Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Mehnat bozorida nima gap?

Yoshlar va mehnat bozori – bir-birini to’ldiruvchi va bir-biriga bog’liq bo’lgan hozirgi kunning eng ommabop iboralari desak mubolag’a bo’lmaydi. Ishga joylashayotgan yoshlar qanday to’siq va muammolarga duch kelyapti, mehnat bozori sharoitlari to’g’risida yoshlar qayerdan ma’lumotlarni olyapti, ushbu yo’nalishda yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun nimalar qilish kerak? Ushbu so’rov BMT Taraqqiy Dasturi va bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda o’tkazildi.

Sorov natijalari BMTning Rivojlanish Dasturi tomonidan mehnat munosabatlari va yoshlarga mo’ljallangan faoliyati va dasturlarini rejalashtirishda qollaniladi. So’rov mehnat bozori bo’yicha yoshlarning fikrini o’rganish va vaziyatga yoshlar nuqtai nazaridan qarash uchun zarur.

So’rovda mamlakat bo’yicha 1100 dan ortiq respondentlar ishtirok etishdi.

Ma’lumotlarga ko’ra respondentlarning 71%i shahar yoki tuman markazlarida, 29% respondentlar esa tuman markazlaridan uzoqda yoki qishloq joylarida yashaydilar.

Shuningdek, respondentlarning 42%i OTMni tugatishgan, ularning 65%i erkaklar va qolgan 35%i ayollar. 21% respondentlar hozirgi paytda OTMda o’qishadi, 14% kollej/litseyni bitirgan. So’ralganlarning 9%i maktab o’quvchisi, qolgan 16%i esa kollej/litseylarda ta’lim olishadi.


61% respondentlar ishga joylashish uchun ish qidirgan. Ish qidirshning asosiy manbalari quyidagi resurslar ekani ma’lum bo’ldi:

1.     Do’st/tanishlar orqali – 45%

2.     Ish qidirish bo’yicha saytlar – 18%

3.     Ijtimoiy tarmoqlar – 15%

4.     Ish yarmarkasi – 6%

5.     Oilaviy aloqalar – 5%

Shuni ta’kidlash lozimki, ishtirokchilarning yoshi ortgan sari, “og’zaki radio” do’st yoki tanishlar orqali yaxshi ishlaydi.

Boshqa manbani belgilagan qolgan 10% ishtirokchilar esa quyidagi javoblarni berdilar:

1.     Ish beruvchilarning ofislariga borish orqali – 25%

2.     Har xil manbalar  – 25%

3.     Gazeta, jurnallar va ish beruvchilarning elektron saytlari orqali – 21%

4.     Kollejdan berilgan yo’llanma orqali – 10%

5.     O’zim izlaganman – 17%

6.      www.headhunter.uz” sayti orqali – 2%


So’rovda qatnashganlarning 52%i o’zlarining mutaxassisligi bo’yicha ishlashadi, 16% respondentlar ish yo’qligini aytib o’tishdi. Qolgan 32% o’zlarining mutaxassisligi bo’yicha ishlamasliklarini ta’kidlashdi.

Shuni aytib o’tish mumkinki, ishtirokchilarning yosh ortgan sari o’z mutaxassisligi bo’yicha ko’proq ishlashlari aniqlandi.

Nima uchun respondentlar (32% ishlaydigan respondentlar) o’z mutaxassisligi bo’yicha ishlamasligi so’ralganda, quyidagi javoblar olindi:

1.     Mutaxassisligim bo’yicha ish yo’q – 27%

2.     Ish tajribam yo’q – 23%

3.     Oz haq to’lashadi – 21%

4.     Ko’proq to’laydigan ishda ishlayapman – 16%

5.     Mutaxassisligim yoqmaydi – 8%

6.     O’z biznesimni ochdim – 5%.


35% respondentlar uchun davlat xizmati jozibali ko’rinadi, 31% respondentlar o’zlari uchun ishlashni ma’qul ko’rishadi, 14% respondentlar xususiy kompaniyalarda ishlashni tanlashdi. 20% qolgan ishtirokchilar chet mamlakatlarida ishlash istaklari borligi aniqlandi.

Qizig’i shundaki, xususiy kompaniyalarda ko’proq ayollar (19%) ishlashni ma’qul ko’radi, erkaklar orasida bu ko’rsatgich 11%ga teng. Erkaklar (38%), ayollarga nisbatan (30%), ko’proq davlat xizmatini ma’qul ko’rishadi. Chet mamlakatlarida ishlash tendensiyasi ham shunday: 19% erkaklarga nisbatan, 21% ayollar chet mamlakatlarida ishlashni xohlashadi.


83% respondentlar bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumotlarni maxsus mobil ilova orqali olishni xohlashadi.


Mos kasbni tanlashda davlatning yordami kerakligi to’g’risidagi savolga deyarli teng ovozga ega bo’lgan javoblar olindi: 42% respondentlar ushbu yordam/yo’naltirishni olishni ma’qul topishsa, 43% respondentlar bunga muhtoj emasligini bildirishdi. 15% respondentlar ushbu savolga javob berishga qiynalishdi.


43% respondentlar o’zlari yashayotgan tumanda mehnat daftarchasini ochmasdan ishlash muammosi bor ekanini aytdi. 24% respondentlar bunday muammo yo’q ekanligini, va qolgan 32% respondentlar javob berishga qiynalishdi.

 

Sizningcha, ishga joylashishda yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun davlat nima qilishi kerak? – ushbu savol so’rovnomaning so’nggi savoli. Respondentlarning fikri bo’yicha:

1.     Ish o’rinlarini ko’paytirish kerak – 15%.

2.     Yoshlarni yoshligidanoq o’zlari qiziqqan mutaxassisligi bo’yicha ta’lim-tarbiya berish kerak – 11%.

3.     Ishda tanish bilishchilik, qarindoshchilik va korruptsiyani oldini olish kerak – 10%.

4.     Ijtimoiy va mehnat siyosatini tubdan isloh qilish kerak – 9%.

5.     Oylik maoshni va ish joylarda sharoitni yaxshilash kerak, ish vaqtini qat’iy tartibga solish – 8%.

6.     Ish tajribasi, propiska, va ma’lum turdagi kerak emas hujjatlarni so’ramasligi kerak – 4%.

Shuningdek bu savolga javob bilmaydiganlar (9%), yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun davlat yetarli ishlar qilgan deb o’ylaydiganlar (4%) va boshqalar bor. Qolgan ishtirokchilar esa (21%) 30dan ortiq turli xil boshqa takliflarni berdilar.

 

TAHLIL NATIJALARINING AYRIM KO’RSATKICHLARI:

1.     Respondentlar uchun eng jozibador ish davlat xizmati (35%) va 31% respondentlar o’zlari uchun ishlash istagi borligini bildirishdi.

2.     83% respondentlar bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumotlarni maxsus mobil ilova orqali olishni xohlashlari ma’lum bo’ldi.

3.     Ish izlashdagi eng ommabop manba “og’zaki radio”: “do’stlar/tanishlar orqali” variant 45% ovozni yig’di.

4.     Bo’lajak kasbni tanlashda davlatning yordami haqidagi savolga deyarli teng ovozga ega bo’lgan javoblar olindi: 42% respondentlar ushbu yordam/yo’naltirishni olishni ma’qul topishsa, 43% respondentlar bu zarur emasligini bildirishdi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida har bir tumanda Bandlikka ko’maklashish markazlari (BKM) tashkil qilingan. U yerda bo’sh ish o’rinlari, chet elda vakansiyalar to’g’risida bepul maslahat olishingiz mumkin. BKM ishga yo’naltirish, kasb egallashda qisqa muddatli kurslarida bepul o’qitish bilan ham shug’ullanadi.

Mehnat munosabatlariga oid har qanday savol bilan Mehnat vazirligining tezkor aloqasiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin: +998 71 200 06 02

 

Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1100 dan ortiq respondentlarning fikridir.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo