Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Reproduktiv salomatlik haqida axborot manbalari

U-Report so’rovining maqsadi – reproduktiv salomatlik va jinsiy munosabatlar mavzusidagi axborot manbalarini, yoshlarning ushbu mavzuga doir ma’lumotlarni qayerdan olayotgani va ushbu ma’lumotlarni qayerdan olish ularga qulay ekanini o’rganish.

So’rov UNICEFning Toshkentdagi vakolatxonasining Sog’liqni saqlash bo’limi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o’tkazildi. Olingan ma’lumotlar ushbu mavzuda yoshlarning bilimini oshirish uchun, o’zlari xohlagan usulda ma’lumotlar olishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda qo’llaniladi.

So’rovda respublika bo’ylab 1500ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Biz U-Reportyorlardan ularga reproduktiv salomatlik haqida kimdir gapirib berganmi deb so’radik, va quyidagi javoblarni oldik:

1.     Ha, maktabda – 26%

2.     Yo’q – 26%

3.     Internetdan o’qiganman – 19%

4.     Maxsus broshura/kitoblardan – 10%

5.     Ha, shifokor – 8%

6.     Ha, do’stlarim – 6%

7.     Ha, ota-onam – 5%

So’ralganlarning deyarli ¼ qismi ularga reproduktiv salomatlik to’g’risida hech kim gapirib bermaganligi, shuningdek ushbu ishtirokchilarning aksariyati 14-19 yosh oralig’ida ekani ma’lum bo’ldi. Reproduktiv salomatlik to’g’risida hech kimdan eshitishmagan ishtirokchilarning (26% ishtirokchilar) 28%i erkaklar va 21%i ayollar.

Shuni ham ta’kidlash joizki, ayollarning ko’pchiligi (34%), erkaklarga nisbatan (21%), reproduktiv salomatlik haqida maktabda eshitgan, Internetda esa ushbu mavzuda ayollarga (11%) nisbatan ko’proq erkaklar (24%) ma’lumot olar ekan.


Qariyb chorak ishtirokchilar (26%) kontratseptsiya nima ekanini bilishmaydi.

Teng miqdorda ishtirokchilar himoyalanish usullari to’g’risida do’stlari bilan (24%) muhokama qilganini yoki Internetda (24%) o’qiganini aytib o’tishdi. Uchinchi o’rinda ushbu mavzudagi suhbat asosan shifokorlar bilan o’tishini 17% ishtirokchilar aytib o’tishdi. Faqatgina 4% ishtirokchilar kontratseptsiya to’g’risida ota-onalari bilan muhokama qilishgan, qolgan 5% ishtirokchilar maktabda o’qituvchilar bilan suhbatlashgan.

Shu o’rinda, ayollarning ko’pchiligi ushbu mavzuda o’qituvchilar (10%) yoki shifokorlar (29%) bilan suhbat qurgan bo’lsa, erkaklarda bu ko’rsatgich faqatgina 3% va 11%i tashkil etgan. Qizig’i shundaki, ayollarga nisbatan erkaklarning ko’pchiligi “ota-onam bilan” (29%), “Internetda o’qiganman” (27%) va “ma’lumotga ega emasman” (28%) degan javoblarni belgilashgan (ayollarda ushbu ko’rsatgich ketma-ketlik bo’yicha 17%, 17% va 21%).



Jinsiy munosabatlar to’g’risida suhbat birinchi o’rinda do’stlar bilan bo’lishi aniq bo’ldi – bu ishtirokchilarning 45%iga teng. 25% ishtirokchilar Internetda mustaqil o’qishgan. So’ralganlarning 9% ishtirokchilari shifokorlar bilan suhbatlashgan, va teng miqdordagi ishtirokchilar ota-onalari (3%) yoki maktabda o’qituvchilari (3%) bilan suhbatlashganligi aniqlandi.

Ko’pchilik erkaklar (51%) jinsiy munosabat mavzusida do’stlari bilan suhbatlashgan yoki Internet sahifalarida maqolalarni (27%) o’qigan. Ayollarda bu ko’rsatgich ketma-ketlikda 35% va 20%ga teng.

15% ishtirokchilar jinsiy munosabat mavzusida hech qanday bilimga ega emas: ulardan 22%i ayollar va 11% erkaklar ekani ma’lum bo’ldi.



So’rovning natijalariga ko’ra, homiladorlik va uning qanday kechishi masalalari to’g’risida ishtirokchilarning deyarli 1/4 qismiga ma’lumot berilmagan. Hammasidan ko’proq bu mavzu do’stlar (23%) va shifokorlar (18%) bilan muhokama qilingan. Ushbu masalada ishtirokchilarning 8%i ota-onalari bilan va 5%i maktabdagi o’qituvchilari bilan suhbat qurgan. Internet orqali ishtirokchilarning 21%i ushbu mavzu bilan tanishgan.



Maktabdagi o’qituvchilar jinsiy yo’l bilan o’tadigan OIV/OITS kabi kasalliklar va ulardan himoyalanish usullari to’g’risidagi ma’lumotlarning asosiy manbalari ekani ma’lum bo’ldi: ishtirokchilarning deyarli 1/3 qismi (31%) ushbu javobni tanlashdi. Lekin, ishtirokchilarning yoshi ortgan sari ularning ko’pchiligi “shifokor bilan” degan javobni belgilashgan.

Deyarli teng miqdordagi ishtirokchilar “shifokor bilan” (19%) va “Internetda o’qiganman” (21%) degan javob variantlarini tanlashdi. 17% ishtirokchilar ushbu mavzuda suhbatni do’stlari bilan olib borishdi, va 4% ishtirokchilar esa ota-onalari bilan muhokama qilishgan.

Faqatgina 8% ishtirokchilar ushbu masalada hech qanday ma’lumotga ega emasligi ma’lum bo’ldi.

Biz reproduktiv sog’lik haqida “Internetda o’qiganman” degan javobni belgilagan ishtirokchilardan qaysi Internet manbalaridan odatda foydalanishligini so’radik, va quyidagi javoblarni oldik:

1.     O’zbek – 46%

2.     Rossiya – 28%

3.     Xorij – 26%

Qizig’i shundaki, erkaklarga nisbatan (22%) ayollarning ko’pchiligi (40%) Rossiya Internet manbalaridan foydalanishar ekan. Erkaklarning ko’pchiligi esa (53%) reproduktiv salomatlik to’g’risida ma’lumotlarni o’zimizning mahalliy resurslardan olishini ta’kidlashdi. Shuningdek, ishtirokchilarning yoshi ortgan sari ular ko’proq o’zbek resurslaridan foydalanishi ma’lum bo’ldi.

___________________________________________________________________________

“Sizga reproduktiv salomatlik haqida muhokama qilish kim bilan qulay?” degan savolga quyidagi javoblarni oldik:

1.     Shifokor – 33%

2.     Do’stlarim – 26%

3.     Onlayn maslahatchi – 17%

4.     Onam – 5%

5.     Maktabdagi o’qituvchim – 4%

6.     Aka-uka/opa-singlim – 2%

7.     Otam – 1%

8.     Hech kim – 14%

Erkaklar “do’stlarim” (27%), “onlayn maslahatchi” (21%) javoblarida ayollarga nisbatan (ketma-ketlikda 23% va 8%) ustunlik qilishdi. Ayollar ushbu suhbatni “shifokor” (36%), “o’qituvchi” (4%), “ona” (12%) va “opa-singil” (12%) bilan qurishni ma’qul topishdi. Ushbu ko’rsatgichlar erkaklar uchun ketma ketlikda 32%, 3%, 1%, va 1% ekani ma’lum bo’ldi.



Ishtirokchilarning uchdan bir qismidan ko’prog’i (37%) reproduktiv salomatlik to’g’risida shifokordan batafsil ma’lumot olishni xohlashadi. 16% ishtirokchilar Internetni ma’qul topishdi, va deyarli teng miqdordagi ishtirokchilar reproduktiv salomatlik to’g’risida batafsil ma’lumotni psixologdan (14%), maktabdagi darsdan (13%) va maxsus broshura/kitoblardan (12%) bilib olishni ma’qul ko’rishdi. Faqatgina 4% ishtirokchilar reproduktiv salomatlikni bilib olish bo’yicha manba sifatida ota-onalarini tanlashdi.

Shuningdek, biz respondentlarga reproduktiv salomatlik haqida o’rganish uchun o’zlarining takliflarini berishlarini taklif qildik. Quyidagi uchta asosiy takliflar olindi:

1.     Maktab, litsey va kollejlarda maxsus reproduktiv salomatlik bo’yicha darslikni joriy qilish.

2.     Ushbu mavzuda maxsus elektron va bosma materiallarni tayyorlash va ommaga chiqarish.

3.     Ayollarning muammolarini muhokama qilish mumkin bo’lgan Ayollar klublarini tashkil qilish.

 

So’nggi savol “Nechi yoshdan boshlab bolalar/yoshlarni reproduktiv salomatlik va jinsiy aloqa to’g’risida o’qitish kerak?”. 59% respondentlar reproduktiv salomatlik to’g’risida yoshlarni 14-16 yoshdan o’rgatish kerak deb hisoblashadi. 23% respondentlar 17-18 yosh oralig’ini tanlashdi, 12% ishtirokchilar esa 11-13 yoshni ma’qul deb hisoblashdi. Faqatgina 6% respondentlar 19 yoshdan yoshlarni o’rgatish kerak deb hisoblashadi.

 

Tahlilning asosiy natijalari:

1.     Ishtirokchilarning 1/4 qismidan ko’pi hech kim bilan reproduktiv salomatlik bo’yicha suhbatlashmagan.

2.     Maktabdagi o’qituvchilar jinsiy yo’l bilan o’tadigan OIV/OITS kabi kasalliklar va ulardan himoyalanish usullari to’g’risidagi ma’lumotlarning asosiy manbalari ekani ma’lum bo’ldi: deyarli ishtirokchilarning uchdan bir qismi (31%) ushbu javobni tanlashdi.

3.     59% respondentlar reproduktiv salomatlik to’g’risida yoshlarni 14-16 yoshdan o’rgatish kerak deb hisoblashadi.

4.     U-Reportyorlar maktab, litsey va kollejlarda reproduktiv salomatlik to’g’risida darslik o’tish to’g’risida taklif berishdi.

 

Olingan ma’lumotlar Sog’liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga reproduktiv salomatlik to’g’risida o’quv dasturlarni ishlab chiqishda yordam berish uchun yuboriladi.

 

Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEFning ushbu mavzuga munosabitini aks etmaydi, reprezentatic ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1500 ga yaqin respondentlarning fikridir.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo