Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlarni oilaviy munosabatlarni qurishga alohida o’rgatish kerakmi?

U-Report va “Oila” markazi hamkorligida o’tkazilgan so’rovning maqsadi yoshlarning nikoh va oilaviy hayotga tayyorgalik ko’rishi uchun maxsus o’quv kurslarini tashkil etish zaruriyati to’g’risida fikrlarini o’rganish bo’ldi. Olingan ma’lumotlar nikoh va oilaviy hayotga tayyorlovchi maxsus o’quv dasturlarini ishlab chiqish uchun qo’llaniladi.

“Oila” markazining olib borgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, ko’p hollarda nikoh ro’yxatdan o’tgandan so’ng dastlabki uch yil ichida buziladi, oilalarning ajrashish sabablaridan biri yoshlarning o’zaro munosabatlarni o’rnatishga qodir emasligi aniqlandi. Tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, ajrashgan juftliklar, agar kimdir ularga to’g’ri konsultaciya va yordam berganida, ularning turmushi buzilmagan bo’lar edi deb hisoblashadi.

So’rovda respublika bo’yicha 1700ga yaqin respondentlar ishtirok etishdi.

So’rovning asosiy ko’rsatkichlari:

1.     82% respondentlar yoshlarni nikoh va oilaviy hayotga maxsus va alohida tayyorlash kerak deb hisoblashadi.

2.     51% respondentlar oilaviy hayotga tayyorgarlikni nikohdan oldin boshlab, nikohdan keyin ham davom ettirish kerak deb hisoblashadi.

3.     Ayollarga (42%) nisbatan erkaklar (48%) oila asoslari bo’yicha o’quv dasturlarini tashkil etilishi kuchli oilani qurishga asos bo’lishiga ishonadi.

4.     57% respondentlar nikoh va oilaviy hayotga tayyorgarlik o’quv kurslari ixtiyoriy bo’lishi kerak deb hisoblashadi.

5.     Erkaklar ko’p hollarda oila asoslari bo’yicha o’quv dasturlariga pul to’lashga tayyor emas – bu so’ralganlarning 44%iga teng, ayollarning faqat 32% ushbu variantni belgilashgan.

6.     57% respondentlar nikoh va oilaviy munosabatlarga tayyorgarlik bo’yicha o’quv kurslari uchun kunduzgi vaqtni tanlashdi, kechqurungi vaqtni esa so’ralganlarning 24% belgiladi.

 

82% respondentlar yoshlarni nikoh va oilaviy hayotga maxsus va alohida tayyorlash kerak deb hisoblashadi. 12% yoshlar nikohga maxsus tayyorlanish kerak emas deb hisoblashadi. 6% respondentlar ushbu savolga javob berishga qiynalishdi.

Aytib o’tish kerakki, ishtirokchilarning yoshi ortgan sari ijobiy javoblar soni ham oshib bordi. Ayollar ko’proq (85%) nikohga maxsus tayyorlash kerak deb hisoblashadi – bu ko’rsatgich erkaklar orasida 81%ga teng.

 

Biz U-Reportyorlardan yoshlarni kim nikoh va oilaviy munosabatlarga tayyorlashi kerak deb so’radik, va quyidagi javoblarni oldik:

1.     Ota-onalar – 44%

2.     Malakali mutaxassislar – 39%

3.     O’quv muassasalari – 11%

4.     Xola-ammalar – 1%

5.     ZAGS – 1%

6.     Mahalla – 0%

So’rov ishtirokchilarining 4%i hech qaysi javob ma’qul bo’lmadi.


 

 51% respondentlar oilaviy hayotga tayyorgarlikni nikohdan oldin boshlab, nikohdan keyin ham davom ettirish kerak deb hisoblashadi. 44% esa yoshlarni nikohdan oldin o’qitish kerak deb hisoblashadi.

Yosh guruhlari bo’yicha qiziq holat yuzaga keldi: qachon yoshlarni oilaviy munosabatlarga o’rgatish kerak degan savolga 24 yoshgacha bo’lgan o’rtacha 38% yoshlar “Nikohdan oldin va keyin” variantini belgilashdi. Ushbu variantni 25 yoshdan yuqori bo’lgan barcha ishtirokchilarning 56%i tanlashdi.

 

Biz U-Reportyorlardan oila va nikoh munosabatlari borasida ta’lim dasturlarini tashkil etish kuchli mustahkam oila qurishga xizmat qilishi to’g’risida fikrlarini so’radik. Olingan ma’lumotlar quyidagi holatni ko’rsatdi:

1.     Albatta! – 46%

2.     Bo’lishi mumkin – 37%

3.     Shubham bor – 9%

4.     Yordam bermaydi – 6%

5.     Bilmadim – 3%

Ayollarga (42%) nisbatan erkaklar (48%) oila asoslari bo’yicha o’quv dasturlarini tashkil etilishi kuchli oilani qurishga asos bo’lishiga ishonadi. Erkaklarning 35%i ushbu savolga shubha bildirgan bo’lsa, ayollarning 40% “Bo’lishi mumkin” degan javobni belgilashdi.

Yosh guruhlari bo’yicha respondentlarning javoblari quyidagicha:

-        O’rtacha 24 yoshgacha bo’lgan 34% U-Reportyorlar ta’lim dasturlarini tashkil etish mustahkam oila qurishga yordam beradi deb hisoblaydi;

-        Ushbu ko’rsatgich yosh ortgan sari ortib boraveradi: o’rtacha 25 yoshdan yuqori bo’lgan 56% U-Reportyorlar ta’lim dasturlarini tashkil etish mustahkam oila qurishga xizmat qilishini ijobiy baholashdi.


57% respondentlar nikoh va oilaviy hayotga tayyorgarlik o’quv kurslari ixtiyoriy bo’lishi kerak deb hisoblashadi. Shular qatorida ko’pchilik ishtirokchilarning yoshi 25 gacha. Qolgan 43% respondentlar esa o’quv kurslari majburiy bo’lish kerak deb hisoblashadi, hamda ushbu variant 25-35 yoshli respondentlar orasida ko’proq uchradi.

 

U-Reportyorlar ovozi nikohga tayyorgarlik o’quv kurslari uchun to’lovni amalga oshirish bo’yicha savolga teng ikkiga bo’lindi: 40% to’lashga rozilik bildirdi, boshqa 40% esa ushbu kurslar uchun to’lashga tayyor emas. 20% respondentlar javob berishga qiynalishdi.

Ta’kidlash joizki, erkaklar ko’p hollarda oila asoslari bo’yicha o’quv dasturlariga pul to’lashga tayyor emaslar – bu so’ralganlarning 44%iga teng, ayollarning 32% ushbu variantni belgilashgan.

 

So’rov ishtirokchilariga keying savol berildi – oilaga tayorgarlik o’quv kurslari qaysi formatda bo’lishi kerak? U-Reportyorlar quyidagilarni belgilashdi:

1.     Mutaxassislar bilan suhbat – 48%

2.     Amaliy mashg’ulotlar – 17%

3.     Leksiya/seminarlar – 12%

4.     Onlayn dasturlar – 10%

5.     Broshura/kitoblar – 4%

6.     Axborot tarqatma – 2%

7.     Boshqa – 8%

“Boshqa” (8%) degan javobni belgilagan respondentlar ta’lim dasturi formati bo’yicha o’zlarining fikrlari bilan ulashishdi:

1.     Ko’proq amaliy mashg’ulotlar o’tkazilishi kerak.

2.     Berilgan variantlarning barchasini qo’llash lozim.

3.     Maktab, litsey va kollejlarda maxsus qo’llanmalar yaratish va ular bo’yicha o’qitish kerak.

Javoblar orasida, ushbu kurslar foydasiz, yoki bular ota-onalarning majburiyati bo’lgani uchun ushbu kurslarga hojat yo’q degan javoblar ham uchradi.

 

Respondentlarning uchdan bir qismidan ko’prog’i (35%) nikoh va oila munosabatlari uchun mashg’ulotlar o’tkazish uchun dam olish kunlari kunduzi qulay deb hisoblashadi. 22% respondentlar ish kunlari kunduzgi vaqtni ma’qul ko’rishadi.

Shunday qilib, oila asoslari bo’yicha dasturlarda qatnashish uchun respondentlarning 57%i kunduzgi vaqtni, 24%i esa kechqurungi vaqtni belgilashdi.


Olingan ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Oila” markaziga nikoh va oilaviy munosabatlarga tayyorlovchi maxsus o’quv dasturlarni ishlab chiqishda qo’llanilishi uchun yuboriladi.

 Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEFning ushbu mavzuga munosabitini aks etmaydi, reprezentatic ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1700 ga yaqin respondentlarning fikridir.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo