimizni yanada ko'proq seva boshladik. Biz 34 kun davomida o'zimizning uyimizdan chiqmadik va o'zimizni yakkalab qo'ydik.

 

Er erligini ayol ayolligini qilyabdi. Barchamiz asliy fitrat bo'yicha yashayapmiz.

 

Oilaviy munosabatlar yomonlashgan variantini tanlagan erkaklarning 40%i va ayollarning 45%i, bu hamma jizzaki bo’lib qolgan bilan bog'liq deb hisoblashadi. Erkaklarning 19%i va ayollarning 13%i barcha o'zlarining mobil telefonlari / televizorlari bilan band bo’lib qolganligini  ta'kidlashdi.

Ko'proq ayollar (11%), erkaklardan farqli o'laroq, shaxsiy joy kamayganligini qayd etdilar.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 15%i o'zaro munosabatlar yomonlashayotgan sabablarini yozganlar:

1.       Yuqoridagi barcha variantlar.

2.       Karantin davrida mehnat faoliyati cheklanganligi va ishsizlik tufayli tirikchilikda (oziq-ovqat va moliyaviy vositalar) yetishmovchiliklar, va oila byudjetidagi salbiy oqibatlar.

3.       Oilada keksa yoshdagi odamlarning psixologik holatining yomonlashishi, qaynona va kelin o'rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi.

4.       Oiladagi zo'ravonlik va otalar / erlarning bolalarga va sherigiga nisbatan tazyiqlarining kuchayishi.

5.       Masofadan o'qish uchun Internetga ulanish bilan bog'liq muammolar, bu o'quvchilar va talabalarning asabiy holatini kuchaytirishi, uyda o'qish va uy vazifasi bilan bog'liq muammolar.

6.       Ota-onalar doimiy ravishda bir joyda bo'lishib, farzandlariga nisbatan asabiylashishi.

7.       Uyda hech narsa bilan band bo’lolmaslik, bu o’zaro, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi janjal va nizolarni keltirib chiqarishi.

 

U-Reportyorlarning 48% ta'kidlashicha, ularning oilalarida janjal va mojarolar faqat ba'zida sodir bo'ladi. Shu bilan birga, javoblarning hududiy miqyosida - poytaxtda vaqti-vaqti bilan oilaviy nizolar yuzaga kelishini tan olgan respondentlar ko'proq (53%), mamlakatning boshqa viloyatlari bilan taqqoslaganda (46%).

"Oilaviy janjal / mojarolar bo'lmaydi" varianti bo'yicha vaziyat deyarli bir xil: hududlarda poytaxtdagiga qaraganda 10% ko'proq respondentlar oilaviy nizolar yo'qligini aytishdi.

So‘rovda ishtiroq etganlarning 43%i oilaviy janjal va nizolar mavjud emasligini aytishdi.

 

 

O'rtacha respondentlarning 43%i bu oddiy oilaviy nizolar deb hisoblashadi.

Oiladagi janjal va nizolarning eng tarqalgan sabablari:

- tushunmovchiliklar (17%)

- pul yetishmovchiligi (13%)

- ishdan mahrum bo'lish va xonadon a'zolaridan birining yomon fe’li (har biri o'rtacha 6%dan).

 

Ayollar uchun uydagilarning yomon fe’li va uy ishlarini bajarishda yordam olmasligi, erkaklarga qaraganda ko'proq oilaviy nizolarni keltirib chiqaradi.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 3%i janjal va nizolarning quyidagi asosiy sabablarini qayd etgan:

1.       Yuqoridagi barcha variantlar

2.       Oddiy oiladagi mayda-chuyda janjallar va qisqa muddatli nizolar, qaynona va kelin o'rtasidagi janjallar.

3.       Bolalarni o'qitish va tarbiyalashdagi kelishmovchiliklar, bolalar masofadan o'qitish darslarida ota-onalar bilan bahslashishi, quloqsiz bolalar, ularni tarbiyalash muammolari.

4.       Bolalar uyda o'tirishni xohlamaydilar, masofadan ishlash jarayonida chalg'itadilar.

5.       Ishga chiqa olmaslik sababli uydagilarning asabiylashishi, tushkun kayfiyati.

6.       Uyda barcha oila a'zolarining doimiy bo'lishi, shaxsiy joyga rioya qilmaslik, sheriklarning bir-biriga nisbatan murosasizligi.

 

 

Respondentlarning 63%i karantin izolyatsiyasi oiladagi zo'ravonlik xavfini oshiradi degan fikrga qo'shilmaydi: ularning 66% erkaklar va 57% ayollardir.

19%i esa xavf ortishiga ishonishadi.

Bu savolga ayollarning 21 foizi va erkaklarning 17 foizi javob berishga qiynalishdi.

 

 

U-Reportyorlarimiz asosan nima bilan shug'ullanishlarini bilib oldik.

Respondtlarning 28%i ishlashni davom ettirmoqdalar (18% masofadan ishlashmoqda va 10% odatiy rejimda).

 

O'rtacha 26% respondentlar uy va qishloq xo'jalik ishlari bilan shug'ullanmoqdalar: shundan 25% ayollar va 9% erkaklar uy ishlarida, tomorqada ishlayotganlar va chorvachilik bilan shug'illanayotganlar 15% erkaklar va 3% ayollardir.

 

Barcha respondentlarning 1/4 qismi o'z ustida ishlayotganligini aytishdi: ta’lim olish, kitob o'qish va sport bilan shug’ullanib.

 

Erkaklar (12%) ayollarga (9%) qaraganda ko'proq ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilib va Internetda o’tirishar ekan.

 

"Boshqa" javobini tanlagan U-Reportyorlarning 8%i o'z-o'zini izolyatsiya qilish paytida asosan nima bilan shug'ullanayotganliklarini yozdilar:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar.

2.       Onlayn darslar, universitetda onlayn / masofaviy o'qish, o'rta maktab o'quvchilari uchun televideniye orqali video darslar, rivojlantirish vebinarlari.

3.       Filmlar, teleko'rsatuvlar, televizorni tomosha qilish.

4.       Sport bilan shug'ullanish, uyda mashq qilish.

5.       Uy ishlarini bajarish, pishiriqlar qilish/ovqat qilish, tomorqada ishlash.

6.       Qarindoshlar bilan aloqa qilish.

7.       Telefon / kompyuter, ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter o'yinlarini o'ynash.

8.       Namoz o'qish, ro’za tutish va boshqa diniy vazifalarni bajarish.