Mamlakatda yangi
yoshlar tashkilotining tashkil etilish orqali nimalarni kutishyapti? So’rov natijalari yoshlarning taklif va fikrlarini to’plash va ularni yangi Yoshlar ishlari Agentligini tashkil etish to’g’risidagi loyihaga kiritish uchun
zarur.
Xabaringiz bor, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil ohirida Yoshlar ishlari Agentligini (Agentlik) joriy qilishni taklif qildi. Agentlik maqsadi yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning muammolarini samarali yechish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yoshlar siyosati bo’yicha vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
So‘rovda mamlakat bo‘ylab 8,300dan ortiq kishi qatnashdi.
YOSHLAR ISHLARI
AGENTLIGI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1.
U-Reportyorlarning aksariyati (60%) Agentlik
keltirilgan barcha toifalar, shu jumladan, o'qimayotgan va ishlamayotganlar, faol
va iqtidorli yoshlar hamda nogironligi bor yoshlar bilan teng
sharoitda ishlashi kerak deb hisoblashadi. Bundan tashqari, 15%
respondentlarning fikriga ko'ra, Agentlik o'qimayotgan va/yoki ishlamayotganlar bilan
ishlashi kerak.
2.
U-Reportyorlarning 34%i, birinchi navbatda, Agentlik
ta'lim sohasiga e'tibor qaratishi kerak deb hisoblashadi, ikkinchi o'rinda
tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash (15%) va uchinchi o'rinda ijtimoiy
qo'llab-quvvatlash (10%).
3.
U-Reportyorlarning 43%i kelgusida Agentlik bilan bog'lanishning eng qulay
usuli deb ijtimoiy tarmoqlarni hisoblashadi. Ikkinchi o'rinda
yoshlar uchun maxsus qabulxonalar (31%), uchinchi
o'rinda elektron pochta (13%).
4.
85% respondentlar
Agentlik barcha
viloyatlardagi vakillikka ega
bo'lishi kerak deb hisoblashadi.
5.
Respondentlarning
yarmidan ko'pi (55%i) Agentlik xodimlarini tanlov asosida
tanlash kerak deb hisoblashadi.
6.
U-Reportyorlarning 43%i Agentlik
direktori nomzodini yoshlarning o'zlari taklif qilishi kerak deb hisoblashadi.
Respondentlarning deyarli 1/5 qismiga ko'ra, Prezident nomzodni taklif qilishi kerak deb hisoblashadi.
7.
U-Reportyorlarning aksariyati (68%i) Agentlik
barcha yo'nalishlarda, shu jumladan, kadrlar bazasini shakllantirish,
loyihalarni amalga oshirish, yoshlar siyosatini belgilash va hokazolarda
ishlashi kerak deb hisoblaydi.
8.
Respondentlarning
78%i OTMlarda "yoshlar bilan ishlash bo'yicha
mutaxassis" yo’nalishi bo'yicha o'qishni yaxshi fikr deb bilishadi:
shundan yarmidan ko'pi (57%) bu g'oyani to'liq qo'llab-quvvatlamoqda
va 21%i “balkim kerakdir” deb hisoblashadi.
9.
U-Reportyorlarning 45% "Hamma uchun teng
imkoniyatlar" Agentlikning asosiy
tamoyili bo'lishi kerak deb hisoblashadi. Bundan tashqari, "Kamroq gap - ko'proq ish" va "Hech kimni ortda qoldirmaslik" ham ko’p
ovozlarni yig’di.
U-Reportyorlarning aksariyati (60%) Agentlik yuqorida keltirilgan barcha toifalar bilan teng asosda ishlashi kerak deb hisoblashadi.
15% respondentlarning fikriga ko'ra, Agentlik ishlashi kerak bo'lgan yoshlarning asosiy toifasi bu o'qimayotgan va/yoki ishlamayotganlardir. Respondentlarning 14%i Agentlik faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlashi kerak deb hisoblashadi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, 14 yosh va undan kichik bo’lgan respondentlar Agentlik nogironligi bor shaxslar bilan ishlashi kerakligi
to'g'risida ovoz berganlarning ko'pchiligini tashkil etgan - boshqa yosh
guruhlari orasida o'rtacha 5%.
"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 4%idan Agentlik ishlashi kerak bo'lgan yoshlar toifalarini ko'rsatishni so'radik va quyidagi javob
variantlarini oldik:
1.
Nafaqat faol / qobiliyatli / iqtidorli yoshlar yoki "navbatchilar" deb ataladigan,
balki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan qat'i nazar, muvaffaqiyatsiz (uyushmagan)
yoshlarning aksariyati bilan (ayniqsa ishsizlar, chekka hududlarda, qishloq
joylarida istiqomat
qiluvchi, mehribonlik uylari tarbiyanaluvchilari, uy-joysiz, moliyaviy sabablarga ko’ra o'qish
imkoniyatiga ega bo'lmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan).
2.
Islom, Shariyat, Qur'on
va Hadis orqali barcha yoshlarga yordam berish va
yoshlarni bunday diniy tushunchalardan xabardor qilish.
3.
Iqtidorga ega
bo'lganlar, lekin o’z iqtidorlarini amalga oshirishning imkoni yo'q bo’lgan yoshlar bilan.
4.
Yoshlarni yoshiga
ko'ra toifalarga ajratish va bo'limlar / ishchi guruhlar orqali barcha toifalar
bilan ishlash (nogironligi bor yoshlar,
ishsizlar, litsey / kollej / universitet talabalari, abituriyentlar va boshqa
toifalar bilan ishlash uchun).
5.
Xalqqa va
Prezidentga sodiq odamlar bilan - chunki agar ular sodiq
bo'lsa, ular yoshlar va kelajak uchun hamma narsani qiladi.
6.
Sportchilar va ilm fan sohasidagi olimpiadalar ishtirokchilari
bilan.
7.
Toifalarga bo'lishning
hojati yo'q, adolatlilik va hamma uchun teng imkoniyatlar asosida ketma-ket
hamma bilan ishlash kerak.
8.
Faqat o'zlarining
tashabbuslarini taklif qiladigan, yetakchilik xususiyatlariga ega bo'lganlar
bilan, chunki yoshlarning barcha toifalari bilan ishlash qiyin bo'ladi.
9.
Madaniyati past
bo'lgan va tor fikrlaydigan yoshlar bilan.
10.
Kasb-hunarga ega
bo'lgan yoki biznes bilan shug'ullanishni xohlaydigan, ammo kerakli resurslarga
ega bo'lmaganlar bilan (masalan, bankdan kredit olishning qiyinchiliklarga duch kelayotganlar bilan).
11.
Yangi Yoshlar
Agentligi kerak emas (respondentlar buni Yoshlar ittifoqi faoliyatini
takrorlashidan, samarasiz bo'lishidan va soliq to'lovchilarning pullarini
sarflashidan, fuqarolarga soliq yukini tushirishidan qo'rqishadi).
U-REPORTYORLAR FIKRI:
Yoshlar Ittifoqini va qolgan yoshlar bilan ishlaydigan tashkilotlarning eng katta kamchiligi faqat shu koʻzga koʻringan iqtidorli yoshlar bilan ishlashi!
Qayerda tadbir yoki yigʻilish, suhbat boʻlsa ham faqat oʻsha iqtidorli deb bilgan yoshlar boradi aniqrogʻi ularga taklifnoma joʻnatishadi!
Bunday tashkilot bitta bo'lmasligi kerak. Tashkilotda har bir toifa bilan shug'ullanadigan alohida institutlar bo'lgani durust.
Nogironligi bor shaxslar bn 1 ta bo'lim ishlidi. Faol yoshlar bn bitta bo'lim. Ishlamaydigan va oqimaydiganlar bn alohida bo'lim, Talabalar bn alohida iwlash kk chunki talabalarga mos ish yo'q darsdan kein iwlagani.
Eng asosi barcha ishlarni chekka xududdagi yoshlar bilan xam keng doira qilishish kerak faqat shaharda emas, ittifoq xam kamolot xam shu vaqtgacha viloyat markazlaridagi hamda Toshkent shahrida ko'plab loyixa tadbirlari o'tkazib respuplikamiz chekka xududidagi yoshlariga e'tiborini Kam berdi.
Bu agentlik o'zaro toifalanmagan yoshlar: ya'ni maktabning yuqori bosqich, kollej, litsey o'quvchilari, Oliy ta'lim talabalari va boshqa 35 yoshgacha bölgan ongli yoshlar tashkil etishi kerak.
Diniy tomonlama ham tushuncha berilishi kerak agar yoshlarga halol xarom gunoh savobni tushuntirilsa korrupsiya giyohvandlik terrorchilik Suriya masalasi xullas hammasi yechiladi
Tashabbus qilib chiqqan ya'ni o'z xohishi bilan qo'shilgan yoshlar bilan ishlasa maqsadga muofiq bo'ladi Chunki tepadagi variantlarni hammasiga ham ma'qul bo'lavermaydi. Qobiliyatli, yuragida olovi bor, hayotda o'z maqsadiga ega yoshlar bilan.
Fikrim shundan iboratki, ushbu agentlik yoshlarning
barcha toifasi bilan (1 yoshdan 7-8 yoshgacha bo'lgan yoshlardan tashqari) bir
xil va faol ishlashi lozim. Misol uchun ushbu toifalar bilan ishlashda
alohida-alohida guruhlar tashkil etish lozim, ya'ni 10-12 yoshdagilar uchun alohida
guruh agentligi,13-17 yoshlardan uchun alohida va 17-19 yoshlar uchun alohida
guruh hamda unda yuqori yoshdagilar uchun alohida guruh agentliklarini
shakllantirish lozim deb o'ylayman.Bundan tashqari ushbu kichik guruhlarni
yuqorida yoshi bo'yicha guruhlangan
yoshlarning qobiliyati , jismoniy yoki aqliy hamda axloqiy nuqsonlaridan
kelib chiqqan holda.
U-Reportyorlarning 34%i Agentlik, birinchi navbatda, ta'lim sohasiga e'tibor qaratishi kerak deb hisoblashadi, ikkinchi o'rinda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash (15%) va uchinchi o'rinda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash (10%).
Qizig'i shundaki, erkaklarning 16%ii (11% ayollar), Agentlik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashi kerak deb hisoblashadi. Shu bilan birga, ayollarning 41%i (erkaklarga nisbatan 10%ga ko’proq) Agentlikka ta'lim sohasiga e'tibor berishii taklif qilishdi.
Shuningdek,
ayollarning 12%i (9% erkaklar bilan solishtirganda) Agentlikni ijtimoiy
qo'llab-quvvatlash sohasiga ko'proq jalb qilinishini istaydi. Ayollarga qaraganda
erkak respondentlarning fikriga ko'ra, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
(IT sohasini) rivojlantirish Agentlik uchun ko'proq ahamiyatga ega bo’lishi
kerak (6% ayollar va 11% erkaklar).
"Boshqa" javobni tanlagan respondentlarning 7%dan Agentlik e'tibor berishi kerak bo'lgan sohalarni ko'rsatishni so'radik va quyidagi takliflarni
oldik:
1.
Yuqoridagi barcha yo'nalishlar
2.
Yoshlar
manfaatlaridan kelib chiqqan holda
3.
Faqat bitta
yo'nalish bilan cheklanish kerak emas
4.
Yoshlarni ish bilan
ta'minlash, ish o'rinlari yaratish, mehnat bozori, universitet bitiruvchilariga
munosib ish sharoitlari va ish haqi bilan ta'minlash, yosh mehnat muhojirlarini
qo'llab-quvvatlash
5.
Yoshlarning
ijtimoiy faolligi, ularning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini
qo'llab-quvvatlash, ta'lim va boshqa musobaqalarga qiziqishini uyg'otish
6.
Diniy ta'lim va
ma'rifat, yoshlar tarbiyasi
7.
Korrupsiyaga qarshi
kurash, yoshlar orasidagi korrupsiyani oldini olish
8.
Talabalarni yotoqxonalar va turar
joylar bilan ta'minlash, talabalarning o’qish faoliyati asosida ularga munosib
stipendiya berish, universitetlarda o'qish uchun pul to'lashda qiynalayotgan
"kontraktchilar"ga moliyaviy yordam berish.
9.
Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish
10.
Inson huquqlarini
himoya qilish, siyosiy, huquqiy va moliyaviy savodxonlik, yoshlarni davlat
boshqaruviga jalb qilish
11.
Jonivorlar huquqlarini himoya qilish
12.
San'at
13.
Ijtimoiy tenglikni
yaratish
14.
Psixologiya va
ruhiy salomatlik, tibbiyot va sog'liqni saqlash, tibbiy tayyorgarlikni oshirish
15.
Ilm sohalarini kuchaytirish: Kompyuter,
biologiya, kimyo, fizika, geometriya, geologiya, psixologiya, arxitektura,
biokimyo, fiziologiya, geomineralogiya.
U-REPORTYORLAR FIKRI:
Yoshlarga nima kerak? Yoshlarga birinchi o‘rinda ish kerak. Yoshlarni bandligini ta'minlash uchun ko‘proq ishchi o‘rin yaratishga harakat qilinglar . Iltimos qog‘ozda ish bilan ta'minlamanglar, Real ish bilan ta'minlanglar.
Agentlik yoshlar uchun qaysi yunalish qiziq bo’lsa o’sha bilan shug’ullanishi kerak. Aynan bir yo’nalishni tanlab olish maqsadga muvofiq emas deb hisoblayman. Har bir yunalish buyicha yuridik va jismoniy shahslar, NNTlar uchun grandlar e’lon qilib ularni realizatsiyasi uchun uslubiy-moliyaviy paderjka qilib, nazoratini olib borish kerak. Yoshlarga nima yunalish qiziq va dolzarb deb hisoblasa shu yo’nalish bilan, qanaqa kam harajat kop foydali proekti bolsa oshani realizatsiyasi bilan shugullanish kerak.
Menimcha, birinchi urinda respublika miqyosida yoshlar statistikasini bilish yani 30 yoshgacha nechta fukoro bor, Ulardan kanchasi nima ish kiladi va nimalar bilan band shularni bilish kerak.
Qanaqa tashkil qilsangiz ham ozimizni aldaydigan bolmasin iltimos. Mana
stipendiya masalasida shuncha nohaqliklar bolyapti hamma korib turibdi lekin
kimga murojaat qilishni bilmaymiz chunki natijasi aniqku barbir tizim
ozgartirilmaydi. Kontarktda oqiyotgan talabalar teng huquqlilik prinsipi
ishlamayotganidan norozi buni bemalol public poll qilib bam bilib olish mumkin.
Qachonki yoshlar ana shunday jiddiy muammolari aytganida har qanday vaziyatda
yoshlarni huquqlarini himoya qiladigan iltimos yoshlarni shiladigan pulini
qolidan olib ezasigan taahkilotlardan toyib ketdik lanatlar bolsin deb
qargashdan charchadik oliy talim vazirligini.
U-Reportyorlarning 43%i uchun Agentlik bilan bog'lanishningning eng qulay usuli – bu ijtimoiy tarmoqlar. Respondentlarning 31%i Agentlik yoshlar uchun maxsus qabulxonalar ishini amalga oshirishlarini istaydi. 13% respondentlar elektron pochta orqali Agentlikka murojaat qilishni xohlashadi. Barcha respondentlarning atigi 1%i qog'ozli murojaatlarni afzal ko'rishadi.
Biz "Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 3%dan Agentlik bilan bog'lanishning afzal usullarini
ko'rsatishni so'radik va quyidagi takliflarni oldik:
1.
Yuqoridagi barcha
usullar va har qanday usullar - eng muhimi shundaki, ular murojaatlarga tez va
professional ravishda javob berishlari kerak va yoshlar
murojaatlari bilan ishlashning aniq va samarali mexanizmi yaratilishi kerak.
2.
Qishloq joylarda
Internetga ulanish bilan bog'liq muammolar mavjud - Agentlikka murojaat
qilishning oflayn usullarini ham ko'rib chiqish kerak.
3.
Mahalla qo'mitalari
orqali.
4.
Telegram, Telegram
bot va boshqa mashhur messenjerlar orqali.
5.
Telefon orqali,
yoshlarning murojaatlari uchun bitta qisqa ishonch telefon raqami bilan bitta
call-markaz tashkil qilish.
6.
Davlat xizmatlarining yagona portali onlayn ariza va murojaatlarni yuborish imkoniyati
bo'lgan yoshlardan so'rovlarni qabul qilish uchun ID raqamlaridan foydalangan holda, maxsus Agentlik veb-sayti, onlayn yoshlar platformasi,
yoshlar murojaatlari uchun "Yagona darcha" tamoyili asosida ishlaydigan markazlar, yoshlar uchun virtual qabulxona, yoshlar uchun maxsus ijtimoiy tarmoq yaratish, smartfonlar uchun maxsus dastur.
7.
Viloyatlardagi
bo'limlar / filiallar / qabulxonalar / maslahat
byurolari / markazlari (masalan, Davlat xizmatlari agentligi kabi yoshlar
kelishi va murojaat qilishlari mumkin bo'lgan binolar / xonalar yaratish).
8.
Turli xil qatlamlar
va yosh toifalari asosida ularga murojaat qilish imkoniyatini yaratish (masalan,
maktab o'quvchilari uchun - Agentlikning maktablardagi qabulxonasi,
universitet talabalari uchun - OMTlardagi qabulxonalar, ishsizlar
uchun - mehnat birjasidagi qabulxonalar va hokazo).
9.
Yoshlar uchun
qimmatga tushmaydigan Agentlikka murojaat qilish usullari
orqali.
10.
Faoliyatning har
bir sohasida muvaffaqiyatga erishgan vakillar / tengdoshlar / sardorlar orqali
(yoshlar ittifoqida bo'lgani kabi), ular o'z sohalarini batafsil o'rganish va
yoshlarning murojaatlarini qabul qilishlari uchun.
11.
Maktablar /
litseylar / kollejlar / universitetlarda va boshqa joylarda tadbirlarni tashkil etish orqali yoshlar murojaatini qabul qilish, ayniqsa, olis va borish qiyin bo'lgan yashash joylarida qabul
qilish.
U-REPORTYORLAR FIKRI:
Har bir shaharda yoshlar uchun maxsus qabulxonalar tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib boorish kerak deb o'ylayman chunki ko'pgina yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt sarflashadi.
Hozirgi zamonda elektron pochta ,ijtimoiy tarmoq kuchli rivojlangan. Hamma uchun bitta yagona portal yaratilsa yaxshi bo‘lardi. Hamma bir- birini muammosini bilardi. Keyin unda ko‘zbo‘yamachilik bo‘lmasdi.
Elektron portal yaratilishi kerak, hamma saytlarda uning reklamasi bo'lsa, kun.uz singari yangiliklar berib borilsa, barcha yangi ko'ngilochar mavzudagi musiqa, o'yinlar, DTM testlari, umuman yoshlarga kerak barcha resurslarni topish mumkin bo'ladigan sayt orqali murojaatlar qabul qilinishi kk. Chunki ushbu saytni barcha yoshlar yaxshi tanishi kerak.
Murojaatning barcha turi qulay va sodda bo’lishi kerak, elektron yoshlar portalini ishga tushurish kerak, barcha ma’lumot va bazalarni shakllantirish, loyihalardan oldindan habardor bolib ishtirok etish uchun ruyhatdan bemalol uta olishi va hokazo kreativ imkoniyatlari bilan birgalikda.
Har bir qatlamga qarab, yaʼni taʼlimdagilarga taʼlim dargohlarida, mehnat bilan band boʻlganlarga ish joyida yoki birjalarga, qolganlarga ijtimoiy holatiga qarab murojaat etishi qulay boʻlgan joylarda.
Telgramm va shunga o'xshagan messengerlar orqali aniq va londa bog'lanish tizimini yaratish kerak. Uzbekistоn yoshlarining kop qismi elektron pochta nimaligini ham bilishmidi messengerlardan esa hamma foydalaniladi
Qabulhonalar ochish kerak faqat ularni sfatiga xam e'tibor berish kerak. Masalan, tumandagi bilan viloyat yoki shahardagini farqi bo‘lmasligi kerak. Tumagda murojaat qilsez viloyatga boring ishiz bitirib berishadi degan vajlar bo‘lmasligi kerak.
Iloji bo'lsa agentlikning raisining o'zi har
qanday murojaаtni ko'rib chiqishi kerak deb o'ylayman. Chunki viloyat,
tumanlarda tanish bilishchilik va boshqa sabablar tufayli murojatga nisbatan
yordam ko'rsatilmasligi mumkin. Elektron pochta. Ijtimoiy tarmoqlar.
85% respondentlar
Agentlik barcha viloyatlardagi vakillikka ega bo'lishi kerak, deb hisoblashadi: ularning 70%i barcha viloyatlarda teng taqsimda vakil bo’lishi kerak, 15%i esa qanday bo’lsa ham
viloyatlarda Agentlik vakili
bo'lishi kerak deb hisoblashadi.
Qizig’i, erkaklarga (68%) nisbatan ko'proq ayollar (74%) teng mintaqaviy vakillikni yoqlaydi.
Respondentlarning atigi 10%i bu kerak emas deb hisoblashadi va alohida viloyatlarga ajratish shart emas deb hisoblashadi.
"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 3%dan ushbu savolga shaxsiy javoblarini yozishni so'radik
va quyidagi javob variantlarini oldik:
1.
Ha, teng ravishda,
chunki ma'lum bir hududda Agentlik xodimlari o'z shaharlari,
viloyatlari, tumanlari va ular ishlashi kerak bo'lgan yoshlar muammolari
to'g'risida yaxshi ma'lumotga ega bo'lishlari kerak.
2.
Ha, har bir mahalla
/ qishloq / ovul / tuman kesimida Agentlik vakolatxonasi bo'lishi kerak.
3.
Ha, ko'p
millatlilikni hisobga olish kerak.
4.
Ha, yosh aholining
taqsimlanishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, yoshlarning tegishli
kontingenti, hudud aholisiga qarab to'plangan muammolar va amalga
oshirilayotgan loyihalar hajmi asosida.
5.
Ha, faqat agar
Agentlikning mahalliy bo'limlari byudjet mablag'larini soliq to'lovchining
pullari bilan sarf qilmaslik uchun tegishli darajada samarali ishlasagina.
6.
Ha, hudularda / viloyatlarda o'z vakolatxonangizga ega bo'lishi kerak, ammo eng
muhimi, o'z ishi uchun javobgarlikni his qiladigan va tanlov asosida tanlab
olingan va tanishish-bilishsiz va korruptsiyasiz, Agentlikning
munosib va malakali xodimlarni olgan holda.
7.
Ha, kerak, chunki
ma'lum darajada hududlar / viloyatlardagi yoshlar ish bilan ta’minlanadi.
8.
Ha, kerak Oliy
Majlis senatorlari kabi, har bir viloyatdan 6 kishi yoki har bir viloyatda
Agentlikdan 5 vakili kerak.
9.
Yo'q, kerak emas,
agar Agentlikning markaziy apparati o'z faoliyatini samarali amalga oshirsa,
vaqtni va davlat mablag’larini tejash uchun har bir hududda qabulxona /
vakolatxonalar ochishning hojati yo'q.
10.
Yo'q, buning hojati
yo'q, chunki Agentlik yoshlar murojaatlarini portal yoki boshqa usullar orqali
hamda ayrim yoshlarning muammolarini hal qilish uchun mintaqalardagi alohida
vakillari orqali qabul qilishi mumkin.
11.
Yo'q, kerak emas,
chunki Yoshlar ittifoqining ishini takrorlash kerak emas va Agentlik va Yoshlar
ittifoqini yagona davlat organi sifatida birlashtirish
kerak.
12.
Yo'q, kerak emas,
chunki "korruptsiyaga yo'l" ochiladi va har bir agentlikning hududlar / viloyatlardagi faoliyatini kuzatib borish monitoring qilish qiyin bo'ladi.
13.
Yo'q, har bir
mintaqada vakolatxonaga ega bo'lish shart emas, chunki u odatiy holga (rutinaga) aylanishi mumkin. Muayyan vaziyatlarda tezkor qarorlar qabul qilish
bo'yicha komissiyalar tuzish yaxshiroqdir.
U-REPORTYORLAR FIKRI:
Xamma viloyatda bulishi muxim. Chunki, xamma joyda sharoit, vaziyat, dunekarash va muammolar turlicha!
Ha bòlishi kerak. Sababi 1- muhitni biladi 2- inson avvalo òzini uyidagi, mahallasidagi, shahridagi, viloyatidagi yoshlar bilan ishlasa kònikma va yordam berishi anchagina oson bòladi.
Ha albatta axir hamma muammo viloyat va tumanlardaku iloji bo'lsa ularni vakolatini kattaroq qilish kerak.
Barcha viloyatlarda, barcha tumanlarda, hattoki barcha mahallalarda, buni iqtisodiy resursini topsa bo'ladi. Ittifoq, Agentlik, Jamg'arma barchasi bitta tashkilot bo'lishi lozim.
Nafaqat viloyat, tuman, shaxarlarda ham bo'lishi kerak. Agar unga bo'ysunuvchi yoki u bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan tashkilotlar bo'lsa, ularni ish tizimini nazorat qilish uchun.
Ha ammo oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashadigan har bir yoshni qoʻllab quvvatlaydigan yosh kadrni vakil sifatida tanlash kerak. Vakilni har 6 oydan undan quyi pogʻonada faoliyat olib borayotgan shaxslardan anonim tarzda ish faoliyati muntazam nazorat qilib borilishi kerak.
Agentlikni xar bir viloyatda kamida 5 ta ishonchli vakili bo‘lishi kerak, bu tizimni nazorat qilish taxlil qilish uchun juda muxim.
Bo'gindagi rahbarlar sonini ko'paytirishdan mantiq yo'q, 5 ta zo'r yosh shaxsdan yaxshi kengash tuzib boshqarsa bo'ladi
Ularni hozirda mavjud Ittifoq tarkibida yoki alohida tashkil qilish kerak bunda ularni samarali ishlashiga e'tibor berish bilan birgalikda iqtisodiy tarafiga ham etibor qaratish kerak chunki har bir alohida shtat qilib ochish bilan ularni moddiy- texnik ta'minoti ham kelib chiqadi shuning uchun har tamonlama uylab qilish kerak bo'lmasa bu ham ishlamaydigan yana bir sohani keltirib chiqaradi
Agentlikdagi xodimlar
Respublikaning qaysi hududidan bo‘lishi muxim emas. Muximi yoshlarni muammosini
ko‘tarib, unga yechim topaoladigan, ularga Vatanparvarlikni, kuch g‘ayratni,
sadoqatni, eng muximi ishonchni shakllantiradigan bo‘lsa, har bir hududdagi
yoshlarga oid masalalarni shaxsiy manfaati va ehtiyoji darajasida deb bilsa
bas.
Yo’q. Hammasini onlayn boshqarish kerak. Faqat glavniy ofis Toshkentda bo‘lishi kerak. Qolgan xamma yoshlar onlayn orqali murojaat qilishi kulayroq anchagina.
Bajaraliyotgan ishlar nazoratini oyda bir tekshirsa bo'ladi yoki nazoratni jamoatchilik orqali o'tkazish kerak. Boshqa sabab uchun vakil bo'lishini ma'nosi yo'q. Barchasini internet orqali hal qilsa bo'ladi
Menimcha, agentlikda qaysi viloyatdan yoshlar ishlashini ahamiyati yo'q. Muhimi halol, to'g'ri, fidoyi, intiluvchan va bilimli yoshlar bo'lishi kerak. Va albatta u insonlar insonparvar, xalqparvar, yurtparvar bo'lishi kerak. Ana shunday yoshlar, o'zi boshqa viloyatda tug'ilib o'sgan bo'lishiga qaramay, boshqa viloyat va respublikada yuz bergan fojealarga befarq bo'lmay, uni qutqazish choralariga kirishadi.
Hududlar viloyatlarda vakillar
nima uchun kerakligini anglab, nima ishlar va proektlar qilishini asoslab
berib, nimalar bilan shug’ullanishi va qanaqa resurslar kerakligini himoya
qilib bera olsa shunda vakillar bo’lishi, vakillar ham o’z navbatida faoliyati
davomida nimalar qilishi dasturi aniq bo’lishi, samaradorlik ko’rsatkichlari
baholab borilishi zarur.
Respondentlarning yarmidan ko'pi (55%) Agentlik xodimlarini tanlov asosida
tanlash kerak deb hisoblashadi.
U-Reportyorlarning 23%i, bo'lajak xodimlar Yoshlar ittifoqida tajribaga ega bo'lsalar, Agentlik foyda ko'radi deb hisoblashadi.
11% Agentlik xodimlarini yoshlar orasida obro'ga ega bo'lganlar orasidan tanlab olish kerakligiga ishonishadi.
"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 7%dan Agentlik xodimlarini qaysi tamoyil asosda va qaysi mezonlar asosida
tanlash kerakligini so'radik va ulardan quyidagi javob variantlarini oldik:
1.
Iste'dod va intellektual qobiliyatlarga
asoslangan, rahbarlik va notiqlik qobiliyatiga ega, tashkiliy ko'nikmalarga
ega, o'z sohalarida qobiliyatli, tanqidiy fikrlash va muloqot qobiliyatiga ega
bo'lganlar.
2.
Talabalar va ishsiz
yoshlar, ayniqsa qishloq joylarda istiqomat qiluvchi yoshlar, Uyushmagan yoshlardan, nogironligi bor va kam ta'minlangan yoshlardan, chunki ular oddiy o'spirinlarga qaraganda nima yaxshi va
nima yomonligini yaxshi bilishganligi sababli.
3.
Yoshlar orasidan
ochiq tanlov asosida, Agentlik barchaga bo'sh ish o'rinlari to'g'risida tezkor
va ochiq ma'lumotlarni taqdim etishi kerak.
4.
Kompyuterda maxsus
test / imtihon, tushunish va idrok qilish uchun testlar, iloji boricha
psixologik testlar, yuqori darajadagi aql-idrokka ega (IQ), tanqidiy
va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega.
5.
Adolatga asoslangan
holda tanish-bilish va korrupsiyasiz (qarindoshlar va tanish bilishalr asosida emas).
6.
Agentlikda malaka
oshirish va stajirovkalarni (amaliyotlarni) ta'minlash.
7.
Yoshlarning tenglik
asosida erkin ovoz berish yo'li bilan.
8.
Ularning faoliyati,
bilimi, ish tajribasi (davlat organlarida), zamonaviy dunyoqarashga ega (eski
uslubda o'ylamagan va populist bo'lmagan), vatanparvarlik, vatanga
sadoqat, vijdon, obro' va obro'ga ega, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlar orasidan.
9.
Milliy istiqlol
g'oyasi, ma'naviyat va ma'rifat, pedagogik ma'lumot va tajribaga ega bo'lgan
fanlarni o'qitgan maktab / litseylardagi o'qituvchilar orasidan.
10.
Yoshlar ittifoqi
xodimlarini orasidan tanlashning hojati yo'q, chunki yoshlar ushbu tashkilotga
bo'lgan ishonchini yo'qotdi va bu yoshlarning umidlarini oqlamadi, faqat
Yoshlar ittifoqiga aloqador bo'lmaganlarni tanlash kerak.
11.
Haqiqiy yoshlarni
targ'ib qilishdan manfaatdor va tajribaga ega bo'lgan partiya a'zolaridan.
12.
Mo'minlar, chunki
ular vijdonli bo'ladilar va o'z lavozimlarida noqonuniy xatti-harakatlar
qilmaydilar.
13.
Yoshlar bilan
ishlash tajribasiga ega yuqori psixologik ma'lumotli psixologlar.
14.
Yoshlarga doir qonunlar va ularning huquqlaridan xabardor, shuningdek, oliy yuridik
ma'lumotga ega bo'lgan mamlakatda amalga oshirilayotgan so'nggi o'zgarishlar va
islohotlarni yaxshi biladiganlar orasidan.
15.
Ko'ngillilar va
ijtimoiy faollar orasidan.
16.
Bloggerlar
(masalan, Xushnudbek Xudoyberdiev, Nozim Safari, deputat Rasul Kusherbayev).
17.
O'z yutuqlarini
qog'ozda emas, amalda namoyish eta olgan bankir va tadbirkorlar orasidan.
18.
Ko'p yillik xorijiy
tajribaga ega bo'lgan professionallar orasidan.
19.
Ba'zi huquqni
muhofaza qilish organlari / militsiya xodimlari
(odamlarga odatdagidek jinoyatchilarga kabi bo’lmagan munosabatda
bo'lganlar orasidan).
20.
Yoshlar bilan
ishlash g'oyasiga ega bo'lgan har qanday odam yoki bu ish uning tashabbusi
bilan amalga oshiriladigan odam bo'lishi mumkin.
21.
Yosh olimlar va fan
vakillari.
22.
Hokimliklarda va
moliya tizimida tajribaga ega bo'lgan yoshlar.
U-REPORTYORLAR FIKRI:
Ayan yuqorida ketliriganlari qabul qilish kerak emas! Ularni yoshlar mutlaqo qiziqishmaydi. Ularni "tepada" faqat qarsaklar chalish va qog'ozdan ertaklarni (xisobotlarnii) o'qish uchun yig'ishadi. Biz vijdonli (!) yoshlarni ko'p sohalarda tanitishga intilayotgan odamlarni tanlashimiz kerak.
Menimcha, yoshlar ittifoqidan odamlarni qabul qilish kerak emas, boshqa yoshlarga imkoniyat berish kerak, bu o'z navbatida ularga masuliyatni his qilishlariga yordam beradi. Shunday qilib, hamma narsa tanlov asosida bo'lishi kerak. Yoki intervyu olishga urinib ko'rib, xodimni sinov rejimida qoldirish mumkin.
Eng avvalo vatanparvarlik xislatlari bo'lishi lozim ish uchun yoki qog'oz uchun emas natija uchun ishlidigan yoshlarni ishga olish kerak.
Uzur. Lekin yoshlar ittifoqi degan narsani ozini yo'qatsh kerak. Togri barkim ayrim viloyat tumanlarda ular ish tarzini yaxshi olib borar lekin men ularga ishonmayman. Chunki meni koz boyamachilik blan aldashgan. Ular faqat og'zda gapradi lekin amalda hechnima qlshmaydi. Faqat davlatni oylgini pulini yeb yotshbdi.
Yoshlar ittifoqi aralashmasligi kerak ayniqsa sardorlar chunki ular õzlaridan amaldor yasab olgan insofsizlar ulardan kõra KAMOLOT yaxshi edi. Barchani teng huquqda ochiq tanlov orqali hech qanday imtiyozsiz
birovni haqidan qo’rqib ish yuritish uchun jamiyatni Qur’on oyatlarni va Rosulullox Sallolloxu Alayxi Vassallamni xadislariga tayanib ish qurish uchun bu xar ishda tugri buladi va oxiratda InshaAllax najot topguchilardan buladi shunday xayot kechirganlar.
Mutaxassisligiga qarash kerak. Yoshlar bilan ishlash buyicha kadrlar tayerlaydigan OTMlar bor. Masalan NamDUda ijtimoiy madaniy faoliyat ta'lim yo’nalishi bor. Kimyo yoki texnikani Bitirgan kadr qanday yoshlar bilan ishlaydi. Yoki tadbir kilsa mln uchun qiladi sifati uchun emas. Shunga chek qo’yish kerak. Yoshlar bilan ishlashda fundamental bilim kerak...
O'zgacha tanlov asosida xodimlar tanlab olinishi kerak. Agar Yoshlar Ittifoqidan yoki mavjud tamoyillar asosida xodimlar tanlab olinsa yana bitta agentlik ko'payadi xolos.
Suhbat. Bu orqali nomzodning qay darajada liderligi, kreativ fikrlashi, yoshlar manfaatini o'ylashi, vaziyatlarni to'g'ri baholay olishi va unga yechim topa olish yoki olmasligini bilib olish mumkin. Boshqa tomondan, qog'ozbozlikka yo'l qo'yilmaydi. Qo'shimchasiga suhbat qay tarzda o'tqizilishi tajribasiga ega bo'ladi.
Eng muximi yangitdan (amalda) tanlov asosida qabul qilishi kerak. Bizda esa xammasi risoladagidek bo’ladi qog’ozda. Aslida avvalgi, buyruqni bajaruvchi "robotlar" ishga olinadi. Agar mutlaqo yangi tarkib kelmas ekan o’zgarish bo’lmaydi.
U yega yoshlar tanlanishi kerak, 40 yoshga kirganlar emas – ular yoshlarga nima kerakligini bilmaydilar.
So'nggi 10 yil ichida yoshlar ittifoqidan biron bir kishiga ruxsat bermaslik kerak, ular bu sohada 0 (vakuum) hech narsa olib kelishmagan.
U yerda biron bir Yetakchilarga ehtiyoj yo'q, bu idorada hamma teng huquqlarga ega ekanligiga ishonch hosil qilish kerak, ya'ni biron bir narsada ishtirok etgan va hokim yoki shunga o'xshash odamlardan "vakolat" olgan kishi bo'lmaydi, hamma birgalikda ishlashi kerak, ofisda hech kim o'tirmasligi va buyruq va ko'rsatmalar berish bilan kifoyalanmasligi uchun.
Qiyinchilik ko'rgan yosh bo'lishi kerak. Sohada bilimi va tajribasi (!) bo'lishi shart! Boshqa tashqi omillarga aloqadorlik ko'rsatkichlari (YIda ishlaganmi, yo'qmi, oliy ma'lumotlimi, yo'qmi, mukofoti-yu sovrinlari) ahamiyatsiz bo'lishi kerak, mukofot uchun, qarsak uchun ishlaydiganlar tiqilib yotibdi shundoq ham
Kelib chiqishi, yoshi, dini, ma'lumoti, millatidan qat'iy nazar yoshlar
bilan til topisha oladigan. yoshlarning dardini biladigan va o'zining shahar(
tuman) yoshlarini muammo va yutuqlarini yaxshi biladigan shahs.
U-Reportyorlarning 43%i yoshlarning o'zlari Agentlik direktori nomzodini ilgari
surishlari kerak deb hisoblashadi.
Respondentlarning 19%iga ko'ra, Prezident ushbu lavozimga nomzodni taklif qilishi kerak.
11% respondentlar ushbu huquqni tegishli ravishda ommaviy axborot vositalari / bloggerlar va Yoshlar ittifoqiga beradilar.
Olingan natijalarga ko'ra, shuni tahlil qilish mumkinki, U-Reportyorlar yoshlar va Yoshlar ittifoqi o'rtasidagi farqni ajratib, Yoshlar ittifoqi bu masalada barcha yoshlarning ovozi bo'la olmaydi deb ta'kidlaydilar.
Qizig'i shundaki, ayol respondentlarning yarmi (50%) erkaklarning 40%iga nisbatan yoshlarning o'zlari bu lavozimga nomzod taklif qilishlarini qo'llab-quvvatlamoqda. O'z navbatida, 20% erkaklar bu masalani
Prezident hal qilishi kerak deb hisoblashadi, bu
fikrni qo'llab-quvvatlaydigan ayollar esa 15%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ko'proq erkaklar (13%) OAV /
bloggerlar Agentlik direktori nomzodini ilgari surishlari
kerak deb hisoblashadi – ayollarning atigi 6% ushbu variantni tanladi.
Biz "Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 4%dan Agentlik direktorligiga nomzodni kim taklif qilishi kerakligini
ko'rsatishni so'radik va quyidagi javoblarni oldik:
1.
Butun respublika bo'ylab yoshlar o'rtasida ovoz berish yoki yoshlar
orasida qurultoy bo'lishi kerak. Nomzodlar o'zlari haqida ommaviy axborot
vositalarida yoshlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha dasturlari
haqida gapirib berishlari va yoshlarga Internetda ovoz berish imkoniyatini
berishlari kerak.
2.
Yoshlar ittifoqi ochiq ovoz berish / saylov o'tkazish uchun nomzodlar
ro'yxatini ochiq e'lon qilishi kerak (nomzodlar deputatlar singari o'z dasturlarini taqdim
etishlari
kerak) va parlament
oxir-oqibat Agentlik direktori lavozimini tasdiqlsha va Agentlik Parlament oldida hisobot berishini yo’lga qo’yish kerak.
3.
Tuman / shahar / viloyat hokimiyati.
4.
Mahalla qo'mitalari, mahalla kengashlari.
5.
Tanlov asosida va 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan Yoshlar ittifoqi
tizimidagi faollarni tanlab olish uchun maxsus komissiya tuzilishi kerak.
6.
Allohdan qo'rqadiganlar, diniy soha vakillari.
U-REPORTYORLAR FIKRI:
Aniq bir javobim yo'q, manimcha prezident
qo'ygani ma'qul. Nimaga deganda bu loyihani ommaga ular taqdim qildi, eng
yaxshi nomzodlarni ham ular bera oladi.
Menimcha saralangan yoshlarni prezident bilan yoki parlament a'zolari bilan suhbat qilgandan so'ng nomzod taklif etilishi kerak. Shuningdek yoshlarni fikri ham o'rganilishi kerak.
Prezident taklif qila olmaydi chunki unga yetib boradigan malumotlar hammasi ham sog'lom emas, vazirlar mahkamasi yoshlar ittifoqi va yoki har qanday eski tashkilot tayinlamasligi kerak modam yangi O'zbekiston uchun xizmat qilishi lozim,eski tashkilotlarda eskilik odamlari eskicha fikrlaydigan bishluqlar ko'p .Nomzodni internet tarmoqlari orqali yoshlarning o'zi saylagani maqul.
Parlament, yoshlar, vazirlar maxkamasi, OAV/bloggerlar bittadan nomzod taklif qilsin, Prezident tanlasin.
Ovoz berish yo‘li bilan saylanishi kerak. Albatta bu yerda taklif haqida gap ketayapti lekin shunday bo‘lsada rahbarni anonim so‘rov asosida ijtimoiy tarmoqlarda saylasalar yaxshi bo‘lardi.
Prezident, Parlament, Yoshlar, OAV/bloggerlar, YI, faqat taklif bera olsin, so'ng nomzodi ko'rsatilgan yoshni yaxshilab o'rganib chiqilsin, psixologik suhbatlar o'tkazilsin, ishlashiga, o'zini ko'rsatishga sinov muddati, imkoniyat berilsin va hokazolar.
Yuqoridagi savoldan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, ushbu agentlikning rahbarini ham huddi agentliklarini xodimlari singari ochiq tanlovlarda asosida barchaning ko'z o'ngida saralab olish lozim. Ushbu agentlikning rahbarini kimdir(alohida bir shaxs) maslahat berishi yoki rahbarlik lavozimiga tayinlashi noto'g'ri ish deb o'ylayman. O'ylashimcha ushbu tashkilot kelgusida butun Respublikamiz bo'ylab ish olib boradi shuningdek respublikamizdagi barcha yoshlar bilan birdek ishlaydi , shundan kelib chiqib aytadigan bo'lsam ushbu agentlikning rahbarini tayinlashda barchaning fikri muhim va uni ochiq tanlov orqali aniqlash yaxshiroq bo'ladi.
Birinchi navbatda, hech kim nomzod taklif qilmasligi kerak! Birinchidan, bu tashabbus nomzodning o'zidan chiqishi kerak va Yoshlar ittifoqi yoshlar bilan birgalikda ma'qullanishi kerak va saylovlar imkon qadar shaffof o'tkazilishi kerak.
Holis inson yani parlamentdan ham bolmasin prezident ham tayinlamasin shundagina yoshlar fikri geragicha vazirliklarga yetib boradi keraklilari albatta.