Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlarni kasbga yo’naltirish

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi U-Report orqali kasbga yoʻnaltirish boʻyicha soʻrov oʻtkazdi. Maʼlumotlar yoshlarning kasbiy yoʻnaltirishga boʻlgan munosabati va bu sohada davlat faoliyatini takomillashtirish haqida maʼlumot olish uchun zarur boʻladi.

 

Tadqiqotda mamlakat boʻylab 6300 dan ortiq respondent ishtirok etdi.

Soʻrov kontekstida, kasbiy yoʻnaltirish (proforiyentatsiya) – bu yoshlarning iqtidori, qobiliyati va mehnat bozoridagi vaziyatdan kelib chiqib, kasb tanlash, qayta tayyorlash va o’zgartirish bo’yicha tadbirlardir.

 

KASBIY YOʻNALTIRISH BOʻYICHA SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI:

1. 20-24 yosh guruhidagi respondentlarning 19%i hali oʻz kasbi boʻyicha qaror qabul qilmaganliklarini aytib o’tishdi.

2. Respondentlarning fikriga koʻra, kasb tanlashga taʼsir qiluvchi toʻrt omil quyidagilar: shaxsiy qobiliyat (34%), kasbga muhabbat va moliyaviy sharoitlar (har biri 20%dan ovoz oldi ), ota-onaning qarori (11%).

3. Respondentlarning 82%i davlat yoshlarni kasbga yoʻnaltirishni tashkil etish kerak, deb hisoblaydi. Soʻralganlarning 57%i maktabdan kasb-hunar egallashni boshlash kerak degan fikrda.

4. So’rov ishtirokchilari kasbga yoʻnaltirish boʻyicha faoliyatni psixologlarga (32%), oʻqituvchilarga (28%) va ish beruvchilarning oʻzlariga (13%) topshirish kerak degan fikrlarni bildirishdi. Bundan tashqari, bu borada Mehnat vazirligi va uning tuzilmalari jami 13 %ni yigʻdilar.

 

 Soʻrovda ishtirok etganlarning 9 %i orasida, yaʼni ishlaydigan, biroq oʻz ishidan qoniqmayotgan va kasbini oʻzgartirishni istaganlarning 11 %ni erkaklar va 7 %ni ayollar tashkil qildi. Erkaklarning 15 %i va ayollarning 10 %i qoʻshimcha kasbga ega boʻlishni xohlashlarini bildirgan. Shu bilan birga, 20-24 yosh guruhidagi respondentlarning 19 %i hali oʻz kasbi boʻyicha qaror qabul qilmaganliklarini aytishdi.

Respondentlarning fikriga koʻra, kasb tanlashga taʼsir etadigan toʻrtta omil quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

1. Shaxsiy qobiliyat (34%)

2. Kasb-hunarga muhabbat va moliyaviy sharoitlar (har biri 20 %dan toʻplagan)

3. Ota-onaning qarori (11%)

 

“Ota-onaning qarori” degan variantni qizlarning 14 %i va oʻgʻil bolalarning 9 %i tanlagan. Shu bilan birga, moliyaviy masalalar ayollarga (12%) nisbatan erkaklarni (25%) koʻproq qiziqtiradi va bu esa kasb tanlashda asosiy omil hisoblanar ekan.



Soʻralganlarning 82% davlat yoshlar uchun kasbiy yoʻnaltirishni tashkil qilishi kerak deb hisoblaydilar (gender mezoni boʻyicha 85 % ayollar bu javobga ijobiy javob bergan boʻlsa, erkaklarning 80 %i bu bilan rozi boʻldilar). Respondentlarning 57 %i maktabdanoq kasbiy yoʻnaltirishni amalga oshirishni boshlash kerak deb hisoblaydi. Respondentlarning 22 %i buni bogʻcha paytidan boshlash kerak, 14 %i esa tanlash bosqichini kolledjdan boshlash kerak deb hisoblaydilar.

 

  

Kasbga yoʻnaltirishni kim amalga oshirishi kerak degan savolga respondentlarning javobi qoʻyidagicha taqsimlandi:  psixologlar (32 %), oʻqituvchilar (28%) va ish beruvchilarning oʻzlari (13%). Bundan tashqari, respondentlarning 13%i bu ishni Mehnat vazirligi va uning tuzilmasi  - Aholi bandligini taʼminlash markazi zimmasiga topshirish kerak degan fikrni bildirishgan.

“Boshqa” javob variantini tanlagan ishtirokchilar - bu respondentlarning 14%i, quyidagi javob variantlarini berdilar: ota-onalar, shaxsning oʻzi, yuqorida aytib oʻtilganlarning barchasi, ota-onalar oʻqituvchilar bilan birgalikda, ushbu masalada koʻplab tuzilmalarning integratsiyalashgan yondashuvi va sherikligi boʻlishi zarur.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan kasbiy yoʻnaltirishni tashkil qilish uchun quyidagi qiziqarli takliflar berildi:

- bolalarga kasblar haqida aytib beradigan multfilm qahramonlari va multfilmlar yaratish,

- oʻquv dasturiga alohida yondashuvni joriy qilish, yaʼni yoʻnalishlaridan birida isteʼdod egasi boʻlgan bolalarga muyaun oʻquv soatlarini koʻpaytirish yoki uni sevimli yoʻnalishida rivojlantirishga yordam beruvchi mavzularni darsga kiritish,

- oʻz sohasida yaxshi natijalarga erishgan mutaxassislarni yosh avlod bilan uchrashuvlarga jalb qilish,

- talabalar oʻrtasida turli kasblar haqida koʻproq maʼlumotni tarqatishni tashkil etish.

 

U-REPORTERLAR FIKRI:

«Kasbga har qanday ko'ngilli odam yo'naltirishi kerak, yoshlarni. Muhumi yoshlar o'zlari ularning orasidan keraklisini tanlay oladigan darajada farosatli bo'lishi kerak. Buning uchun esa yoshlikdan ta'limni yaxshi berib borish kerak».

«Asalomu aleykum avvalo, ha rbir odam kelajak qadamini ozi tanlab bilishi kerak. Nima uchun desangiz kelajakda kasb uning oziga kerak shuning uchun ozimiz yoshligimizdan kelajagimizi oylashimiz kerak dep oylayman".

 “O’quvchida kasblarning barcha turlari bo’yicha ma’lumoti bo’lishi kerak”.

“Ota onalar farzandini qobilyatini sezib uni rivojlantirishi kerak”.

“Avvalo ozimiz, o‘qituvchilarimiz, ota-onamiz”.

“Bolani qobiliyatiga qarab ota-ona kasbga yo'naltirishi lozim”.

Bu psiholog va yirik ish beruvchilar bo'lishi kerak, chunki ular birgalikda bolmasa, beriladigan ma'lumot to'liq bo'lmasligi mumkin”.

Ongni rivojlantirish boyicha ish olib boruvchi meditatsiya boyicha yoki boshqa noyob mutahassislar”.

 “Manimcha o'qitish tizimida o'zgartiSH qilish kerak. Masalan, komputerchi bolmoqchi bolganlarga hech bolmasam 7-8sinfdan o'zlari hohlagan fanlarni o'qishga imkon berilsa, yurtimizda o'z kasbini ustalari ko'payadi yurtimizni rivojlanihiga mustahkam poydevor bo'ladi".

Oz kasbini sevuvchi turli sohadagi mutahassislarni taklif qilish zarur”.

“Kasbga yo'naltirishni mutlaqo boshqa usulda tashkillashtirish tarafdoriman. Masalan-ulg'ayotgan avlodning qobilyatlarini bilish uchun maktablarda alohida dars soati yohud mutlaqo yanggi dastur tayyorlagan holda ularni qaysi kasbda ko'proq foydasi tegishini aniqlash va psixologlar yordamida o'quvchida bu kasbga nisbatan muhabbat bor yoki yo'qligini bilgan holatda ishlansa maqsadga muvofiq bo'lardi mening fikrimcha. Shunda tayyorlanayotganlardan 1000 nafaridan biri biz kutgan natijalarga erishsa u kelajakda millionlab insonlar hayotini yaxshilaydigan insonga aylanadi’.

 “Yuqorida aytilganlarning barchasi + bolaning o'zi”.

“Har bir kasbni oʻz uslubida yoritadigan multi qahramonlar orqali. Buning uchun biz oʻqituvchilar, psixologlar va ssenaristlar guruhiga muhtojmiz. ”

“Mutaxassislar aslida bu maqsadga erishishga qaratilgan (bular psixologlar, oʻqituvchilar, Mehnat vazirligi xodimlari, ish beruvchilar). Bu turli tuzilmalarning oʻzaro bogʻlangan majmuasi boʻlishi kerak, faqat bu holda natijaga erishish mumkin ”.

__________________________________________________________________________

Mehnat vazirligidan maʼlumot: O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilgan shaxslar 40dan ortiq kasb-hunar bo’yicha bepul maslahat olishi, o’qishi, qayta o’qishi va qayta tayyorlanishi mumkin. Ko’proq ma’lumot olish uchun Mehnat vazirligining ishonch (tezkor) telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling: 71 200-06-00.

 

Izoh: Sorov natijasida olingan malumotlar UNICEFning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ malumot emas va sorovda qatnashgan 6300 dan ortiq respondentlarning fikridir.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo