Mehnat bozorida ish o‘rinlarining cheklanganligi, “birovning” qo‘l ostida ishlash
istagi yo‘qligi, o‘z ambitsiyalarini qondirish, g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish –
shu va boshqa sabablar yoshlarni o‘z shaxsiy biznesini ochish uchun qaror
qilishga asos bo‘lishi mumkin. U-Report “Oila” markazi bilan qanchalik yoshlar tadbirkorlik faoliyatini
yuritish uchun tayyorligi va ular qanday to‘siqlarga duch kelayotganligi
to‘g‘risida ma'lumot olish maqsadida ushbu so‘rovnomani o‘tkazdilar. So‘rovnoma
natijalari “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan yosh oilalar uchun biznes yuritish
bo‘yicha ta'lim dasturlarini rejalashtirishda ishlatiladi.
So‘rovnomada mamlakat bo‘ylab 4500ga yaqin respondent ishtirok etdi.
YOSHLAR TADBIRKORLIGI TO‘G‘RISIDAGI SO‘ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:
1.
O’z biznesini boshlash uchun eng katta qiziqish 25-30 yoshdagilar guruhida kuzatildi - ushbu toifadagi respondentlarning
67%i o'z biznesini
boshlashni xohlaydi, boshqa yosh toifasidagi guruhlarda esa bu raqam 55% ni tashkil etdi.
2.
So'rov natijalariga
ko'ra, respondentlarning 24% bilim, ko'nikma va biznes tajribasi yo'qligi tufayli o'z bizneslarini yopishgan.
3.
Respondentlarning
ko'pchiligi (77%) o'z tuman/hududlarida biznesni o’rganish va olib borish bo’yicha maxsus o’quv kurslari mavjudligi
haqida xabardor emasligini aytdilar.
4.
Yoshlar o'z bizneslarini amalga oshirishda duch
kelayotgan asosiy to'siqlar kerakli moliyaviy resurslarning yetishmasligi (47%) va tegishli bilim va
tajriba yo'qligi (20%).
5.
So'rovnoma ishtirokchilarining 55% turmush
o'rtog'i bilan hamkorlikda tadbirkorlikni boshlash g'oyasini qo'llab-quvvatladi.
Shu bilan birga, ayollar (61%) erkaklarga nisbatan (51%) bu fikrni ko'proq qo’llashdi.
6.
Respondentlarning 56% “tanish-bilish”siz O’zbekistonda biznes ochish
va olib borish mumkin, ammo qiyin deb
hisoblashar ekan. So'rovda ishtirok etganlarning 12% biznes yuritish bilan bog'liq
masalalarda "tanish-bilish"siz iloji yo’q deb aytishdi.
7.
Biznesni rejalashtirish
yoshlarning biznes bo’yicha ta'lim olish sohasidagi eng yuqori talablaridan ekan (42%).
Ikkinchi va uchinchi o'rinlarda - tadbirkorlik hususiyatlarini rivojlantirish
(22%) va hujjatlar bilan ishlash (12%).
8.
So'rovda ishtirok
etganlarning 33% hech qanday mahalliy tadbirkorlarni bilmasligini bildirdi yoki
ularning familiyasi/ismini aytolmadilar.
So'rovnomada
ishtirok etganlarning ko’pchiligi (61%) o'z
bizneslarini boshlashni istashlarini aytishdi. 22% i ba'zan bu haqda o'ylaganlar. Erkaklar (66%) orasida ayollarga (53%) nisbatan tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagi kuchliroq. Shu bilan birga, ayollar
erkaklarga nisbatan (27%) ko'proq biznes ochish haqida o'ylashar ekan (19%). 25-30 yoshdagi respondentlarning 67%i o'z bizneslarini
amalga oshirishni xohlashadi.
Biz
o'z bizneslarini ochishni istamaganliklarini ko'rsatgan respondentlarning 6% - nima uchun o'z
biznesini ochishni istamaganligi so'radik va quyidagi javoblarni oldik:
1. Qiziq emas - 38%
2. Meniki emas - 28%
3. Omadsizlikdan qo'rqish - 11%
4. G’oya yo'q - 9%
5. Pul yo'q - 9%
Shuningdek, respondentlarning 2% nima sababdan o'z bizneslarini
yopishga to’g’ri kelganligini so'radik - va quyidagi natijalarni oldik:
1.
Pul yetmadi - 23%
2.
Boshqa (yozing) - 22%
3.
Daromad bo’lmadi - 20%
4.
Men qanday rivojlanishni
bilmasdim - 10%
5.
Bilim / tajriba yo'q edi - 7%
6.
Hujjatlarni yurita olmadim - 7%
7.
Menga to’g’ri kelmas ekan- 6%
8.
Jamoa bo’lmadi - 3%
Shunday qilib, so'rov
natijalariga ko'ra, respondentlarning 24% bilimlari, malakalari va ish tajribalari yetishmasligi
tufayli o'z bizneslarini yopishga to’g’ri kelgan.
U-REPORTYORLAR FIKRI:
"QQSning 20% kiritilgandan so'ng, firmada kichik aylanmasi va katta aylanma yo'qligi sababli yopishimiz kerak bo’ldi va mijozlar uchun maxsulotimizni sotib olish foydali emas, bozor monopolistiga esa bu kichik farq".
“Mablag’lar biznesni rivojlantirish uchun ishlatilmayapti. Ijara juda qimmat. Boshqa xarajatlar”.
“Put yetmadi va daromad yetishmadi. Keyinchalik qanday rivojlantirish kerakligini bilmadim”.
“Alumindan eshik rom yasardim bir o'zim, endi buni yakka tartibda yuritishga qonun yo'l quymaydi...”
“Soliq xodimlariga pora taklif qilmadim, shuning uchun ular ishlashga imkoniyat berishmadi.”
Respondentlarning 43% o'z biznesini qanday ochishni qisman o'rganib chiqishgan va respondentlarning faqat 15% ushbu masalani juda diqqat bilan o’rganishganlarini ta'kidladilar. Biznesni olib borish asoslarini o’rganmaganlardan ichida 49% ayollardir va faqatgina 30% erkaklardir.
So'rovda ishtiroq etganlarning aksariyati (77%) o'z sohalarida biznesni
yuritish uchun maxsus kurslar mavjudligi to’g’risida xabarador
emasliklarini ta'kidladilar. Ishtirokchilarning faqat 2% bunday kurslarda o’qiganlarini aytishdi.
Yoshlarni o'z bizneslarini amalga oshirishda asosiy to'siqlar – kerakli moliyaviy resurslarning yetishmasligi (47%) va tegishli bilim va tajribaning yo'qligi (20%). Shu bilan birga, 51% erkaklar va 39% ayollar orasida moliyaviy resurslarning yetishmasligi biznes yuritishda to’siqlar sifatida e’tirof etilgan bo’lsada, ayollarning 26% va erkaklarning 17% bilim va ko'nikmaga ega emasligi qayd etildi.
“Boshqa” (11%) javor varinatini ko'rsatgan respondentlarning ko'pchiligi,
o'qishi va yoshidan kelib chiqib, o'z ishlarini boshqarish haqida o'ylashlari
juda erta ekanligini ta'kidlashdi. U-Reportyorlarning fikricha, o’qish ko’p
vaqt talab qilgani tufayli ko'pchilik o'zlarining biznes g'oyalarini amalga
oshirish uchun yetarli vaqt topa olmaydilar va buni keyinroqqa qoldirishadi.
Boshqa to'siqlar orasida korruptsiya va byurokratiya, biznesni amalga oshirish
uchun bank krediti va/yoki yerni/hududni olish bilan bog'liq muammolar qayd
etilgan. Tadbirkorlik faoliyatiga xoshish istak yoki qiziqishi bo’lmagan yoshlar
ham bor.
So'rovnoma ishtirokchilarining 55% turmush
o'rtog'i bilan hamkorlikda tadbirkorlikni boshlash g'oyasini qo'llab-quvvatladi. Shu bilan birga, ayollar (61%) erkaklarga nisbatan (51%) bu fikrga ko'proq qo’shiladi. So’rovnoma ishtirokchilarining faqat 11% bu savolga qat’iy “yoq” deb javob
berishdi: ulardan 14% erkaklar va faqat 7% ayollar oilaviy biznes yuritishga
qarshi chiqdilar.
Respondentlarning 56%
“tanish-bilish”siz O’zbekistonda biznes ochish va olib borish mumkin, ammo
qiyin deb hisoblashar ekan. So'rovda ishtirok etganlarning 12% biznes yuritish bilan bog'liq
masalalarda "tanish-bilish"siz yuritib
bo’lmaydi deb aytishdi.
Respondentlarning faqatgina ¼ biznes yuritish uchun “tanish-bilishlarning”
yordami kerak emas deb ta’kidlashdi. Shu bilan birga, respondentlarning yoshi
qanchalik past bo’lsa, shunchalik o’z biznesini birovning yordamisiz yuritishiga
ishonchi balandroq: agar 14-19 yoshdagi respondentlar ichida bunday javobni 42%
bergan bo’lsa, 20-30 yoshdagi respondentlar ichida faqatgina 23% bu javobni
tanlashgan.