To’y – yoshlar hayotidagi
eng ajoyib hodisalardan. Yoshlar kelgusidagi hayotini ham ana shunday chiroyli
davom ettirishga tayyormikinlar? O’zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko’ra,
nikoh yoshi erkaklar uchun 18 yosh va ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan.
Odatda yoshlarning to’ydan so’ng turmushini olib borishda, ularning moliyaviy
barqarorligi to’g’risida, oila uchun mas’uliyatni olishda psixologik va
ijtimoiy tayyorgarligi bo’yicha ko’plab savollar tug’iladi.
Uzrli sabablar bo’lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola
tug’ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to’la muomalaga layoqatli deb e’lon
qilinishi (emansipatsiya)), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko’ra
nikoh davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh
yoshini ko’pi bilan bir yilga kamaytirishi ham mumkin.
O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra
O’zbekistonda 7 million oila bor. Yoshlar asosan maishiy xarakterdagi janjallar
va moliyaviy muammolar tufayli ajrashishadi. Xotin-qizlar qo'mitasi vakilining
so'zlariga ko'ra, nikoh yoshini o'zgartirish ko'plab ajralishlarning oldini
olishga yordam beradi.
Demak, 17-18 yoshda yoshlar turmushga chiqishga tayyormi? Biz U-Reportyotlarimizga shu savolni berdik.
So’rovda respublika bo’yicha 1800 dan ortiq respondentlar ishtirok etishdi. Respondentlarning deyarli teng yarmi (55%) oila qurmaganligi ma’lum bo’ldi, ulardan 34%i ayollar va 66%i erkaklar. 40% respondentlar oilali ekanliklarini aytib o’tishdi, 4% ishtirokchilar ajrashgan. 1%dan oilali, lekin birga yashamaydiganlar va ZAGSsiz yashaydiganlar ham so’rovda ishtirok etishdi.
Yoshlar 17-18 yoshlarida turmush qurishga tayyormi deb
so’raganimizda, 75% ishtirokchilar ikkisi ham (ayol va erkak) tayyor emas deb
ta’kidlashdi. 8% ishtirokchilar faqat ayol yoki erkak tayyor bo’lishi mumkin
deb hisoblashadi. Taxminan teng miqdordagi ishtirokchilar javob berishga
qiynalishdi (8%), 9% respondentlar esa ikkisi ham turmush qurishga tayyor deb
hisoblashadi.
“Oila kodeksida QIZLAR
uchun ENG KICHIK nikoh yoshini nechi yosh qilib belgilash zarur?” degan savolga quyidagi javoblar olindi:
1.
20 yosh – 31%
2.
21 yosh – 18%
3.
18 yosh – 17%
4.
19 yosh – 17%
5.
17 yoshni qoldirish – 11%
6.
Boshqa – 6%
O’zlarining variantlarini tanlagan 6% respondentlar quyidagi javobni
berdilar: 85% respondentlar 22-25 yoshni ko’rsatishdi, va qolgan 15%
ishtirokchilar turmushga chiqish yoshi 21 yoshgacha bo’lish kerakligini
ta’kidlashdi.
“YIGITLAR uchun Oila
kodeksida ENG KICHIK nikoh yoshi nechi yosh bo’lishi kerak”, degan savol quyidagi javoblarni oldi:
1.
21 yosh – 33%
2.
Boshqa – 29%
3.
20 yosh – 17%
4.
18 yoshni qoldirish – 14%
5.
19 yosh – 5%
6.
17 yosh – 2%
“Boshqa” javobini belgilan respondentlarning (29%) 86%i eng kichik
nikoh yoshi 22 va 25 yoshlar orasida bo’lishi kerakligini ta’kidlashdi. Qolgan
ishtirokchilar 25 yoshdan yuqori yoshni belgilab, yigitlar qancha kech uylansa
shuncha yaxshi ekanini aytib o’tishdi.
Qariyb 80% respondentlar
nikoh yoshini oshirish oila qurish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb
hisoblashadi. 5% respondentlar “salbiy” variantini
tanlab bu fikrga qo’shilmadilar. 7% ishtirokchilar yosh oila qurish jarayoniga
hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi deb hisoblashadi. 8% respondentlar esa javob
berishga qiynalishdi.
Biz U-Reportyorlardan nima uchun oila qurish jarayoniga nikoh
yoshini oshirish “ijobiy” yoki “salbiy” ta’sir ko’rsatishini so’radik.
Nikoh yoshini oshirishni
“ijobiy” baxolaganlar (80% respondentlar) quyidagi sabablarni ko’rsatdi:
1.
Hayotiy tajriba oshishi,
ma’suliyatni his qilishi, va hayotga ancha jiddiy qarashi – 29%.
2.
Mustaqil fikrga, dunyoqarashga
ega bo’lishi – 19%.
3.
Jismoniy va ruhiy yetuklik,
moliyaviy barqarorlikka erishishi – 16%.
4.
Ko’p hollarda, yoshlik davrida
tayinli ish yoki ma’lumotsiz bo’lishi – 14%.
5.
Ajrimlar sonining kamayishi –
7%.
6.
Boshqa sabablar – 37%.
Nikoh yoshini oshirish
oila qurish jarayoniga “salbiy” ta’sir qiladi degan 5% ishtirokchilar esa
quyidagi javoblarni berdilar:
1.
Yengil tabiat xulqli
yoshlarning ko’payishi – 31%.
2.
O’zbek urf-odatlariga,
qadriyatlariga to’g’ri kelmasligi – 19%.
3.
Yoshlar o’rtasida norasmiy
nikohning ko’payishi – 12%.
4.
Boshqa sabablar – 17%.
5.
Noto’g’ri variantni belgiladim
– 21%.
U-Reportyorlar fikri
“O’zlari hali bola bo’lib
turib erta turmush qurish, yoshlarning bir-birlari va ularning ota-onalari
o’rtasida o’zaro ziddiyatlar bo’lishi mumkin. Farzandli bo’lgandan so’ng,
ko’pchilik javobgarlikdan qo’rqishadi va ko’p xatolarga yo’l qo’yadilar”.
“O’ylashimcha,
yosh oila turmsh hayotga ancha tayyor va turmush qurish hamda farzandli
bo’lishni yetuk ong bilan o’ylashligi kerak. Hozirgi yoshlar esa o’zgacha,
qo’llarida farzandlari va yana qanchadan qancha ajirimlar, natijada bolalar
xo’rlanadi, chunki ularning ota-onasi hali bola”.
“Oddiy sababga ko’ra, qizning
qarindoshlari shoshilmasin, ikki tomon ham o’zlarining fikrlariga ega bo’lsin
va o’zlarining hayotlarini qanday qurishlarini o’zlari hal qilsin, va ana
shundan keyin qizlarda maktab yoki kollej bitirganida birgina “turmushga chiqib
farzandli bo’lishim kerak” degan fikr bilan cheklanib qolmaydi.”
“Bilasizmi, qiz
endigina 17 yosh. U hali yosh. U avval hayotni va jamiyatni o’rganishi kerak.
O’zi hali go’dak bo’lib turib o’zining farzandini qanday tarbiyalasin? 30yoshga
kirganida hayoti davomida oila va farzand dog’idan boshqa hech narsani
ko’rmaganidan afsuslanmaydimi?”
“Yigitlar 18 yoshda endi
balog’at yoshiga yetgan bo’ladi. Ularning fikri shamoldek. O’ylashimcha, ular
bu yoshda oila va farzandlari uchun mas’uliyatni his qila olishmaydi.”
“Nikoh yoshini
oshirish orqali to’liq shakllanmagan, vahli
farzandli bo’lib qolgan (bilmasdan yoki ataylab, lekin bu ko’p narsani
o’zgartirmaydi) oilalarning soni oshib ketadi. Yevopaning o’zida, ko’p
mamlakatlarida 15 yoshidan boshlab turmush qurish ruhsat berilgan. O’ylaymanki,
nikoh yoshini oshirishsa, yanada ko’proq muammolarga duch kelishimiz mumkin.
Taqiqlagandan ko’ra yoshlarga oila va turmush hayot to’g’risida to’g’ri ta’lim-tarbiya
berish kerak.”
“To’y hayotning muhim qismi
bo’lgani uchun 18 yosh bu juda vahli yosh. Yoshlarga o’zlarini bosvolishi uchun
vaqt berish kerak. Chunki bu yoshda ko’pchilik his-tuyg’ularga boy bo’ladi.”
“Yoshlar bu
mavzuda o’zlari hal qilishlari kerak deb hisoblayman: ular nafaqat jismoniy,
balki ruhiy va psixologik tayyor bo’lishlari kerak. Yigitlar oilani o’zlari
boqishlariga imkoniyatlari bo’lishi kerak, 18 yoshda bunday imkoniyat kimda
bor? Qizlar jufti halol sifatida, farzand tarbiyasi borasida psixologik
tomondan tayyor bo’lishlari kerak. Odamlar har xil, hamma uchun o’zining vaqti
bor, lekin 18 yoshda oila qurish deyarli mumkin emas.”
“Chunki turmush qurish,
farzand ko'rish, ularni tarbiyalash, juda katta yoshdagi hayotni boshlash deganidir,
bu katta mas'uliyat. Shaxsan men kamida 22 yoshda oila qurmoqchiman, chunki
tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko’ra, farzandlarimiz bizdan ko'ra yaxshiroq
bo'lishi uchun, biz o'zimiz yaxshi bo'lishimiz kerak. Men nikohdan oldin, bir
yil davomida sport bilan qat’iy shug’ullanaman va reproduktiv savodxonlik
haqida kitoblarni o'qiyman, chunki bolamning sog'lig'i va aqliy rivojlanishi
unga bog'liq”.
“Chunki nikohdan
oldin hamma chuqur o’yga botadi. Agar ba’zi ota-onalar ota-onalarga yoqqan
qizga uylantirish yoki yigitga turmushga chiqish bo’lmaganda edi, hammasi
yaxshi bo’lgan bo’lardi.”
“Yoshlar oliy ma’lumotli
bo’lishi, kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo’lishlari, kasb-hunar
o’rganishlari uchun va oila qurib uning ta’minotini o’z bo’yniga olishi uchun
vaqt kerak”.
Respondentlarning yarmidan ko’prog’i (51%) oila qurayotganda yosh qancha kata bo’lsa shuncha ajrashishlar kamayadi deb hisoblashadi. 30% U-Reportyorlar bu borada shubhalanishdi. 9% ishtirokchilar bu mavzuda hech qanday aloqa yo’q ekanini va 10% ishtirokchilar esa bu savolga javobni bilmasliklarini aytib o’tishdi.
Shu o’rinda, so’rovda qatnashgan ishtirokchilarning yoshi ortgan
sari, yoshi kattalar turmush qurganda ajirimlar kam bo’ladi deydiganlar soni
oshib borish tendensiyasini ko’rdik.
Biz U-Reportyorlardan turmush qurish uchun ideal yosh nechiligini so’radik.
45% respondentlar uchun
24-25 yosh oila qurishda eng yaxshi yosh ekani aniqlandi (bunda ikki jins vakillari bir xil ovoz berishdi), 27% ishtirokchilar
21-23 yoshni belgilashdi, 17% ishtirokchilar oila qurishga eng yaxshi yosh deb
26-27 yoshni belgilashdi.
6% respondentlar 18-20 yoshni tanlashdi: ulardan 94%i 21 yoshdan
kichik yoshlar ekani ma’lum bo’ldi. 4% ishtirokchilar 28-30 yoshni va 1%
ishtirokchilar 30+ yoshni belgilashdi.
Respodnentlarning deyarli
yarmi (52%) 21-23 yoshlarni qizlar oila qurishi uchun eng yaxshi yosh ekanini
aytib o’tishdi, 34% respondentlar uchun 18-20 yosh
eng yaxshi yosh deb belgilandi. Qolgan 14% respondentlar qizlar oila qurishi
uchun eng yaxshi yosh deb 24 yoshdan katta yoshni belgiladilar: ya’ni 12%
ishtirokchilar 24-25 yoshni, va 1%dan ishtirokchilar 26-27 hamda 28-30
yoshlarni belgilashdi.
Aytib o’tish mumkinki, 41% erkaklar oila qurishda 18-20 yosh qizlar
uchun eng yaxshi yosh deb tanlagan bo’lsa, bu variantni ayollarning atigi 20%i tanladi.
Ayollarning o’zlari (bu 60% atrofida) qizlar uchun ideal nikoh yoshi
21-23 yosh deb tanladhdi.
So’rov natijalari O'zbekistonda nikoh
yoshini o’zgartirishda qonun hujjatlariga taklif va o’zgartirishlarni ishlab
chiqish uchun ishlatiladi. So'rov natijalari haqida Sizni xabardor qilamiz.
Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar
UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas
va so’rovda qatnashgan 1800 dan ortiq respondentlarning fikridir.