Bandlikni ta’minlash
maqsadida yoshlarning biznes tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznesni samarali yuritish ko‘nikmalarini o‘qitishga qaratilgan “Yoshlar – kelajagimiz”
Davlat dasturini amalga oshirilishini boshlanganiga ham bir yil to’ldi. Shu munosabat bilan,
U-Report O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport
bo’yicha qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda
ushbu Davlat dasturining qanday amalga oshirilayotganini, ushbu dasturda ishtirok
etayotgan yoshlar qanday muammolarga duch kelayotganligini o’rganish maqsadida ushbu
so’rovni o’tkazishdi.
So’rov natijalari Davlat dasturini amalga oshirishda
mavjud muammolarni tushunish va yoshlar orasida dastur samaradorligini oshirish
va ularning ushbu dasturda ishtirok etish qiziqishini oshirish uchun zarurdir.
1.
So’rovda ishtirok
etganlarning yarmidan ko’pi (52%) «Yoshlar - kelajagimiz» Davlat dasturi haqida
eshitishmagan.
2.
Davlat
dasturi haqida eshitgan respondentlarning 31% bu dastur haqida to’g’ri
ma’lumotga ega emas: 27% dastur nima haqidaligini bilishmaydi, 4% esa xato
javob berishdi.
3.
So’rov
natijalariga ko’ra, yoshlar uchun Davlat dasturidagi 3ta yo’nalish eng jozibali
yo’nalishlaridan bo’lib chiqdi : biznes yuritishni o’rganish – 26%, imtiyozli
kredit olish – 23%, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari – 12%.
4.
64%
yoshlar o’z hududlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar
mehnat guzari” komplekslari qanday ishlashini bilishmaydi: ulardan 26% bu
maskanlar nimaligini ham bilishmas ekan.
5.
So’rovda
qatnashganlarning 90% bu savolga ijobiy javob berishmadi: ulardan 60%i o’z
hududlarida biznes ko’nikmalarini o’rgatish bo’yicha kurslar mavjudligi haqida
ma’lumotga ega emas bo’lsa, 30% bunday kurslar yo’qligi haqida ma’lumot
berishdi.
So’rovda ishtirok etganlarning yarimidan
ko’pi (52%) “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi haqida eshitmaganlar. Shu bilan birgalikda, yigitlarga (51%) nisbatan qizlar (56%) Davlat
dasturi haqida kamroq bilishadi. 14-19 yosh guruhida eng kam xabardorlik
kuzatilmoqda: Davlat dasturi haqida 65% yoshlar bilishmaydi.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi
haqida eshitgan respondentlarimizga (48%) Dastur maqsad va vazifalarini
bilishadimi degan savol berdik. Davlat dasturi haqida
eshitgan respondentlarning 31% bu dastur haqida to’g’ri ma’lumotga ega emas:
27% dastur nima haqidaligini bilishmaydi, 4% esa xato javob berishdi.
Ma’lumot uchun: «Yoshlar –
kelajagimiz» Davlat
dasturi 2018 yil 1 iyuldan butun mamlakatimiz bo’ylab amalga oshirilyapti. Uning asosiy maqsadi – yoslarning
biznes tashabbuslarini, startap, g’oya va loyihalarini qo’llab-quvvatlash
orqali bandlikni ta’minlash, band bo’lmagan yoshlarni mehnat bozorida
talab katta bo’lgan kasblarga o’qitish va biznesni olib borish ko’nikmalarini
o’rgatish.
So’rovda ishtirok etganlarning atigi 4% “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturida ishtirok etish uchun ariza topshirganlar.
Davlat dasturida ishtirok etish uchun
ariza topshirgan 35% respondentlar oxirigacha dasturda ishtirok etishmagan. Respondentlarning 38% ishtirok etish davomida qiyinchiliklarga
to’qnashganliklari haqida gapirib berishdi. Ular orasida:
1.
Qog’ozbozlik,
tanish-bilish zaruriyati, hokimiyat bilan qayta aloqa yo’qligi va boshqa
byurokratik to’siqlar (30%).
2.
Uzun navbatlar,
“sun’iy to’siqlar”, ko’plab talablar va kreditni rasmiylashtirish uchun ko’p
vaqt kerakligi va boshqa muammolar tufayli bankda kredit olish qiyinchiligi.
3.
Kafillikga pul
yo’qligi (12,5%).
Shu bilan
birgalikda qiyinchiliklar bilan ko’proq ayollar (41%) to’qnashishgan,
erkaklarga (20%) nisbatan.
“Yoshlar – kelajagimiz”
Davlat dasturini amalga oshirilishini baholash bo’yicha respondentlar bir to’htamga
kelishmadi. S’orovda ishtirok etganlarning 31% Davlat dasturi amalga oshirish
jarayoni haqida salbiy fikrda bo’lsa – ular orasida 19%i dastur juda yomon
amalga oshirilyapti deb baholadi. Erkaklarning
34% “Juda yomon” va “Yomon” javob variantlarini tanlashgan bo’lsa, faqat 14%
ayollar ham shu javobni berishgan. 16%
respondentlarning fikriga ko’ra dastur a’lo darajada amalga oshirilyapti, 19%
ishtirokchilar uchun – yaxshi.
1.
Biznes yuritishni
o’rganish – 26%
2.
Imtiyozli kredit
olish – 23%
3.
Qayta tayyorlash
va malaka oshirish kurslari – 12%
20% yoshlar dasturning hech bir yo’nalishida
ishtirok etish hohishlari yo’qligini bildirishdi.
“Boshqa” javob variantini tanlagan 6%
respondentlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlarini ishlab
chiqish, talabalar almashuvi va chet elda o’qish, madaniyat va san'at, turizm
va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tibbiyot va savdo yonalishlari
bo’yicha ishtirok etish istagini bildirishdi.