Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlar yozni qanday oʻtkazmoqdalar?

Yoz! Yilning ajoyib vaqti! Yoshlar U-Reportdan yozgi taʼtil haqida soʻrov oʻtkazishni iltimos qilishdi. Ushbu soʻrovning maqsadi yoshlar nimalar bilan shugʻullanishi haqida koʻproq bilish, ularlarning boʻsh vaqtlarini tashkil etish va yaxshilash boʻyicha yoshlarda qanday takliflari borligini aniqlash edi.

 Soʻrovda mamlakat boʻylab 3600 dan ortiq respondent qatnashdi.


 YOZGI DAM OLISH HAQIDA SOʻROVNING ASOSIY JIHATLARI:

 1. U-Reportyorlarning 23% i yozgi taʼtilni “Oʻqish, ishlash va imtihon topshirish” bilan bogʻlashadi. Ikkinchi oʻrinda “Tomorqa, dala, uy ” - respondentlarning 14 %i ushbu variantni tanlashdi.

2. Respondentlarning 46% i yozgi taʼtilning birinchi qismini qanday oʻtkazganliklaridan mamnunlar.

3. Respondentlarning yoshi qanchalik katta boʻlsa, ular yozgi vaqtini o’tkazilishi bilan shunchalik mamnun emasliklarini bildirishdilar va aksincha.

4. 45% respondentlar yozni oʻz uylarida oʻtkazidilar yoki oʻtkazishni rejalashtirmoqdalar.

5. Biz U-Reportyorlarimizdan, agar ularda tanlash imkoni bo’lganda, yozgi ta’tilni/mavsumni qayerda o’tkazgan bo'lar edi deb soʻradik: soʻralgan yoshlarning 41% i chet elga sayohat qilishni xohlashdi, 18% i mamlakat ichida sayohat qilishni tanlashdi va 13% i yozgi taʼtilni togʻlarda / safarlarda oʻtkazishni istashdi. Respondentlarning 7% i uyda dam olishni tanladi.

6. Soʻralganlarning 62% i o’z tuman/mahallasida yozgi ta’tilni/bo’sh vaqtini o’tkazish uchun yaratilgan sharoitlarga past baho berishdilar (“juda yomon” 40% va “yomon” 22%).

  

U-Reportyorlarning 23% i yozgi taʼtilni “oʻqish, ishlash va imtihon topshirish” bilan bogʻlashdi. Ikkinchi oʻrinda “Tomorqa, dala, uy ” - respondentlarning 14 %i ushbu variantni tanlashdi.

Uchinchi oʻrinni quyidagi variantlar egalladi, ularning har biri 12% ni tashkil etdi:

-        Ofis, konditsioner, hisobotlar

-        Charchoq, issiqlik, noxushlik

-        O’z ustida ishlash, sport, o’zini anglash.

 Shunday qilib, respondentlarning 50% ga aqini yozni u yoki bu tarzda ish va mehat bilan bogʻlashadi.

 Shu bilan birga, ayollar va erkaklar uchun yozning oʻziga xos xususiyatlari mavjud: ayol respondentlarining 14% i yozgi taʼtilni “quyosh, muzqaymoq va parklarda sayr qilish” bilan bogʻlashadi, erkaklarning faqat 6% i ushbu variantni tanlashdilar. 14% erkaklar va 8% ayollar yozgi taʼtilni “ofis ishi va hisobotlar” bilan bogʻlaydilar.

Respondentlarning yosh toifalari quyidagi tendensiyalarni aniqlaydilar: 14-24 yoshdagi respondentlarning 34% i uchun yozgi taʼtil “oʻqish, ish va imtihonlar” ni anglatadi; 25 va undan katta yoshdagi respondentlar uchun yoz koʻproq -  “ofis, konditsioner va hisobotlar” dir. Respondentlarning yoshi qanchalik katta boʻlsa, “Charchoq, issiq havo, noxushlik” kabi variantni tanlaganlar koʻpayadi (35 va undan katta yoshdagi guruhda eng yuqori reyting deyarli 20% ni tashkil etdi).

 

Respondentlarning 46% i yozgi taʼtilning birinchi qismini qanday oʻtkazganliklaridan mamnun. Shu bilan birga, respondentlarning 39% i oʻzlarining yozgi taʼtillaridan mamnuniyatligini baholab gapirganlarida, “Asosan yoʻq” variantini tanladilar.

Respondentlarning yoshi qanchalik katta boʻlsa, ular yozgi vaqtini o’tkazilishi bilan shunchalik mamnun emasliklarini bildirishdilar va aksincha. Masalan, 14-19 yoshdagilarning 60% i yozning birinchi qismini qanday oʻtkazganliklaridan qoniqishgan boʻlsa, 30 yoshdan yuqori katta yoshli odamlarning taxminan 50 %i yozning birinchi yarmini qanday oʻtkazganliklaridan mamnun emasliklarini bildirishdi.

 

45% respondentlar yozni oʻz uylarida oʻtkazidilar yoki oʻtkazishni rejalashtirmoqdalar. 22% respondentlar yozda turli ko’rinishda dam olishlarini bildirganlar (mamlakatda, togʻlarda yoki sanatoriylarda, respondentlarning 3% chet elda dam olishni rejalashtirmoqdalar).

 Biz “Boshqa” variantini tanlagan U-Reporterlarning 6% idan oʻz variantlarini koʻrsatishni soʻradik va quyidagi javoblarni oldik:

1. Kutubxonalarda, kirish imtihonlarini topshirish uchun oʻquv va tayyorgarlik kurslarida, repetitor mashgʻulotlarida va turli qiziqishlari boʻyicha toʻgaraklarida.

2. Ish, xizmat safari yoki amaliyotni oʻtash.

3. Baʼzi respondentlar ish ko’pligi va vaqt yetishmasligi tufayli, shuningdek, oʻz oilalarini boqish zarurati tufayli bu yozda dam olish imkoniga ega emasliklarini taʼkidladilar.

4. Javoblarning boshqa variantlari orasida: shahar boʻylab sayr qilish, doʻstlar bilan vaqt oʻtkazish, davolanish, yozgi lagerga borish, sport bilan shugʻullanish, uyni taʼmirlash va boshqa uy ishlari va toʻyga tayyorgarlik.

 

Biz U-Reportyorlarimizdan, agar ularda tanlash imkoni bo’lganda, yozgi ta’tilni/mavsumni qayerda o’tkazgan bo'lar edi deb soʻradik: soʻralgan yoshlarning 41% i chet elga sayohat qilishni xohlashdi, 18% i mamlakat ichida sayohat qilishni tanlashdi va 13% i yozgi taʼtilni togʻlarda / safarlarda oʻtkazishni istashdi. Respondentlarning 7% i uyda dam olishni tanladi.

Qizigʻi shundaki, gender xususiyatlariga koʻra, ayollarga (5%) qaraganda erkaklar koʻproq (8%) uyda dam olishni tanladilar. “Chet elga sayohat” javobini 38% erkaklar tanlagan  boʻlsa, ayollar orasida ushbu variantni 45% respondentlar afzal koʻrishdi.

 

Respondentlarning 62% i o’z tuman/mahallasida yozgi ta’tilni/bo’sh vaqtini o’tkazish uchun yaratilgan sharoitlarga past baho berishdilar (“juda yomon” 40% va “yomon” 22%).

Biz respondentlardan yozgi taʼtilni / dam olishni oʻz hududlarida yoki mahallada tashkil etish sharoitlarini nega bunchalik salbiy baholayotganliklarini soʻradik. Respondentlarning 60% dan koʻprogʻi yashash joylarida yozgi taʼtilda dam olish uchun kerakli sharoit va infratuzilma yaratilmagan deb hisoblashadi.

Biz U-Reportyorlardan oʻzlari yoqtirgan, lekin hozirgi kunda mavjud boʻlmagan qaysi oʻyin-kulgi / dam olish turlarini oʻz mahallalarida yoki qishloqlarida koʻrishni xohlashlari haqida soʻradik va quyidagi 15 ta eng ko’p uchragan javoblarni oldik:

1. Koʻproq ekoparklar, dam olish joylari, bogʻlar, attraksionlar, favvoralar.

2. Yozgi kinoteatr.

3. Basseynlar, akvaparklar.

4. Yozgi lager.

5. Sport musobaqalarini oʻtkazish, sport majmualari, trenajyor zallari (fitnes zallari), turnikli, brusyali va h.z.li sport maydonchalari, koʻcha trenajyorlari.

6. Kutubxona, oʻquv kurslari (chet tillari), master-klasslar (biznes mashgʻulotlari, kemalarni modellashtirish, jurnalistika), kitobxonlikni keng targʻib qilish, psixologlar bilan suhbat qilish, kovorking markazi, yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha anjumanlar, tadbirlar tashkil qilish.

7. Futbol (maysazorda), futbol maydonchalari (minifutbol).

8. Toʻgaraklar (pishiriqlar tayyorlash, soch turmagi, tikuvchilik, toʻquvchilik, oʻymakorlik, dizaynerlik), munozaralar klubi, notiqlik klubi, madaniyat markazi, hunarmandlik, yoshlar teatri / musiqa studiyasi, yoshlar markazi, biznes markazlari.

9. Koʻngilochar tomoshalar va tadbirlar, tanlovlar, koʻngilochar dasturlar va oʻyinlar, muzqaymoq shoular, kechalar, tungi bayramlar, koʻrgazmalar, sehrgarlar tomoshasi, illyuzionistlarning chiqishlari, moda namoyishlari.

10. Yulduzlar bilan uchrashuvlar, konsertlar (kechqurungi), ochiq havoda konsertlar.

11. Jang sanʼatlari (karate, taekvondo, aykido, dzyudo, Muay-tay), yunon-rum, erkin kurash, qoʻl jangi, kurash toʻgaraklari.

12. Bolalar oʻyin maydonchasi (koʻngilochar attraksionlar, oʻyinlar uchun vositalar).

13. Tennis, stol tennisi, badminton.

14. IT texnologiyalari, IT / kompyuter kurslari, dasturlash, kibersport boʻyicha musobaqalar, bepul pleysteyshn.

15. Mamlakat boʻylab sayohatlarni tashkil etish (ichki turizm, ekoturizm), sayohatlar, tabiat sayohatlari.

 

Bundan tashqari, U-Reportyorlar yozgi mashgʻulotlarning quyidagi turlarini oʻz yashash joylarida koʻrishni istashlarini qayd etdilar: raqs mashgʻulotlari uchun joylar va maydonchalar (shu jumladan sport raqslari); jihozlangan sayoz suvli plyajlar, Frisbi oʻyinlari; suv purkagich bilan shiyponchalar; basketbol va voleybol oʻyinlari uchun maydonchalar; velosiped sportini rivojlantirish (velosiped sporti uchun yaxshi asfalt qoplama), velosiped yoʻllari, velosiped uchish uchun toʻlovsiz maydonchalar, velosiped marafonlari, roliklarda uchish uchun maydonchalar tashkil etish; konkida figurali uchish, muz saroyi; togʻ safarlarini tashkillashtirish, alpinizmni rivojlantirish; shaxmat, shashka; bouling, peyntbol, karting, ot minish sporti, qilichbozlik va boshqalar.

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report tadqiqotida qatnashgan 3,600 dan ortiq respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo