Oilalar o'z oilaviy byudjetlarini rejalashtiradimi? U-Report va
"Oila" ilmiy - tadqiqot amaliy markazi yosh oilalar o'z byudjetlarini qanday rejalashtirishlarini
aniqlashga qaror qildi. Oilalarda oylik sarf va daromad rejalashtiriladimi, va
bu yo'nalish bo'yicha ular uchun o'quv mashg'ulotlari o'tkazilishi zarurmi? Olingan
ma'lumotlar, yosh oilalar o'rtasida oilaviy byudjetni boshqarish bo'yicha o'quv
dasturlarini shakllantirishda qo'llanilishi mumkin.
Respublika bo'ylab o'tkazilgan
tadqiqotda 1600 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
TADQIQOTLAR QUYIDAGI MUHIM NATIJALARNI
KO’RSATDI:
1.
Respondentlarning 59 % oilaviy byudjetni
rejalashtirishlarini bildirganlar. Respondentlarning
¼ qismi byudjetni vaqti-vaqti bilan rejalashtirishlari ma'lum bo'ldi.
2.
Oila
byudjeti ko'p hollarda erkaklar tomonidan boshqarilishi aniqlandi (bunda, tahminan erkaklar 58% ni, ayollar 39 %ni tashkil qildi).
3.
Respondentlarning 63 % byudjetni samarali
boshqarish bo'yicha alohida dasturda ishtirok etish istagini bildirganlar. Shu
bilan birga, oilaviy byudjetni to'g'ri boshqarishni istovchilar soni
respondentlarning yoshi yuqorilagan sayin oshishi kuzatiladi.
4.
So'rov
ishtirokchilarining 49 % onlayn o'quv mashg'ulotlari orqali oila byudjetini
to'g'ri boshqarilishi haqida ma'lumot olish hohishini bildirdilar. 21%
respondentlar esa bunga o'quv muassasalarida o'qishni afzal ko'rishini
aytishdi (majburiy yoki ixtiyoriy
asosda).
Oilaviy holati turlicha bo'lgan yoshlarning oila byudjetini rejalashtirish bo'yicha
nuqtai nazarini bilish maqsadida,
respondentlarning avval oilaviy holatini aniqladik. Shunday qilib, oilaviy holati bo'yicha
respondentlar quyidagi tartibda joylashtirildilar:
1. Turmush
qurmagan / turmushga chiqmagan – 60%
2. Oilali
– 36%
3. Ajrashgan
– 3%
4. Oilali,
ammo birga yashamaydi – 1%
5. Birga
yashashadi, lekin FHDYo ro'yxatidan o'tmagan – 1%.
Respondentlarning
59 % oilaviy byudjetni rejalashtirilishi aniqlandi. ¼ respondentlar vaqti-vaqti
bilan o'z oila byudjetlarini rejalashtirihlarini bildirganlar.
Tahlil natijalariga
ko’ra, 73% respondentlarning
oilasida umumiy oilaviy byudjet olib borilar ekan. Shu bilan birga, 20-30 yoshdan yuqori o‘rtacha 6% respondentlar o’z oilasida olib boriladigan byudjet haqida hech
qanday xabari yo’q ekan.
Oila boshlig'i kim -
aniqrog'i, bizning U-Reportyorlar oilasida umumiy oilaviy
byudjetni kim boshqaradi degan savolga quyidagi javoblar keltirildi:
1.
Otam – 31%
2.
Onam – 23%
3.
Shaxsan
o’zim – 18%
4.
Birgalikda – 18%
5.
Turmush o’rtog’im – 5%
6.
Qaynonam
– 2%
7.
Buvi/buvam – 2%
8.
Aka /
singlim – 1%
9.
Rafiqam – 1%
10. Qaynotam
– 1%
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, olingan javoblarni gender tamoyili bo'yicha jamlansa, so'rovda ishtirok etgan respondentlarning oilalarida erkaklar (taxminan 58%) ayollarga (39%) nisbatan ko'proq oila byudjetini boshqarishi ma'lum bo'ldi.
"Boshqa" (4%) variantini tanlaganlarning javoblari orasida asosan
qyyidagi variantlar ko'rsatildi: oila byudjeti rejalashtirilmaydi, oy yakunida tejay boshlaymiz, vaziyatga ko'ra mablag
'sarflaymiz, qarz olamiz.
U-REPORTYORLARNING
FIKRI:
«Biz xususiy kredit markazidan uy qurilish ishlarini yakunlash maqsadida
yiliga 56% miqdorida kredit oldik, shu sababli oy yakunida mablag'larni iqtisod
qila boshlaymiz».
«Biz rejalashtirishga harakat qilamiz,
lekin bu har doim ham samarali natija bermaydi. Misol uchun, kimdir uyda
shamollab qolsa yoki oddiy gripp bilan og’risa, rejalashtirilmagan holda doridarmonlar
uchun 300-800 ming so'm sarf qilinadi».
«Qaynotam
bizning barcha maosh pullarimizni olib qo'yadi. Hatto kundalik
sarf-xarajatlarimizga ham pul bergisi kelmaydi. Ammo, oziq-ovqat bilan
ta'minlash erim zimmasiga yuklatilgan».
So'ralganlarning 63 % oila byudjetini to'g'ri boshqarish bo'yicha maxsus dasturda ishtirok etish istagini bildirdi.
Shu bilan birga, shunisi e'tiborga loyiqki, respondentlarning yoshi
yuqorilagan sari, oilaviy byudjetini to'g'ri boshqarishni o'rganishga bo'lgan
intilishi shunchalik yuqoriligi ma'lum bo'ldi: yoshi 25-30 va undan yuqori
bo'lgan respondentlarning taxminan 70% bu yaxshi fikrligini ta'kidlab o'tganlar.
Respondentlarning 5 % byudjetni boshqarish bo'yicha uquvlari yetarli ekanligini
ta'kidlab, qayerdan oila byudjetini rejalashtirishga o’rganganligi
bilan o'rtoqlashdilar:
1.
"Iqtisodiyot
asoslari" darslarida.
2.
Turli kitoblar yordamida mustaqil ravishda.
3.
Hayotiy tajriba.
4.
Oilada.