Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Navro’z: an’ana va urf-odatlarga munosabatingiz

Yoshlar U-Reportga murojaat qilib, ularning tengqurlari Navro’z haqida nima o’ylashlari, bayram an’ana va udumlariga munosabatlari qanday, Navro’zni qanday nishonlashashini bilishni istadilar. U-Report jamoasi Sizni Navro’z bayrami bilan chin dildan tabriklaydi! Sizlarga yorqin quyoshli Yangi Yil tilaymizi! Baxt va saodat hamrohingiz bo’lsin!

So’rovda O’zbekiston bo’ylab 1700 yaqin respondentlar qatnashdi.

So’rovning asosiy tahliliy natijalari:

1.      28% yoshlar Navroz bu islomiy bayram deb hisoblashar ekan.

2.      67% sorov ishtirokchilari Navrozni oilasi yoki qarindoshlari bilan nishonlashini aytib otishdi.

3.      73% respondentlar Navroz arafasida oziga yaqin insonlari (qoshnilar, qarindoshlar, hamkasblar va boshqalar) bilan sumalak tayyorlashini aytib o'tdi.

4.      Ayollar (73%) Navrozga oid irimlarga erkaklarga nisbatan (61%) koproq ishonadi yoki qisman ishonishadi; shu bilan birga, aynan erkaklar (72%), ayollarga nisbatan (65%) Navrozga oid anana va udumlarni mamnuniyat bilan bajarishlarini aytib otishdi.

5.      Tahlil shuni korsatmoqdaki, respondentlarning yoshi qancha kichik bolsa (ayniqsa 14-19 yoshlilar orasida yorqin namoyon bolmoqda), shuncha Navro'zni nishonlamaydiganlar (masalan, shu yoshdagilarning ortacha 32% Navrozni nishonlamasligini aytgan bolsa, 20 va undan ortiq yoshdagilar orasida bu javob atigi 6%ni tashkil qildi), sumalak tayyorlamaydiganlar (14-19 yohlilar o'rtasida 44% bo'lsa, 20 va undan yuqori yoshdagilarning faqat 19% ni tashkil qildi), Navrozning udum va an'analarini uncha hushlamaydiganlar soni ortib bordi.

____________________________________________________________________________________

Biz U-Reportyorlardan Navro’zni kim bilan nishonlashiga qiziqdik. 67% so’rov ishtirokchilari Navro’zni oilasi yoki qarindoshlari bilan nishonlashini aytib o’tishdi. Navro’z, haqiqatdan ham, oilaviy bayram ekanligi ko’rinayapti! Qolgan respondentlar boshqa variantlarni tanlashdi va biz quyidagi natijalarni qo’lga kiritdik:

1.      Do’stlar/hamkasblar bilan – 13%

2.      Nishonlamayman – 12%

3.      Mahalla/qo’shnilar bilan – 5%

4.      Bir o’zim – 3%

Qizig’I shuki, respondentlarning yoshi qancha kichik bo’lsa – shunchalik Navro’zni nishonlamaydiganlar soni ortib bordi:

-        14-19 yoshdagi ishtirokchilarning o’rtacha 32% Navro’zni nishonlamasligini aytgan bo’lsa,

-        20 va undan ortiq yoshdagilar o’rasida bu javob atigi 6%ni tashkil qildi.

_______________________________________________________________________________

 

 

28% yoshlar Navro’z - bu islomiy bayram deb hisoblasharini aytib o'tishdi. 17% ishtirokchilar Navro’z diniymi yoki dunyoviy bayrammi bir qarorga kelishmadi.

 

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, aslida Navro’z – milliy urf bo’lib, islomga aloqasi yo’q. Navro’z majusiy asosga ega dunyoviy bayramdir. _________________________________________________________________________________

 

Navro’z xalq sayillarida qatnashasizmi degan savolga respondentlarimiz quyidagi javoblarni berdi:

1.      Jonim bilan! – 56%

2.      Xohlardim, lekin vaqt yo’q – 24%

3.      Qatnashmayman – 20%.

__________________________________________________________________________________


Sumalak – bayramona dasturxonning ko’rki va shohona taomidir. So’rov natijalariga ko’ra, 73% respondentlar Navro’z arafasida o’ziga yaqin insonlari (qo’shnilar, qarindoshlar, hamkasblar va boshqalar) bilan sumalak tayyorlashini aytib o'tdi.

Shu bilan birga, sumalak tayyorlamaydiganlar soni 14-19 yohlilar o'rtasida kopchilikni tashkil qildi – 44%; bu korsatkich 20 va undan yuqori yoshdagilarning faqat 19% ni tashkil qildi.

________________________________________________________________________________

70% respondentlar Navroz arafasida oilasida katta ishtiyoq bilan an’analarga va urf-odatlarga (uylarni tozalash, qarindoshlarni ziyorat qilish, maxsus ovqatlar tayyorlash va boshqalar) rioya qilishlarini aytsa, 21%i bazan rioya qilishini va 10% esa bu otmish sarqiti deb hisoblashini aytishdi.

Qizigi, aynan erkaklar (72%) Navrozga oid an’analarga va urf-odatlarga rioya qilish istagi yuqori ekanligini bildirishdi, ayollar orasida esa bu korsatkich 65% ni tashkil qildi.

_________________________________________________________________________________

 




Navro’ga oid irimlarga 35% respondentlar qisman ishonishsa, 30% ishonishini va yana 30% ishonmasligini aytib o’tishdi. Ammo ginalarni unutib, kechirimli bo’lishga 50% ortiq ishtirokchilar amal qilishini aytishdi.

Erkaklarga (61%) nisbatan ayollar ko’proq (73%) Navro’zga oid irimlarga to'liq yoki qisman ishonoshini bildirdilar.

 

Navro’z bayrami qariyb 3000 yil oldin paydo bo’lgan. Keyinchalik, Navro’z qishloq xo’jaligi marosimidan zardushtiylar bayramiga aylanib, davlat bayrami maqomiga yetgan va Quyosh siymosi ulug’langan. “Shohnoma” asarida bayramning ilk nishonlanishi Shox Jamshid hukmronligiga to’g’ri kelishi aytilgan (shuning uchun tez uchrab turadigan bayram nomi – “Jamshidi Navro’z”). Tun va kun bir-biriga teng bo’lgan 21 mart kuni yangi quyosh davri, yangi astronomik yil boshlanadi. Shuning uchun turkiy va eron xalqlari uchun Navro’z – Yangi Yil hisoblanadi. Bugungi kunda “Navro’z” O’zbekistonda sevimli bayram sifatida nishonlanadi!

 

Bizlar sizlarni yana bir bor go’zal Navro’z bilan qutlaymiz!

 

Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1700 ga yaqin respondentlarning fikridir.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo