Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Informatsion dasturlarni kuzatasizmi?

Axborot olami turli yangiliklarga boy, shuning uchun yoshlarning qayerdan yangiliklarni olishi, qanday manbalarni tanlashi, axborot materiallarida nimalarga e’tibor berishlari axborot kontentini shakllantirishda juda muhim rol kasb etadi. U-Report hamda O’zEOAVMA (O’zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi) yoshlar informatsion dasturlarni TV va radio orqali kuzatayaptimi, ularning bu yo’nalishdagi istaklari va talablari qanaqa ekanligini bilishni maqsad qildi. Olingan ma’lumotlar axborot mahsulotlarini tayyorlash va takomillashtirish uchun kerak bo’ladi.

So’rovda mamlakat bo’ylab 1500 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Respondentlarning aksariyat qismi Toshkent shahri va Farg’ona vodiysidan.


Shunday qilib, yoshlar orasida yangiliklarni olishning eng qulay va ommabop manbalari Internet va ijtimoiy tarmoqlar ekani aniqlandi.

O’zbekistondagi yangiliklarni qayerdan olasiz degan savoldan quyidagi ma’lumotlarni oldik:

1.       Internet – 35%

2.       Ijtimoi tarmoqlardan – 30%

3.       “Axborot 24” – O’zbekiston 24” TVda – 13%

4.       “Zamon” – “Sevimli” da – 11%

5.       “Hudud” – “MY5” da – 5%

6.       “O’zbekiston Yangiliklari 7/24” – “Uzreport” da – 4

7.       “Davr” – “Yoshlar” da – 2%



Shuningdek, teleko’rsatuvlarni ko’radigan yoki radio orqali eshitadigan respondentlarimizdan (ishtirokchilarning 35%i), TV yoki radiodagi axborot dasturlari boshlovchi/muxbirlaridan kim Sizga ko’proq yoqadi deb so’radik. Quyida eng ko’p uchragan javoblarni keltiramiz:

1.       Amirxon Umarov – 18%

2.       Sarvar Bakhodirov – 15%

3.       Dildora Rustamova – 6%

4.       Jakhongir Olimov – 5%

5.       Jamshid Umrzoqov – 2%

14% respondentlar boshlovchi/muxbirlarni bilmasligi yoki tanimasligini aytdi, 4% respondentlar esa ularning ism shariflarini eslolmadi. 6% ishtirokchilarimiz hech qaysi boshlovchi yoki muxbirni e’tirof etmadi, va 2% ishtirokchilar esa barcha boshlovchilarni yaxshi ko’rishlarini aytishdi. Qolgan 28% ishtirokchilar “Sevimli TV”, “Uzreport TV”, “Yoshlar” va “O’zbekiston 24” telekanallaridagi 50dan ortiq boshlovchi/muxbirlarni sanab o’tishgan.



Javoblarga ko’ra respondentlarning deyarli yarmiga (47%) tanqidiy axborotning sifati ma’qul deb aytib o’tishdi. 26% repondentlar TV yoki radioda tanqidiy axborotlarni ko’rmayotganini qayd etdi. Respondentlarning 13%i tanqidiy axborotlarning sifati yoqmasligini va qolgan 14% respondentlar esa bu haqida ma’lumotga ega emasliklarini aytdilar.

U-Reportyorlarimizdan axborotni ko’rayotganda nimalarga ko’proq e’tibor berishlarini so’raganimizda, 60% ishtirokchilarimiz axborot materiallarining dolzabliligi va ishonchliligiga katta ahamiyat berishlarini bildirishdi. 28% ishtirokchilarimiz esa axborot materiallarining mazmun mohiyatini birinchi o’ringa qo’yishdi.

Respondentlarimiz TV yoki radioda axborot ko’rsatuvi yoki eshittirish boshlovchisi bo’lishni istashadimi yoki yo’qmi deb qiziqdik. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, 42% respondentlar boshlovchi bo’lish istagi borligini bildirishdi, 32% respondentlar bunday istaklari yo’qligini va qolgan 26% esa bu haqda o’ylab ko’rmaganlarini aytishdi.

So’rov natijalari axborot mahsulotlarini tayyorlash jarayonini takomillashtirish uchun ishlatiladi. Olingan ma’lumotlarni biz NAESMIga yuboramiz. Javoblaringiz uchun rahmat!

 

Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1500 dan ortiq respondentlarning fikridir.
Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo