UNIСEFning Bolalarni himoya qilish boʻlimi U-Reportyorlardan mehnat migratsiyasining
jamiyatga taʼsiri haqida oʻz fikrlarini bildirishini soʻradilar. Maʼlumotlar Yevropa
Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi
uchun qoʻshimcha tahliliy material sifatida ishlatiladi. Olingan maʼlumotlar migratsiya sharoitida bolalarni himoya qilish sohasida Hukumat uchun siyosat va
dasturlarni ishlab chiqishda qoʻllaniladi.
Mavjud mehnat migratsiyasi taʼsirining koʻlami faqatgina davlatlar va ularning oʻzaro munosabatlari
chegaralaridan tashqarisiga chiqib, toʻgʻridan-toʻgʻri mehnat migrantlarining
oilalari va yaqinlariga taʼsir koʻrsatmoqda. Bolalar kontekstida ushbu
masalaning jamoatchilik bilan aloqalarga eng katta taʼsirini eʼtirof etgan
holda, Yevropa Ittifoqi UNICEF
koʻmagida Oʻzbekiston hukumatiga bolalarni himoya qilish boʻyicha tegishli
siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda yordam berish boʻyicha loyihani
moliyalashtirmoqda.
U-Report ushbu mavzu boʻyicha soʻrov oʻtkazdi.
Soʻrovda 2500 ga yaqin kishi qatnashdi. Eng faol ishtirokchilar Toshkent va
Fargʻona viloyatlari (respondentlarning ulushi 22% atrofida), Xorazm,
Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi.
Soʻrov kontekstida, migrant (muhojir) – bu bir joydan ikkinchi joyga (uning
tug'ilgan joyi bo'lmagan) ko'chib o’tgan shaxsdir: ish topish yoki yashash
sharoitini o’zgartirish maqsadida..
SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI:
1) Respondentlarning 70 %dan ortigʻi,
mehnat migratsiyasiga ketganidan soʻng oʻzlariga yoki oila aʼzolariga jamiyat
tomonidan munosabat o’zgarganligi haqida ma’lumotga ega emas yoki oʻzgarmagan deb
hisoblaydilar. Qolgan taxminan 20 %i bu munosabat ijobiy tarzda va faqat 10%i -
salbiy tarzda oʻzgargan deb hisoblashadi.
2) Respondentlarning 59%i
Oʻzbekistondagi mehnat muhojirlari bor oila farzandlariga mensimaslik faktlarini
uchratmaganliklarini eʼtirof etdilar. Soʻralganlarning 17%i bunday
faktlarga duch kelganlari haqida aytib o’tishdi.
3) Respondentlarning 48%i mehnat migratsiyasi qolayotgan
bolalarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatdi deb hisoblaydilar, respondentlarning
35%i taʼsirning mohiyati haqida maʼlumotga ega emas, 16%i esa migratsiyaning
migrantlar bolalariga nisbatan ijobiy taʼsirini qayd etdi.
4) Odatda, mamlakatda qoladigan mehnat migrantlarining
oila aʼzolariga ularning qarindoshlari (53%) yoki hech kim yordam bermas ekan
(37%).
5) Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, migrantlar va
ularning yaqinlari/qarindoshlari oʻrtasida yaqin aloqalar mavjud: soʻrov
qilinganlarning 42%i ular har kuni aloqada boʻlishlarini, 30%i haftada bir
marta, 13%i oyida bir marta, va respondentlarning atigi 15%i yiliga bir
muloqotda boʻlishini yoki umuman muloqotda boʻlmasliklarini eʼtirof etdidar.
6) Soʻralganlarning 26%i mehnat
migratsiyasiga borish istagi yoʻqligi haqida aniq javob berdi. 50%i kelajakda mehnat
muhojirlari rolida oʻzlarini tasavvur qilishlari mumkinligini - yaʼni ular chet
elda ishlash istagi haqidagi savolga ijobiy javob berdilar, qolganlari esa bu
haqda bilmaydilar yoki oʻylamaganlar.
7) Mehnat migratsiyasi jamiyatga ijobiy taʼsir
koʻrsatadi degan fikrda boʻlgan respondentlarning 50%i, migratsiya yashash
uchun uy-joyga pul ishlab topish imkoniyatini berishini aytdilar.
Biz respondentlardan ularda xorijga mehnat migratsiyasiga ketgan tanishlari
yoki qarindoshlari bormi, deb soʻradik. Soʻralganlarning 72%i ijobiy javob berdi, 7%i oʻzlari mehnat
muhojirlari ekanligini aytib o’tishdi.
Shuningdek, mehnat muhojirlari oilasi aʼzolari
bo’lgan respondentlardan - ular kimlar
bilan qolishdi deb soʻralganda, quyidagi natijalar olindi:
1. Ota yoki onasi bilan - 38%
2. Ota-ona ikkalasi bilan - 20%
3. Boshqa oila aʼzolari bilan - 17%
4. Bir oʻzim - 8%
5. Bobom/buvim bilan - 6%
Shuningdek, quyidagi javoblar ham boʻldi:
akam/ opam, qaynonam/ qaynotam, xolam, amakim, boshqa qarindosh-urugʻlar,
xotinim/erim bilan.
Respondentlarning
70%dan ortigʻi, mehnat migratsiyasiga ketganidan soʻng oʻzlariga yoki oila
aʼzolariga jamiyat tomonidan munosabat o’zgarganligi haqida ma’lumotga ega emas
yoki oʻzgarmagan deb hisoblaydilar. Qolgan taxminan 20 %i bu munosabat
ijobiy tarzda va faqat 10%i - salbiy tarzda oʻzgargan deb hisoblashadi.
Shu bilan birga, agar ayollarning 16%i
jamiyatda ularga nisbatan munosabat ijobiy tarafga oʻzgardi deb hisoblasa,
erkaklar orasida bu koʻrsatkich 21 %ga teng. Ayol respondentlar orasida ularga
nisbatan munosabat yomonlashdi deb hisoblaganlar 12%ni tashkil etsa, erkaklar
orasida bu 9 %ni tashkil qildi.
Respondentlarning
59%i Oʻzbekistondagi mehnat muhojirlari bor oila farzandlariga mensimaslik
faktlarini uchratmaganliklarini eʼtirof etdilar. Soʻralganlarning
17%i bunday faktlarga duch kelganlari haqida aytib o’tishdi.
Bunday faktlarga duch kelgan 17%iga (taxminan
300 nafar respondentga) migrant farzandlariga
mensimaslik holatlari nimadan iborat deb soʻralganda, quyidagi natijalar
olindi:
1. Taxqirlashadi - 29%
2. Haqoratlashadi - 25%
3. Imtiyozlarini olib qoʻyishadi -17%
4. Tahdid qilishadi - 8%
5. Yelkalaridan silkitishadi - 7%
6. Ularga baqirishadi - 5%
7. Biron narsa qilishga majburlashadi - 4%
8. Doimo urishadi - 3%
Ushbu javob variantlarini bolalarga mehnat migratsiyasi koʻrsatgan taʼsiriga koʻra salbiy (urushqoq, mayus, oʻqishni yomon oʻzlashtirayapti va hokazo) va ijobiy (mehribonroq, oʻqishda yaxshiroq o’qiyapti va hokazo) taʼsir deb tasniflasak: respondentlarning 48%i mehnat migratsiyasi bolalarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayapti deb hisoblaydilar, respondentlarning 35%i taʼsirning mohiyati haqida maʼlumotga ega emas, 16 %i esa migratsiyaning bolalar xulq-atvoriga ijobiy taʼsir koʻrsatishini e’tirof etdilar.