Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Maktablarda Kuzatuv kengashlari qanday ishlamoqda?

U-Report O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi (XTV) bilan hamkorlikda maktablarda Kuzatuv kengashlari faoliyati haqida yoshlar qanchalik xabardor ekanliklarini aniqlash va shuningdek maktablardagi Kuzatuv kengashlari faoliyati samaradorligi to'g'risida yoshlarning fikrlarini bilib olish maqsadida so'rov o'tkazdi. So'rov natijalari XTV uchun Kuzatuv kengashlari faoliyatini takomillashtirish uchun ma’lumot sifatida kerak bo'ladi.

 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi Kuzatuv kengashlari (KK) Prezident farmoni bilan joriy qilindi va 2019 yil boshidan o’z faoliyatini boshladi. Bunday kengashlarning vazifalariga maktab direktorini saylash, maktabning moliyaviy rejalarini tasdiqlash, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar monitoringi, o'quvchilar va ularning ota-onalarining murojaatlarini ko'rib chiqish, shuningdek boshqa masalalar kiradi. Kuzatuv kengashlari a'zolari 3 yilga saylanadi, ular kamida 7 kishidan iborat bo'lishi kerak: 2 ta ota-ona, 2 ta bitiruvchi, 1 nafaqadagi o'qituvchi, shuningdek kamida 2 ta homiy.

 

So‘rovda respublika bo‘ylab 5841 respondent qatnashdi. Respondentlarning 18% maktab o‘quvchilari. Maktabni tamomlagan respondentlarning yarmidan ko'pi (51%) maktablardagi kuzatuv kengashlari to'g'risidagi so'rovda ishtirok etish ular uchun qiziq ekanligini bildirishdi. Respondentlarning 13% maktabda ishlayotganlari sababli U-Report so'roviga qiziqish bildirishgan. Qolgan 18% respondentlar ushbu mavzuga qiziqish bildirishmadi.

 

KUZATUV KENGASHLARI HAQIDA SO’ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:

1.      Respondentlarning 61% maktablardagi Kuzatuv kengashlari to'g'risida hech narsa bilishmaydi: ulardan 43% maktablardagi kengashlar haqida birinchi marta eshitgan va 18% ularning faqat mavjudligi haqida eshitgan.

2.      Respondentlarning aksariyati (83%) o'zlarining takliflari bilan Kuzatuv kengashlariga murojaat qilishmagan, chunki KK mavjudligi haqida bilishmagan (45%) yoki bu ularga kerak emas deb o'ylashgan (31%), yoki ularni qanday topish kerakligini bilishmagan (7%).

3.      So'rovda ishtirok etganlarning ko'pchilikka (82%), jinsi va yoshidan qat'iy nazar, o'zlarining maktablarida Kuzatuv kengashlari aslida qanday ishlashi va ularning tarkibiga kim kirishini bilish qiziq.

4.      Maktablarning Kuzatuv Kengashlarida, U-Reportyorlar quyidagilarni a’zo sifatida ko’rishni xohlashadi:

- Xalq ta'limi vazirligi xodimlari (16%),

- maktab o'quvchilarining o'zlari (15%),

- OAV vakillari (15%) va

- hozirgi maktab o'qituvchilari (12%).

5. Maktab yoshidagi (13-18 yosh) so'rov ishtirokchilarining 31%i maktab o'quvchilari ham Kuzatuv kengashiga kiritilishi kerak deb hisoblashadi.

6. U-Reportyorlarning yarmidan ko'pi (63%) Kuzatuv kengashiga o'zlari a'zo bo'lishni xohlashadi.

 

Respondentlarning 61% maktablardagi Kuzatuv kengashlari haqida hech narsa bilishmaydi: ularning 43% birinchi marta KK haqida eshitayotganini va 18% ularning faqat mavjudligi to'g'risida eshitishganligini bildirishdi. Respondentlarning 1/5 qismi ular to'g'risida juda kam ma'lumotga ega va U-Reportyorlarning atigi 17% ularning faoliyati haqida yaxshi xabardor ekanliklarini bildirishgan.

 

Shunisi qiziqki, 19-24 yoshdagi respondentlarning 61% boshqa yosh guruhlariga nisbatan Kuzatuv kengashlari to'g'risida eng kam bilishadi va bu haqda birinchi marta U-Report so'rovi orqali eshitishgan. Masalan, 31 yoshdan katta respondentlarning atigi 37% bu haqda birinchi marta eshitayotganini va ular (31%) barcha yosh guruhlariga qaraganda KK faoliyati haqida ko'proq bilishadi.



Shunga o'xshash tendensiya respondentlarning/yoki tanishlarining maktablarida Kuzatuv kengashlari mavjudligi haqidagi savolida ham kuzatilmoqda. Agar respondentlarning yarmidan ko'pi (53%) ushbu mavzu bo'yicha ma'lumotga ega bo'lmasa, 14% ularda KKlar faoliyat yuritmaydi deb javob berishdi. Respondentlarning atigi 15% Kuzatuv kengashlari mavjud ekanligi va ular yaxshi ishlayotganligi haqida aytishdi, 18% esa ular faqat qog'ozda ekanligini bildirishdi.

 

Shu bilan birga, katta yoshdagi (31 yoshdan katta) so'rov qatnashchilarining 28% bunday kengashlar borligini, ammo faqat qog'ozda ekanligi va 13% ularning mavjudligini va yaxshi faoliyat ko'rsatayotganligini ta'kidladilar. 13-18 yoshdagi maktab yoshidagi bolalarning atigi 11% KKlar  faqat qog'ozda ekanligini, 14% esa yaxshi ishlashini bildirishgan.

 

Aniqlanishiva Kuzatuv kengashlari faoliyati to'g'risida eng umidsiz odamlar bu 19-24 yoshdagi yoshlar – ularning atigi 8% KKlar yaxshi ishlaydi deb ishonishadi.

 


Respondentlarning aksariyati (83%) o'zlarining takliflari bilan Kuzatuv kengashlariga murojaat qilmagan, chunki ular bor ekanligini bilishmagan (45%) yoki bu kerak emas deb o'ylashgan (31%), yoki ularni qanday topish kerakligini bilishmagan (7%). ) O'rtacha, barcha respondentlarning 11%i Kuzatuv kengashlariga murojaat qilish befoyda deb hisoblashadi.

Respondentlarning 3% Kuzatuv kengashlariga murojaat qilib salbiy tajribaga ega ekanligi haqida aytishdi (ular Kuzatuv kengashlardian javob olishmagan) va 4% KKga bo’lgan murojaatiga javob olganligi haqida aytishgan.

 

Maktab yoshidagi (13-18 yosh) respondentlarning yarmidan ko'pi (53%) o'zlarining takliflari bilan Kuzatuv kengashiga murojaat qilmaganlar: 22% bunga ehtiyoj sezmaganligi sababli buni qilmagan va 11% bu yordam bermaydi deb o'ylaydi.

 

Lekin so'rovda qatnashganlarning ko'pchiligi (82%), jinsi va yoshidan qat'iy nazar, Kuzatuv kengashlari o'z maktablarida qanday faoliyat yuritishlarini va ularning a’zolari kimligini bilishni istaydilar.

 


Maktablarning Kuzatuv Kengashlarida, U-Reportyorlar quyidagi a’zolarni kiritish kerak deb o’ylashadi:

- Xalq ta'limi vazirligi xodimlari (16%),

- maktab o'quvchilarining o'zlari (15%),

- OAV vakillari (15%) va

- hozirgi maktab o'qituvchilari (12%).

Respondentlarning atigi 12% Kuzatuv kengashida hozirda a’zo bo’lgan odamlar yetarli deb hisoblashadi.

 

Maktab yoshidagi (13-18 yosh) so'rov ishtirokchilari orasida KKlar tarkibi to'g'risida so'ralganda qiziqarli natija olindi - ularning 31%i maktab o'quvchilari ham Kuzatuv kengashiga kiritilishi kerak deb hisoblashadi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, 19 va undan katta yoshdagi respondentlarning 22% ommaviy axborot vositalari vakillari Kuzatuv kengashlarida muhim rol o'ynashi va ularda vakillik qilishlari kerak, deb hisoblashadi. Shu bilan birga, erkaklar bu masalada ommaviy axborot vositalarining kuchiga ko’proq ishonadilar: erkak respondentlarining 19% ommaviy axborot vositalarini Kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritishni taklif qilmoqdalar, ayollar orasida bu ko'rsatkich atigi 9%ni tashkil etdi.



U-Reportyorlarning yarmidan ko'pi (63%) Kuzatuv kengashiga a'zo bo'lishni xohlashadi, 21% esa buni xohlamaydilar. 16% bu savolga javob berishda qiynaldi.

Shu bilan birga, 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar (o'rtacha 66%) KKlarga a'zo bo'lishni istaydilar. Respondentlarning yoshi kattalashgan sari (31 yoshdan yuqori) KKga a’zo bo’lishni xohlaydiganlar soni kamayadi (53%).

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 5,800 dan ortiq respondentlarning fikrlarini aks etadi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo