Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Maktabda o’qish qanday?

U-Report UNICEFning Ta'lim bo'limi bilan hamkorlikda maktab o'quvchilarining ta'lim tizimi, maktabga qatnashi va ularning maktabda olgan bilimlaridan qoniqishi yoki qoniqmasligini aniqlash maqsadida so'rov o'tkazdi.

So'rov natijalari UNICEF va Xalq ta’limi vazirligi (XTV) tomonidan maktablarning o'quv dasturlarini sifatini yaxshilash va o'quvchilar uchun o’qishni yanada qiziqarli va foydali qilish uchun zarur.

So'rovda mamlakat bo'ylab 8790 respondent qatnashdi, ularning 20%ni maktab o'quvchilari va 12% litsey va kollejlarda tahsil oladi.

 

MAKTABDAGI TA’LIM HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       U-Report so'rovida ishtirok etganlarning 79%i biron joyda o’qiyotganini  bildirdi.

2.       O'rta hisobda so'ralgan o'quvchilarning 43%i maktab yetarlicha bilim/ko’nikmalarni berayaptimi degan savolga “Ha” deb javob berishdi, 41% esa salbiy javob berishdi. Shu bilan birga, maktab bitiruvchilarining 47%i maktab ularga yetarli bilim berganligini e’tirof etishdi va 39% salbiy javob berishdi.

3.       Respondentlarning javob tahlillari shuni ko'rsatadiki, maktabda olinayotgan bilimlar kelajakda kudanlik hayotlarida yordam bo'lishini kutayotgan o'quvchilarning va buni amalda sinab ko’rgan maktab bitiruvchilarining javoblari soni bilan teng.

4.       Maktab o'quvchilari maktabda olayotgan bilimlari ularga bo’lajak karyerasi uchun yordam berishiga ishonch darajasi amaliyotda buni sinagan bitiruvchilar sonidan yuqoriroq (bitiruvchilarning javoblari soni bilan taqqoslaganda).

5.       45% respondentlar maktab o'quv dasturi ularga ijtimoiy va shaxsiy ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi/yordam berdi deb hisoblashadi. O'rtacha, maktab o'quvchilari va bitiruvchilarning 1/4 qismi bu savolga salbiy javob berishdi.

6.       Maktablarni bitirgan respondentlarning 86%i maktab o'quv dasturini biron bir tarzda isloh qilish kerak deb hisoblashadi: ularning 51%i maktab o'quv dasturini tubdan isloh qilish kerak, 35%i esa qisman buni amalga oshirish kerak deb hisoblashadi.

7.       69% o'quvchilar maktabga borishni yoqtirishlarini aytishdi. Qizig'i shundaki, o'g'il bolalar qizlarga qaraganda ko'proq maktabga borishni yoqtirishadi - mos ravishda 72% va 65%.

8.       So'ralgan o'quvchilarning aksariyati (79%) o'qishni tugatgandan so'ng oliy ta’lim muassasasiga kirishni rejalashtirmoqda.

 

U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning 79%i u yoki boshqa o’quv muassasasida o’qishlarini bildirishdi (20% 11-sinfgacha bo'lgan o'rta maktab o'quvchilari, 42% OTM talabalari va boshqalar). Bitiruvchilar va ishlaydiganlar so'rov ishtirokchilarining 21%ni tashkil etdi.



Biz bir xil savolni 2 guruh respondentlarga berdik:

1) Hali ham o'qiyotganlar uchun - maktab yetarli bilim beradimi?

O'rtacha, so'ralgan o'quvchilarning 43% "Ha" va 41% "Yo'q" deb javob berishdi.

2) Ishlayotganlar uchun - maktab yetarli bilim berdimi?

O'rta ma'lumotga ko'ra, maktabni bitirganlarning 47% "Ha" va 39% "Yo'q" deb javob berishgan.

Maktab yoshidagi qizlar (44%) boshqa guruhlarga qaraganda maktab ta'limi darajasidan eng norozi guruh bo’ldi (maktab o'quvchilarining o'g'il bolalari uchun bu ko'rsatkich 39%). Bitiruvchilar (47%) boshqa guruhlarga qaraganda maktabda olgan bilimlaridan ko'proq qoniqqan.



Biz bir xil savolni respondentlarning 2 guruhiga berdik:

1) Hali ham o'qiyotganlar uchun - maktabda olinayotgan bilimlar kelajakda kudanlik hayotlarida yordam bera olishiga ishonadimi?

O'rtacha, so'ralgan o'quvchilarning 43%dan "Ha" yoki "Qisman" deb ishonishadi.

2) Allaqachon ishlayotganlar uchun - maktabda olingan bilimlar ularga hozirda kundalik hayotlarida yordam berayaptimi?

Maktabni tugatganlarning o'rtacha 44% "Ha" va 39% "Qisman" deb javob berishdi.

 

So'ralgan maktab o'quvchilari va maktab bitiruvchilarining o'rtacha 11%i maktabda olingan bilimlar ularning kundalik hayotlarida foydali bo’ishlariga ishonmaydi yoki undan qoniqmaydi.

Agar o'quvchi qizlarning faqat 39%i kelajakda maktab bilimlari ularga foydali bo'lishiga qat'iy ishonch bildirgan bo'lsa, o’g’il bola o'quvchilar bunga ko'proq ishonishadi (46%). Shu bilan birga, maktab o'quvchi qizlar (39%) bitiruvchi qizlarga (43%) nisbatan bu mavzuda kop’roq ishonchga ega.

 

Shunday qilib, respondentlar fikrining tahlili shuni ko'rsatadiki, maktabda olinayotgan bilimlar kelajakda kudanlik hayotlarida yordam bo'lishini kutayotgan o'quvchilarning va buni amalda sinab ko’rgan maktab bitiruvchilarining javoblari soniga to'g'ri keladi.

 

 

Bir xil savol respondentlarning 2 guruhiga berildi:

1) Hali ham o'qiyotganlar uchun - maktabda olayotgan bilimlar ularning bo’lajak karyerasida yordam beradimi?

O'rtacha, so'ralgan o'quvchilarning 39% "Ha" va 19% "Yo'q" deb javob berishgan.

2) Allaqachon ishlayotganlarga - maktabda olgan bilimlar ularning karyerasi o’sishida hozir yordam berayaptimi?

Maktabni bitirganlarning o'rtacha 34% "Ha" va 24% "Yo'q" deb javob berishdi.

Ikkala guruhdagi 38% respondentlar "Maktabda olingan bilimlar karyera o’sishida qisman yordam berayapti yoki yordam beradi" variantini tanladi.

 

Boshqa guruhlarga qaraganda jinsi va yosh farqlari bo'yicha maktab yoshidagi o'g'il bolalar (43%) eng optimistik qarashga ega ekanlar - ular kelgusidagi ishida maktabda olgan bilimlari yordam berishiga ishonishadi (qizlar orasida bu ko'rsatkich 32%). Biroq, bu ijobiy munosabat maktabni tugatgandan so'ng pasayadi - maktabni tugatgan erkaklarning atigi 36% maktab ta'limi ularga martaba zinapoyasi bo’ylab ko'tarilishda yordam berayotgani ta'kidlashdi.

 O’quvchi va bitiruvchi qizlar orasida umumiy natija shuni ko'rsatadiki, ular maktab ta'limi karyerasining o’sishiga yordam berishiga shubha bilan qarashadi - atigi 32% bu fikrga qo'shiladi.

 

Shunday qilib, maktab o'quvchilari maktabda olayotgan bilimlari ularga bo’lajak karyerasi uchun yordam berishiga ishonch darajasi amaliyotda buni sinagan bitiruvchilar sonidan yuqoriroq (bitiruvchilarning javoblari soni bilan taqqoslaganda).

 


Maktab o’quv dasturi ijtimoiy va shahsiy ko’nikmalaringizni rivojlantirishga yordam berayaptimi/berdimi degan savolga ikki guruh respondentlar javob natijalari: maktab o’quvchilari va bitiruvchilar orasida deyarli bir xil natirjalarni k’orsatdi.

 

45% respondentlarning fikricha, maktab o'quv dasturi ijtimoiy va shaxsiy ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O'rtacha, maktab o'quvchilari va bitiruvchilarning 1/4 qismi bu savolga “Yo’q” javobini berishdi.

 

Biz maktab bitiruvchilaridan maktab o'quv dasturini isloh qilish kerakmi degan savolni berdik va quyidagi javob natijalarini oldik. Maktablarni bitirgan respondentlarning 86%i maktab o'quv dasturini biron-bir tarzda isloh qilish kerak, deb hisoblashadi: ularning 51% maktab o'quv dasturini tubdan isloh qilish kerak, 35% esa qisman isloh qilish kerak deb hisoblashadi. Erkaklar (53%) ayollarga (47%) nisbatan ko’proq maktablardagi o'quv dasturlarini tubdan isloh qilish tarafdori.

 


69% o'quvchilar maktabga borishni yoqtirishlarini aytishdi. Qizig'i shundaki, o'g'il bolalar qizlarga qaraganda ko'proq maktabga borishni yoqtirishadi - mos ravishda 72% va 65%.

Biz ulardan nima sababdan maktabga borishni yoqtirishlarini aytib berishlarini so'radik va quyidagi eng keng tarqalgan 10 ta javob variantlarini oldik:

1.      Do'stlar va sinfdoshlar bilan aloqa va munosabatlar

2.      Bilimlar, ko'nikmalar (shu jumladan ijtimoiy va shaxsiy), shuningdek kelajakda rivojlanishi uchun zarur bo'lgan yangi ma'lumotlarga ega bo'lish

3.      Yangi narsalarni o'rganishga va o'qishga bo'lgan muhabbat, maktab darslariga va tadbirlariga qiziqish

4.      Maktabda o'qishni rag'batlantiradigan va yangi bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishda yordam berishga tayyor bo'lgan o'qituvchilar borligi

5.      O'zlarini boshqa o'quvchilar bilan taqqoslab, o’z rivojlanishi to'g'risida xulosa chiqarish

6.      Maktabdagi birinchi muhabbati

7.      Maktab - qisman mening ikkinchi uyim

8.      Maktabdagi bepul ta'lim va undan maksimal darajada foydalanish kerakligi

9.      Maktabga borish uyda o'tirishdan va dangasalik qilishdan yaxshiroq

10.  Hech qanday sababsiz maktabga borishni xohlash va hokazo.

 

Shuningdek, biz 18% o’quvchilardan maktabga borishni yoqtirmaslik sabablari haqida so’radik va eng keng tarqalgan 10ta javob varinatlarini oldik:

1.      Qiyin, zerikarli; befoyda va behuda vaqtni sarflash

2.      Ertalab turish qiyin, darsliklarga to’la og’ir portfelni ko’tarish, majburiy maktab formasi

3.      Maktab o'quv dasturining hozirgi zamon talablaridan kechikishi va mos kelmasligi, eskirgan o'quv materiallari, tez-tez uchraydigan xatolar bilan bog'liq maktab darsliklarining sifati va ahamiyatsizligi

4.      O'qituvchilarning malakasi va motivatsiyasining past darajasi, tarbiyaning qat'iy usullari va hurmatsiz munosabat (masalan, o’quvchilarga ovoz va bosim ko'tarish), o'qituvchilar yo’qligi yoki ularning yetishmasligi

5.      Sinfdoshlar tomonidan bulling va o'qituvchilarning bu masalaga aralashishishni hohlamasligi va ushbu muammolarni hal qilishdan bosh tortishi

6.      Maktab o'quv dasturidagi barcha fanlarni o'rganish zarurati ("keraksiz fanlar"), tanlov bo’yicha fanlarni o'qiy olmaslik

7.      Maktabdagi korruptsiya va adolatsizlik, bu olingan ta'lim darajasi va sifatini pasaytiradi va o'z ustida ishlash va harakat qilish istagini yo'q qiladi.

8.      Maktabdagi ba'zi mavzularni chuqur anglay olmaslik, bu o'quvchilarni repetitorlar yoki xususiy o'quv markazlari xizmatiga murojaat qilishga majbur qiladi

9.      Sinflarda o’quvchilarni haddan tashqari ko'pligi va isitilmaydigan sinfxonalar, qisman jihozlarning yetishmasligi yoki eskirgan uskunalar

10.  Asosiy infratuzilmaning yo'qligi (masalan, yomg'irdan keyin asfaltlangan yo'llar yo'qligi sababli, maktabga loyni bosib borish qiyinchiligi).

 

U-REPORTYORLAR FIKRI:

 "Birinchidan, 1-dars (soat 8:00) boshlanadi, ikkinchidan, maktab formasi, uchinchidan, ma'lumot qiziqarli tarzda taqdim etilmaydi, to'rtinchidan, bizga kerak bo'lmagan narsalarni bilib o’rganamiz.

 Maktabga kirishdagi mudirlar forma sababi urushishlari. Forma bizning bilimlarimizga hech qanday ta'sir qilmaydi va men ushbu formaga rioya qilmaslik o'quvchilarni uylarida kiyimlarini almashtirish uchun uyga haydash uchun sabab deb o'ylamayman.

 “Maktab bir bosh og'riq maskaniga aylanib qolgan. O'qituvchilar esa shunchaki vaqt o'tishi va oylik olishi uchun ishlayapti chunki bolalar o'qishni xohlashmaydi bolalarni o'qitishga harakat qilsangiz ota-onalar yugurib kelishadi bolamga qattiq gapirma urushma urma deb”.

 O'quvchilar o'zini yomon tutadi, men kabi o'qishni istagan o’quvchilar va o'qituvchilarga dars berishiga to'sqinlik qiladi. Maktabga qarshi mening hech qanday qarshiligim yo'q, faqat o’z sinfdoshlariga o’qishga to’sqinlik qilayotgan va ularni masqara qiladigan o’quvchilarga e’tirozim bor…”

 “Chunki maktabni foydasi yoq, pora kuchaуgan o'qituvchilar bilan o'quvchillar o'rtasida, mening oqishga qiziqishim qolmagan, chunki oltin oladiganlar tanish-bilish qilib olayotganidan”.

 “O’qish kerak bo’gan fanlar soni juda ham ko'p! Men ularning aksariyati muhimligini tushunaman, ba'zilarga ular yoqadi, ba'zilariga esa yoqmaydi, lekin mening shaxsiy subyektiv fikrim bo’yicha, kerak emas yoki yuzaki ko'rib chiqilgan bir nechta fanlar bor...”

 11-sinfda keraksiz fanlar juda ko'p, ular nafaqat tanlagan kasbim uchun umuman kerak emas, balki ular umuman hech kimga kerak emas. Masalan: milliy istiqlol g'oyasi, din tarixi, OGP, astronomiya. Ushbu fanlarning barchasini birlashtirish va "Jamiyatshunoslik" deb nomlash kerak.

 “Menimcha, hech bo’lmasa 9-sinfdan keyin gumanitar va texnik yo'nalishdagi sinflarga bo'linish kerak. Ortiqcha fanlarni olib tashlash kerak. O'qituvchilarni qog'ozbozlik bilan yuklash kerak emas, chunki ular o'zlarining fanlarini tushuntirishga va o'tkazishga vaqtlari bo'lmayapti. Ular bolalar bilan band bo’lishlari kerak, qog'ozlar bilan emas. Va shunchaki qo’g’ozda bo’lishi uchun emas, masalan suratga olib va yuborish... ko'rsatish uchun emas. "

 Maktabda ular siz biron bir universitetga kirishingiz mumkin bo'lgan bilimlarni bermaydilar, kerakli bilimlarni olish uchun repetitorlarga murojaat qilish kerak.

 

So'rovda ishtirok etgan o'quvchilarning aksariyati o'qishni tugatgandan so'ng (79%) OTMga kirishni rejalashtirmoqda. Qizlar (86%) o'g'il bolalarga qaraganda (75%) ko’proq OTMga borishni xohlaydi. Shu bilan birga, maktabdan keyin o'z biznesini ochishni rejalashtirayotganlar orasida o'g'il bolalar ko'proq (12%), qizlarning atigi 4% o'z biznesini ochmoqchi.

Respondentlarning 4%i maktabdan so'ng ishlashni boshlashni rejalashtirishmoqda.

 

Biz U-Reportyorlardan ular/o'quvchilar uchun maktab dasturini qanday qilib qiziqarli qilish kerakligini aytib berishlarini so'radik va quyidagi takliflarni oldik:

1.      O'quvchilarga fanlarni o'zlari tanlashlari uchun huquqini berish, o'rta maktab o'quvchilariga yo'nalish va ixtisoslikni tanlash huquqini berish. Keraksiz fanlarni qisqartirish va OTMlarga kirish uchun zarur bo'lgan aniq mavzularni o'rgatish

2.      Maktab formasini bekor qilish

3.      Ikkinchi smenani bekor qilish, maktab kunini kechroq boshlash, bitta darsning soatini kamaytirish

4.      Ertalab madhiyaning majburiy ijro etilishini bekor qilish

5.      Bitta sinfda o'quvchilar sonini kamaytirish

6.      Darslarni zerikarli va monoton emas, balki qiziqarli va zavqli qilish uchun darslarda o'yinlar va enerjayzerlardan foydalanish

7.      O'qituvchilarning o’quvchilarni qiziqtirishi va ularni rag'batlantirishi uchun va o'qitishning qattiq va zo'ravon usullariga murojaat qilmasligi uchun doimiy ravishda ularning malakasini oshirish, ular o’quvchilarni "yaxshi" va "yomon"ga bo'lmasligi

8.      Maktabning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va zamonaviy/innovatsion /interaktiv  o'qitish usullari va texnologiyalaridan foydalanish, sinflarni Wi-Fi simsiz Internet bilan jihozlash: multimedia markazlari va kompyuter sinflari, onlayn kurslar, proyektor, televizor va slaydlardan keng foydalanish

9.      Turli to'garaklarni ochish, til kurslari va o'quv-ko'ngilochar tadbirlarni (krossvordlar, viktorinalar, tanlovlar va musobaqalar) tashkil etish, nazariy emas balki amaliy (fizika, kimyo, matematikadan) darslar, master-klasslar va ishbilarmonlar va tadbirkorlar bilan suhbatlar, tabiatdagai ochiq darslar, video darslar (YouTubedan), maktab tashqarisidagi sayohatlar (muzeylar, teatrlar, ko'rgazmalar, fabrikalar, kompaniyalar), mehmonlar bilan ochiq darslar (taniqli odamlar, hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishgan odamlar va boshqalar) o’quvchilarning qiziqishlari bo’yicha

10.  Maktabdagi bilimlar darajasi va sport yutuqlari bo'yicha reytinglarni tuzish va alohida ajralib turadigan sinflarni mukofotlash, nafaqat "tayoq"dan, balki "sabzi"dan ham foydalanish

11.  O'quvchilarga dars paytida mobil telefonlardan foydalanishga yo'l qo'ymaslik

12.  Ota-onalarning o'qituvchilarga ta'sirini va bosimini cheklash va ularga ta'lim berish erkinligini ta'minlash, o'qituvchilar har bir o'quvchiga individual yondoshishi uchun maktablarda qog’ozbozlikni va byurokratiyani kamaytirish

13.  Moddiy yordam va motivatsiya (alohida talabalar uchun stipendiya, bepul ovqat, talabalar va ularning ota-onalari uchun mablag yig'ishni kamaytirish)

14.  O'rta maktab katta sinf o'quvchilarini o'zlari tanlagan sohalar bo'yicha maktabga kirish uchun tayyorlashni boshlash (masalan, Davlat test markazidan olingan namunaviy testlarni yechish orqali) va maktab davomida turli OTMlarga hujjat topshirishga imkon berish

15.  Yangi fanlarni maktab dasturiga kiritish ya’ni innovatsiya darsi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet va robototexnika darslari, psixologiya, deduksiya nazariyasi, dasturlash va video tahrirlash, darslik va qo'llanmalarni yangilash.

 

U-REPORTYORLAR FIKRI:

 “O'qish olti kunlik bo'lishi kerak deb hisoblayman. Men hamma erkin kiyimda maktabga borishini xohlayman, shortilarda yoki biron-bir noqulay kiyimlarda emas, balki o’quvhci afzal ko'rgan erkin, chiroyli va qulay kiyimlarda. Shuningdek, men baholashni bekor qilishni xohlayman, bu utopiyaga o'xshaydi, lekin siz qanday usullarni joriy etishni, bilimlarni baholashning boshqa bir shaklini qidirib ko’rish mumkin...”

 “Menimcha, maktab o'quv dasturini bir necha yo’nalishlarga bo'lish mumkin: iqtisodiy, texnik, gumanitar, tibbiy, huquqiy. Shunday qilib, talabalar fanlar o'rtasida aniq bir chegarani o'rnatadilar va kelajakda ularga sevimli kasblari tanlangan yo'nalishga asoslangan kasbni tanlashni osonlashtiradi.

 “10-11-sinfni ochmaslik kerak edi hamma uz yunalishi  buyicha uqisa uzlashtirish yaxshi buladi. Hozir 20ga yaqin fandan dars beriladi ularni uzlashtirishga esa vaqt yetmaydi. Ham repititor, ham darsliklar ulgurish qiyin. Institutlarga esa 5ta fandan tayyorlanamizmi yoki maktab darsligini uqiymiz mi??????????”.

 “Mening fikrimcha, Sifatli bilim berish kerak va o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun ko'plab qiziqarli videolar, darslikdan tashqari ma'lumotlar berish va ularni ko'proq rag'batlantirish kerak”.

 "Eng muhimi – bu malakali o'qituvchilar, faqat qog’oz uchun ishlagandan ko’ra ular o’quvchilarning o’qish jarayoniga aslida qiziqish bildirishlari kerak".

 Buni loyiha deb olsak masalan o‘quvchilarni qiziqtirish uchun oltin galstuk berilsa maktabning eng faol o‘quvchisiga qolgan o‘quvchilar ham qiziqarmidi.(oltin galstuk nomli sariq yaltiroq galstuk).

 “Odamlar faqat to'lanadigan narsani qadrlashadi. shuning uchun bizni qiziqtiradigan biron bir variant yo'q deb o'ylayman. Garchi, agar o'qituvchilar darsni yanada qiziqarliroq o'tkazsalar va shunchaki konspektlarni aytib bermasa bu allaqachon qandaydir o’zgarish bo’lar edi. 9-sinfdan oldin maktabga borish juda qiziq edi: do'stlar, har xil hikoyalar, ammo bundan keyin endi bu kerak emas, chunki hamma OTMga kirishga tayyorgarchilik ko’ryapti".

 “Birinchidan, o'qituvchilarning o'zlari o'z fanlarini o'qitishga qiziqishlari kerak, chunki ular juda kam maosh olishlari va o'qitish uchun yaroqsiz sharoitlarga ega bo'lishlari mumkin emas, ya'ni mamlakatimizdagi aksariyat maktablar yomon ahvolda, asosan ota-onalar ta'mirlash va maktab ehtiyojlari uchun pul to'laydilar.

  

 

U-Reportyorlar O'zbekistondagi maktab ta'lim tizimining uchta kuchli tomonlarini aniqladilar (quyidagi javob variantlari boshqalarga qaraganda ko'proq uchradi):

1.      Bilmayman/javob berish qiyin/mavjud maktab tizimining kuchli tomonlarini ayta olmayman.

2.      Hamma uchun bepul va majburiy maktab ta'limi.

3.      O'qituvchilarning tartib va intizomi, jiddiyligi, qattiqqo'l va talabchanligi.

 

 

 

 

u-Reportyorlar O'zbekistondagi maktab tizimidagi uchta asosiy muammoni aniqladilar (quyidagi javob variantlari boshqalarga qaraganda ko'proq uchradi):

1.      O'qituvchilarning yetishmasligi va ularning malakasini pastligi.

2.      Maktablarning moddiy-texnik bazasi va zamonaviy jihozlanishi yetarli darajada emasligi, inventarlar va o'quv materiallarining kamligi (isitish, issiq suv, laboratoriya va kompyuter xonalari, sport zali va boshqa muammolar).

3.      Korruptsiya, byurokratiya, o'qituvchilarga yuklatilgan ortqicha qog’ozbozlik va ularning sifatli ta'lim berish uchun motivatsiyasi sustligi.

 

 

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 8790 respondentlarning fikri.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo