Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Qoʻshimcha taʻlim: masalalar va istiqbollar

Bugungi kunda yoshlar uchun muhim taʼlim manbai boʻlmish chet tillari va turli mavzulardagi qoʻshimcha kurslarning o’rni va ahamiyati shubhasizdir. Qoʻshimcha taʼlim taʼlim tizimining ajralmas qismi boʻlib qolmoqda. U-Report Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda yoshlar orasida kimga va nima uchun qoʻshimcha taʼlim kerakligini tushunish, yoshlarni ushbu taʼlim shakliga murojaat qilishiga nima undashini bilish uchun soʻrov oʻtkazdi.
Tadqiqotda respublikaning barcha viloyatlaridan 6100 dan ortiq respondent ishtirok etdi. Respondentlarning 24% maktablar / litseylar / kollejlar oʻquvchilari ekanligini, 66% esa maktabni bitirganligini, ammo ular soʻrovda ishtirok etishga qiziqishi borligini bildirishgan.
Tadqiqot doirasida qoʻshimcha taʼlim – bu maktab / kollej / litseyda majburiy oʻquv dasturidan tashqari qoʻshimcha mashgʻulotlardir.



QOʻSHIMCHA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SOʻROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1) Respondentlarning taxminan 80% kurslar, treninglar, master-klasslar va hk. larda qoʻshimcha taʼlim olmoqda yoki olgan.
2) Qoʻshimcha taʼlim olishning asosiy maqsadi sifatida - respondentlar universitetga kirish (51%) va oʻz-oʻzini rivojlantirish imkoniyatlarini (respondentlarning 30%) koʻrsatganlar.
3) Respondentlarning 45% ga yaqini maktab / litsey / kollejda qoʻshimcha oʻquv kurslari tashkil etilganligi haqida javob berdi. Shu bilan birga, soʻralganlarning 19% bu kurslar faqat “nomiga bor”ligini va 23% i ularning sifati bilan qoniqmaganligini koʻrsatdi.
4) Respondentlarning 81% i taʼlim muassasalarida haq toʻlash asosida, turli shakllarda qoʻshimcha taʼlim kurslarini yaratish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi.
5) Respondentlarning yarmidan ortigʻi, qoʻshimcha taʼlim olmaguncha universitetga kirish yoki ishga joylashish imkoni yo’q deb hisoblaydi yoki bunday imkoniyat mavjudligiga shubha qilishadi (32% va 29% mos ravishda).
6) Respondentlar oʻzlarining maktablari, litseylari va kollejlarida qoʻshimcha taʼlim kursi sifatida 60 dan ortiq turli yoʻnalish va mavzularni aytib oʻtdilar. Ularning orasida eng mashhurlari - chet tillari, dasturiy taʼminot, kompyuter fanlari, oʻz-oʻzini rivojlantirish / maʼnaviyat, biznes / marketing va boshqalar.


 

Soʻrov ishtirokchilarining 79% i qoʻshimcha taʼlim olgan (olayotganligi) (kurslar, treninglar, repetitorlik, master-klasslar, onlayn treninglar va hk) haqida savolga ijobiy javob berdi. Shu bilan birga, respondentning yoshi qanchalik past boʻlsa, qoʻshimcha taʼlim olganlar nisbati shunchalik yuqori, jumladan 14 yoshli respondentlar orasida ushbu koʻrsatkich qariyb 90% ni tashkil etadi.

 

So'rov natijalariga ko'ra, qo'shimcha ta'lim olishning asosiy maqsadi universitetga kirish (51%) va o'z-o'zini rivojlantirish imkoniyati (respondentlarning 30%). Shu bilan birga, respondentlarning yosh toifasi qanchalik katta bo'lsa, qo'shimcha kurslarga qatnashishning asosiy sababi sifatida o'z-o'zini rivojlantirishni ko'rsatadigan javoblar soni shunchalik yoqoridir. Respondentlarning 10% i tanlagan "bilimlarni mustahkamlash" degan javob ham shunga o'xshash tendentsiya kuzatilmoqda.
So'ralganlarning 45% ga yaqini maktab / litsey va kollejlarda qo'shimcha o'quv kurslari tashkil etilganini, ulardan 19% i ushbu kurslar faqat "nomiga uchun", 23% i esa ularning sifati bilan qoniqmaganligini ta'kidladi.
Shuni aytish joizki, 14-19 yoshdagi guruh respondentlarning 35% i maktablarda / litseylarda qo'shimcha kurslar sifatini "ular nomiga uchun bor" deb baholadilar.

 


So'ralganlarning 81% i ta'lim muassasalarida qo'shimcha ta'lim kurslarini haq to'lash asosida, u yoku bu shaklda yaratish g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi. So'ralganlarning taxminan yarmi (43%) buni a'lo fikr deb hisoblashadi. 14 yoshli bolalar guruhida respondentlarning 33% i maktabda o'qimagan mavzular bo'yicha kurslarga ehtiyoji bor ekanligini aytdi. So'ralganlarning 12% i qarshi, va ishtirokchilarning 7% i, maktab / litsey va kollejlarda qo'shimcha ta'lim kurslarini pullik asosda o'tish kerakmi yo’qmi degan fikrga bitta qarorga kelmadi.

     


Respondentlarning yarmidan koʻpi qoʻshimcha taʼlimsiz universitetga kirish yoki ishga joylashishning iloji yoʻq deb hisoblaydilar yoki buning mumkinligiga shubha qiladilar (32% va 29% mos ravishda). Soʻralganlarning 30% bu savolga ijobiy javob berdi. Ishtirokchilarning faqat 9% i qoʻshimcha taʼlim olmagan holda oʻqishga kirish va ish topish mumkinmi yoʻqmi bilmaydilar.
Biz respondentlardan oʻz maktablarida, litseylarida va kollejlarida qanday qoʻshimcha kurslar tashkil qilinishini hoxlashlarini soʻradik. Respondentlar 60 dan ortiq turli sohalar va yoʻnalishlar nomini aytdilar, ulardan biz eng koʻp uchragan 15 ta sohalar va yoʻnalishlarni hisoblab chiqdik:
1. Xorijiy tillar (ingliz, arab, koreys, xitoy, nemis, ispan, yapon, italyan)
2. Aniq fanlar (matematika, fizika, kimyo)
3. Informatika, dasturlash, kibersport, robototexnika
4. Biznes kurslari, Marketing, Menejment, Moliyaviy menejment
5. Maʼnaviy maʼrifat / Oʻz-oʻzini rivojlantirish
6. Psixologiya
7. Tarix
8. Tabiiy fanlar (biologiya, botanika)
9. Huquqshunoslik
10. Rus tili
11. Muhandislik / Mexanika / Aviasozlik
12. Mental arifmetika / Mnemonika / Logika
13. Sanʼat (chizmachilik, raqs, qoʻshiq aytish, aktyorlik)
14. Oʻzbek tili
15. Sport (suzish, jang sanʼatlari, basketbol, futbol)
 
Bundan tashqari, quyidagi sohalar va kurslar talab qilingan: amaliy mashgʻulotlar / maxsus fanlar; Tibbiyot / birinchi yordam kurslari; Adabiyot; Dinshunoslik; Jurnalistika; Islom dinini oʻrganish; Oratorlik sanʼati / rahbarlik; Axloq qoidalari; Siyosatshunoslik; Hunarmandchilik / bogʻdorchilik; Dizayn; Astronomiya; Xizmat ko’rsatish (Sartaroshlik, Ofitsiant, Turizm); Haydovchilik kurslari / YXQ; Geografiya; Pazandachalik kurslari; Shaxmat; Ekologiya; Foto-video kurslari; Logistika; Dastlabki harbiy tayyorgarlik.
Soʻrov natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga yuborildi. Tahlillar yoshlarga qoʻshimcha taʼlimni tashkil etishni yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin.

 

Izoh: Sorov natijasida olingan malumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ malumot emas va sorovda qatnashgan 6100 dan ortiq respondentlarning fikridir.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo