Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Amaliyotlar (stajirovka) samaradorligi

Ta’lim olish jarayonida yoki o‘qishni bitirgandan so‘ng amaliyot o‘tash yoshlarni ish topishda va dastalbki amaliy qo‘nikmalar orttirishda imkoniyatlarini oshirishi mumkin. U-Report so‘rovnomasini o‘tkazishdan maqsad yoshlarni amaliyotlarga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, ularni kasbiy bilimlari va malakalarini oshirishda va keyinchalik to‘laqonli ishga joylashishda amaliyotlarni samaradorligini aniqlash edi. So‘rov natijalari O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan mamlakatimizdagi amaliyot dasturlarini yahshilash, samaradorligini oshirish hamda yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish uchun foydalaniladi.

 

Ko‘pincha ta’lim muassasalarining bitiruvchilari yopiq doira deb atalmish muammoga uchrashadi – ish beruvchilar ish tajribasini talab qilishadi, ammo yosh ish qidiruvchilar o‘sha tajribani orttirish uchun birinchi navbatda o‘zlari ishga joylashishlari zarur. Lekin o‘sha ishga faqat ish tajribasi bilan olishadi. Bu muammoni yechimlaridan biri – amaliyot/praktika ya’ni kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim muassasasidan tashqari o‘qish paytida yoki o‘qishni bitirgandan so‘ng ish tajribasiga ega bo‘lish.

 So‘rovnomada mamlakat bo‘ylab 5000dan ortiq respondent ishtirok etdi.

 AMALIYOTLAR TO‘G‘RISIDAGI SO‘ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:

1.      So‘rov ishtirokchilarining 28% o‘qish paytida amaliyot/praktika o‘tmaganliklarini ma’lum qilishdi.

2.      So‘rov ishtirokchilarining 37% ularga amaliyot ozgina tajriba bergan deb javobni berishdi. Respondentlarning 29% salbiy amaliyot tajribasiga ega: ularning bir qismi amaliyoti shunchaki qog‘ozda bo‘lgani, yana bir qismi stajirovkada behuda vaqti ketganini atishgan.

3.      Barcha yosh kategoriyasidagi yoshlarning 63% amaliyot/praktika ularning keyinchalik ishga joylashishida haqiqatdan ham foydali bo‘ladi deb hisoblashadi.

4.      Yoshlar orasida amaliyot o‘tashning eng mashxur va istalgan joylari – davlat idoralari va halqaro tashkilotlar – 32%dan ovoz to‘plashgan. Ikkinchi o‘rinda – xususiy kompaniyalar (17%).

5.      43% respondentlar o‘qish bilan bir vaqtning o‘zida amaliyotni/praktikani tashkillashtirish eng yaxshisi deb hisoblaydilar.

6.      Globallashuv va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davriga qaramasdan amaliyot o‘tash uchun faqatgina 7% holatlarda ijtimoiy tarmoqlar va Internet yoshlarni potentsial ish beruvchilar bilan bog‘laydi.

7.      U-Reporterlar amaliyotlar/praktikani tashkil etishning uchta eng samarali usullarini tanlashdi: o‘qish joyidan yo‘naltirish (38%), ta’lim muassasalarida amaliyot yarmarkalarini tashkil etish (26%), maxsus onlayn-resurs tashkil etish (18%).

 

So‘rovda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi (56%) o‘qish vaqtida amaliyot/praktika o‘tganliklari haqida bildirishdi. Respondentlarning 28% amaliyot o‘tashmagan. Shu bilan birga amaliyot tajribasiga ega bo‘lgan so‘rovnoma qantashchilarning 70%dan ko‘pi 25 yoshdan katta yoshdagilarga tegishli.

 14-19 yoshdagi yosh guruhlarda amaliyot yoki praktika o‘tashgan respondentlar soni atigi 29% tashkil etgan bo‘lsa, yoshi kattaroq bo‘lgan yoshlarning 45%dan ortig‘i bunday tajribaga ega emasligini ta’kidladi.

 


So‘rov ishtirokchilarining aksariyat qismi – barcha yosh guruhlaridagi 70%dan ortiq yoshlar ularni amaliyot/praktikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishdan yuborishgan deb javob berishdi. 20%dan ozgina ko‘proq respondentlar amaliyotlarni izlash uchun tanishlarning yordamiga murojaat qilishar ekan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar va Internetning keng tarqalganligiga qaramasdan atigi 7% holatlarda yoshlarni potentsial ish beruvchilar bilan bog‘lashar ekan.

 

Biz amaliyot o‘tganlarga – ular amaliyotlardan nima orttirishganligi haqida savol berdik. Respondentlarning 37% biroz tajriba orttirganman deb javob berishgan bo‘lsa, 27% esa “zo‘r tajriba” degan variantni tanlashgan. So‘rovda ishtirok etganlarning 29% amaliyotlardan salbiy tajriba orttirganman deyishdi: 19% amaliyot faqat qog‘ozda bo‘lgan va qolgan 10% esa bekor vaqt ketgan deya hisoblashadi.

 

Barcha yosh kategoriyasidagi yoshlarni 63% amaliyot/praktika keyinchalik ishga joylashishda rostdan ham foydali bo‘ladi deb hisoblashadi. So‘rov qatnashchilarning 11% amaliyotlar foydasi to‘g‘risida shubha bildirishdi, 10% qanday javob berishni bilishmadi. Shu bilan birga, erkaklar amaliyotlarga nisbatan ko‘proq tanqidiy munosabatda: agar ayollar orasida faqat 12% kelajakdagi amaliyotlar roli haqida salbiy javob berishgan va 66% amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlashgan bo‘lsada, erkaklar orasida bu ko‘rsatkich mos ravishda 19% va 60%ga to‘g‘ri keladi.



So’rov natijalariga kora yoshlar orasida eng mashxur amaliyot o‘tash sifatida istagan joylari – davlat idoralari va halqaro tashkilotlar – 32%dan ovoz to‘plashgan. Jozibadorlik nuqtai nazaridan xususiy kompaniyalar ikkinchi o‘rinni olgan 17% respondentar ushbu javobni tanlashgan. Agar gender farqlarini tahlil qilsak qizlar ko‘proq (37%) halqaro tashkilotlarni afzal ko‘rishsa, yigitlar asosan (35%) davlat idoralaridagi amaliyotlarni tanlashadi.

 

«Boshqa» javob variantida (6%) eng ko‘p tarqalgan respondentlarning javoblaridan ta’lim muassasalari (bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari va boshqalar) hamda ishlab chiqarish/sanoat deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, javoblar orasida madaniy, harbiy va tibbiyot muassasalari, AKT sohasi, O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalari, huquqni muhofaza qilish yoki sud organlari, OAVlar ham bor. Ko‘pchilik eng asosiysi kerakli tajriba va ko‘nikmalarni tajribali insonlar bilan birgalikda orttirish mumkin bo‘lgan hamda ozgina pul ishlash imkoniyati va amaliyot/praktika faqat qog‘ozda bo‘lmasligi va rostdan ham foyda keltirishi kerakligni ta’kidladi.