U-Report va Qoraqalpog’iston Sog’liqni saqlash vazirligi yoshlar
orasida istalmagan homiladorlikni oldini olish usuli sifatida kontraseptivlar
hadiqa nimalarni bilishlarini aniqlash maqsadida anonim so’rov o’tkazishdi. BMT
ma’lumotlariga qaraganda, dunyo bo’ylab har kuni 129 ga yaqin ayol xavfli
abortlar natijasida vafot etadi. Kontraseptivlar istalmagan homiladorlikni
oldini olish usuli hisoblanadi.
Ushbu so’rovnoma natijalari kontrasepsiya
usullari haqida yoshlarning bilimini oshirish bo’yicha maxsus dasturlarni
tayyorlash maqsadida mazkur mavzu haqida ularning bilimlari qay darajada ekanligini
tushunish uchun kerak.
2.
14 yoshdan 19
yoshgacha bo’lgan qatnashchilarning 50% kontraseptivlar haqida hech narsa yoki
deyarli hech narsa bilmasliklarini bildirishdi, 20-24 yoshli qatnashchilar
orasida esa ushbu ko’rsatkich 53% ni tashkil etdi.
3.
Javob berganlarning
63% i mazkur masalani hech kim bilan muhokama qilishmagan ekan. Mavzu ochilgan
taqdirda ham, faqat do’stlar yoki dugonalar bilan muhokama qilishgan (16%).
4.
Ishtirokchilarning
yarmidan ko’p qismi (54%) atrofda kontrasepsiya haqida ma’lumotlar yetarli emas
deb hisoblaydi.
Ularning ko’p qismi (29%) shifokordan ma’lumot olishni xohlashadi.
Bunday ma’lumotlarni olishning ikkinchi manbai – bu Internetdir (26%). Uchinchi
o’rinda – maktabdagi darslar (13%) – ushbu variant 15-19 yoshdagilar guruhi uchun
(18%) eng afzali hisoblanar ekan.
5.
Ishtirokchilarning aksariyati
(60%) ham ayol, ham erkak birgalikda kontrasepsiya haqida qayg’urishi kerak deb
hisoblaydi. Shu o’rinda, erkaklarning 16% i kontrasepsiya haqida birinchi
o’rinda erkaklar inobatga olishi kerak deb o’ylasa, ayollarning faqat 9% bu
masala haqida erkaklar o’ylashi kerak deb hisoblaydi.
Respondentlarning 43% i kontrasepsiya va undan
foydalanish haqida hech narsa (20%) yoki deyarli hech narsa (23%) bilmasligini
ta’kidlab o’tdi va 24%i “umumiy ma’lumotga ega” ekanligini
aytib o’tdi.
Yoshlarning 33%i bu mavzuni yetarli
darajada (18%) va juda yaxshi (15%) bilishini ta’kidlab o’tishdi.
Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, 14 yoshdan 19 yoshgacha bo’lganlarning 50%i kontratseptiv turlari va usullari haqida hech narsa yoki deyarli hech narsa bilmaydilar. 20-24 yosh guruhida ushbu ko’rsatkich 53%ga teng.
Ishtirokchilarning 63%i kontraseptivlar masalasini
hech kim bilan muhokama qilishmagan: ulardan 44% ishtirokchilar “hech kim
bilan muhokama qilishmagan” va 19%i hech kim bilan muhokama qilmasada, lekin Internet
tarmog’idan o’qigan (shu bilan birga, Internetni manba sifatida erkalarning 22%i
va ayollarning esa 13%igina ishlatishar ekan). Asosan, bu mavzu do’stlar yoki dugonalar muhokamasi ekanligi aniqlandi
– aynan bu javobni 16% ishtirokchilar tanlagan.
Ishtirokchilarning yarmidan ortig’i (54%)
atrofida kontraseptivlar haqida yetarli ma’lumotlar yo’q deb hisoblaydi. Shu o’rinda, 50% ayollar ushbu tanlovni
belgilagan bo’lsa, erkaklar orasida esa ushbu ko’rsatkich 58%ni tashkil etadi.
Bunday ma’lumot yetarli deb ta’kidlab o’tganlar 27%ni tashkil etadi: ularning
31%i ayollar va 24%i erkaklardir.
Ishtirokchilar ma’lumotlarni shifokordan olishni afzal ko’rishini ta’kidlab o’tdilar – 29% ushbu javobni tanlagan. 26% ishtirokchilar ma’lumot olish maqsadida Internetdan foydalanadilar: ularning 30%i erkalar va 17%igina ayollardir.
Uchinchi o’rinda
– maktabdagi darslar – 13% ishtirokchilar bu mavzuda aynan maktabda ma’lumot
berilgani yaxshiroq deb hisoblaydi. Bunda, 15-19 yosh guruhida bu variant eng
ommabop.
14
yoshdagilarning 29%i ushbu mavzuda ota-onalaridan ma’lumot olishni istashadi – va
bu variant ushhu yoshdagilar uchun eng afzalidir.
“Boshqa” degan javobni tanlagan U-Report dasturi
qatnashchilarining 8%idan kontraseptivlar haqida ma’lumot olishning o’zlari
uchun eng qulay manbalarni sanab o’tishlarini so’radik va quyidagi javoblarni
oldik:
1.
Oynai jahon/televizor,
ijtimoiy reklama;
2.
U-Reportdan;
3.
Bunday ma’lumot kerak
emas;
4.
Barcha mavjud
manbalardan;
5.
O’quv muassasalaridagi
darslarda;
6.
Sog’liqni saqlash
vazirligi va boshqa rasmiy saytlardan.
U-REPORTYORLAR FIKRI:
"Kontrasepsiya usullari to'g'risida ma'lumot ochiq bo'lishi kerak, hozirgi paytdagidek taqiqlangan emas. U aynan dorixonalarda risolalar va plakatlar shaklida joylashtirilishi mumkin".
“Men boshlanishiga kontrasepsiya
mavzusi juda uyatsiz, go'yo sharmandali mavzu bo’lmasligini istardim. Aksincha,
atrofdagilar, xoh oila bo'lsin, xoh o'qituvchilar, psixologlar va shifokorlar
yoshlarga kontrasepsiya vositalaridan foydalanishni aytishlari va o'rgatishlari
kerak. Aks holda, ko‘plab noxush oqibatlarga olib keladi”.
“Buni hech qanday (jinsiy)
aloqasiz o'rgangan ma'qul. Chunki yoshlar bunday suhbatlardan xijolat
tortishadi, uyalishadi yoki kulishadi».
“Vaqt o'tishi bilan hamma buni
bilib oladi. Bu haqida qo'shimcha bilim kerak emas. O’quvchilar kuladilar
xolos”.
«Tengdoshga tengdosh tamoyili
asosida 15-16 yoshdan boshlab seminarlar tashkil qilinishi kerak. Masalan, maktabda. Ota-ona bu ma’lumotlarni hamma oilada berishiga
ishonmayman, bizda uyat degan tushuncha bor, u haqida kopchilik oilalarda ochiq
aytilmaydi. Rostini aytish kerak, bizarning yoshlarning aksariyati psixologga
borishmaydi».
Aksariyat ishtirokchilar (60%) ikkala tomon ham (erkak va ayol birgalikda) kontrasepsiya haqida o’ylashlari kerak deb hisoblashadi. Shu bilan birga,
erkaklarning 16%i bu haqda,
birinchi navbatda, erkaklarning
o'zlari o'ylashlari
kerak deb hisoblashadi, ayollarning
atigi 9 %i bu erkaklar vazifasi deb o'ylashadi.
Ishtirokchilarning 43% jinsiy hayot olib bormayotgani
sababli kontrasepsiya vositalaridan foydalanish to'g'risidagi savolga javob bera olishmadi (ulardan 52 %i ayollar va 37%i erkaklardir). Faqat 18%i ular kontrasepsiya vositalaridan
doimiy ravishda foydalanishlarini aytishgan. Ishtirokchilarning yoshi qancha
katta bo'lsa, u "Hamisha" javob variantini tanlashga shuncha moyil
bo'ldi. Masalan, 35 yoshdan 45 yoshgacha bo'lganlarning 45 %i kontrasepsiya
vositalaridan doimiy foydalanishlarini, 20-24 yoshda esa atigi 9%i ushbu javobni
tanlaganliklarini ta'kidlashdi.