Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlar O’zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida nimalarni biladi?

U-Report, BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda yoshlarning global va milliy Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) haqida xabardorlik darajasini o'rganish va O'zbekistonda BRMni amalga oshirish istiqbollari to'g'risida yoshlarning fikrini bilish uchun so'rov o'tkazdi. O'zbekistonda 16 milliy BRM qabul qilingan (“Dengiz ekotizimini asrash” maqsadi bizda dengiz yo’qligi uchun qabul qilinmagan).

So'rov natijalari kelgusi yillarda BMTning Ozbekistondagi faoliyatini, shu jumladan aloqaviy va dasturiy tadbirlarini rejalashtirishda foydalaniladi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) 2015 yil sentyabr oyida BMT sammitida 193 mamlakat tomonidan qabul qilingan. Bular butun dunyo uchun 17 ta maqsad bo'lib, 2030 yilga qadar ularga erishish kutilmoqda.

So'rovda mamlakat bo'ylab 5524 respondent qatnashdi.


BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI HAQIDA SO’ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:

1.       Respondentlarning yarmidan ko'pi (57%) BRM haqida U-Report so'rovi mobaynidabirinchi marta eshitishgan.

2.       4-sonli maqsad "Sifatli ta’lim barchaga va butun umri davomida" respondentlar va ularning oila a’zolari uchun eng yaqin maqsaddir ishtirokchilarning 13%dan ko'prog'i aynan ushbu BRMni tanlashgan. Ikkinchi o'rinda 3-sonli maqsad "Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farovonlik".

3.       "Gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish" 7.8% ayollar uchun eng yaqin BRMdan biri bo’lsa, erkaklarning atigi 2,2% bu variantni tanlashgan.

4.       U-Reportyorlarning fikriga ko'ra, O'zbekiston eng katta yutuqlarga erishgan BRMlar: kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish (10,4%), sifatli ta'limni barchaga va butun umri davomida ta'minlash (10%), sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farovonlik (9,5%).

5.       Respondentlarning 34% aynan Hukumat O'zbekistonda BRMni erishishda eng muhim rol o'ynaydi deb hisoblaydi. Bundan tashqari, bu jarayonda fuqarolik jamiyati va yoshlarning o'zlari muhim rol o'ynaydi deb hisoblashadi 18% va 14% mos ravishda.

6.       Shu bilan birga, agar 15-19 yoshdagilar BRMga erishish uchun Hukumatga unchalik ahamiyat bermasa (26%), 31-34 yoshdagi respondentlarning 50%i Hukumat mamlakatda BRMaqsadlariga erishishda muhim rol o'ynashi kerak deb hisoblaydi.

 

Respondentlarning yarmidan ko'pi (57%) BRM haqida U-Report so'rovi mobaynida “birinchi marta eshitishgan. Shu bilan birga, 14% BRM haqida faqatgina eshitgan va 13% ular haqida yuzaki ma'lumotga ega.

Biz U-Reportyorlardan hozirgi vaqtda ular va oila a’zolari uchun eng yaqin bo'lgan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan 16 BRMlar ro'yxatidan oltita milliy rivojlanish maqsadlarini tanlashlarini so'radik. Faqat 2,5% BRMlarning hech biri ularga yaqin emasligini aytdi, 7,7% esa javob berishda qiynaldi.

 

4-sonli maqsad "Sifatli ta’lim barchaga va butun umri davomida" respondentlar va ularning oilalari uchun eng yaqin maqsaddir – ishtirokchilarning 13%dan ko'prog'i aynan ushbu BRMni tanlagan. Ikkinchi o'rinda (10.3%) – 3-sonli maqsad "Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farovonlik", uchinchi o'rinda 8-sonli maqsad (10%)  "Iqtisodiy rivojlanish va munosib ish o’rinlarini yaratish".

Ayol respondentlar (10,8%) erkaklarga (10%) nisbatan Yaxshi sog'liq va farovonlikka (10,8%) ko'proq e'tibor berishsa; erkaklar (10,3%) ayollar bilan solishtirganda (8,4%) «Kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish» maqsadiga ko'proq ahamiyat berishadi. Ushbu maqsad 25-30 yoshdagi respondentlar orasida eng ommabop (11,4%).

So'rovning qiziqarli natijasidan biri 5-sonli maqsadga "Gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish" taalluqli. Garchi ayollarning 7,8%da bu eng yaqin BRMlardan biri bo'lsa-da, erkaklarning atigi 2,2% bu maqsadni tanlagan. 25-30 yoshdagi respondentlarga (2,7%) qaraganda 14-24 yoshdagi yoshlar guruhi (4,9%) gender tenglikni ikki baravar ko'proq o'zlariga yaqin BRM deb hisoblashadi.

Har ikkala jins va barcha yosh toifalaridagi U-Reportyorlarning fikrlariga ko'ra iqlim o'zgarishiga qarshi kurash (3,3%), oqilona iste’mol va ishlab chiqarish (2,9%), shuningdek quruqlikdagi ekotizimlarni himoyalash va tiklash (2,3%) o’zlari va oilalariga eng yaqin bo’lmagan BRMlardan biri.



Respondentlarning umumiy sonining 54%i bugungi kunda, ularning fikriga ko'ra, O'zbekiston eng katta yutuqlarga erishayotgan BRMlarni ko'rsatdi. 21% "Hech birisida" variantini tanlagan va respondentlarning 25% esa javob berishda qiynalgan.

Biz ulardan barcha BRMlardan maksimum oltitasini tanlashlarini so'radik, lekin ba'zida respondentlar oltidan oshiq maqsadlarni ko'rsatdilar yoki "Yuqoridagi barcha maqsadlar" deb yozdilar.

 

U-Reportyorlar O'zbekiston ko’proq yutuqlarga erishgan 6 milliy BRMni tanladilar:

1)      kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish (10,4%),

2)      barchaga va butun umri davomida sifatli ta'limni ta'minlash (10%),

3)      sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farovonlik (9,5%),

4)      oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va qishloq xo’jaligini rivojlantirish (8.1%),

5)      gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish (8.1%),

6)      shuningdek iqtisodiy rivojlanish va munosib ish o’rinlarini yaratish (7.9%).

Jinslar va yosh guruhlari orasida jiddiy tafovutlar kuzatilmayapti, faqat ayollar (9,3%) erkaklarga nisbatan (7,2%) ko’proq O'zbekistonda gender tengligini ta'minlash borasida yaxshilanishlar bor deb hisoblashini inobatga olmasa.

So'rov qatnashchilari fikriga ko'ra, O'zbekistonda suvdan oqilona foydalanish va sanitariya (4,2%); ochiq, xavfsiz va ekologik toza shahar va qishloqlar (4,1%); oqilona iste’mol va ishlab chiqarish (3,1%); tengsizlikni barcha ko’rinishda qisqartirish (2,5%); iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish (2,4%), shuningdek quruqlikdagi ekotizimlarni himoyalash va tiklash (2,4%) kabi BRMlarni amalga oshirish bo'yicha eng kichik yutuqlarga erishilgan.



So'rovda qatnashganlarning umumiy sonining 71% kelgusi besh yil ichida O'zbekiston eng kop e'tibor qaratishi zarur bo’lgan maqsadlarni ko’rsatishdi. 21% bu savolga javob berishda qiynaldi. Biz ulardan maksimal oltita BRMni tanlashlarini so'radik, ammo ko'p sonli maqsadlarni ko'rsatgan respondentlar ham bor edi va ba'zilari umuman "Yuqoridagi barcha maqsadlar" javob varinatnini tanlashdi.

 

U-Reportyorlarning fikriga ko'ra, kelgusi besh yil ichida O'zbekiston quyidagi maqsadlarga e'tibor qaratishi kerak:

1)      sifatli ta'lim,

2)      kam ta’minlanganlikni kamaytirish,

3)      iqtisodiy o'sish va ish bilan ta’minlash,

4)      sog'lom turmush tarzi va farovonlik,

5)      arzon energiya manbalaridan foydalanish,

6)      ovqatlanishni yaxshilash va qishloq xo'jaligini rivojlantirish.

Agar ayollarning 6% O'zbekiston gender tenglikka ko'proq e'tibor berishini istasa, erkaklarning atigi 2% buni zarur deb biladi. Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash 12-o'rinda.

 


Respondentlarning 34% aynan Hukumat O'zbekistonda BRMni erishishda eng muhim rol o'ynaydi deb hisoblaydi. Bundan tashqari, bu jarayonda fuqarolik jamiyati va yoshlarning o'zlari muhim rol o'ynaydi deb hisoblashadi – respondentlarning 18% va 14%i, mos ravishda. 13% respondentlarning fikriga ko'ra, ommaviy axborot vositalari BRMni amalga oshirishdagi o’rni juda muhimdir.

Gender toifa o'rtasida javoblar taqsimlanishida jiddiy farq yo'q; faqat BRMlarni amalga oshirishda xususiy sektorning javobgarligi masalasida erkaklar ko'proq e'tibor berish kerakligini bildirgan - 3% erkaklar 1% ayollarga nisbatan. Shu bilan birga, erkaklarga (13%) qaraganda ko'proq ayollar (17%), barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning o'zlari muhim rol o'ynashi kerak deb hisoblashadi.

 

Respondentlarning yosh toifalari o'rtasida esa sezilarli farq mavjud. Masalan, agar 15-19 yoshdagi yoshlar BRMga erishish jarayonida Hukumatga unchalik ahamiyat bermasa (26%), 31-34 yoshdagi respondentlarning 50% Hukumat mamlakatda BRMga erishishda muhim rol o'ynashi kerak deb hisoblaydi.

30 yoshdan katta yoshdagilarning atigi 3% yoshlar BRMga erishishda javobgar deb hisoblashadi, va xususiy sektor (0%) bu masalada hech qanday rol o'ynamaydi degan fikrldalar. Bir vaqtning o’zida, 15-19 yoshdagi 26% respondentlar aynan yoshlar BRMlarga erishish uchun javobgar deb hisoblashadi va 3% bu masalada xususiy sektor ham rol o'ynashiga ishonishadi.

U-Reportyorlarning fikriga ko'ra, O'zbekistonda SDGga erishish uchun xususiy sektor (2%) va tadqiqot tashkilotlari (1%) unchalik ahamiyatli emas. Respondentlarning 6% BMT agentliklarining O'zbekistonda muhim rol o'ynashini ta'kidlamoqdalar; va boshqalardan ko'proq 15-19 yoshdagi yoshlar (8%) shunday deb o'ylashadi.

 

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 5524 respondentlarning fikri.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo