Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlar huquqiy bilimlarini qanday oshirishmoqda?

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, U-Reportyorlarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklab, U-Reportning navbatdagi sorovi hamkori bo’ldi. Sorovning asosiy maqsadi  Konstitutsiya asoslarini organishdagi mavjud yondoshuvlar va umuman, huquqiy savodxonlikni oshirish togrisida U-Reportyorlar fikrini organishdan iborat boldi. Qolga kiritilgan malumotlar yoshlar ortasida huquqiy savodxonlikni oshirish usullarini takomillashtirish uchun qollanilishi mumkin.

So’rovda butun respublika bo’ylab 1300 ga yaqin respondentlar ishtirok etishdi.

Yoshlar qonunchilikdagi o’zgarishlar yoki oz’lariga tegishli bo’lgan huquqiy masalalar bo’yicha huquqiy axborotni qayerdan olishlari to’g’risidagi savol yuzasidan quyidagi ma’lumotlar olindi:

1.       Turli Internet manbalaridan – 36%

2.       Adliya vazirligi Telegram kanallaridan – 27%

3.       Lex.uz dan – 23%

4.       Tanishlarim/dostlarimdan sorab olaman – 6%

5.       Boshqa manbalar – 5%

6.       Norma.uz huquqiy portalidan – 3%

 

Boshqa axborot manbalari qatorida quyidagilar aytildi: darslarda oqituvchilardan, internet-nashrlardan (kun.uz, uznews.uz, gazeta.uz va b.), televideniyedan, hamda bloger @xushnudbek korsatildi. Soralganlarning juda oz qismi bunday yangiliklarga qiziqmasliklari va ularni oqimasliklarini aytishgan.


Ta’lim muassasalarida Konstitutsiyani o’rganish uchun o’quv soatlari yetarlimi – bu savolga quyidagi javoblar olindi:

 - 30% “soatlar yetarli” deb javob berishdi,

- 26% “yetarli emas” deb javob berishdi,

- 33% “ko’proq bo’lishi kerak” deb javob berishdi,

- 3% “kamroq bo’lishi kerak” deb javob berishdi,

- 7% bilmaymiz, deb javob berishdi.


Konstitutsiya asoslari o’qitilishi yoqmaydi deb javob berganlarga (52%) quyidagi savol berildi – ularga aynan nima yoqmaydi va ular nima uchun bunday deb o’ylashadi. Respondentlar fikrini o’rganish tahlili 7 sababni aniqlab berdi:

1.       Konstitutsiya asoslari va huquqshunoslikdan dars beruvchi oqituvchilarning bilim va tajribalari yetismasligiamalda javob berganlarning 50%i aynan shu javobni berishgan. Respondentlar ushbu fanlar, kopincha, oquv materialini tushuntra olmaydigan boshqa mutaxassislik oqituvchilari (tarixchilar, filologlar va b.) tomonidan oqitilishini  takidlashgan.

2.       Amaliy bilimlar, interfaollik va hayotdan olingan voqeiy misollarga aloqadorlik yoqligiyoshlarning past huquqiy savodxonligi va fanga bolgan qiziqishlari yoqligining sabablardan biri sifatida korsatildi. Darslarda Konstitutsiya moddalarini kor-korona yodlash va faqatgina nazariy bilimlar oqitilishi takidlandi.  

3.       Kosntitutsiya va boshqa qonunlar, tahlil va boshqa huquqiy  hujjatlar, hayotiy vaziyatlar bilan taqqoslagan holda  chuqur tushuntirilmaydi, bahs-munozaralar qollanilmaydi va hokazo; oqitishda bir yoqlamalikka va yuzakilikka yol qoyiladi.

4.       Oqituvchilar Konstitutsiya va huquqiy bilimlarni, yoshlarning kelgusidagi hayot yollarida muhimligini tushuntira olishmaydi, ozlarining oqitishga motivatsiya yo’qligi.

5.       Konstitutsiyani, oz huquq va majburiyatlarini organish uchun oquv dasturida ajratilgan soatlar yetarli emasligi.

6.       Konstitutsiya va boshqa huquqshunoslikka oid fanlarni oqitish uslubiyoti: bolalar va yoshlar uchun tushunarsiz ogir til, yoshlarni oqitish va ular qabul qila olishlari uchun moslashtirilmagan murakkab oquv materiallari, oqituvchilar oquvchi/talabalarni bu fanga qiziqtira olishmaydi.

7.       Sifatli darsliklar, ularda yangilangan va dolzarb axborot yoqligi, fanni tushuntirish uchun korgazmali va media materiallar mavjud emasligi.

  

Ushbu yo’nalishda vaziyatni yaxshilash uchun U-Reportyorlar tomonidan quyidagi takliflar berildi:

- Konstitutsiya asoslari va huquqni o’rganish bo’yicha fanlar amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan o’qitilishi lozim;

- amaliy mashg’ulotlar sifatida o’quvchilar/talabalarni, ular huquqlar va majburiyatlar bevosita bo’glanganligini tushunishlari uchun, sud va huquqni himoya qilish organlariga amaliy mashg’ulotlarga olib borish;

- o’z huquq va majburiyatlarini, moslashtirilgan materiallar bilan, boshlang’ich sinflardan joriy etish.

 

U-REPORTYORLARNING FIKRI:

Konstitutsiya ijodkorlarimiz tomonidan she'riy tarzda bayon etilib, maktab va maktabgacha ta'lim dasturlariga kiritilishi kerak, menimcha.”

“Oquvchilar fanning mazmuniga toliq tushunib yetishmaydi. Oqitish uslubi va metodikasiga o’zgartirish kiritish lozim, deb oylayman, shuningdek ayrim hollarda oqituvchilar tomonidan bu fanga jiddiy yondashuv yetishmaydi.”

 “Ta'lim muassasalarida Konstitutsiya asoslari fanida faqatgina nechta bo'lim nechta moddadan iborat ekanligi va har bir bo'limga bir-bir tuxtalib o'tiladi xolos. Bunga qo'shimcha chet davlatlari konstitutsiyasi haqida, uning mohiyati nima ekanligi, unga o'zgarishlar kirishit nima uchun zarurligi haqida batafsil yoritilishi lozim”.

«Sababi mavjud qonunlar obiektiv yondashgan holda tushuntrilmaydi. O'qib kelayotgan talabalarni koproq qismi qonunlarni real hayotda qanday hollarda qo'llash kerakligini bilishmaydi. O'qish emas, o'qiganni tushunish kam bo'lib kelmoqda».

«Bundan tashqari ko'pchilik fuqarolar qonunlarni yaxshi bilmasligi oqibatida ko'plab tayziq va jarimalarga duchor bo'lyapti. Iltimos qilar edim: O'RMJT kodeks va O'RK ni maktab yoki kollej va OTM larda majburiy dars sifatida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida kuchli huquqshunos o'qituchilar tamonidan kuchli motivatsiya va innavatsion uslublarda o'qilishini xohlar edim».

«Sabablari juda ko'p, ular orasidan eng muhim db hisoblaganimni aytib o'taman. Konsitutsiya fanida o'quvchilar konsitutsiyaviy atamalarni (terminlarni) huddi kitobda yozilgan, bola ongi (bularni odatda kattalar ham qiynalib tushunishadi) anglab, tushunib olishiga qiyin bo'lgan murakkab sistemada o'tiladi. Oqibatda o'quvchilarda bu fanga nisbatan zerikish, bexafsalalik va bepisandlik yuzaga keladi. Taklifim, konsitutsiya darslarini maksimal darajada iloji boricha sodda atamalar yordamida, o'quvchilar tushuna oladigan usulda (masalan, faqat nazariy ma'lumotlarni o'qib, ko'r ko'rona konspekt yozdirib, ularni majburan yodlatib emas, har bir qonun haqida nazariy soddalashgan tushuncha berilgandan so'ng, ana o'sha qonun bo'yicha bevosita hayotiy ko'rgazmali chiqishlar qilish orqali bolalarning o'zlari qatnashgan holda amaliy saboqlarni berib borish)».

«Konstitutsiya asosan faqat modda yodlatish orqali o'qitiladi. U haqida eng umumiy ma'lumotlar beriladi holos. Uning mohiyati va hayotdagi o'rni haqidagi hayotiy misollar bilan dars o'tish kerak deb o'ylayman».

«Xozirgi vaqtda xar bir odam o'z xuquqini bilsagina korrupsiyaga qarshi kurasha olamiz birgalikda xuquqshunoslik soatlarini ko'ppaytirib maktabdayoq yoshlarimizni ongiga singdirib borish kerak, maktabni tugatgandan so'ng bir sinifda 20 nafar bola bulsa, shundan aytaylik 6 nafari oliy ta’limga o'qishga qabul qilindi ular o'z xuquqini o'rganishda davom etar, ammo qolgan 14 nafar bola shunday qolaveradi. Shuning uchun maktabni o'zidayoq chuqur o'rgatib borish lozim».

Konstitutsiya asoslarini bilishni, moddalarni bilish emas, balki faol fuqarolik pozitsiyasi borligi nuqtai nazaridan baholash kerak, deb o’ylayman”.

“Konstitutsiya bo’yicha soatlar rostdan ham zerikarli. Shunchaki atamalarni o’rganamiz, yaxshi izohlashmaydi va tushuntirishmaydi”.

              “Qonunning faqatgina rasmiy tomonini emas, balki mag’zini o’qitish kerak, deb hisoblayman”.

 “Men iqtisodchiman va bizga matematik fikr yuritish tarziga yaqin usul bilan o’qitishsa qulay bo’lardi. Masalan, turli sxemalar yordamida. Iqtisodchiga huquqni tushuntirishda, shunchaki “huquqshunoslar tili”da gapirilmasligi, aksincha, butun tizimni qismlarga ajratib, to’liq tahlil qilib, hamda talabalarning mutaxassislik yo’nalishlariga qarab (ularga tushunarli bo’lgan tilda), ushbu yagona tizimning tarkibiy qismlari o’zaro qanday aloqa qilishlarini ko’rsatish uchun, o’qituvchi tizimiy tahlil qilib berishi lozim”.

 “Tushuntirish o’rniga 1 darsda katta hajmdagi qonunga oid materiallarni yodlashga majbur qilishadi. Agar o’qituvchi hayotiy vaziyatlarni qonunlarga misol sifatida keltirishsa foydaliroq bo’lardi, chunki, biz qonunchilikni o’rgana boshlaydigan yoshimizda, hamma ham huquqiy savodxonlik zarurligini tushunavermaydi. Ko’r-ko’rona yodlash uchun mo’ljallangan material o’rniga, darslar har bir qonunni, uning funksiyalarini va hokazolarni ikki-tomonlama muhokama qilish va bahs yuritish shaklida tashkil qilinishi mumkin edi. Qonunchilikni bilishni matematika yoki kimyo kabi fanlar bilan bir xil tarzda baholab bo’lmaydi, aks holda, bu o’quvchilar diplomiga ularning muomala odobini bilishlari va qanday yo’sinda oz’larini tutishlari uchun baho qo’yishga o’xshab qolardi. Afsuski, huquqiy savodxonlik kabi shunaqa muhim fan bizning ta’lim muassasalarimizda shu qadar yomon oq’itiladi. Shu sababli, o’zlarining na huquqlari va na majburiyaltlarini bilmaydigan insonlar talaygina…”

 “Asosan, o’qituvchi Konstitutsiyada aynan nima yozilganini yetkazib berolmaydi, bundan tashqari misollar keltirilmaydi. O’qituvchilarni qayta o’qitish zarur, misollar keltirish lozim, yoshlar ularga misollar keltirishsa, ko’proq tushunishadi”.


O’z huquqiy bilimlarni qanday qulayroq va osonroq oshirish mumkinligiga oid “Boshqa” (7%) variantida quyidagi javoblar ko’rsatildi: hammasi birdaniga, ijtimoiy tarmoqlardagi roliklar orqali, turli tanlovlar, tadbirlar o’tkazish orqali.

 “Tanlovlar. Masalan, Adliya vaziriligida tanlov bo’lganida men ko’p narsani bilib oldim. G’olib bo’lmagan bo’lsamda, o’z bilimlarimni kengaytirdim”.

 “Huquqiy bilimlarga oid, tushuntirish tili darajasiga ko’ra farq qiluvchu ko’p qo’llanmalar bo’lishi muhim. Ya’ni yoshlar o’z bilimlari, kasblari hamda qiziqishlaridan kelib chiqib, bu qo’llanmalardan birini tanlab olishlari mumkin bo’lardi.”

O’z huquq va majburiyatlaringiz haqidagi bilimlaringizni oshiring va kuchliroq bo’ling! O’zbekiston Adliya vazirligida Telegram messenjeridagi t.me/huquqiyaxborot va t.me/lexuzofficial kanallar mavjud. Ulaning va yangi qonunlar va qonunchilikdagi o’zgarishlar haqidagi eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lib turing.

 

Ю-Репорт жамоасидан маълумот: Сўров натижасида олинган маълумотлар ЮНИСЕФнинг ушбу мавзуга муносабатини билдирмайди, статистик маълумот эмас ва сўровда қатнашган 1300 га яқин респондентларнинг фикри бўлиб, жамиятдаги тренд ва тенденцияларни акс эттириши мумкин.


Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo