Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlarning jamiyat hayotidagi ishtiroki

UNICEFning Ijtimoiy siyosat bo'limi yoshlarning turli jabhalarda hayotiga bevosita yoki bilvosita ta'sir qiladigan qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirishda qanday ishtirok etishini aniqlash uchun so'rovnoma tayyorladi. So'rovnoma natijalari UNICEFning mamlakat bo’yicha dasturini va O'zbekistonda yoshlarga oid loyihalarini ishlab chiqishda qo'llaniladi.

So’rovnomada butun mamlakat bo’ylab 4000dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

 

Aniqlanishicha, so’rovnoma qatnashchilarining 41%i OTM talabalari (46% ayollar va 38% erkaklar), 26%i OTMni bitirganlar (20% ayollar va 30% erkaklar), 13%i makatab o’quvchilari (17% ayollar va 10% erkaklar), hech qayerda o’qimaydiganlar (10% ayollar va 15% erkaklar), shuningdek 6%ni litsey va kollej o’quvchilarini tashkil etadi.

 

YOSHLAR  ISHTIROKI bo’yicha SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.      Respondentlarning 64%i oilada muhim qarorlarni qabul qilinishida fikrlari har doim tinglanishini his qilishini ta’kidladi. Bunda, ayollarning faqat 60% "ha, hamisha" variantini tanlagan bo'lsa, erkaklar orasida bu ko'rsatkich 67% ni tashkil etadi.

2.      Respondentlarning 33 %i ularning ta’lim muassasasida maktab o’quvchilari / talabalar kengashi borligi va u juda yaxshi ishlashini aytishdi. 29% javob berganlar bunday kengash bor, ammo u faqat rasmiy ravishda qog’ozda mavjud ekanligini ta’kidlashdi.

3.      So'rovnoma qatnashchilarining 54 %i ta'lim muassasalarida qaror qabul qilishda o'quvchilarning fikrlari so’ralmasligi yoki inobatga olinmasligini aytishdi.

4.      So'rovnomada qatnashganlarning 80 %i mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va o'zgarishlarga bo’lgan qiziqishlarini bildirishgan.

5.      58% respondentlar o'zlarining mahalla/tumanlarida qarorlar qabul qilinishida ishtiroki to'g'risidagi savolga salbiy javob berishdi. Shu bilan birga, 14-19 yoshdagi yoshlarning 39 %i o'zlarining mahalla / tumanlarida qarorlarni qabul qilish jarayonida qanday qatnashish mumkinligini so'rashdi.

6.      46% U-Reportyorlar ularni hukumat eshitishi mumkinligi haqida shubhalanishmoqda.

7.      So’rovnoma qatnashchilarining 7%i o’z fikrlarini ochiq bildirishga qo'rqishini aytdi – ulardan 9%i ayollar va 6%i erkaklar, 14-19 yoshdagi respondentlarning 15% shu javobni berishgan va boshqa yosh toifalariga nisbatan bu ko’rsatkich eng yuqori.

8.      So’rovnoma qatnashchilari o'z fikrlarini bildiradigan eng ommabop platforma deb: 1) ijtimoiy tarmoqlar (53%), 2) U-Report platformasi (17%), 3) Yoshlar ittifoqi (9%)ni belgilashdi.

9.      Respondentlarning 62%i o'z hayotini yaxshilash uchun o’zlari yoki do’stlari bilan biron bir chora ko'ra olishga ishonch bildirishdi. Shu bilan birga, ayollarning atigi 57%i bu javobni tanlagan bo’lsa, erkaklar orasida bu ko'rsatkich 66 %ni tashkil etadi.

 

Biz respondentlardan ularni hayotining turli darajalari bilan bog'liq bo'lgan qarorlarni qabul qilishda qanchalik ishtirok etayotganligini so'radik va quyidagi javoblarga ega bo’ldik.

  

Respondentlarning 64%i oilada muhim qarorlarni qabul qilinishida fikrlari har doim tinglanishini his qilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, jins va yosh toifalarida quyidagi farqlar mavjud:

-        ayollarning faqat 60% "ha, hamisha" variantini tanlagan bo'lsa, erkaklar orasida bu ko'rsatkich 67% ni tashkil etadi. "Ba'zida" variantini ayollarning 27%i, erkaklarning 21%i tanladilar.

-        yosh ko’rsatkichi qancha past bo’lsa, oilada qaror qabul qilishda ularning ovozi shuncha kamroq ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. 14-19 yoshdagi toifada faqatgina 55% ularning ovozi har doim tinglanishini va 33%i ba’zida tinglanishini bildirishdi; va 8% salbiy javob berdi: ularning fikrlari so'ralmaydi va inobatga olinmaydi deb javob berishdi.

 


Ayni paytda ta’lim muassasalarida tahsil olayotganliklarini bildirgan 60% so’rov ishtirokchilariga quyidagi savollar berildi.

 

Respondentlarning 33%i ularning maktabida o’quvchi/talabalar kengashi bor va u juda yaxshi ishlaydi deb aytdi. 29% bunday kengash bor, ammo u faqat qog'ozda rasmiy ravishda mavjud deb javob berishdi. 20% bunday kengash haqida ma'lumotga ega emas va 14% salbiy javob bergan.

               Ma'lumot uchun: o’quvchi/talabalar kengashi – bu o’quvchilarning talab va fikrlarini rahbariyatga taqdim qiladigan yoshlar tomonidan muayyan vaqtga saylanadigan o’quvchilar guruhi.

________________________________________________________________________

So‘rovda qatnashganlarning 54%i ta’lim muassasalarida qaror qabul qilishda o‘quvchilarning fikrlari so'ralmaydi yoki inobatga olinmaydi debi aytdilar. Shulardan, erkaklar orasida bu ko'rsatkich 58% ni, ayollar orasida 50% ni tashkil qiladi.

Respondentlarning atigi 20 foizi qaror qabul qilishda talabalarning fikrlari inobatga olinadi deb hisoblashadi.

 ______________________________________________________________________

 Biz U-Reportyorlarimizdan ular mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, o'zgarishlarga qiziqish bildiradimi deb so'radik va quyidagi javoblarni oldik:

1)     Ha – 80%

2)      Ba'zan yangiliklarni kuzatib turaman – 10%

3)      Faqat men bilan bog'liq masalalar bo'yicha – 7%

4)     Yo’q – 2%

5)     Javob berishga qiynalayapman – 1%

 

58% respondentlar o'zlarining mahallalari/ tumanlarida qarorlar qabul qilishda ishtirok etmasliklarini bildirgan. 12% ishtirolchilar bunga qiziqishmasligini (13% ayollar va 11% erkaklar bu variantni tanladilar) va atigi 6% har doim o'zlarining mahallalarida qarorlar qabul qilishda qatnashishini bildirishgan (ular orasida ayollar 4%ni tashkil qiladi va erkaklar 7%ni).

Shu bilan birga, 14-19 yoshdagi yoshlarning 39 %i o'zlarining mahalla / tumanlarida qarorlarni qabul qilish jarayonida qanday qatnashish mumkinligini so'rashdi va bu boshqa yosh guruhlari orasida eng yuqori ko'rsatkich.

 

U-Reportyorlarning 46%i ularni hukumat eshitishi mumkinligiga shubha bilan qarashadi, ulardan 22 foizi, gapira olishini, ammo ularga bari bir quloq tutishmaydi degan fikirni bildirishdi (ular orasida erkaklar 24% va ayollar 18%), 24% esa umuman olganda shubhalanishini aytib o’tdi.

So‘ralganlarning 7%i gapirishga qo‘rqishlarini aytishgan – shundan 9% ayollar va 6% erkaklar, shuningdek 14-19 yosh guruhida bu javob boshqa yosh toifalariga nisbatan eng ko'p ovoz to'plagan – 15%.



So'rov ishtirokchilari o'z fikrlarini bildiradigan eng qulay platformalar:

1)     Ijtimoiy tarmoqlar – 53% respondentlar shu variantni tanladilar. Shu bilan birga, ayollarga (49%) qaraganda ijtimoiy tarmoqlarga ko'proq erkaklar (55%) murojaat qiladi.

2)     U-Report platformasi (17%). Yosh guruhlari bo'yicha 14-19 yoshdagi respondentlarning 42%i U-Reportni  afzal ko'rishadi – bu boshqa guruhlarga nisbatan maksimal ko'rsatkichdir. Shu bilan birga, U-Report o'g'il bolalarga (16%) qaraganda ko'proq qizlarga (21%) ma'qul keladi.

3)     Yoshlar Ittifoqi (9%). Yosh guruhlari bo'yicha 14-19 yoshdagi respondentlarning 17%i Yoshlar Ittifoqini  afzal ko'rishadi – bu boshqa guruhlarga nisbatan maksimal ko'rsatkichdir. Yoshlar ittifoqiga o'g'il bolalarga (7%) qaraganda qizlar ko'proq (12%) murojaat qiladi.

__________________________________________________________________________________

Respondentlarning 62%i o'z hayotini yaxshilash uchun o’zlari yoki do’stlari bilan biron bir chora ko'ra olishiga ishonishadi. Shu bilan birga, ayollarning atigi 57%i bu javobni tanlagan bo’sa, erkaklar orasida bu ko'rsatkich 66%ni tashkil etadi. 20-24 yoshdagi respondentlarning 67%i bunga ishonishadi va bu boshqa yosh guruhlari ichida maksimal ko'rsatkichdir.

E'tiborlisi, respondentlarning yoshi qanchalik katta bo'lsa, ular o'zlarining hayotini yaxshi tomonga o'zgartira olishlariga ishonchi kamayib boradi(35+ respondentlarning atigi 41% ijobiy javobni tanlashgan).

U-Reportyorlarimizga bergan javoblari uchun tashakkur bildiramiz!  So'rovnoma natijalari UNICEFning mamlakat bo’yicha dasturini va O'zbekistonda yoshlarga oid loyihalarini ishlab chiqishda qo'llaniladi.

 

Izoh: So'rovda olingan ma'lumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ ma'lumotlar emas va U-Reportning ushbu so'rovnomasida qatnashgan 4000 dan ortiq respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo