Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
O’zbekistonda O’zbek tili masalalari

Shu yil oktabr oyida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga roppa-rosa 30 yil to’ldi. Yoshlar zamonaviy ozbek tili masalalariga qanday munosabat bildirmoqda? Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosiga o'zgartirish kiritilishiga ular qanday fikrdalar?

 

Yoshlarning bugungi kunda o’zbek tiliga oid ayrim masalalariga munosabatini bilish maqsadida U-Report Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda yoshlar o’rtasida sorovnoma otkazishdi. Sorov natijalari O‘zbekistonda ozbek tilini rivojlantirish boyicha keyingi dasturlarni ishlab chiqish uchun zarurdir.

Sorovnomada butun mamlakat bo’ylab 5700dan ortiq respondentlar ishtirok etdi.

 

O’ZBEK TILI MASALALARI HAQIDA SO’ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:

1.       Sorov natijalari shuni korsatadiki, erkaklar ayollarga qaraganda ozbek tili masalalariga konservativ yondashar ekan. Masalan, erkaklarning deyarli 50%i joylar nomlari va reklama ozbek tilida bolmaganligini salbiy qabul qilishsa, ayollar orasida bu korsatkich 31%ni tashkil etadi.

2.       Sorovda qatnashganlarning 68%i ular uchun o'zbek tili ona tili, 23% respondentlar uchun o’zbek tili davlat tili sifatida qabul qilinishini bildirdi.

3.       O’zbek tili "Men bilmaydigan til" varianti 14 yosh va undan kichik yoshdagilar guruhida yetakchilik qilyapti (6%), shuningdek, shu yosh guruhi bu "turkiy tillaridan biri" (4%) variantida ham yetakchilik qilmoqda.

4.       14-25 yoshdagi respondentlarning faqat 1/3 qismi ozbek tilini bilishini “a’lo” deb baholadi. Umumiy respondentlarning 41%i o’ziga “yaxshi bahosini bergan.

5.       Respondentlarning 36%i "Davlat tili tog’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tanish emasligini aytib o’tishdi (24%i ushbu qonun faqatgina mavjudligini bilishadi, 8 %i uni hech qachon o’qimagan va hokazo).

6.       Respondentlarning kopchiligi (74%) lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosiga ozgartirish kiritishga (ayrim harflarning yangi ko’rinishda kiritilishi) salbiy munosabat bildirishdi.

7.       Respondentlarning 1/3 qismi boshqa har qanday tilga davlat tili maqomini berish goyasini qollab-quvvatlamoqda, respondentlarning deyarli yarmi (47%) bu fikrga qarshi. 12% bunga neytral qarashadi.

Bu savolga ayollar erkinroq qarashadi – ayollarning 40%i O'zbekistonda ikkinchi davlat tilini joriy etishga "HA" degan bo’lishsa, erkaklarning 31%i bu g’oyaga rozi.

8.       Respondentlarning atigi 19%i O'zbekistonda ozbek tilini bilmasdan yashash va ishlash mumkin emas yoki qiyin deb hisoblashadi. U-Reportyorlarning 48%i, garchi bu qiyin bolsada, o’zbek tilini bilmasdan ham Ozbekistonda yashash va ishlash mumkin deb hisoblashar ekan.

 

Sorovda qatnashganlarning 68%i uchun ozbek tili "ona tili" deb belgilangan bo’lsa, 23% respondentlar bu tilni davlat tili bilan bog'lashdi. Shu bilan birga, ko’proq erkaklar (71%) ayollarga (62%) qaraganda ozbek tilini oz ona tili deb qabul qilishar ekan. 14-19 yoshdagilar barcha yosh guruhlariga qaraganda ozbek tilini davlat tili sifatida ko’rishini bildirgan (30%).

 3% respondentlar ozbek tili "Men bilmaydigan til" variantini tanladilar. Shu bilan birga, qizlar orasida bu korsatkich 6% ni tashkil qilsa, yigitlarning atigi 2% bu variantni tanlagan. O’zbek tili "Men bilmaydigan til" varianti 14 yosh va undan kichik yoshdagilar guruhida yetakchilik qilyapti (6%), shuningdek, shu yosh guruhi bu "turkiy tillaridan biri" (4%) variantida ham yetakchilik qilmoqda.

 

 

Respondentlarning 41%i ozbek tilini bilishini "Yaxshi", 34 %i "a'lo" deb baholagan. Erkaklar ayollarga nisbatan ozbek tilini bilishida o’ziga koproq ishonishadi – 43% "yaxshi" va 35% "a'lo" deb baholashgan bo’lsa, ayollarda bu ko’rsatkich mos ravishda 38% va 32%ni tashkil qildi.

 14-25 yoshdagi respondentlarning faqat 1/3 qismi ozbek tilini bilishini "a'lo" deb baholagan. Yosh guruhlari orasida 31-34 yoshdagi respondentlar o'zlarining til bo’yicha bilimlarini eng yuqori baholadilar – ularning 44%i o'zbek tilini "a'lo" bilishlarini ta'kidladilar.

 

Respondentlarning 36%i "Davlat tili tog’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tanish emasligini aytib o’tishdi (24%i ushbu qonun faqatgina mavjudligini bilishadi, 8 %i uni hech qachon o’qimagan va hokazo).

Shu bilan birga, U-Reporterlarning 62%i qonunni yetarlicha bilishlarini ta'kidladilar (40 %i "yomon emas" va 22 %i bu qonunni juda yaxshi bilishlarini ta'kidladilar).

 

35 yosh va undan katta yoshdagi respondentlar boshqa yosh toifalariga nisbatan ushbu qonun matnini yetarli darajada bilishmaydi – ularning 28%i uning faqat mavjudligini va 12 %i uni hech qachon oqimaganliklarini aytishdi.

 

Respondentlarning 42%i ko'plab tashkilotlar nomlari va atrofdagi reklama ozbek tilida bo'lmaganligiga salbiy munosabat bildirishdi (shundan 11%i bu davlat tili to'g'risidagi qonunni buzish deb hisoblashadi).

Shu bilan birga, sorov natijalari shuni korsatadiki, erkaklar ayollarga qaraganda o'zbek tili masalasiga konservativ yondashar ekan. Masalan, erkaklarning deyarli 50%i bu savolga salbiy munosabatda ekanligini bildirishgan bo’lsa, ayollar orasida bu korsatkich 31% tashkil etdi. Bundan tashqari, agar ayollarning 21% bu masalaga ijobiy qarashsa, erkaklar orasida bu variantni atigi 13% tanlashgan.

Yosh guruhlari orasida 25-34 yoshdagi respondentlar bu masalani – aksariyat muassasalar nomi va reklamalarning ozbek tilida emasligini – salbiy qabul qilishini aytib o’tgan.

 


Respondentlarning ko’pchiligi (74%) lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga o’zgartirish kiritishga salbiy munosabat bildirishdi 36% ishtirokchilar bu kerak emas, 24% salbiy munosabatta ekanligini va 14% bu ortiqcha sarf-harajat qilish deb baholashdi. O’g'il bolalarga (20%) qaraganda qizlar (12%) ozbek lotin alifbosiga ozgartirish kiritishga qarshi va bunda ehtiyoj yoq deb o’ylashadi.

 


Respondentlarning 1/3 qismi boshqa har qanday tilga davlat tili maqomini berish g’oyasini qo’llab-quvvatlamoqda, respondentlarning deyarli yarmi (47%) bu fikrga qarshi. 12% bunga neytral qarashadi.

Bu savolga ayollar erkinroq qarashadi – ayollarning 40%i O'zbekistonda ikkinchi davlat tilini joriy etishga "HA" degan bo’lishsa, erkaklarning 52 %i bunga qarshi.

 

Respondentlarning yoshi oshgani sayin ikkinchi davlat tilining joriy qilinishiga salbiy qaraydigan respondentlar soni kopaymoqda. Masalan, agar 15-19 yoshdagilarning 37% bunga qarshi chiqishsa, 31-34 yoshlilar guruhida bu ko'rsatkich 56% tashkil etadi.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 5%idan ikkinchi davlat tili joriy qilinishiga oz fikrlarini bildirishlarini soradik va quyidagi javoblarni oldik:

·       Bu goyaga mutlaqo qarshi va bu aqlsizlik/uyat/xiyonat deb hisoblashadi va "bitta vatan bitta til" formulasiga amal qilish kerakligini aytib o’tishgan.

·       Birinchi navbatda lotin yozuviga asoslangan ozbek tiliga oid muammolarni (kirill alifbosidan foydalanish, davlat organlarida va Toshkentda rus tilini afzal korilishi, aholining bir qismi ozbek tilida savodsizligi) hal qilish zarur, o’zbek tili haqiqiy davlat tiliga aylanganidan keyin ikkinchi davlat tili haqida o'ylash kerak.

·       Faqat rus tilidan tashqari boshqa tillarni davlat tili sifatida kiritish.

·       Agar davlat tili maqomi beriladigan bolsa, unda faqat dunyoga tanilgan tillar (arabcha, inglizcha va hokazo), lekin ozbek tili boshlang'ich bo'lishi va barcha rasmiy hujjatlar faqat ozbek tilida yuritilishi shart.

·       Bu normal holat, chunki bizning davlatimiz kop millatli va sayyohlar ko’p tashrif buyuradigan davlat.

·       Bu zarur emas, chunki mamlakat aholisining qariyb 80%i ozbeklar.

·       Rus tilini norasmiy ravishda tan olingan ikkinchi davlat tili va uni ikkinchi davlat tili sifatida joriy etish kerak.

·       Agar chet tillarini organish zarurati tug'ilsa, chet tillariga davlat tili maqomini bermasdan turib buni amalga oshirish mumkin.

·       Bitta davlatda ikkita davlat tili koplab muammolarga olib kelishi mumkin  qog'ozbozlikni ko'payishi, jamiyat ichidagi bolinish, millatchilik va hatto natsizm.

·       Ikkinchi davlat tilining kiritilishi ozbek tilining yoq bolib ketishiga olib kelishi mumkin, chunki u yetarli darajada rivojlanmagan va xavf ostidadir.

 

U-REPORTYORLAR FIKRI:

Buni millatimiz ustidan kulish, ajdodlarimizning milliyligimizni saqlab qolishga qaratilgan sayi-harakatlarini mensimaslik deb hisoblayman.

 

Nima uchun o'zimmizning o'zbek tillimizni yaxshi bilmay turib boshqa tilni ikkinchi davlat tili atab kiritishimmiz kerak?

 

Bu ona tilimizni yo'q bo'lib ketishiga olib keladi. O'zi xavf ostida turibdi deb o'ylayman. Biror bir rivojlangan, madaniyati yuqori bo'lgan davlatlarda 2 ta davlat tili yoq”.

 

“Men qo'llab-quvvatlayman, chunki bizda koplab xalqlar bor, jumladan ruslar, tatarlar, qozoqlar, ukrainlar, moldovanlar va boshqalar. Va rus tilini davlat tili deb hisoblash qulay va halaqit qilmas edi !! Biz hammamiz yaxshi bilamiz, rus tili xalqaro tillardan biri hisoblanadi, keyin Rossiya bizga boshqalarga qaraganda yaqinroq! Agar rus tili rasmiy bo'lsa, juda va juda xursand bolardim».

 

Men qonunchilikdan davlat tili degan tushunchani chiqarib tashlash zarur deb hisoblayman, chunki davlat organlarida koplab hujjatlar va ishlar faqat rus tilida olib boriladi (ayniqsa sanoat sohasida) va odamlarni biron bir tilda gapirishga majburlash mumkin emas. Taqqoslash uchun, Buyuk Britaniya va AQShda davlat tili tushunchasi mavjud emas”.

 

 

Respondentlarning atigi 19%i O'zbekistonda o’zbek tilini bilmasdan yashash va ishlash mumkin emas yoki qiyin deb hisoblashadi. Shu bilan birga, 14 yosh va undan kichik yosh guruhida bu ko’rsatkich eng yuqori natija 32%ni tashkil qildi. 35 va undan katta yoshdagi respondentlar (27%) boshqa barcha yosh guruhlariga qaraganda koproq ozbek tilini bilmasdan Ozbekistonda muammosiz yashash va ishlash mumkinligiga ishonishadi.

 Respondentlarning 8%i mamlakatda yashash va ishlash uchun ozbek tilini bilish shart emas deb hisoblashadi. U-Reportyorlarning 48%i, garchi bu qiyin bo’lsada, o’zbek tilini bilmasdan ham O’zbekistonda yashash va ishlash mumkin deb hisoblashar ekan.

 

 

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 5,700 dan ortiq respondentlarning fikrlarini aks etadi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo