Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlar nogironligi bo'lganlar haqida

3 dekabr – Xalqaro nogironligi bo’lgan shaxslar kuni. O’zbekistonda ushbu masala Hukumat kun tartibida turibdi, ushbu toifadagi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda. 1 dekabr 2017 yilda Sh. Mirziyoyev “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko’ra, nogironlik belgisi bo’yicha kamsitishga yo’l qo’ymaslik, nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash ko’zda tutilgan.

Bu mavzu yuzasidan mamlakat yoshlari qanday fikrda – bu haqda U-Report orqali bilib olamiz. So’rov bo’yicha hamkor - Nogironligi bo’lgan bolalar va yoshlar markazi. So’rovda 600 ga yaqin kishi ishtirok etdi.


So’ralganlarning yarmiga yaqini bu savolga ijobiy javob berishdi, ammo yarmidan ko’pi salbiy javob berishdi yoki javob berishga qiynalishdi.

U-Reportyorlarning muloqot doirasida nogironligi bo’lgan shaxslar bor-yo’qligi to’g’risidagi savol berilganda, quyidagi natijalar olindi:

1.       Ha – 56%

2.       Yo’q – 42%

3.       Menda nogironlik bor – 2%.

Muloqot doirasida nogironligi bo’lgan shaxslar bor, deb javob berganlarga (so’ralganlarning 56%i) quyidagi savollar berildi:


U-Reportyorlar fikriga ko’ra, ulardagi qiyinchiliklar eng ko’p ushbu toifalar bo’yicha yuzaga keladi:

1.       Ko’chada harakatlanish – 27%

2.       Muloqot yetishmasligi – 18%

3.       Ishga joylashish – 16%

4.       Muamolarga duch kelishmaydi – 15%

5.       Jamiyat qabul qilmasligi – 13%

6.       Ta’lim olish imkoniayti – 4%

7.       Boshqa – 7%

Qiyinchiliklarning variantlarda ko’rsatilmagan boshqa toifasini tanlagan respondentning fikriga ko’ra (7%), ularning nogironligi bo’lgan tanishlari/do’stlari orasidagi eng ko’p qiyinchiliklar – sanab o’tilganlarning hammasidan iborat. Shuningdek, javoblar orasida, o’z oilasini qurishda qiyinchilik, atrofdagilar tomonidan haddan tashqari achinish ifoda etilishi, o’z oilasida qamalib qolish kabilar ham uchradi.

Respondentlarimizdan birining fikriga ko’ra: “Aslida ular "nogiron" yoxud "imkoniyati cheklangan" degan ta'riflarga loyiq emas. Ular ham boshqalar kabi oddiy odamlar, faqat o’ziga xosliklari bor. Muammoning asosiy ildizi – ularning jamiyat tomonidan qabul qilinmasligi bo’lib, hamma muammolar aynan shu yerdan boshlanadi. Nogironligi bo’lgan bolalarni, ular o’z tengdoshlari bilan o’qiy olishlariga qaramasdan, maxsus maktablarga berishadi. Nima uchun? Aynan shu choralar jamiyatga kasal kurtaklarni hosil qiladi va natijada ular jamiyat uchun xursandchilik olib keluvchi daraxt o’stirish o’rniga, o’zlarida salbiy zaryad tashishadi”.

 O’zlari nogironligi bo’lgan shaxs ekanliklarini bildirganlarga (so’ralganlarning 2%i) quyidagi savollar berildi:



Nogironligi bo’lgan shaxs qanday muammolarga duch kelishi haqidagi savolga javoban “Boshqa” variantida faqatgina bitta javob bor edi: “Muammolar girdobiga g’arqmiz”.

Nogironligi bo’lgan respondentlar qayerda ishlashni xohlashlari to’g’risidagi savolga quyidagi javoblar berildi: AT sohasida, rassomchilik sohasida, ijtimoiy himoya organlarida, aeroportda, professional sportda.

Hukumat nogironligi bo’lgan shaxslar ahvolni qanday yaxshilashi mumkin – bu savolga quyidagi javoblar berildi:

1.       Nogironligi bo’lgan shaxslar ish bilan ta’minlanishi uchun sharoit yaratish: ish sharoitini yengillashtirish, masofadan ishlash imkoniyati, ishlab chiqarishda, xizmatlar sohasida nogironligi bo’lgan shaxslar uchun majburiy ish joylari kvotalarini joriy etish va hokazo.

2.       Ko’chalarda va shaharlarda to’siqlarsiz muhit yaratish: panduslar, qulay jamoat transporti, istirohat bog’lari, ko’chalar, binolarda erkin harakatlanish.

3.       Nogironligi bo’lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yaxshilash: nafaqalar, tibbiy xizmatlar, dori vositalari va protezlar sotib olish uchun imtiyozlarni oshirish va hokazo.

4.       Nogironligi bo’lgan shaxslarni jamiyatga faol integratsiya qilish: ular o’zaro fikr almashishlari uchun maxsus forumlar, anjumanlar, turli tadbirlar, uyushmalar tashkil etish, tanlovlar o’tkazish, qiziqish sohalari bo’yicha to’garaklar, mamlakat shaharlari bo’ylab sayohatlar uyushtirish va hokazo.

5.       Nogironligi bo’lgan shaxslarga oid masalalar bilan maqsadli shug’ullanuvchi, ularga nisbatan doimiy e’tiborni ta’minlovchi va ularga alohida ijtimoiy xodimlarni biriktiruvchi maxsus organ/vazirlik tashkil etish.

6.       Nogironligi bo’lgan shaxlarni ishga olishlari uchun imtiyozlar va rag’batlantirishlar bilan qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy mas’uliyatini oshirish orqali, nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlashda biznes va tijorat tuzilmalarini jalb etish.

7.       Nogironligi bo’lgan shaxslarni, ularda masofadan ta’lim olish va ishlash imkoniyati paydo bo’lishi uchun, AT texnika (noutbuklar, Internet va hokazo) bilan ta’minlash.

Shuningdek, javoblar ichida quyidagilar bor edi: Nogironligi bo’lgan shaxslarga nisbatan to’g’ri munosabatni shakllantirishda OAV ishtiroki, nogironligi bo’lgan shaxslar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar berish, Imtiyozli xizmatlardan foydalanish uchun nogironligi bo’lgan shaxslar uchun elektron ID-larni joriy etish va hokazo.

 

U-REPORTYORLARNING FIKRI:

 “Hukumat turli imtiyozlar va preferensiyalar (masalan, har bir nogironligi bo’lgan ishchi uchun soliq stavkasini pasaytirsh va shu kabilar) ajratish orqali nogironligi bo’lgan shaxslarni ish bilan ta’minlagan ish beruvchilarni rag’batlanirishi kerak. Men, bunday rag’batlantiruvchi choralar mavjud vaziyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadii va nogironligi bo’lgan shaxslar ahvolini sezilarli yaxshilaydik, deb hisoblayman”.

«Barcha davlat maussasalariga maxsus panduslar qurish va avtobuslarni aravachada harakatlanuvchi nogironligi bo’lgan shaxslar uchun jihozlash majburiyatini yuklash lozim”.

 “O’ylashimcha, davlat tomonidan ko’p ishlar amalga oshmoqda. Uylar berilyapti, OTMlarga kirishda davlat grantlari va boshqa imkoniyatlar. Bu juda zo’r”.

 “Hammasi oddiy! Nogironligi bo’lgan shaxslarga yordamchilar kerak. Ularga hayvonlar ham yordam berishi mumkin. Menimcha, hayvonlar uchun boshpana tashkil etib, ularni nogironligi bo’lgan shaxslarga yordam berishni o’rgatish kerak. “Yetaklovchi itlar”ga o’xshash”.

 “Nogironligi bo’lgan shaxslar tomonidan o’z huquq va imkoniyatlarini tushunishlarini chuqurlashtirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni rag’batlantirish lozim. O’z-o’zini ta’minlash va huquqlarini kengaytirish nogironligi bo’lgan shaxslarga, ularga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishga imkon beradi”.


Ю-Репорт жамоасидан маълумот: Сўров натижасида олинган маълумотлар ЮНИСЕФнинг ушбу мавзуга муносабатини билдирмайди, статистик маълумот эмас ва сўровда қатнашган 600а яқин респондентларнинг фикри бўлиб, жамиятдаги тренд ва тенденцияларни акс эттириши мумкин.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo