26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni. Shuning uchun U-Report va BMTning Narkotik va jinoyatga qarshi kurash bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) shu mavzuda anonim so’rovnoma o’tkazdi. Olingan ma’lumotlar yoshlar o’rtasida qaramlik chaqiradigan va sog’liqqa salbiy ta’sir qiladigan moddalarning (sigaret, narkotik va hk.) iste’mol darajasini aniqlash maqsadida UNODC tomonidan olib borilayotga tadqiqotida ishlatiladi. Ushbu so’rov natijalari yoshlar o’rtasida qaramlik chaqiradigan va sog’liqqa salbiy ta’sir qiladigan moddalarning istemolini oldini olish bo’yicha samarali dasturlar ishlab chiqishda kerak bo’ladi.
So‘rovnomada mamlakat bo‘ylab 4000ga yaqin respondent ishtirok etdi.
YOMON ODATLAR TO‘G‘RISIDAGI
SO‘ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:
1. So’rovda ishtirok etganlarning 74% sigaret
chekmaymidlar va faqatgina 18% sigaret chekishar ekan. Sigaret chekish ayollarga
nisbatan (5%) erkaklar (26%) orasida ko’proq tarqalgan.
2. So'rovda qatnashganlarning 34% o’zining
birinchi sigaretasini 19 yoshdan oshganda tatib ko’rgan, 22% esa 17-18 yoshida.
3. So’rovda chekuvchi qatnashchilarning 15%
kuniga 6-10 sigaret chekadi. Shu bilan birga, kuniga 6-10 sigaret chekadiganlar
orasida 20% ayollar va 14% erkaklar.
4. 16% respondentlar elektron sigaret chekish
bo’yicha qandaydir tajribaga ega – ular orasida 1-2 yoki 5-6 va yoki undan ko’p
marotaba ta’tib ko’rgan. Faqat 1% ishtirokchilar elektron sigaretalarni doimiy
ravishda chekishini qayd etgan.
5.
So’ralganlarning
86% hech qachon nosvoy iste’mol qilishmagan. Ayollar o’rtasida bu ko’rsatkich 99%
tashkil qildi.
6.
Ayollarning
98% va erkaklarning 94% giyohvand moddalarni hech qachon iste’mol qilishmagan
ammo ayollarning faqat 1% va erkaklarning 4% 1-2 marta ta’tib ko’rishgan.
7.
Ayollarning 76%
sigaret chekadigan odamlar katta xavf ostida ekanligiga ishonishsa, bu javob
variantini faqat 56% erkaklar tanlashgan.
8.
Respondentlarning 19% hayot davomida 1-2 marta giyohvand moddalarni iste’mol
qilganda ularning salomatligiga xavf bormi yoki yo’qmi bilishmaydi, huddi
shunday ko’rsatkich nosvoyni iste’mol qilish masalasi bo’yicha ham qayd etildi.
So’rovda ishtirok etganlarning 74% sigaret chekmaymidlar va faqatgina
respondentlarning 18% sigaret chekishar ekan. Sigaret chekish ayollarga nisbatan (5%) erkaklar
orasida (26%) ko’proq tarqalgan. Chekuvchilarning eng ko’p soni 25-30 yosh va undan
yuqori yoshdagilar oradisa – ushbu yosh guruhidagi 28%dan oshiq respondentlar
sigaret chekadi.
So'rovda qatnashganlarning 34% o’zining birinchi
sigaretasini 19 yoshdan oshganda tatib ko’rgan. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, chekishni boshlash yoshi kattalashgan
sari oshib boradi. Shu bilan birga, qizlar erkaklarga qaraganda erta yoshda
chekishni tatib ko’rar ekan: masalan, agar erkaklarning 5% 11-12 yoshda sigaret
chekgan bo'lsa, qizlar orasida bu ko'rsatkich 10% tashkil qiladi.
Kuniga bir marta chekilgan sigaretlar soni
bo'yicha quyidagi javoblar olindi:
- respondentlarning 32%i kuniga 1-5
sigaret chekishadi
- haftada bir sigaretadan kam chekadiganlar
soni 18%
- so’rov qatnashchilarning 15% kuniga 6-10
sigaret chekadi. Aytib o’tish kerakki, kuniga 6-10 sigaret chekadiganlar
orasida 20% ayollar va 14% erkaklar.
Respondentlarning 84% elektron sigaret
chekish tajribasiga ega emas. Ko'pincha elektron
sigaretalarni erkaklar chekishar ekan: masalan, 93% ayollar hech qachon bunday
sigaretlarni tatib ko'rmaganlar.