Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
O’qituvchilik kasbi

 Yoshlarning oqituvchilik kasbiga munosabati qanday? Ularning ozlari oqituvchi bo’lishni xohlaydilarmi? Ushbu sohada ular nimani yaxshilashni istaydilar va ushbu kasb jamiyatimizda obro-e'tibor qozonishi uchun va oqituvchilarning mavqeini oshirish uchun nima qilish kerak? Bu savollarga javob berish uchun U-Report Xalq ta'limi vazirligi (XTV) bilan birgalikda sorov otkazdi.

 Mamlakatda oqituvchilarning mavqeini kotarish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilmoqda: ish haqi oshmoqda, hisobot hujjatlari bilan ishlash hajmi kamaytirildi, ta'lim tizimiga yaxshi kadrlarni jalb qilish boyicha ishlar olib borilmoqda, oqituvchining mamlakat kelajagi uchun ahamiyati va roli yuqori tribunalardan aytilmoqda.

 Olingan ma'lumotlar mamlakatimizdagi oqituvchilarning mavqeini yaxshilash boyicha keyingi strategiyani ishlab chiqish uchun zarurdir. 2018 yil sentyabr oyida XTV bilan shunga oxshash sorov otkazilgan edi bir yil otgach, yoshlarning fikri dinamikasi qanday o’zgarganligini ham tahlil qilish imkoni bor (otgan yili otkazilgan sorovda 1100 dan ortiq respondentlar ishtirok etgan, batafsil: https://uzbekistan.ureport.in/poll/791/).

 So’rovnomada butun mamlakat bo’ylab 4500 respondentlar ishtirok etdi.

 

O’QITUVCHILIK KASBI MASALALARI HAQIDA SO’ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:

1. Umuman olganda, respondentlarning 59% oqituvchi bolishni xohlashlarini aytishgan. 8% respondentlar bu kasbni mehnat zoe ketadigan kasb deb hisoblashadi.

2. 15-19 yoshdagi respondentlarning 42% uchun oqituvchi kasbi jozibali kasb emas ular Men boshqa kasbga qiziqaman" variantini tanladilar.

3. Respondentlar oqituvchilik kasbiga qiziqishlarining sabablarini quyidagicha izohladi: 34% respondentlar bolalar bilan ishlashni yaxshi korishadi; 16% oqituvchilarni yaxshi ko’rishadi / hurmat qilishadi; respondentlarning 11% uchun bu oilaviy an'anadir.

4. Erkaklar o’qituvchilikning jozibadorligini quyidagicha tushuntirishdi – oqituvchilarning ish haqi (15%) va ularning jamiyatdagi mavqei oshirilganligi (11%), qizlar uchun bu unchalik katta ahamiyatga ega bolmagan omil (har biri 4%).

5. Sorovda ishtirok etganlarning 48% fanni bilishi va yaxshi tushuntirish qobiliyati oqituvchining eng muhim fazilatlari deb hisoblashadi.

6. So’rovda qatnashganlarning 51% oqituvchilarning mavqeini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish boyicha davlat tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijalarini his etganini bildirishdi. 20-24 yoshdagilarning 55% boshqa barcha yosh guruhlariga qaraganda ushbu sohada ijobiy ozgarishlarni ko’proq sezganini aytdilar.

7. 45% respondentlar jamiyatda oqituvchilarga bolgan munosabatni "ortacha" deb baholadilar, 38%i esa yaxshi va alo deb baholashdi (28% va 10% mos ravishda).

8. Oqituvchi maqomiga eng yuqori bahoni (yaxshi va a'lo) 15-19 yoshdagi respondentlar berdi – bus hu yosh guruhining 45%i.

9. Respondentlarning 36%i oqituvchining jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash uchun ularning ishida qog’ozbozlikni kamaytirish kerak deb hisoblashadi; 25% - oqituvchilar ortasidagi raqobatni kuchaytirish va 16% ish haqini oshirish oqituvchilarning maqomini oshirishga yordam beradi deb hisoblashadi.


Umuman olganda, respondentlarning 59% oqituvchi bolishni xohlashlarini aytishgan. Qizlar koproq davlat maktabida (22%) va OTMda (28%) oqituvchi kasbini tanlashga moyillar, yigitlarga nisbatan (20%dan mos ravishda).

8% respondentlar o’qituvchilikni "mehnat zoe ketadigan kasb" deb javob berishdi. Qizig'i shundaki, ushbu variant 14 yoshdan 31 yoshgacha bolgan yosh guruhida eng ommabop 18% respondentlar shunday javob berishgan.

15-19 yoshdagi respondentlarning 42%i uchun oqituvchi kasbi jozibali kasb emas ular "Men boshqa kasbga qiziqaman" variantini tanladilar. Erkaklar oqituvchilikdan kora boshqa kasbga koproq qiziqishadi (31%), ayollardan (24%) farqli olaroq.


Biz oqituvchi bolishni xohlaymiz degan respondentlardan ular ushbu kasbni tanlashining sababi nimada deb soradik. Respondentlar oqituvchilik kasbiga qiziqishining sabablarini quyidagicha nomlashdi: 34% respondentlar bolalar bilan ishlashni yaxshi korishadi; 16% oqituvchilarni yaxshi ko’rishadi / hurmat qilishadi; respondentlarning 11% uchun bu oilaviy an'anadir.

Erkaklar o’qituvchilikning jozibadorligini quyidagicha tushuntirishdi – oqituvchilarning ish haqi (15%) va ularning jamiyatdagi mavqei oshirilganligi (11%), qizlar uchun bu unchalik katta ahamiyatga ega bolmagan omil (har biri 4%). Oqituvchilikka ayollar kasbi sifatida qaralishini 19% ayollarning ozlari aytib o’tishgan va bu ular uchun qiziqtiradigan omilidir.

Biz "Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 12%dan ularni oqituvchilik kasbiga nima jalb qilishini korsatishni soradik va quyidagi javoblarni oldik:

1.      Oqituvchi/muallim - bu yosh avlodning raqobatdoshligini ta'minlash uchun sharafli va muhim kasb, kelajakda esa aynan yoshlar davlat taraqqiyotini quradigan shahslar bo’ladi.

2.      Yig'ilgan muammolarni (shu jumladan korrupsiya, xodimlarning past malakasi va boshqalar) hal qilish va ta'lim tizimini ozgartirish istagi.

3.      Ingliz tili / filologiya / pedagogika kabi yo’nalishlarda tahsil olganligi uchun boshqa kasblarni ozlashtirishda qiyinchiliklar.

4.      Allaqachon oqituvchi / oqituvchi yoki ushbu yonalishda oqiyotganlar.

5.      Ta'lim berish, tushuntirish, orgatish va undan zavqlanishning oddiy istagi.

6.      Ish tajribasiga ega bolish uchun ozini ushbu kasbda sinab ko'rish yoki yaxshi karyera uchun boshlang'ich tajirba olish maqsadida.

 

O’QITUVCHILIK KASBI HAQIDA U-REPORTYORLAR FIKRI:

 Bolalarning ertangi qadami oqituvchilarning tarbiyasiga bog'liq.

Chunki hozirgi yosh avlod juda ham savodsiz. O’qituvchilarimiz esa malakasi va tajribasi past. Aniqrog'i ular 20-asr öqituvchilari. Bizga yangicha fikrlaydigan, kreativ va zamonaviy öqitish uslublarini biladigan öqituvchilar kerak. Shu sababdan o’qituvchi bo’lishni va savodsiz xalqimizni sifatli ilm olishiga o’z hissamni qöshishni hoxlardim, davlat taraqqiyoti asosan ta'limga bog‘liq shuning uchun ham aynan shu sohani tanlayman iloji boricha qo‘limdan kelganicha ta'limda korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy maqsadim».

“O’quvchini hurmat qilmaydigan, vijdonsiz va poraxor ayrim o’qituvchilarimga qanday o’qituvchi bo’lishni ko’rsatib qo’ymoqchiman. O’qituvchilik kasbiga kreativ yondashmoqchiman, o’quvchilarimga chin dildan yangi narsalarni o’rgatishni istayman.

“Men boshqalarga foydam tegishi uchun haftada ikki kun universitetda dars beraman. Kopgina universitet o’qituvchilari oz sohalarida malakaga ega emaslar. Ular oz mutaxassisliklarida tajribaga ega emaslar va talabalarga noto'g'ri ma'lumotlar berishda yoki umuman berishmaydi.

“Boshqa ishni tanlardim-u, boshqa ilojim yo‘q, anchadan beri ishlayman ammo qiyin kasb, boshqa sohada ishim yurishib ketsa bu kasbni tashlayman”.

“Aslida, men boshqa kasbga qiziqaman, ammo agar o’z kasbimda ishlash imkoniyati bo’lmasa, men xususiy o'qituvchilikni tanlagan bo’lardim, ya'ni fanlarda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bolalarga men yaxshi tushunadigan mavzularda yordam berish”.



Respondentlarning 48% fanni bilishi va yaxshi tushuntirish qobiliyati o’qituvchining eng muhim fazilatlari deb hisoblashadi (eng yuqori ko’rsatkich 14 yosh guruhida ko’rsatilgan - bu yoshdagi respondentlarning 60% bu fazilatni o’qituvchi uchun eng muhim fazilat deb hisoblashadi). O’quv jarayonida innovatsiyalardan foydalanish o’qituvchining ikkinchi muhim fazilati – 15% respondentlar aynan ushbu hislatlarni tanlashgan. 3-o’rinda – “sabr, bolalarni sevishi, mehribonlik”.

Ayollar sabr, bolalarni sevish va mehribonlik kabi fazilatlarga ko’proq (18%) e'tibor berishadi, erkaklar orasida atigi 10% bu variantni tanlagan. Erkaklar (7%) ayollarga (3%) tartib talablik va qattiqqo’llikni ko’proq qadrlashadi.

Javob varianti sifatida “Boshqa” variantini ko’rsatgan respondentlarning 11% uchun o’qituvchining eng muhim fazilatlari quyidagilar:

1.      Yuqoridagi barcha fazilatlar (ko’pchilik javoblar)

2.      Har bir o’quvchi va talabaga individual yondoshishi

3.      Barcha talabalarga bag'rikeng, adolatli va teng munosabatda bo’lishi

4.      Halollik, to’g’ri so’zlik

5.      Psixologiyani, bolalar va yoshlar bilan ishlashni bilishi

6.      O’z xatolarini tan olishi va o’qituvchini doim to’g'ri deb o’ylamaslik, doimiy ravishda o’zini takomillashtirishi va o’z ustida ishlashi

7.      Keng doirada bilimarga ega b’olishi va "mavzudan tashqari" savollarga javob berish qobiliyati

8.      Mavzuga qiziqishni uyg'ota bilishi va talabalarga motivatsiya bersih qobiliyati.



So’rovda qatnashganlarning 51%i o’qituvchilarning mavqeini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha davlat tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijalarini his etganini bildirishdi. Ayollar (53%) buni erkaklarga qaraganda (49%) koproq sezishgan. 20-24 yoshdagilarning 55% boshqa barcha yosh guruhlariga qaraganda ushbu sohada ijobiy o’zgarishlarni ko’proq sezganini aytdilar.

Umuman olganda, respondentlarning atigi 16% bu savolga salbiy javob berishdi. 14-19 yosh guruhidagi 31% respondentlar qandaydir ozgarishlarni sezmaganini aytishdi va bu boshqa yoshdagilar o’rtasida eng kam ko’rsatkichni tashkil qiladi.



45% respondentlar jamiyatda oqituvchilarga bolgan munosabatni "o'rtacha" deb baholaydilar.

38% uni yaxshi va a'lo deb baholashdi (28% va 10% mos ravishda). Oqituvchi maqomini eng yuqori baholaganlar (yaxshi va a'lo) 15-19 yoshdagi respondentlar bo’ldi (45%).

Garchi respondentlarning 16% jamiyatda oqituvchilarga bolgan munosabatni yomon yoki juda yomon deb baholagan bolsada, gender guruhlari boyicha bu nuqtai nazarni erkaklarning 20% qo’llab-quvvatlashadi, ayollarning faqat 12%i bu fikrdalar.


2018/2019

2018 va 2019 yillarda jamiyatdagi oqituvchining mavqeini baholash bo’yicha o’tkazilgan sorovlar natijalari bilan taqqoslasak: 2018 yilda respondentlarning 27%i jamiyatda oqituvchilarga bolgan munosabatini yomon yoki juda yomon deb baholagan bo’lsa, 2019 yilda bu korsatkich pasaygan va 16% tashkil etdi.



Respondentlarning 36%i oqituvchining jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash uchun qog’ozbozlikni kamaytirish kerak deb hisoblashadi; 25% - oqituvchilar ortasidagi raqobatni kuchaytirish va 16% ish haqini oshirish oqituvchilarning maqomini oshirishga yordam beradi deb hisoblashadi.

Bundan tashqari, ayollarning 42%i oqituvchilarning mavqeini mustahkamlash omili sifatida qog’ozbozlikni kamaytirish va 21%i oqituvchilar ortasidagi raqobatni kuchaytirish tarafdori bolsa, erkaklar orasida bu variantlar mos ravishda 32% va 28%ni tashkil qilgan.

"Boshqa" jabor variantini korsatgan U-Reportyorlarning 8%idan oqituvchilarning mavqeini yaxshilash boyicha oz takliflarini yozishini iltimos qildik va quyidagi javoblarni oldik:

1.      Yuqoridagi barcha yoki bir nechta javoblar.

2.      O’quvchilar va ota-onalarning bevosita ishtirokida baholash tizimini joriy etish orqali oqituvchilarning bilim darajasi va samaradorligini muntazam nazorat qilib borish. Oqituvchilarning malakasi va bilimlari darajasini har uch yilda nafaqat ish soatlariga, balki boshqa mezonlarga qarab tekshirish uchun sertifikatlash tizimini yoki imtihonni joriy etish.

3.      Oqituvchilar reytingini tuzish va alohida e'tiborga sazovor bo’lgan oqituvchilar uchun ularni yanada rag'batlantirish uchun mukofot va bonuslarni joriy etish. Oqituvchilar ortasida ham olimpiadaga o'xshagan musobaqalarni tashkil etish.

4.      Oqituvchilarni o’quvchilarga ortiqcha masuliyatdan (tarbiya vazifalari, ijtimoiy tarmoqlar va Internetda oquvchilar xatti-harakatlarini nazorat qilish), byurokratiya va ularning asosiy o'qituvchilik faoliyatiga aloqador bolmagan ishlardan ozod qilish.

5.      O’qituvchilarga ozlari ustida ishlash, izlanishlar olib borish, oqitishning yangi usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish uchun erkinlik, vaqt va imkoniyat berish.

6.      Nafaqat oqituvchilar, balki ta'lim sohasining boshqa vakillari maqomini yaxshilash.

7.      Oilada bolalar bilan oqituvchilarning ahamiyati tog'risida tushuntirish ishlarini olib borish, ota-onalarning oqituvchilarga bolgan talablarini cheklash, chunki ko’p narsa oqituvchilarga emas, balki ota-onalarning oziga ham bog'liq.

8.      Ta'lim sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida zarur bolgan qoshimcha xarajatlarini (imtiyozli ipoteka kreditlari, avtoulov kreditlari) ta’minlash, ularning moddiy ta'minotini kuchaytirish.

9.      Oqitish usullarini takomillashtirish uchun maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sinflar va oquv xonalarini innovatsion va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.

10.  Oqituvchi xodimlarni tayyorlash jarayonida maktablar va universitetlarda korrupsiyaga qarshi kurashish, maktablarda oqituvchilarning samaradorligi va sifatini belgilovchi oliy pedagogik ta'lim sifatini oshirish.

 

U-REPORTYORLAR TAKLIFLARI:

“Ehtimol, o’qituvchilar haqida bolalar va ularning ota-onalari uchun qandaydir ovoz berish tizimini yaratish kerakdir. Bonuslar va qo’shimcha ish haqqi yoki jarimalar bilan mos ravishda. O’qituvchilarni har xil mezonlar bo’yicha har tomonlama baholash kerak. Shu bilan birga, ma'lumotlarni tekshirish va yolg'on ma'lumot berganlarga nisbatan jazo choralarini qo'llash. O’qituvchi huquqiy jihatdan ham himoyalangan bo’lishi kerak...”

Yuqori bilimli o'qituvchilarning hamda yuksak natijalarga erishgan (o'quvchisi olimpiada va tanlovlarda g'olib bo'lgan, OTMga o'qishga kirgan) o'qituvchilarning ish haqisini sezilarli farq qiladigan darajada oshirish kerak. Ana shunda o'qituvchilarning o'zi ham ilm olishga yanada intiladi.

Ularga yetarlicha sharoit bor endi faqat talab qlish kerak. Yurtimizda o'qituvchilar ko'p lekin orasida fidoyilari juda kam ta'lim sohasida oqsash juda katta aybni faqat o'quvchilar u Internetdan emas o'qituvchilardan qidirish kerak.

Oylaymanki, oqituvchilarga bolgan hurmat oiladan kelib chiqishi kerak, oilada ta'lim olish muhimligini, oqituvchi esa hurmatga sazovor shaxs deb tushuntirishi kerak. Ammo ba'zi oqituvchilarning ozlari hurmatga loyiq emasligini ham e'tiborga olish kerak. Ular ochko'z, yovuz, faqat o'zlariga xizmat qiladigan va ochiqchasiga oz oquvchilarini hurmat qilmaydilar. Demak, barcha vositalarni qo’llash kerak albatta.

Ota onalar bilan muammolar ko’p bo’lyabdi. Ko’pchilik ota onalar farzandini o’qitivchilar urishsa darrov janjal kotarishyabdi. Bunday ulgaygan bolalar o’qitvchilarni bir tiyinga ham olishmayabdilar.”

“Biz universitetlardagi ta'limni tubdan ozgartirishimiz kerak. U yerda o’qishga kirish juda qiyin va ta’lim olish esa juda onson. Oliy ta'lim tizimi ota korrupsiyaga botgan, buni kechagi talabalar ham yaxshi tushunishadi. Shunday o'qituvchilar ham universitetlarni bitirishyapti. Biz oliy ta'lim tizimini tubdan ozgartirmagunimicha va tanish-bilishni tubdan yo'q qilgunimizcha hech narsa ozgarmaydi...

 


Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 4500 respondentlarning fikri.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo