Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Internetni kattalar tomonidan cheklash kerakmi?

Internet deyarli har bir inson hayotining ajralmas qismi bo'lib qolishiga ulgurdi. Ayniqsa, bu faqatgina ish yoki darsi uchun Internetdan ma’lumot olibgina qolmay, balki ko’p vaqtini Internetda o’tkazayotgan va ijtimoiy tarmoqlarga “boshi bilan sho’ng’ib qolayotgan” yoshlarga taalluqlidir. Kattalar/ota-onalar tomonidan yoshlarning Internatdan foydalanishi cheklanishi kerakmi? Internet/ba’zi web-saytlar cheklovi va yoshlarning dars o’zlashtiruvi o’rtasida bog’liqlik bormi? Bu ota-onalar va bolalar munosabatlarida qanday aks etadi?

 

Bugun yoshlar o’zlari mavzu tanlab, U-Report orqali ota-ona/kattalar tomonidan Internet cheklovi bo’yicha so’rov o’tkazishni so’radilar. Internetni cheklash o’qishga, ota-ona va bolalar munosabatlariga ta’sir qiladimi va b.

So’rovnomada butun Respublika bo’ylab jami 1800dan ortiq respondentlar qatnashdi.

 

SO’ROVNING ASOSIY TAHLILIY NATIJALARI:

1. So’rovnoma ishtirokchilarining deyarli 1/3 qismi (32%) kuniga muloqot/dam olish uchun Internetda 5 soatdan ortiq vaqt sarflashar ekan (ularning 9 % Internetda yarim kun “qolib ketishi” va 8 % kun davomida tinimsiz Internetda “o’tirishi” mumkin ekan).

2. 55% qatnashchilar ularga kattalar tomonidan Internet cheklovi yo’qligini bildirgan.

3. 55% respondentlar ota-onalar tomonidan Internet cheklovi qisman kerakligini bildirgan. Bu fikrni 15-24 yosh toifasidigilarning 60 % qo’llagan.

4. So’ralganlarning 29 % ota-onalar yoshlarning internetdagi o’tkazadigan vaqtini qati’yan chegaralashi kerakligini aytgan.

5. So’ralganlarning 1/3 qismidan ortig’i (33%) Internet cheklovi yoshlarning o’qishiga, 42% esa ota-onlar bilan munosabatlariga ijobiy ta’sir o’tkazadi degan fikrda. Deyarli ¼ qatnashchilar bu salbiy ta’sirga ega deb hisoblaydi.

 Shu bilan birga, respondentlar Internetning butunlay chekloviga qarshi bo’lib, o’z fikirlarini bildirgan qatnashchilar yechim sifatida ma’lum bir web-saytlar cheklovi va Internetda o’tkaziladigan vaqtning nazorat qilinishini ko’rsatganlar.



 

So’rovnoma ishtirokchilarining deyarli 1/3 qismi (32%) kuniga muloqot/dam olish uchun Internetda 5 soatdan ortiq vaqt sarflashar ekan (ularning 9 % Internetda yarim kun “qolib ketishi” va 8 % kun davomida tinimsiz Internetda “o’tirishi” mumkin ekan).

Ta’kidlash joiz-ki, 14-24 yosh toifasidagilar Internetdan muloqot/dam olish uchun foydalanish bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichni berdi – 38%.

 

Dars/ish uchun Internetdan 5 soatdan ko’proq faqatgina 20% so’ralganlar foydalanar ekan.

 

Shuningdek Internet cheklovi yoshlarga quyidagi parametrlar bo’yicha qanday ta’sir o’tkazishi haqida so’rovnomamiz qatnashchilarining fikri bilan qiziqdik:

 

- O’qishni o’zlashtirishga Internet cheklovi qanday ta’sir ko’rsatadi:

1.    Ijobiy – 33%

2.    Salbiy – 23%

3.    Hech qanday – 22%

4.    Bilmayman  – 13%

5.    Boshqa(o’z variantingizni yozing) – 9%

 

“Boshqa” variantini bildirgan respondentlar, asosan, Internet cheklovining asoratlari vaziyatga bog’liqligini  - agar butunlay cheklansa - salbiy, ijtimoiy tarmoqlar cheklovi – ijobiy deb aytishgan. Shuningdek, ularning ko’p qismi axborot asrida har qanday chelovlar foydasiz ekanini va maslaga Internetdan to’g’ri foydalanish savodxonligini kuchaytirish tomonidan yondashish kerakligini bildirgan.

 

U-REPORTYORLAR FIKRI:

 «Bu bizning samaradorligimizga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, lekin Internetni umuman cheklab qo’yish do’stlar bilan muntazam muloqot ehtiyoji sababli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin».

«Cheklash kerak emas, nazorat qilish kerak nimalardan foydalanayotganini».

«Agar Internet dars va o’qish maqsadida ishlatilsa, cheklovni keragi yo’q, teskarisi bo’lsa cheklash kerak».

 «Internetdan foydalanishni o’rgatish kerak. Bu faqat asbob, savodsizlar qo’lida – juda havfli narsa,

Bilimlilar esa undan katta imkoniyatlar topishadi».

 

«Aslida internetni cheklashdan kora internetdan unumli foydalanishni orgatish kerak!».

«Tangani ikki tomoni bôlgani kabi ham ijobiy ham salbiy bôlishi mumkin. Hamma narsani me'yori bôlsa yaxshi menimcha, internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish kerak». 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________  


- Internet cheklovi bolaning/yoshlarning hulqiga qanday ta’sir ko’rsatadi:

1.           Yaxshi – 36%

2.           Yomon – 23%

3.           Hech qanday – 16%

4.           Odamovi bo’ladi – 15%

5.           Boshqa (yozing) – 9%

 

“Boshqa” varianini tanlaganlar (9%) respondentlar bolada Internetdan foydalanish me’yorlarini shakillantirish uchun hayotdagi manfaatlarni hisobga olib, tog’ri tarbiya berish kerak deb hisoblaydi. Internetdan foyalanihni nazorat qilishni keskin cheklovlarsiz, muhit va bolaning psixik holatidan kelib chiqib amalga oshirish kerak.


U-REPORTYORLAR FIKRI:

«У всех по разному, вначале плохо, потом молодой человек осознает, что все хорошо, но для этого требуется время и не у всех так».

«По-началу будет психовать, но потом поймет».

«Rosa o‘rgangan odamda xumor tutgandaqa notinch asabiy holat kuzatiladi, bu holat shunday rejimda olib borilsa (hammaga bir xil cheklash bo‘lsa, shunda bir-biriga solishtirish bo‘lmaydi) bu narsadan asta unutib bola o‘ziga boshqa mashg‘ulot topadi yoki kattalar yordam berishi kerak».

«Возможно по началу будет сложно, будут скандалы. Но когда ребенок отвыкнет от постоянной зависимости, он спокойно будет справляться и без интернета».

«Дети не поймут, что родители хотят для них добра и, соответственно, будут делать то, что хотят.А точнее они решат, что у них отбирают их свободу, свободу выбора».

______________________________________________________________________________________________

- Ota-ona va bola o’rtasidagi munosabatlarga Internet cheklovi qanday ta’sir ko’rsatadi:

1.       Yaqinroq bo’lishadi – 42%

2.       Ishonchsizlik paydo bo’ladi – 24%

3.       Hech qanday – 17%

4.       Uzoqlashadi – 12%

5.       Boshqa (yozing) – 5%

“Boshqa” variantini tanlagan 5% respondentlerning fikricha, ko’p narsa oilada olgan tarbiyaga, mavjud bo’lgan vaziyatga va cheklob uslublariga bog’liq.


U-REPORTYORLAR FIKRI:

«В зависимости от того, как родители преподнесут это ограничение, и будут ли они стремиться узнать своего ребёнка».

«Bu ota ona qollagan uslubga bog'liq».

«Запрет ничего не даст, а только усугубит ситуацию. Если ребенок сутками сидит в интернете, не общается с родителями, вопрос должны задать себе родители, а почему ребенок предпочитает общению со мной интернет. Многие родители сами не уделяют своим детям время и внимание ,а потом удивляются, что дети все время сидят в интернете».

«Ограниченность должна постепенно расти в сторону свободы по мере взросления ребенка. Если уже вы уверены, что ваш сын/дочь уже знают для чего нужен интернет то можно уже не контролировать».

«Internetda o‘tirishni cheklash bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Bolaga yaqindan yondashish, suhbatdosh bo‘lish, internetdan izlayotgan narsalariga hayotiy misollar keltirib, ko‘proq muloqotda bo‘lish kerak, deb o‘ylayman».

 

 

Quyidagi ma’lumotlar alohida e’tiborni jalb qiladi: agar so’rovnoma ishtirokchilarining 55 % ularda Internet cheklovi yo’qligini aytgan bo’lsa – huddi shuncha (55%) respondentlar ota-onalar Internetdan foydalanishni qisman cheklashlari kerak degan fikrda!

Shu bilan birga 15-24 yosh toifasidagilarning 60 %i  ota-onalar yoshlarning Internetda o’tkazadigan vaqtini qisman cheklash kerak deb hisoblaydi. 

So’ralganlarning 29 %i ota-onalar yoshlarning internetdagi o’tkazadigan vaqtini qati’yan chegaralashi kerakligini aytgan. Kutilganidek, bu javob varianti respondentlarning yoshi oshishi bilan ko’payib boradi- 25-30 yosh toifasidagilarning 40 %i shu variantni tanladi.

 

Izoh: Sorov natijasida olingan malumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ malumot emas va sorovda qatnashgan 1800 dan ortiq respondentlarning fikridir.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo