Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Maktab oshxonalari ahvoli qanday?

Maktab ta’lim muassasalaridagi umumiy ovqatlanish joylarida vaziyat qanday? Maktab/litseylar oshxonalarida qanday menyu taklif qilinmoqda, taomlar narxlari qoniqarlimi, sog’lom ovqat va ichimliklar taklif qilinayaptimi? Menyu assortimenti, oshxonalar tozaligi qanday? Ushbu so’rov maktab muassasalaridagi oshxonlarga o’quvchilar/talabalar va ularning ota-onalari ko’zi bilan qarashga imkon beradi.

Qonunchilikka ko’ra, maktab/litsey/kollejlarda nosog’lom ovqatlar sotilishini taqiqlovchi qoidalar qabul qilingan, o’quvchilar uchun sog’lom ovqatlanishni tashkil etish bo’yicha tadbirlar belgilangan. Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko’ra, maktab, kollej va litseylar oshxonalarida gazli ichimliklar va fastfud sog’lom ovqat bilan almashtirilishi lozim.

2020 yilgacha bo’lgan rejalarda maktab, kollej va litseylarda butun ovqatlanish tizimini takomillashtirish nazarda tutilgan. 2017-2020 yillarda, Respublikaning umumiy ovqatlanish joylariga ega bo’lmagan 400 dan ortiq ta’lim muassasalarida bufet shaklidagi oshxonalar tashkil etiladi.  Barcha bunday muassasalarga mutaxassislar tomonidan tayyorlangan hamda O’zbekiston Oshpazlari uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan kompleks tushlikni yetkazib beruvchi kombinat tuzilishi rejalashtirilmoqda.

 So’rovda 720 dan ortiq kishi qatnashdi. Biz U-Reportyotlardan ushbu so’rovda qatnashishni xohlashlarini so’radik va so’ralganlarning 52% maktab va litseylarni bitirganliklarini ko’rsatganliklariga qaramasdan, jami ishtirokchilarning 87% bu mavzu qiziqarli deb javob berishdi. 

Ishtirokchilarning 88% ularning ta’lim muassasalarida oshxona/bufetlar borligini aytishdi.


Shunday qilib, maktab oshxonalaridagi xizmat ko’rsatish va ovqat sifatini ishtirokchilarning 34% “juda yomon” va “yomon”, 44% esa “o’rtacha” deb baholashdi.

 

Maktab/litseyning oshxona/bufeti menyusida ko’proq nima yoqmasligi to’g’risidagi savolga U-Reportyorlar quyidagi javoblarni berishdi:

1.       Tanlov cheklangan – 37%

2.       Nosog’lom ovqat (gazli ichimliklar, xotdoglar, chipslar) – 30%

3.       O’z variantingizni yozing – 15%

4.       Meva va sabzavotlar sotilmaydi – 12%

5.       Kompotlar/tabiiy sharbatlar sotilmaydi – 6%.

 

Ishtirokchilarning, o’z oshxonalarida nima yoqmasligi haqida yuborgan javob variantlari ichida quyidagilar bor edi: 1) narxlarning oshirilib ko’rsatilishi, 2) tanlov yo’qligi, 3) oziq-ovqat mahsulotlarining sifatsizligi yoki yaroqlik muddati bo’yicha shubhalar 4) gigiyenaga oid masalalar, 5) ovqatda maza yo’qligi.

U-Reportyorlardan biri shunday dedi: “Gap umuman umumiy ovqatlanish konsepsiyasini anglashda. Bu yerda muammolar bor, ammo hamma narsa yaxshilansa, narx ham oshadi”.


So’ralganlarning 23% maktab umumiy ovqatlanish shoxobchasida sanitar sharoitlarni “yaxshi” va “a’lo” (mos ravishda, 20% va 3%), qolgan ihstirokchilar – ya’ni 77%  “3” va undan past baho berishdi.

Yoshlar ta’lim muassasasi oshxonasida/bufetida o’zlariga (singillari/ukalari/bolalariga) nima sotib olishlari to’g’risidaga savolga, javoblar:

- eng ko’p sotib olinadigan ichimliklar:

1.       Choy

2.       Suv

3.       Gazli va shirin ichimlik

4.       Qahva

5.       Kompot

- maktab oshxonalarida eng ko’p sotib olinadigan taomlar/ovqat:

1.       Bulochkalar va boshqa shirin pishiriqlar

2.       Somsa

3.       Xotdoglar, gamburgerlar

4.       Bo’girsoqlar (pirojki)

5.       Kotletlar garnir bilan

 Javoblar ichida, shuningdek, palov, turli hil sho’rvalar, qovurilgan sosiska/tuxum, shokolad, suxariklar, chipslar, salat, sharbat ham bor edi. Bunda ishtirokchilarning ba’zilari u yoki bu mahsulotni faqatgina boshqa tanlov yo’qligi uchun tanlashlarini aytishgan.

Biz ishtirokchilardan maktab menyusi uchun takliflar berishlarini so’radik: ular maktab o’quvchisi/litsey talabasi menyusida nima bo’lishini xohlashadi. U-Reportyorlar quyidagi menyuni shakllantirishdi:

1.       Issiq ovqatlar, sho’rva   

2.       Sog’lom ovqat

3.       Mevalar

4.       Sifatli non mahsulotlari

5.       Sharbatlar va kompotlar

6.       Sabzavotlar va mevalar

7.       Go’sht

8.       Sut mahsulotlari              

 U-Reportyorlar, shuningdek, ovqatlar, iloji bo’lsa, “uy ovqati” toifasidagilari, unchalik qimmat bo’lmasligi kerakligi haqida alohida to’xtalib o’tishgan.


Agar Siz maktab ta’lim muassasalarida nosog’lom oziq-ovqat savdosiga duch kelsangiz, ushbu masalani nazorat qilish uchun mas’ul bo’lgan Xalq ta’limi vazirligining viloyat yoki tuman bo’limlariga murojaat qilishingiz mumkin.


Ю-Репорт жамоасидан маълумот: Сўров натижасида олинган маълумотлар ЮНИСЕФнинг ушбу мавзуга муносабатини билдирмайди, статистик маълумот эмас ва сўровда қатнашган 720дан ортиқ респондентларнинг фикри бўлиб, жамиятдаги тренд ва тенденцияларни акс эттириши мумкин.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo