Yoshlarni jamiyat hayotida faol
bo’lishlariga nima undaydi? U-Report «Yuksalish»
umummilliy harakati bilan hamkorlikda yoshlarning ijtimoiy faoliyat haqidagi
fikrlari, ularni ijtimoiy faollikka nima undashi, ularning atrofidagi
jarayonlarda yoshlarning ijtimoiy ishtirokini qanday oshirish haqidagi
fikrlarni bilish maqsadida so’rov o’tkazishdi.
So’rov natijalari «Yuksalish» umummilliy harakatiga yoshlarga oid siyosatga taklif berish, shuningdek,
yoshlar bo’yicha dasturlarni ishlab chiqish uchun, yoshlar siyosati va 2020 yil Davlat dasturi uchun takliflarni ishlab
chiqishda kerak bo’ladi.
So‘rovda mamlakat bo‘ylab 8403 respondent qatnashdi, ularning 35% - bu ayol respondentlar.
YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI HAQIDAGI
SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1.
Respondentlarning
52%i biz ko'rsatgan barcha javob variantlarini “ijtimoiy faollik” qatoriga kiradi deb hisbolashadi. Shu bilan birga, ba'zi respondentlarning
fikricha, bu faqat odamlarga yordam berish (16%) yoki
aktsiyalar/forumlarda ishtirok etish (7%), yoki xayriya ishlari (5%), yoki volontyorlik (4%) va yoki Yoshlar ittifoqiga a'zo bo'lish (3%).
2.
Respondentlarning 32%i
o'zlarining ijtimoiy faolligini 3 ballga baholaydilar, 28%i esa oz'larining faolligini “yaxshi” va 16%i “a'lo”ga baholashdi.
3.
Respondentlarning
fikriga ko'ra ijtimoiy faollikning eng mashhur sohalari bu: (1) fan
va ta'lim sohasi 32%, (2) siyosat - 15%, (3) jismoniy tarbiya va sport - 11%.
4.
Respondentlarning
yarmidan ko'pi (57%) o'zlarining ijtimoiy faolligini tashkilotchi sifatida namoyish etishni xohlashadi, respondentlarning 31%i ijrochi bo'lishni afzal ko'rishadi. Shu
bilan birga, erkaklar (56%) bilan taqqoslaganda ko'proq ayollar (60%)
tashkilotchi bo'lishni xohlashadi.
5.
Respondentlarning fikriga ko'ra ijtimoiy tadbirlar/faoliyat to'g'risida ma'lumotlarning bugungi kunda eng ommabop manbai ijtimoiy tarmoqlar (52%), do'stlar/tanishlar (14%) va o'qish/ish joyi (12%).
6.
Shu bilan birga,
ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy tadbirlar/faoliyat
to'g'risida ma'lumot manbai sifatida ayollarga (47%) qaraganda erkaklarga (57%) ko'proq
ma'qul keladi. Ayollar ko'proq ma'lumot manbalari sifatida do'stlar/tanishlar
yoki ish/o'qish joyini afzal ko'rishadi (32%), erkaklar uchun bu
ko'rsatkich 23%ni tashkil qiladi.
7.
Yoshlarning
ijtimoiy faolligiga asosiy to'siqlar: vaqtning yetishmasligi (29%), adolatsizlik (22%),
shuningdek, yaqinlar tomonida qo'llab-quvvatlash yo’qligi (8%). Respondentlarning 1/5 qismi (20%) hech qanday to'siqlar yo’q degan fikrdalar.
8. Respondentlarning yarmidan ko'pi (53%) ijtimoiy faollik uchun asosiy undaydigan factor sifatida nomoddiy qiziqishlarni keltirishdi: o'z ishidan mamnunlik (27%), jamoani qo'llab-quvvatlashi (15%) va boshqalar.
Ushbu so'rovda ishtirok etganlarning eng katta guruhi OTM studentlari - 38% (yoki 3166 kishi). So‘ralganlarning 22%i hozirda ishlayotganini, 19%i maktabga o’qishini, 9%i esa kollej yoki litseyda oq’ishini aytdi.
“Vaqtincha ishsiz” va “o'qimaydigan va
ishlamaydigan” javob variantlarini 4%dan to’plashgan.
Ushbu savolga javob bergan respondentlarning yarmidan
ko'pi (52%) “ijtimoiy faollik”ga barcha mumkin bo'lgan javob variantlarini keltirishadi.
Ammo 16% uchun bu birinchi navbatda odamlarga yordam berish. 7% bu aksiyalar yoki forumlarda ishtirok etish deb o’ylashadi. 5% uchun - bu xayriya, 4% - volontyorlik va atigi 3% - Yoshlar ittifoqiga a'zo bo'lish deb hisbolashadi. Ushbu savolga javob berishda aniq gender farqlar topilmadi.
Biz “Boshqa” variantini ko'rsatgan respondentlarning 8%dan “ijtimoiy faollik” tushunchasiga qanday talqin berishlarini so'rab, quyidagi variantlarni oldik:
1.
Mehnat faoliyati bilan shug'ullanish, mehnat qilish va pul topish,
ishbilarmonlik, mehnat jamoasida faol bo’lish, mahallada faol bo’lish;
2.
Oila va jamiyat uchun foydali bo'lish, jamiyatda faol ishtirok etish,
boshqalar va jamiyat uchun og'ir yuk bo'lmaslik;
3.
O'z mutaxassisligi/kasbi haqida mukammal bilimga ega bo'lish, kuchli
bilim/ko'nikmalarga va yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lish va o'z
ishlarini ishonchli va
samimiy bajarish;
4.
Innovatsiyalar va yangiliklar ishlab chiqish, o'zlarining
tashabbuslari, yoshlarning startaplarini qo'llab-quvvatlash, ularni
moliyalashtirish va amalga oshirish;
5.
Mamlakatda va dunyoda sodir bo'layotgan voqealar to'g'risida o'z
fikrlarini bildirish, voqealarga diqqat bilan qarash va amalga oshirilayotgan
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarga o'z munosabatini bildirish, ayrim
masalalarda fuqarolik pozitsiyasi, adolatli saylovlarda qatnashish, nomzodlarni
ko'rsatish;
6.
Internet muhitida va undan tashqaridagi faoliyat, boshqa fuqarolarning Internetda sodir
bo'layotgan voqealar to'g'risida xabardorligini oshirish va Internet orqali
doimiy ravishda ma'lumot olish;
7.
Ixlos (poklik, o’zini pok tutish, o’zini Allohga xizmat qilishga bag'ishlash);
8.
Jamiyatning / jamoaning boshqa a'zolarining hayotiga befarqlik bilan
munosabatda bo'lmaslik hissi;
9.
Jamiyatning barcha jabhalarida korrupsiya, poraxo'rlik va “tanish-bilish” munosabatlarga qarshi
kurashish;
10.
Siyosiy partiyalar taqdim etgan vositalardan foydalangan holda ijtimoiy
ahamiyatga ega qonunlarni ishlab chiqish, tadqiq qilish va tahrirlashda
qatnashish, normativ-huquqiy hujjatlar va qonunlarni muhokama qilishda qatnashish,
ahamiyatsiz qonunchilik tashabbuslari va qonunlarga qarshi chiqish;
11.
Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangan huquqlarini talab qilish,
shuningdek, davlat va jamiyat manfaatlariga mos harakat qilish, belgilangan majbiriyatlarni bajarish, yaratilgan
sharoitlardan samarali foydalanish qobiliyati;
12.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, o'z-o'zini maqtash
uchun xayriya qilish emas;
13.
To’g’ri va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish;
14.
Gender tengligi, ayollar emansipatsiyasi (ozodligi) sohasidagi ijtimoiy
loyihalarni ishlab chiqish va g'oyalarini taklif qilish;
15.
O'zbekiston Yoshlar ittifoqidan tashqari boshqa nodavlat notijorat
tashkilotlariga a'zo bo’lish.
U-REPORTYORLARNIN
FIKRI:
“Yaxshi ish egasi bolish, yaxshi do'stlar orttirish, faol bo'lish, uydan chiqib sayr qilish, ishdan va maktabdan keyin va avvaliga aytib o’tganimdek yaxshi ishlash, yaxshi maosh olish, sayr qilish, turli joylarga tashrif
buyurish. Sizni nimaga undaydigan bo’lsa ushgan ega
bo’lish, maqsad sari intilish va
bir joyda o'tirmaslik, hayot yomon deb shikoyat
qilmaslik.”
“Ijtimoiy faollik
deganda, bir yoki ikki narsani tushunish hato, mening fikrimcha ijtimoy foallik
atrof muhit, Siyosiy jarayonlarni kuzatib baho berish, koʻplab takliflar keltirish, chet el metodlarini Oʻzbek milliy modeliga
moslashtirish, Tarixdan kelib chiqib
oʻzgartirishlar kirgazish, katta rejalar tuzib uni amalga oshirish uchun Teoriya yaratib Rejaga ogʻishmay rioya qilish”.
“Ijtimoiy faollik bu
jamiyatni qiynaydigan masalalarni ko’tarib chiqish va bu masalalarni ijobiy hal qilish”.
“Aktsiyalar va forumlar foydali sa'y-harakatlar hadi faqat suhbatlashish bilan kifoyalanish va boltologiya deb hisoblayman. Ijtimoiy faollik bu turli xil yo’llar bilan odamlarga yordab berish, keksa ayolni yo'ldan o’tkazib qo’yishdan tortib O'zbekistondagi global muammolarni hal qilishga qadar. Ya'ni pensiyalarning
kamlik muammosi, yolg'iz onalarga moddiy yordamning etishmasligi va poraxo'r amaldorlar
bilan bog'liq muammolarni hal qilish”.
“Ijtimoiy faollik deganda
men ushbu sferadagi yani ijtimoiy tizimdagi bo'shliqlarni toldirishga harakat
qilishni tushunaman. Masalan, koproq ish o'rni yaratishga yordam berish (hech bolmasa taklif yoki
loyihalar berish orqali). Harakati cheklanganlardan kop sohalarda foydalanish
mumkin. Odamlar ortasida sportni san'atni targib qilish. Muammosi bor odamlarga
yordam berish (moddiy yordam bermasa ma'naviy yordam bersa ham boladi).
Adashganlarga tog’ri yo’l korsatishga harakat qilish va shunga oxshash holatlarda
qo’lidan kelgancha yordam
berishni tushunaman”.
“Ijjtimoiy faollik
-jamiyat hayotida muhim o'ringa ega bo'lish, befarq va loqayd bo'lmagan holda
imkoni boricha insonlarga manfaat yetkazish. Xoh katta bo'lsin, xoh kichik
muhim o'rinlarda jamiyat hayoti haqida jiddiy fikr bildirish, ya'ni zarur
hollarda ijobiy yoki salbiy-tanqidiy va mustaqil qaror qabul qilishga harakat
qilish..!”
“Yashash sharoitlarni vas hunga bog’liq boshqa barcha
sharoitlarni yaxshilash uchun bir insonning amalga oshirayotgan o'z harakatlari, va natijada bu harakatlar jamolarar, birlashmalar, harakatlarning shakllanishiga olib kelishi kerak va bir yoqadan bosh chiqarib fikrlaydigan odamlarni birlashishiga olib kelishi.”
Barcha respondentlarning 32%i o'zlarining ijtimoiy faolligini 3 ballga baholaydilar, 28%i esa oz'larining faolligini “yaxshi” va 16%i “a'lo” deb baholashdi. OTM studentlari o'ziga nisbatan eng tanqidiy qarashadi - ular (36%) qolgan guruhlarga nisbatan o'zlariga 3 ball qo’yishgan va eng kam 5 ball qo’yishgan (12%). Maktab o'quvchilari o’zlarini ijtimoiy faolligini talabalar va ishchilarga nisbatan ancha yuqori baholadilar - yarmidan ko'pi (51%) o'zlariga 4-5 ballni qo’ydilar.
U-Reportyorlarning 32%i fan va ta'lim
sohasida ijtimoiy faol bo'lishni istaydilar. Ikkinchi o'rinda siyosat - 15%, uchinchi o'rinda - jismoniy tarbiya va
sport - 11%.
Qizig'i shundaki, ayol respondentlar uchun:
- ikkinchi o'rinda madaniyat va san'at sohasi
(12%) (erkaklar uchun bu ko'rsatkich 6%)
- yetimlarga yordam berish (11%) (erkaklar
uchun bu ko'rsatkich 5%) va
tabiatga / hayvonlarga g'amxo'rlik qilish
(9%).
Erkak respondentlar ko'proq boshqa sohalarga qiziqishmoqda:
- siyosat (19%) (ayollar uchun bu
ko'rsatkich atigi 7%)
- jismoniy tarbiya va sport (13%).
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, qizlar
va ayollar ijtimoiy-madaniy sohalarda ijtimoiy faoliyatga ko'proq qiziqishadi,
erkaklar esa siyosiy sohada va sportda faol bo'lishni xohlashadi.
"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 5%idan qaysi sohada ijtimoiy faol bo'lishni
xohlashlarini yozishni so'radik va quyidagi javoblarni oldik:
1. Yuqoridagi barcha
sohalarda;
2. Biznes,
tadbirkorlik, investitsiya va iqtisodiyot;
3. Harbiy soha,
vatan mudofaasi;
4. Huquqiy sohada,
odamlarning huquqiy ma'rifati, huquqiy masalalarda yordam berish,
5. Madaniy-ma'rifiy
yo'nalishda, teatrda, haqiqiy milliy qadriyatlar va marosimlarni, amaliy va
tasviriy san'atlarni saqlash;
6. Kam
ta'minlanganlarni qo'llab-quvvatlash, xayriya qilish, aholining
ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, uysizlarga yordam berish;
7. U-Reportni rivojlantirish;
8. Qurilish
sohasida;
9. Zo'ravonlik
(jismoniy va ma'naviy) jabrdiydalariga yordam berish, gender tenglik, odam
savdosi qurbonlariga yordam berish, OIV/OITS bilan yashayotgan odamlarni
qo'llab-quvvatlash;
10. Tibbiyot sohasida,
qon topshirish, kasalxonalarda davolanishni istaganlarga yordam berish;
11. Informatika, AKT,
kompyuter texnologiyalari, dasturlash;
12. Dinni
rivojlantirish va targ'ib qilish;
13. Yoshlar bilan
ishlash, o'spirinlar bilan o'zaro munosabatlar, o'spirinlar uchun axloqiy
asoslarni tarbiyalash, universitetlarga kirishni xohlaydiganlarni, ammo buni
amalga oshirish uchun mablag’ va imkoniyatlarga ega bo'lmaganlarni qo'llab-quvvatlash;
14. Ota-onalarning
duolarini olish va keksa yoshdagi odamlarni qo'llab-quvvatlash;
15. Qishloq xo'jaligi
sohasida;
16. Jurnalistika
sohasida.
Respondentlarning yarmidan ko'pi (57%)
o'zlarining ijtimoiy faolligini tashkilotchi sifatida namoyish etishni
xohlashadi. Shu bilan birga,
erkaklar (56%) bilan taqqoslaganda ko'proq ayollar (60%) tashkilotchi bo'lishni
istashlari o’ziga diqqatni
tortadi.
31% respondentlar “ijrochi” variantini tanladilar.
4% shunchaki tomoshabin bo'lishni istagan,
ijtimoiy faol bo'lishni istamagan yoki javob berishda qiyinalganalar 4%dan
to’plashdi.
Respondentlarning fikriga ko'ra, bugungi kunda ijtimoiy tadbirlar/faoliyat to'g'risida eng ommabop ma'lumot manbai bu: ijtimoiy tarmoqlar
(52%), do'stlar/tanishlar (14%) va o'qish/ishlash joyi (12%).
Shu bilan birga, ayol respondentlar ma'lumotlarni asosan do'stlari/tanishlaridan
(16%) va o’qish joyi/ish joyida (16%) olishadi (erkaklardan farqli ravishda - 13% va 10%). Shunday ma'lumotni
erkaklarning yarmidan ko'pi (56%) ijtimoiy tarmoqlarda olishadi (ayollarda 47%).
Transport va ko'cha bannerlaridagi reklama ijtimoiy faoliyat to'g'risidagi eng kam talab qilinadigan manba sifatida tanlangan va 0%dan to’plagan.