Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Koronavirusdan qanday himoyalanish mumkin?

Xabaringiz bor, bir qator mamlakatlarda koronavirus chaqiradigan kasalliklar kuzatilmoqda. O'zbekistonda hozirda birorta koronavirus bilan bog'liq hodisa qayd etilmadi. Mamlakat hududiga bu virus kirib kelmasligi uchun barcha zarur choralar ko'rilmoqda.


 Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (SEOA) va U-Report Sizga havo-tomchi yo'li bilan yuqadigan kasalliklardan (shamollash, gripp va b.viruslardan) qanday qilib himoyalanish haqida ma'lumot beradi:

 -  qo'lni tez-tez va yaxshilab sovun bilan yuvish

- yuzga yuvilmagan qo'l bilan tekkizmaslik

- maxsus gigiyenik himoya niqobini taqib yurish

- qaynatilgan yoki qadoqlangan suvni iste'mol qilish

- odam gavjum joylarda kamroq bo’lish

- xonalarda tez-tez havoni almashtirib turish

- termik (issiqlik bilan) ishlov berilgan hamda yaxshi pishirilgan taomlarni iste’mol qilish

- sport bilan faol shug'ullanish.

 

Shamollash alomatlarini his etsangiz yashah joyingizdagi poliklinika shifokoriga murojaat qiling. O’zboshimchalik bilan dorilarini qabul qilmang.

 Qo'shimcha ma'lumot kerak bo'lsa SEOAning (71)276-46-99, (71)276-46-65 tezkor aloqa tarmog'iga murojaat qiling.

Doim sog'-salomat bo'ling!



Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo