Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Siz sport bilan shug’ullanasizmi?

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi sog’lom turmush tarzini ommalashtirishni va yoshlar sport bilan shug’ullanishi uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishni maqsad qilgan. So’rov yoshlarning sport bilan shug’ullanishiga to’sqinlik qilayotgan muammolar, imkoniyatlar va sport komplekslarining qulayligi va boshqa masalalar haqida bilishga imkon beradi.

 

O’tgan yilning 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiy va sport masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti hududlarda sport inshootlarning qurilishi keskin orqada qolayotganini tanqid qilgan edi. 2019-yilning 15-yanvarida Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasining faoliyatini tashkil etish” to’g’risidagi qarorga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bosh Vazir ushbu fondning Kuzatuv Kengashining raisi etib tayinlandi.

Sport haqidagi sorovda mamlakat bo’yicha 1600dan ortiq respondent ishtirok etdi.

Yoshlarning “Siz sport bilan shug’ullanasizmi?” degan savolga bergan javoblariga ko’ra quyidagi ma’lumotlar olindi:


Ishtirokchilarning 28%i sport bilan umuman shug’ullanmasliklarini qayd etishdi. Biz ularga nima uchun sport bilan shug’ullanmasliklarini so’radik:


Ishtirokchilarning deyarli 40%i “Vaqt yo’q” degan javobni belgilashdi. Respondentlarning 23%i dangasaligi tufayli sport bilan shug’ullanmasa, yana 16%i sport bilan shug’ullanishga joy yo’qligini aytib o’tishdi. 8% yoshlar sportga umuman qiziqishmaydi. 6% ishtirokchilar sog’lig’i tufayli sport bilan shug’ullanmasligini, va 5% esa sport anjomlarining yetarli emasligini sabab qilib ko’rsatishdi.

2% ishtirokchilar sport bilan shug’ullanishga “Oilam ruxsat bermaydi” deb javob berishdi, va bularning barchasi ayollar ekani aniqlandi.

Shuningdek, biz yoshlar orasida qaysi sport turi mashhur ekanini bilib oldik. So’rov ishtirokchilaridan qaysi sport turi bilan shug’ullanishni xush ko’rishi to’g’risida so’ralganida quyidagi javoblarni oldik:

1.     To’pli o’yinlar (futbol, basketbol, volleybol, gandbol, va boshqalar) – 39%

2.     Jangovar sport turlari (boks, karate, taekvando, kikboks, kurash, dzudo va boshqalar) – 16%

3.     Yengil atletika o’yinlari (yugurish, uzoqqa sakrash va boshqalar)– 14%

4.     Suv sporti o’yinlari – 9%

5.     Raketkali sport o’yinlari (tennis, stol tennis, badminton va boshqalar) – 8%

6.     Og’ir atletika – 6%

7.     Badiiy gimnastika – 5%

8.     Klassik sport o’yinlari (shaxmat, shashka va boshqalar) – 2%

9.     Qishgi sport o’yinlari – 1%



Respondentlarning yarmidan ko’pi (55%) sog’liqni mustahkamlash – sport bilan shug’ullanishining asosiy sababi ekanligi, va shularning qariyb 64%i erkaklar va 36%i ayollar ekani aniqlandi. Respondentlarning deyarli uchdan biri (30%) sport bilan shunchaki qiziqish uchun shug’ullanishlarini aytishgan bo’lsa, qolgan ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqdagi yulduzlar (2%), do’stlar va qarindoshlar (6%) yoki sportdagi yutuqlar va karyera (6%) ularni sport bilan shug’ullanishlariga undashini aytib o’tishdi. Shu o’rinda, ishtirokchilarning yoshi oshib borgan sari ularning orasida sog’lig’i tufayli sportga qiziqishi ham ortib borishi aniqlandi.



Biz U-Reportyorlarimiz odatda qayerda sport bilan shug’ullanishlarini bildik. 37% respondentlar o’zlarining maktablari yoki OTM zallarida sport bilan shug’ullansa, pullik sport zallarida sport bilan mashg’ul bo’ladigan yoshlar 24%ni, shulardan 30%i ayollar va 70%i erkaklar ekani aniqlandi. 24% respondentlar ko’chalarda yoki parklarda sport bilan shug’ullanishar ekan. Jamoat stadionlarida 14% yoshlar sport bilan shug’ullanishadi, va ularning 85%i erkaklar ekani aniq bo’ldi.

 

Pullik sport zallarining narxlari 40% ishtirokchilar uchun qimmat ekanligi, 28% ishtirokchilarimiz uchun narxlar ma’qul kelishi, va qolgan 32% ishtirokchilar bu haqida hech qanday ma’lumotga ega emas ekanlar.

Sizning shahringizda professional sport bilan shug’ullanish uchun imkoniyatlar bormi? – deya keying savolimizni berdik. 46% ishtirokchilar bunday sharoitlar mavjudligini, 41% respondentlar esa teskari javobni berdilar. 13% respondentlar esa bu savolga javobni bilmadilar.

Quyidagi jadvalda yoshlar stadion qurish uchun aytgan eng ko’p uchragan shahar va tumanlar keltirilgan:

tumanlar keltirilgan:


Andijon

Shahrihon

Asaka

Jalaquduq

Paxtaobod

Qo’rg’ontepa

Бухара

Shofirkon

Qo’ng’irot

Kogon

Jondor

G’ijduvon

Farg’ona

Uchko’prik

Qo’qon

Bag’dod

Furqat

Beshariq

Jizzax

Sharof Rashidov

G’allaorol

Baxmal

Do’stlik

Arnasoy

Namangan

Pop

Chortoq

Mingbuloq

Uchqo’rg’on

Chust

Navoiy

Xatirchi

Karmana

Zarafshon

Qiziltepa

Nurota

Qashqadaryo

Kitob

Shahrisabz

Chiroqchi

Yakkabog’

Qoraqalpog’iston Respublikasi

Nukus

Ellikqal’a

Qorako’l

Amudaryo

Beruniy

Samarqand

Payariq

Ishtixon

Kattaqo’rg’on

Nurobod

Oqdaryo

Sirdaryo

Guliston

Boyovut

Sardoba

Oqoltin

Sayhunobod

Surxondaryo

Oltinsoy

Denov

Sho’rchi

Muzrobot

 

Toshkent

Yususobod

Chilonzor

Mirobod

Yakkasaroy

Yashnabod

Xorazm

Shovot

Urgench

Hazorasp

Xiva

Yangibozor


Shuningdek, ushbu savolga javob bergan 13% respondentlar o’zlari yashab turgan shahar va tumanda ochiq stadion borligini qayd etishdi.

Keyingi savol yoshlarni sport bilan shug’ullanishlari uchun qanday sport anjom va jihozlarini xohlashlarini aniqladi:

1.     Og’ir atletika sport jihozlari: trenajyorlar, gantellar, shtangalar va boshqalar – 26%

2.     Yengil atletika sport aksessuarlari (turniklar, arqonlar, sakragichlar) – 23%

3.     Turli hajmdagi to’plar (futbol uchun, basketbol uchun, volleybol uchun) – 18%

4.     Jangovar sport anjomlari (qoplar, qo’lqopi, og’ir to’plar, maxsus kiyimlar, tatami, mat, maxsus gilamlar) – 4%

5.     Suv sporti jihozlari (ko’zoynaklar, bosh kiyimlar, burun yopqichlar) – 4%

6.     Velosport aksessuarlari (dubulg’a, ehtiyoq vositalari) – 3%.



Tahlil natijalari:

1.     28% ishtirokchilar sport bilan umuman shug’ullanmasliklarini, va asosiy sabab qilib vaqtning yo’qligi (40%) va yetarlicha motivatsiya yo’qligini (23%) aytishdi.

2.     Sport bilan shug’ullanish uchun oilasi ruhsat bermasligini (2%) aytishgan ishtirokchilarning barchasi ayollar.

3.     46% ishtirokchilar o’zlarining shaharlari/tumanlarida professional sport bilan shug’ullanish uchun sharoitlar borligini aytishgan bo’lsa, 41% ishtirokchilarda bunday imkoniyat yo’qligini aytishdi.

 

 

Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 1600 ga yaqin respondentlarning fikridir.




Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo